Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Turkiston tarixiy-an’anaviy jihatdan keng



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Turkiston tarixiy-an’anaviy jihatdan keng
ma'noda quyidagi qismiardan iborat:
_ _
_
_
_
2

.,, i
Ш
* a) M arkaziy Turkiston (hozirgi 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston va qisman j
Tojikiston);
f
------
. b) Sharqiy Turkiston (ichki M o‘g ‘uliston, Xitoyning Shinjon
• avtonom tumani, Ooraqurum);
-Uyg‘ur j
Г
;J v) G ‘arbiy Turkiston (Eronning shimoli, Kavkaz, Kaspiy dengizi 
| havzasi);
---- ------------ ------------------------------------------------- * 

s
( g) Shimoliy Turkiston (shimoliy Qozog‘iston, Volgabo‘yi, Sharqiy 
» Ural tog‘larigacha cho‘zilib ketgan Turon pasttekisligij Ob, Yenisey, 
j Lena daryolari oralig‘i, Sibir), tor ma'noda Turkiston deb asosan,
•. markaziy Turkiston tushuniladi. 
f
\
^ _ 
-- . 
^
Sovet davri qomuslarida ta’kidlanganidek, Turkiston keng 
ma'noda - turkiy xalqlar yashovchi hudud nomi hisoblangan. Tor 
ma'noda 
Turkiston 
1867—1917-y illardagi 
Turkiston 
general- 
gubematorligi 
(1886-yildan 
Turkiston 
o‘lkasi) 
tushunilgan.
32


Shuningdek, Rossiya imperiyasining vassallari Xiva va Buxoro 
xonliklari hududining tarixiy-geografik nomidir. Rossiya bosib olgan 
g‘arbiy 
Turkiston 
hududida 
1867-yilda 
Turkiston 
general- 
gubematorligi tuzildi, 1886-yildan rasman Turkiston o‘lkasi deb 
atalgan. Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng g‘arbiy Turkiston hududida 
Turkiston 
ASSR 
tuzilgan. 
Turkistonda 
milliy-hududiy 
chegaralanishning o ‘tkazilishi, ya'ni uning 3 ta Respublika va 2 ta 
avtonom viloyatga boMinishi tufayli Sovetlar davlatida Turkiston 
nomi ishlatilmaydigan bo‘ldi. Chunki, Sovet hukumati mustaqil 
Turkistonni tiklash g‘oyasidan nihoyatda qo‘rqar edi.
Yuqorida ta'kidlaganidek, 1924-1925-yilIarda Turkistonda milliy- 
hududiy chegaralanishi o‘tkazilib, “Turkiston” atamasi sun'iy ravishda 
muomaladan chiqarildi va uning o‘miga rasman “0 ‘rta Osiyo” 
geografik atamasi joriy qilindi.
0 ‘zbekiston o‘z strategik o‘mi, iqtisodiy va madaniy salohiyati 
jihatidan 
Turkistonning 
vorisi 
hisoblanadi. 
Mamlakatimiz 
mustaqilikka erishgach, ushbu atama tarixiy, siyosiy va madaniy-etnik 
jihatidan qaytadan muomalaga kiritildi hamda keng koMamda 
qoMlanilmoqda.

Movarounnahr
" atamasi Markaziy Osiyoning markaziy va 
janubiy viloyatlariga nisbatan ham ishlatilgan. Ushbu geografik atama 
arabcha “daryo orti”, “daryoning narigi tomoni”, ya'ni Amudaryo 
ortida va uning o‘ng qirg‘og‘idagi hudud degan ma'noni anglatishi 
keng tarqalgan edi. Uning xuddi shu ma'noni anglatadigan fors tilidagi 
“Vorarud” va “Vora Jayhun” shakllari mavjud, ulaming barchasi 
aw al (XI asr) Xuroson viloyatining davomi sifatida, IX asr 
boshlaridan e'tiboran esa Turkiston, ya'ni Qoraxoniylar va undan 
keyingi 
turkiy davlatlar tarkibidagi 
ma'muriy birlik sifatida 
tushunilgan.
“Movarounnahr” atamasi ilk bor hadislarda tilga olingan. Aftidan, 
ushbu atama arablar o ‘rtasida islomgacha bo‘lgan davrlarda ham 
ma'lum b o iib , u vaqtda (VI asr) shimoli-sharqda Jayhun, ya'ni 
Amudaryoning orqasida joylashgan Turk xoqonligiga qarashli 
hududlami anglatgan.
Qadimgi fors manbalariga tayangan arab geografi Yoqut 
Hamaviy “Movarounnahr” atamasini Turon mamlakatining nomi 
sifatida bilgan.
33


Arab tilida “daryoning narigi betidagi yerlar”, degan ma'noni 
anglatadigan 
“Movarounnahr” 
atamasi 
qadimgi 
yunonlaming 
“Transaksiana” atamasining deyarli solzma-so‘z tarjimasi hisoblanadi.
Arablar o ‘zlarining Sharqqa qilgan ilk yurishlari davomida (VII 
asr ikkinchi yarmi - VIII asr boshlari) ushbu o‘lka haqida ikki xil 
tushuncha va ma’lumotga ega bo‘lgan edi. “Ma-duna-m-n-nahr”, ya'ni 
“Movarounnahr”, ya’ni “daryoning pastki tomoni” va “Ma-varo-an- 
nalir”, ya’ni “Movarounnahr” daryoning narigi tomoni ma'nolarini 
anglatgan. Mazkur atama VII asming 70-yillaridan, ya'ni Arab 
xalifaligi noiblari Marv shahriga kelib, Turkistonga vaqti-vaqti bilan 
oMja olish uchun Poykent, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo 
hududlariga qilgan yurishlari davridan boshlab qo‘llanilgan.
705-715-yillarda ushbu atama yanada keng iste'molga kirgan. 
Arablar ta'sirida “Movarounnahr” atamasi o‘rta asrlardan boshlab 
Xo‘jand, Samarqand va Buxoro shaharlari hamda uning atroflari, 
Qashqadaryo va Surxondaryo vohalami o ‘z ichiga olgan. Mazkur 
atama Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi keng hududni anglatgan 
ilmiy, tarixiy va geografik asarlardan Yevropa tillariga ana shu 
yuqorida chegaralangan hududni anglatuvchi atama sifatida o ‘tgan va 
qo‘llanilgan.
“O'rta Osiyo"
atamasini dastlab XIX asrda taniqli nemis geograf 
olimi A. Fon Gumbold “Mittel Azia” shaklida Osiyo qit'asining ichki 
qismlarini belgilash uchun qo‘llagan edi. U Osiyo uchun 0 ‘rta 
paralleldan shimol va janubda 5 kenglikdagi hududni “0 ‘rta Osiyo” 
deb ataydi. Olim mintaqaning g‘arbiy qismini Kaspiy dengizi bilan 
chegaralagani 
holda 
sharqiy 
qismining 
chegaralarini 
aniq 
ko‘rsatmaydi.
Mashhur nemis geografi Ferdinand fon Rixtgofen o ‘zining 
“Хитой” asarida ushbu hududga nisbatan yangi va birmuncha aniqroq 
ta'rifni taklif etgan edi. Uning fikricha, janubda Tibetdan shimolda 
Oltoygacha, g ‘arbda Pomirdan sharqda Xingongacha bo'lgan 
hududlar - Markaziy Osiyodir. Olim Orol - Kaspiy pasttekisligini 
oraliq chiziqqa mansub, deb qayd etgan edi.
Markaziy Osiyo
- Yevrosiyo materigining o‘rta qismi, g ‘arbda 
Kaspiy dengizi qirg‘oqlari, sharqda Xitoy, shimolda G ‘arbiy Sibir 
tekisligi, janubda Nishopur, Safedko‘h va Hindikush togMariga 
cho‘ziIgan yirik tabiiy-geografik o ‘lkadir. U materikning ichkarisida, 
Atlantika okeanidan 4 ming km Shimoliy Muz okeanidan 2,5 ming
34


km, Tinch okeanidan 5,5 ming km va Hind okeanidan 1000 kmga 
yaqin masofada joylashgan. Markaziy Osiyo hududi o‘rta asrlarda -
Turon, arab manbalarida - Movarounnahr, XIX asming ikkinchi 
yarmi — XX asr boshlarida, aniqrog‘i 1921—1925-yillarda o ‘tkazilgan 
milliy-hududiy 
chegaralanishgacha 
Turkiston 
deb 
nomlangan, 
keyinchalik sovet davridan boshlab esa 0 ‘rta Osiyo deb ataladigan 
bo‘ldi.
Markaziy Osiyoning tabiati, xo‘jaligi, shaharlari va aholisiga oid 
dastlabki tarixiy-geografik ma'lumotlar Gerodot (mil.avv. V asr), 
Kvint Kursiy Ruf va Strabon (mil.avv. II asr) kabi yunon hamda Rim, 
shuningdek, xitoy olimlarining asarlarida uchraydi. Bundan tashqari, 
Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Ahmad as-Saraxsiy 
(IX asr) Jayhoniy, Abu Zayd Balxiy (X asr), Abu Rayhon Beruniy
Ibn Sino, Nosir Xisrav, Mahmud Koshg‘ariy (XI asr), al-Xovakiy, 
Mahmud Zamaxshariy, Sam'oniy va boshqa mahalliy olimlaming 
asarlarida ham ushbu hudud haqidagi qiziqarli ma'lumotlar mavjud. 
Markaziy Osiyo geografiyasiga oid ma'lumotlar IX-XII asrlarda 
yashagan sayyoh olimlar - Ibn Xo‘rdodbek, Ibn al-Faqiq, Ibn Rusta, 
al-Muqaddasiy, al-Mas'udiy, Ibn Fadlan, Istaxriy va Ibn Xavqal 
kabilarining asarlarida ham uchraydi.
Rossiya imperiyasi davrida Markaziy Osiyo deyilganda, Orol 
dengizining shimoliy nuqtasidan to Balxash ko‘lining shimoliy 
nuqtasigacha o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziqdan Eron, Afg‘oniston, Xitoy 
va Kaspiy dengizi chegaralarigacha bo‘lgan oraliqda joylashgan 
hudud tushunilgan.
Sovet davrida ushbu tushunchalar bir oz o ‘zgargan, chunki 
1924-1925-yiIlardagi milliy-hududiy chegaralanish natijasida sobiq 
mintaqaning kattagina qismi Qozog‘iston SSR tarkibiga kiritildi. 
Qozog‘iston SSRning chegaralari esa shimoliy-sharqda 0 ‘rta Sibir, 
g ‘arbda Ural tog‘lari va Volga daryosining etaklari, qisman Yevropa 
qit'asigacha cho‘zildi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, “Markaziy Osiyo” atamasi bugungi 
kunda barcha ilmiy-ommabop adabiyotlar va jamoatchilik o‘rtasida 
keng 
qo‘llanilib 
kelinmoqda. 
Ko‘rinib 
turibdiki, 
insoniyat 
sivilizatsiyasi beshiklaridan biri hisoblangan azim Sirdaryo va 
Amudaryo oralig‘idagi bepoyon hududlar turli davrlarda siyosiy, 
tarixiy 
hamda 
geografik 
asarlarda 
“Turon”, 
“Turkiston”, 
“Movarounnahr”, “0 ‘rta Osiyo” va “Markaziy Osiyo” nomlari bilan
35


atalib kelingan. Mustaqillik sharofati bilan milliy o ‘zlikni anglashga 
intilish yanada kuchaya boshlagan va tarixiy qadriyatlar tiklanayotgan 
hozirgi vaqtda, asrlarga bo‘ylashgan ushbu salohiyatli mintaqa tarixini 
yanada teranroq o ‘rganishga qiziqish tobora ortib bormoqda.

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish