Kross-platformali kontent bitta vositadagi
kontentdan farqli o'laroq, Internet, mobil
ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar, forumlar,
muhokama guruhlar va boshqalarni o'z
ichiga olgan holda "turli formatlarda
tarqatilgan" kontent hisoblanadi (Singer, J.
& Quandt, T. 2009).
Memlar - bu Internetda mashhur bo'lgan va
"kult" maqomida muhokama qilinadigan
narsa yoki kimsa. Bu taqlid asosida odamdan
odamga uzatiladigan har qanday ibora,
g'oya, belgi, tasvir yoki ovoz bo'lishi mumkin.
Ijtimoiy yetakchi (micro-influencer) - bu
o’ziga xos blogger; har qanday ijtimoiy
tarmoqlarda 1000 va undan ortiq
obunachilariga ega bo'lgan shaxsiy blogini
yurituvchi kishi. Bu auditoriyasini o'ziga
ergashtiruvchi obro'li shaxs.
Jurnalistikadagi ijtimoiy yetakchilar - bu
ijtimoiy tarmoqlarda o'z akkauntlaridan
(shaxsiy brend) o'zlari ishlab chiqargan
yangiliklar kontenti va sharhlar, tahlillardan
iborat repostlarni tarqatish maydonchasi
sifatida foydalanuvchi jurnalistika kafedralari
talabalari, jurnalistlar, blogerlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |