Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Markaziy Osiyo arablari
mintaqa davlatlarida yashovchi, 
o ‘zlarini arab deb hisoblovchi kichik etnos hisoblanadi. Ulaming 
ajdodlari V II-X IV asrlar davomida Markaziy Osiyoga kirib kelgan. 
Ular ko ‘pgina hollarda o ‘zlarini o ‘zbek, turkman va tojiklar tarkibiga 
kiritadi. M arkaziy Osiyo arablarining aksariyati Zarafshon daryosi 
bo‘ylari 
va 
Samarqand 
shahri 
atroflaridan 
tortib 
Qorako‘l 
sohillarigacha bo‘lgan oraliqdagi shahar va qishloqlarda, shuningdek, 
Sherobod, 
Surxon, 
Kofimixon, 
Vaxsh, 
Qizilsuv 
va 
Jilg‘a 
daiyolarigacha bo ‘lgan hududlarda, shuningdek, Farg‘ona vodiysining 
shimoliy-sharqiy qismida ham arablaming bir guruhi yashaydi. Ular 
Buxoro, Qarshi, X o‘jand va Kattaqo‘rg‘on kabi yirik shaharlar, 
Koson, Nurota, Sherobod va boshqa tumanlarda ham istiqomat qiladi. 
Bir so ‘z bilan aytganda, arablar butun 0 ‘zbekiston, Turkmaniston va 
Tojikiston bo‘ylab yoyilib ketgan. Ular asosan, ikki guruhga bo'linadi: 
shayboniy va sanoniy. Umuman olganda, bulam ing hammasi umumiy 
nom bilan 
Markaziy Osiyo arablari
deb ataladi.
Arablam ing M arkaziy Osiega kirib kelishi uchta davrga bo'linadi: 
Birinchi bosqich VII asr o ‘rtaIari - XIII asrlar. Ushbu davrda arablar, 
asosan, islom dinini qaror toptirish va mahalliy xalqlaming 
boyliklarini o ‘zlashtirish maqsadi bilan kelgan hamda keyinchalik 
mahalliy xalqlar tarkibiga singib ketgan.
Arablar migratsiyasining ikkinchi bosqichi XIV—XV asrlarga 
to ‘g ‘ri keladi. 
Mazkur davrda arablar islom madaniyati 
va 
marosimlarini keng tarqatgan. Amir Temur Iroq va Suriya kabi arab 
davlatlariga yurishlari natijasida ushbu mamlakatlar aholisining katta 
qismini ko‘chirib kelgan va mahalliy xalqlar orasiga joylashtirgan. 
Ushbu 
davrda 
arablaming 
asosiy 
qismi 
chorvachilik 
bilan 
shug‘ullanib, ular XX asr boshlariga qadar o ‘zIarining etnik va til 
xususiyatlari hamda an'analarini saqlab qolgan.
Arablar ko‘chib kelishining uchinchi bosqichi XVI—XIX asrlarga 
to ‘g ‘ri keladi. Ushbu davrda ko‘chib kelgan arablaming ko‘pchiligi 
hunarmandlar bo‘lib, ular asosan, A fg‘oniston hududlaridan ko‘chib
175


kelgan. 
M azkur 
davrdagi 
arablar 
o ‘zlarining 
til 
va 
etnik 
xususiyatlarini m a'lum darajada unutgan.
M arkaziy Osiyo arablarining aksariyati o‘z ona tilini unutgan 
b o ‘lib. hozirda ular asosan, o ‘zbek yoki tojik tilida so‘zlashadi. Ular 
orasida ikkita, ya'ni asosan, Buxoro va Qashqadaryo shevalari keng 
tarqalgan. Arab tili ikkinchi til sifatida ayrim qishloqlarda hozirgacha 
qo‘llanilib kelinmoqda. U lam ing shevalarida mahalliy aholi tilining 
ta'siri yaqqol kuchli seziladi.
Arablam ing o ‘zi ota-bobolarini Arabistondan emas, 
balki 
A fg‘onistonning shimolidan kelib joylashgan, deb hisoblaydi. Qism an 
Balx 
(Sanoniy 
qabilasi)dan, 
qisman 
Axchi 
va 
A ndxo‘y 
(shayboniylar)dan, 
Qashqadaryo, 
Samarqand va 
K attaqo‘rg ‘on 
arablari ajdodlarini Am ir T em ur olib kelgan, boshqalari esa arablar 
Movarounnahr hududini istilo qilgan davrdan ancha oldin kelgan, deb 
hisoblaydi. O ‘zbekistonda arablar bilan bog‘liq k o ‘plab jo y
etnotoponimlari mavjud.
Ж
asr boshlarida mintaqadagi boshqa xalqiar qatori arablar ham 
o‘troq hayotga o ‘tgan edi. Olib borilgan etnografik tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatadiki, 
arablaming 
turmush 
tarzi 
va 
m adaniyatiga 
kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi ulam ing xo ‘jalik
hayotida ham katta o ‘zgarishlarga olib keldi.
Cho‘l hududida yashaydigan arablar, asosan, chorvachilik bilan 
shug‘ullangan bo‘lsa, o ‘troq arablaming asosiy m ashg‘ulotlari 
dehqonchilik va chorvachilikdan iborat edi. Uchinchi turdagi arablar
176


etnomadaniy identikligida esa dehqonchilik va hunarmandchilik 
asosiy tarmoq hisoblangan.
Farg‘ona vodiysida yashovchi arablaming xo‘jalik mashg‘ulotlari 
asosan, dehqonchilik va bog‘dorchilikka moslashgan bo‘lib, bu 
jihatdan ular vodiyning boshqa etnoslaridan farq qilmagan. Xususan, 
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida yashovchi arablar tumandagi 
o ‘zbek va tojiklar kabi bog‘dorchilikning o ‘ziga xos sir-sanoatlarini 
yaxshi o ‘zlashtirgan.
M arkaziy Osiyoda yashab kelayotgan arablaming an'anaviy 
kiyimlarida milliy xususiyat, urf-odat hamda estetik did yaqqol 
namoyon boMgan. Masalan, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani 
Jeynov qishlog‘ida oqsoqollar “nabbat” yoki “jaddi”, momolar 
“nabba” yoki “jud o”, o ‘rta yoshli erkaklar “sabayin”, bolalik ayollar 
“kadasa”, yigitlar “ruzon”, qizlar “binad”, “bint” kiyadi. Yoshga qarab 
kiyinish qadimiy arab odatlaridan biridir.
Arab 
erkaklarining 
milliy 
kiyimlarida 
mahalliy 
xalqlar 
madaniyatining ta'sirini kuzatish mumkin. Jumladan, XX asrning 30- 
yillarida ko‘ylak, yaktak, chopon odatiy kiyim hisoblangan bo‘lsa, 
mazkur asrning o 4rtalarida kostyum-shim ommalasha boshlagan. 
Xuddi shu davrda yillarda palto va plash kirib kelgan bo‘lsa, 70- 
yillarda esa jun matolardan tikilgan kiyimlar keng tarqalgan. 
Globallashuv jaraenida arablaming milliy kiyimlarida an'anaviylik 
unutilib bormoqda.
Markaziy Osiyo arablari cho‘l hududlarda o ‘ziga xos turar- 
joylam i barpo etgan. Uylar gumbazli qilib qurilgan bo‘lib, cho‘I 
hududlarida yashovchi arablarda “o‘tov”, “cho‘lgumbaz” va “toybon” 
deb nom iangan uylar mashhur bo‘lgan. •- •
XX asr boshlaridan uy-joy qurish va uni jihozlash an'analarida 
dastlab pishgan g ‘ishtdan imroat solish, tunuka bilan tomini yopish, 
derazalariga oyna o ‘matish va ko‘cha tomonm ochish kabi yangiliklar 
kirib kelgan. Kerosin, elektr lampasi, fabrika va zavodlarda ishlab 
chiqarilgan 
uy-ro‘zg‘or 
buyumlaridan 
foydalanila 
boshlangan. 
Qishloq uylarida ham yangiliklar ko‘zga tashlanib, ayniqsa, qurilish 
materiallari va imorat qurish uslublarida muhim o‘zgarishlar ro‘y 
beradi.
Hozirgi vaqtda arablaming turmush tarzidagi o‘ziga xos 
o ‘zgarishlardan biri — ulaming zamonaviy va ko‘p qavatli uylarda 
yashashligidir. Chunki, ulaming kundalik hayot tarzi avvalgidan
177


tubdan farq qiladi. T urar-joylar tuzilishi va qurilishiga tabiiy- 
geografik muhit, x o 'jalik turm ush tarzi ham da etnik o ‘ziga xoslik ta'sir 
ko ‘rsatgan.

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish