Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Uyg'urlar.
Xitoy Xalq Respublikasidagi Shinjon-Uyg‘ur muxtor 
tumamning tub joy aholisi bo‘lib, ulaming nufusi 11 mln kishidan 
iborat U yg‘urlar, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari, jum ladan
Qozog‘istonda 243 ming, Qirg‘izistonda 50 ming, 0 ‘zbekistonda 20 
ming, Turkmanistonda esa 1,2 ming kishi ,istiqom at qiladi. 
Shuningdek, ular Hindiston, A fg‘oniston va Pokistonda ham yashaydi.
182


Jahon bo ‘yicha jam i 12 mlndan to 15 mlngacha uyg‘ur millatiga 
mansub aholi yashaydi. Ular asosan, uyg‘ur tilida so‘zlashib, islom 
dinining sunniylik m azhabiga e'tiqod qiladi.
Tarixdan m a'lumki, uyg‘urlar turkiy tilli aholi bo‘lib, uzoq davom 
etgan etnogenetik jarayonlar natijasida Sharqiy Turkistonda alohida 
etnik jam oa bo ‘lib shakllangan. Taniqli tilshunos olim Mahmud 
K oshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “uyg‘ur” atamasining 
etimologiyasi, “Turkiy qavm lar tarixi” va “Ш ажарайи турк” 
asarlarida esa ular tarkibidagi urug‘-qabilalar haqida ma'lumotlar 
keltirilgan. Xitoyshunos A. X o‘jaev xitoy yozma manbalariga 
asoslangan holda qadimda uyg‘urlar 9 ta qabiladan iborat bo‘lib, 
keyinchalik ular soni 30 taga ko‘payganligini qayd etgan. Shuningdek, 
olim “ uyg‘ur” etnonimining turli talqinlari haqida ham ma'lumotlar 
bayon qilgan.
Yana bir xitoyshunos olim N. Bichurinning tadqiqotlarida esa 
“uyg‘ur” etnonimning transkripsiyasiga doir ma'lumotlar mavjud. 
“Уйгурларнинг кискача тарихи” asarida qayd qilinishicha, “uyg‘ur” 
so ‘zi turkiy da “uymoq”, “xuyxe” esa xitoy chada “birlashmoq” degan 
ma'nolami bildiradi. “U yg‘urlar tazkirasi” nomli asarda keltirilishicha, 
“ ... uyg‘urlar buku, tungro va boyirg‘ular bilan birlashib, turklarga 
qarshi isyon ko‘tarib, mustaqillikka erishgan, o ‘zlarini esa aw alig a 
“erkin”, so* ngra “uyg‘ur” deb atagan. Mazkur etnonim genezisiga doir 
bildirilgan barcha fikrlar orasida “uyg‘ur” atamasining “birlashgan” 
yoki “tashkil topgan” degan ma'nolari haqiqatga yaqin bo‘lib, ushbu 
termin turkiy qabilalar ittifoqiga nisbatan qo‘llanilgan.
U yg‘urlar 646-yilda Sharqiy Turk xoqonligi hududida Uyg‘ur 
xonligini tiklagan. U yg‘ur-Urxun xoqonligi (Uyg‘ur xoqonligi) 
davrida (744—840) uning barcha fuqarolari “uyg‘ur”, IX asrda 
uyg‘urlam ing Idiqut (Turfon) davlati Xitoy manbalarida esa “Kuju 
xonligi” deb atalgan. XI asrda uning hududi g ‘arbda Kuchar shahridan 
Buyuk Xitoy devorigacha cho‘zilgan bo‘lib, arab manbalarida “bilod 
U yg4ur” yoki “ Yug‘ur” (al-Marvaziy) deb qayd etilgan.
Qozog‘istonda uyg‘urlar butun bir katta tumanni egallagan. Issiq 
Chilik, Chunja hududlari, Norinko‘l hamda Ili tumanlari, Olmaota va 
Chimkent 
shaharlarida 
ham 
ko‘plab 
uyg‘urlar ■
yashaydi. 
Q irg'izistonda esa Bishkek, T o‘qmoq, Pijevalsk va 0 ‘sh shaharlari, 
shuningdek, ayrim qishloqlarda, Turkmanistonning Bayramali va Mari 
tumanlari hamda Tojikistonning ayrim hududlarida uyg‘ur oilalari


yashaydi. 0 ‘zbekistonda uyg‘urlar F arg‘ona vodiysining Andijon 
shahri va Asaka, lzboskan va Paxtaobod tum anlarida istiqom at qiladi.
Sharqiy Turkistonda “uyg‘ur” etnonimi bilan birga jo y nomlari 
asosida ham o ‘zlarini atash keng tarqalgan. Shu sababli ham 1921-yil 
mayda 
Toshkentda 
chaqirilgan 
“Jung‘or 
va 
Oltishahar 
mehnatkashlarining I qurultoyi”da Sharqiy Turkistondan kelgan 
barcha aholiga nisbatan yagona ‘4iyg‘ur” nomi berilgan.

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish