Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

tovoqtaroshlar
deb ham atalgan; 3) mazang, ya'ni o‘troq loMilar (jo‘gilar), asosan, 
mayda savdogarchilik, shuningdek, dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.
206


Lo‘li erkaklari ot urchitish, ovchilik, tem irchilik, metall eritish, 
savat to‘qish, g ‘alvir va elak kabi buyum lar yasash ham da ayiq, 
maymun, ilon o ‘rgatish bilan, ayollari esa tilanchilik va folbinlik bilan 
shug‘ullangan.
9.3. M oddiy va m a'naviy madaniyati
Turar-joylari.
Yahudiylar 
alohida 
mahalla-mahalla 
bo‘lib 
yashagan. Ulam ing uy-joylari eski shahar qismida joylashgan. 
Aksariyat shaharlarda yahudiylam ing mahalla yoki guzarlari 'bir 
nechta 
bo‘lakka 
bo ‘lingan. 
Qadimdan 
yashab 
kelayotgan 
yahudiylaming mahallalari 
“gettalar”
deb yuritilgan.
Markaziy 
Osiyo 
yahudiylarining 
uy-joylari 
o ‘zbek 
va 
tojiklam ikidan deyarli farq qilmagan, lekin ularda hovlining ichkari- 
tashqarisi boMmagan. Xonalari odatda, derazasiz quriladi. Tuynuk 
panjara (yahudiylarda tobadon) yoki xona eshiklaridan tushib 
turadigan yorug‘da o ‘tiriladi. Har bir xona oldidan seni (dahliz) 
quriladi va polga bo‘yra to ‘shaladi. B o‘yra ustidan sholcha, namat va 
gilam solinadi. Qishning sovuq kunlarida asosan, sandal yonida 
o ‘tiriladi va o ‘sha yerda tamaddi qilinadi. X o‘jalik xonalari oshxona, 
xezumxona (yoqilxona), angishtxona (ko‘mirxona), govxona (og il, 
molxona) va aspxona (otxona)dan iborat bo‘Igan.
Mintaqaga ko‘chib kelgan koreyslar yangicha uylarda yashay 
boshlagan, lekin ular o ‘z milliy an'analarini saqlab qolgan. Chunonchi, 
uyni isitish, xonalaming joylashuvi va ulardan foydalanish bobi a 
o ‘zlariga xos tarzda ish tutadi. Masalan, koreys xonadonida a atta, 
alohida oshxona (puok) b o‘ladi. U yerga 2 -3 ta qozon o ‘matilgan loy 
o ‘choq (pech) qurilib, u odatda, xonaning yarmini egallaydi.
Koreyslar yotoqxonani 
ukkan
deb ataydi va xonaning po iga 
qamish bo ‘yra solinadi. Poli ostiga uyg‘urlaming о chog 
1
singan 
quvur o ‘tkazilgan b o lad i. 0 ‘choqda olov yoqilganda, ushbu xonaning 
poli ham isiydi. Xonadon a'zolari issiq polda o ‘tirib, o‘sha yerda dam
oladi. 

и- 
t k
Koreyslar uyida uchinchi xona (marupan) yog och polli qiim
quriladi. Odatda, ushbu xona mehmonxona vazifasim о taydi, 
m ehmon kelmagan paytda esa ayollar yotoqxonasi vazifasim ham
bajaradi. 
.
207


Qaysi vaqtda, kim lar bilan kelganlariga qarab uyg‘ur oilalari har 
xil yerlarga joylashadi. Sinszyan viloyatida qo‘ni-qo4shni boMib 
yashagan va qavm -qarindoshlik aloqalari bilan bo g‘langan oilalar bir 
yerda boMishga harakat qilgan hamda alohida-alohida qishloq b o ‘lib 
joylashgan. Q ishloqlam ing nomlari ham eskicha, ya'ni Sinszyanda 
nima deb atalgan b o ‘lsa, ushbu nom bilan yuritila boshlangan. 
Qishloqlarda hovlilar soni har xil boMib, yiriklarida 500-900 ta 
xonadon joylashgan.
Qishloqlarda uylar yonm a-yon, bir-biriga taqab qurilgan, har bir 
hovlida mevali bog4, uyning orqasida o ‘ziga yarasha tomorqasi 
mavjud boMgan. Hovlilar asosan, y o ‘1 chetlari, suv bo4ylari va to g 4 
etaklariga qurilgan. K o 4chalarga daraxt (tok, terak va chinor)lar 
o4tqazilgan. Hovlilariga turli xil gullar ekilgan, chunki uyg4urlar 
gullami nihoyatda yaxshi k o 4radi.
Yirik qishloqlar o 4z bozoriga ega boMgan. Q ishloqning eng 
yaxshi va yuqori qism iga masjid qurilgan va u yerda turli do 4konlar 
joylashgan. .*v«
Uylar asoSan, paxsa va xom gMshtdan qurilgan. Devorlam ing 
yuqori qismida ochiq jo y tuynuk qoldirib, deraza, panjaralar 
o 4matilgan. Uyning burchagi yoki devorlam ing o 4rtasiga o 4choq 
(morochoq) qurilgan. X onalam ing biriga katta-kichik supa (kong) 
qurilib, o 4choq quvuri ana shu supa ichidan o 4tkazilgan. 0 4choq tutuni 
xona burchagiga devor bo4ylab o 4m atilgan quvur (m o4ri)dan 
tashqariga chiqib ketgan.
Qadim uyg4ur hovlisida usti berk, keng ichki hovli - dolan 
(dahliz) bo4lgan va darvozadan to 4g 4ri shu dolanga kirilgan. 
Dolanning bir tomoni mehmonxona (saroy), o 4choqxona va oshxona, 
keyin turli xil, katta-kichik xonalar (ombor, sang, qaznoq)dan iborat 
boMgan. Dolanning boshqa tarafiga m olxona (yegil) va som onxona 
(somonlik) kabi turli yordamchi xo4jalik xonalari qurilgan. Ushbu 
xonalarga ham dahliz (dolan)dan kirilgan. Dolanning orqa tarafida 
hovli va tomorqa, boqqa chiqadigan ayvon (lampa) boMadi. Bu yerga 
o4choq qurilgan boMib, yozda ovqatlar shu yerda pishiriladi. Bog4da 
baranglik bir yog‘iga paxsa devor urilib, usti shox-shabbalar bilan 
yopilgan ayvonda o4tirish mumkin.
Uyg‘urlar orasida keng tarqalgan hovlilardan yana birini alohida 
ta'kidlash kerak boMadi. Yuqorida ko4rsatilgan hovlining to4rida 
xonalaming barchasi yonma-yon qurilib, hammasi bir tom ostida
208


bo‘Isa, keyingi xil hovlida esa xonalar alohida-alohida joylashtiriladi 
Darvoza orqali dahlizga emas, hovliga kiriladi. Hovlining o‘ng va 
chap taraflariga alohida 2 -3 xonali uylar qurilgan, ushbu uylaming 
eng kattasida ota-onalar, kichiklarida esa o ‘g‘illar yashaydi. Xo‘jalik 
xonalari alohida joylashtirilgan bo‘lib, ulaming oldiga boshidan 
oxirigacha cho‘zilgan ayvon qurilgan.
D unganlaming uylari Shimoliy Xitoydagi faizalarga o ‘xshaydi. 
U ylam ing derazalari hovli ichiga qaratib o ‘matiladi va uning atrofi 
baland loy devor bilan o ‘rab olinadi. Ba'zan dungan uylari xom g ‘isht 
va toshdan ishlangan sinchli devorlar bilan o ‘ralgan. G ‘ishtni bir xil 
emas, navbatma-navbat, bir qator uzunasiga, bir qator tikkasiga 
o ‘matiladi. Derazaga panjara o ‘matilib, moy qog‘oz yopishtirib 
qo ‘yiladi, xonaning tashqarisi (hovli tomoni) esa ayvon bilan to‘siladi. 
Xonaning har biri uyg‘urlamiki singari kong (pech) bilan isitiladi.
Hovlida shiyponga ayvon qurilib, ikki tarafidan tok ko‘tarilgan 
bo ‘ladi. Atrofiga turli-tuman gullar ekiladi va xuayyan (gulzor) 
yonlari pastak qamish devor bilan o ‘rab chiqiladi.
Xonalarga pastak va kichik shkaf (komod, guyjuse, yumaloq va 
to‘rt burchak narsalar)lar o ‘matilgan. Dunganlaming uylari loydan, 
pastakkina qilib qurilib, usti qamish bilan yopilgan. XX asming 30- 
yillari va ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda paxsali uylar paydo 
bo ‘lgan. 0 ‘tmishda loMilarda shomanda odati mavjud bo‘lgan. 
Q arindosh-um g‘ lo‘Iilar oqsoqol rahbarligida erta bahordan to kech 
kuzgacha daryo vodiylariga chodir tikib, o ‘sha yerda yashagan. Sovuq 
tushishi bilan yana o ‘z joylariga qaytib kelgan va ushbu odat hozir 
ham saqlanib qolmoqda. Lo‘lilaming ikki xil chodiri mavjud: chodiri 
zimiston (qishki) va chodiri soyabon (yozgi).

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish