Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Ma'naviy madaniyati
Arab tilidagi “madaniyat” so ‘zi o ‘z 
zamonasi uchun juda yuksak sivilizatsiya hisoblanib, G ‘arbiy 
Yevropaning o ‘rta asrlar jam iyatiga katta ta'sir ko‘rsatgan edi. 
Madaniyatning vujudga kelishida mazkur etnos (arablar) katta rol 
o ‘ynaganligi sababli “Arab madaniyati” deb nomlangan ushbu 
tushuncha xalifalik tarkibidagi ko‘p xalqiar uchun xos edi. Arab 
madaniyatining keyingi taraqqiyotida Gretsiya-Suriya (Vizantiya), 
Eron 
(Fors), 
Kavkazorti 
(Ozarboyjon), 
Markaziy 
Osiyo 
va 
Hindistonning ta'siri katta bo‘lganligi ayni haqiqat.
Shunisi diqqatga sazovorki, vizantiyaliklar singari arablar ham 
antik davr an'analami davom ettirib, grek klassiklarining asarlarini 
qunt bilan o ‘rganib, arab tiliga taijim a qilganlar. Aristotel, Gippokrat, 
Ptolomey va yevklid asarlarini arab olimlari yaxshi bilar edi. 
Yevropaliklar Aristotelning asarlari bilan dastlab arabchadan lotin 
tiliga taijim a qilingan nusxalar orqali tanishganlar.
Arab madaniyatining o ‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, 
unda aniq fanlar juda taraqqiy etgan edi. Arablar tibbiyot sohasida 
katta muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lib, ular tirik organizmni tilish 
y o ‘li bilan tekshirib, odam anatomiyasini juda yaxshi o ‘zlashtirgan 
edi. 
Arablaming tibbiyotga oid 
darsliklari G ‘arbiy 
Yevropa 
universitetlarida butun o ‘rta asr davomida o ‘qitildi. Shuningdek, 
matematika sohasida ham arablar geometriya va trigonometriyani 
rivojlantirdilar. U lar algebra fanining taraqqiyoti borasida ju da ko‘p 
.%
v
amaliy 
ishlami 
bajarib, 
hind 
raqamlari 
sistemasini 
mukammallashtirdilar. Qolaversa, arablar juda yaxshi sayyoh ham edi. 
Ular nafis adabiy ot sohasida ham mashhur asarlar yaratdi.
Arab san'atida asosiy o ‘rinni arxitektura egallaydi. 
Ular 
monumental binolar, masjidlar, saroylar, maqbaralar, hammomlar va 
boshqa jam oat binolarini juda antiqa usulda qurganlar. Arab
215


arxitekturasining eng qadimgi yodgorliklaridan biri Quddusdagi Umar 
masjidi bo‘lib, u Um maviylar davrida, 688-yilda qurilgan.
Haddan tashqari sipo, o ‘zining nihoyatda nozik san'atkorona 
ishlanganligi bilan kishini hayratda qoldiradigan va ziynatli naqsh 
solish arab rassomchiligining xarakterli xususiyatidir. Q oiy ozm alar, 
kitob muqovalari va shu kabilar m ana shu xildagi rasm lar bilan 
bezatilar edi. 
Kundalik turm ush hayotidan olingan xilma-xil 
mavzudagi ajoyib m iniatyuralar ham qo‘lyozmalarga bezak bo ‘lib 
xizm at qilar edi.
Barcha shaharlarda yahudiylar gettolarida g ‘uj bo‘lib yashagan va 
m ahallalarda sinagogalar joylashgan edi. XX asm ing 30-yilllari 
boshlarida stalincha qatag‘on davrida 100 ga yaqin buxoro yahudiylari 
hibsga olingan, sinagogalar, yahudiy maktablari, teatr, m uzey va 
gazetalari 
yopilgan. 
Ulardan 
adabiy 
esdaliklam ing 
m ashhur 
mualliflaridan biri Solomon ben Samuel bo ‘lgan. U 1338-yilda 
U rganchda yahudiy tili lug‘atini tuzgan b o‘lsa, M ois ben Dovud esa 
forsiyda poem alar bitgan. XVII asr oxiri - XVIII asm ing birinchi 
yarmida shoir Y usuf Yagudi (M ollax Iosif ben Isaak)ning “ Етти ака- 
ука” asari Buxoroda mashhur bo ‘lgan.
Buxoro 
yahudiylarining 
asosiy 
m ashg‘ulotlari 
savdo, 
musiqashunoslik, san'at, hunarmandchilik bo‘lib, keyinchalik maishiy 
xizmat, pedagoglik, muhandis va shifokorlik kasblarini egallagan. 
Ular orasidan fan va madaniyatning yirik arboblari yetishib chiqqan; 
fan doktorlari - prof. Yu. I. Is’hoqov, I. A. Kalantarov, В. I. Pinxasov, 
N. M. Mallaev, kompozitorlar - M. Leviev, S. Yudakov, rassom lar -
Yu. M. yelizarov, 0 ‘zbekiston xalq artistlari — L. Boboxonov, B. 
Davidova, I. Oqilov, M. Yoqubova, M. Shamaeva va Izro M alakov 
shular jumlasidandir.
0 ‘zbekiston 
mustaqillikka 
erishganidan 
so ‘ng 
Respublika 
Konstitutsiyasida barcha millat va elat vakillarining tili, urf-odati 
hamda an'analariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, ulam ing 
rivojlanishi uchun sharoit yaratish kafolatlandi. Shundan kelib chiqib, 
Buxoroda ikkita sinagoga, yahudiy tilida o ‘qitiladigan m aktab va 
bolalar bog‘chasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Sam arqandda esa 1998- 
yildan boshlab “Shofar” gazetasi nashr qilinadi va turli diniy 
marosimlar o ‘tkaziladi.
Uyg‘urlar 
mamlakati 
qadimgi 
madaniyat 
o ‘choqlaridan 
hisoblanadi. Ushbu hududda ko‘plab qadimgi davlatlar va shaharlar
216


mavjud edi. Uyg‘urlar qadimdan 26 ta harfdan iborat yozuvdan, V -V I 
asrlardan boshlab esa maxsus yozuvdan foydalanila boshlangan.
Qadimgi uyg‘urlar xitoy musiqasiga katta ta'sir ko‘rsatgan. Xalq 
m usiqasining 
gavhari 
hisoblangan 
12 
maqom 
XVI 
asrda 
Omonnisoxon tomonidan tartibga solingan.
U yg‘urlar hayotida tosh, suyak, kumush, mis va temirdan turli 
zeb-ziynat buyumlari yasash rivojlangan. Ular qadimdan jun, ipak va 
paxtadan maxsus dastgohlarda matolar to‘qilgan. Milodning boshlari 
(III asr)da ular tomonidan ishlab chiqarilgan qog‘oz nusxalari eng 
qadimiy topilm a hisoblanadi.
Uchta davlat davrida o ‘rta asr umumkoreys madaniyatiga asos 
solingan. Ushbu davr mafkurasida ibtidoiy e'tiqod va tasaw u rlar 
saqlanib qolgan. Konfutsiylik va buddizmning kirib kelishi bilan 
(rasmiy din hamda mafkura sifatida) koreys madaniyatiga xitoy 
adabiyoti hamda yozuvi ta'sir ko‘rsatgan. Dastlabki tarixiy asarlar 
xitoy tilida yozilgan. Koreyada (kanso anaka) saqlanib kolgan 
maqbaralar, me'morchilik va tasviriy san'at rivojlanganidan dalolat 
beradi. Tasviriy san'atning freska (bo‘rtma surat) turi bilan maqbara 
devorlari bezatilgan (ruhlar fantastik hay von va qushlar). Kyondju 
tumanidagi arxeologik yodgorliklar Silla davlati hunarmandchiligi 
yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi (V asrga oid so f oltindan 
ishlangan toj, uzuk, bilaguzuk, sirg‘a qurollar).
VII 
asr o ‘rtalarida Kyondjuda astronomik rasadxona qurilgan va 
aynan ushbu davrda koreys umumxalq tili shakllangan. VII asr oxirida 
olim Solchxon xitoy ierogliflari asosida koreys tili fonetikasi va 
grammatik tuzilishiga mos yozuv tizimini yaratgan edi.
Konfutsiylik buddizm asosidagi o ‘rta asr mafkurasi birligi, 
Koreyaning Tan sulolasi bilan mustahkam madaniy aloqada bo‘lishiga 
yordam bergan. K o‘pchilik ruhoniylar Chanan (Xitoy)da o ‘qib kelgan 
bo‘lib, ular orasida budda rohibi Xe Chxo (VII asr) ham bor edi. U 
Xitoydan Hindiston va Markaziy Osiyoga sayohat qilgan hamda 
“Хиндистон подшохликлари хакида хикоялар” asarini yozgan edi. 
Xitoyda ta'lim olganlardan yana biri, olim va yozuvchi Chxve 
Chxuvan (858-951) poeziya hamda hikoya janrlarida sermahsul ijod 
qilgan edi.
217



Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish