Nazorat savollari:
1. Tojik xalqining etnogenezi to‘g ‘risida nimalami bilasiz?
M anbalar asosida ma'lumot bering?
2. Tojiklaming mintaqaning boshqa xalqlari bilan etno-madaniy
aloqalarini izohlang?
3. Tojiklaming antropologik tipi va uni o ‘ziga xos xususiyatlari
haqida-so-zlab-bering?
4. Tojiklami Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa xalqlari bilan
xo ‘jaligidagi o ‘xshash hamda o ‘ziga xos jihatlarini bayon eting?
5. Pomir xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi to ‘g ‘risida so‘zlab
bering?
6. Pomir xalqlari antropologik tipini manbalar asosida izohlang?
7. Pomir xalqlari an'anaviy xo‘jaIigining o‘ziga xos jihatlari
to ‘g ‘risida ma'lumot bering?
117
VI BOB. T U R K M A N X A L Q I ETNOLO G IYASI
■* ---------------------------------------------------------
Mavzuga oid tayanch so ‘z va iboralar:
Turkmaniston
Respublikasi
,
dax-massagetlar,
saljuqiylar,
turkmanlar
antropologiyasi, teke, yovmut, ersari, goklan, Kaspiyorti tipi,
chumur, о ‘tov, cho
'
qay.
6.1. Turkman xalqining etnogenezi va etnik tarixi
Turkmanlar asosan, hozirgi Turkm aniston hududida yashaydi.
Turkmaniston — M arkaziy Osiyoning janubiy-g‘arbida joylashgan
davlat bo‘lib, maydoni 491, 2 m ing km2dan iborat. Turkmaniston
Respublikasida 6,2 million kishi yashaydi. Poytaxti — Ashxobod
shahri.
Turkmaniston
shimolda
Q ozog‘iston,
shimoliy-sharqda
0 ‘zbekiston, janubda A fg‘oniston va Eron bilan chegaradosh. Kaspiy
dengizining sharqiy qismi Turkmanistonning g ‘arbiy qirg‘oqlari
bo‘ylab o ‘tadi. Turkmaniston hududi 5 ta viloyatga bo‘linadi. Birinchi
viloyat Amudaryoning o ‘rta havzasida joylashgan bo‘lib, bu yerda
ersari, soluri, boyati, sakari mukri, xotab va olam turkmanlari
istiqomat qiladi. Ikkinchi viloyat M urg‘ob va Tejen vohalaridan
iborat.
l-
''
Uchinchi viloyat Kopetdog‘ning tog‘oldi va tekislik qismlari,
Ateka, Sumbar va Chandir daryolari vodiysini o ‘z ichiga olgan. U shbu
hududda go‘klan, murchali, nuxurli, qardoshli, anauli va tekinlar hayot
yashaydi. To‘rtinchi viloyat Turkmanistonning janubiy-g‘arbiy va
Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘oqlarini egallagan. Bu yerlarga X IX -
XX asrlarda yovmut, oguijali va evlyad turkmanlari ko‘chib kelgan.
Beshinchi viloyat Markaziy va Janubiy Qoraqum hududlaridan iborat
bo‘lib, Turkmanistonning shimoliy-g‘arbiy hududlarini Balxan deb
ham atalgan. Turkmanistonning janubida Kopetdog‘ tog‘lari (eng
baland joyi 2942 m. - Rizo cho‘qqisi), undan shimoliy-g‘arbda K ichik
Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon (1881 m gacha) to g ‘lari
joylashgan.
Turkmaniston hududi qadimda Ahamoniylar, Salavkiylar va
Parfiya davlatlari, Yunon-Baqtriya podsholigi, Eftaliylar, Turk
118
xoqonligi, Arab xalifaligi, Tohiriylar, Somoniylar, Saljuqiylar,
Xorazmshohlar ham da M o‘g ‘ullar imperiyasi tarkibida bo'lgan. XIV
asrning 70-80-yillaridan Turkm aniston hududi Temuriylar tasarrufiga
o-tgan bo‘lsa, XVI asrning oxiri
XVII asrda Xiva va Buxoro
xonliklariga bo‘ysungan, bir qismi Eron tarkibiga o‘tgan edi. 1869-
1885-yillarda Turkm aniston hududini Rossiya bosib oldi. 1917-yil
noyabr-dekabr oylarida hududda sovet hokimiyati o ‘matildi. 1918-
yilda TASSR (Turkiston muxtor sovet sotsialistik respublikasi tashkil
etilgach, Turkm anistonning asosiy qismi (Zakaspiy viloyati, 1921-yil
avgustdan Turkm aniston viloyati) uning tarkibiga kirdi. 1924-yil 27-
oktyabrda Turkm aniston SSR tashkil topdi va SSSR tarkibiga kirdi.
1991-yil 27-oktyabr kuni mamlakatda “Mustaqillik kuni” deb e'lon
qilindi.
Turkmaniston
Respublikasining
asosiy
aholisi
turkmanlar
hisoblanadi. Shuningdek, bugungi kunda turkmanlar 0 ‘zbekiston,
Shimoliy Kavkaz va Rossiyaning Astraxan viloyati hamda boshqa
shaharlarda (50 m ing nafar), A fg‘onistonda (932 ming nafar), Eronda
(1 mln 328 ming nafar) va Turkiyada (500 ming nafar) yashaydi.
Turkmanlaming butun dunyo bo‘yicha nufiisi 8 mln nafar kishini
tashkil qiladi.
Rasmiy til - turkman tili. Dindorlari asosan, sunniy musulmonlar.
Yirik shaharlari: Ashxobod, Turkmanobod, Toshhovuz, Mari va
Turkmanboshi.
Turkmanistonda rasmiy bayramlar bilan birga milliy bayramlar
sifatida “Axaltekin otlari kuni”, “Suv kuni”, “Qovun kuni” va “Gilam
kunlari” ham nishonlanadi.
Hozirgi vaqtda turkman xalqining etnogenezi muammolari to'liq
o ‘rganilgan, deb bo‘lmaydi. Chunki, etnik tarix va turkman
etnogenezining ko‘plab savollari javobsiz qolmoqda. Turkmanlaming
o ‘ziga xos antropologiyasi va lingvistik tuzilishining tarixiy
bosqichlari kam o ‘rganilgan. Turkman xalqining shakllanish davriga
taalluqli
savollar,
ayniqsa,
bahsli
bo‘lib
qolmoqda.
Ushbu
muammolaming tarixiy va etnologik yechimi bir necha bor turkman
olimlari hamda xorijlik izlanuvchilar e'tiborida bo‘lib keldi. Ushbu
savollarga javob topish o ‘rta asrlardanoq boshlangan.
Birinchi bo‘lib turkmanlar haqida Abu Rayhon Beruniy o ‘zining
qimmatbaho toshlami o‘rganishga bag‘ishlangan “Минералогия”
kitobida ma'lumot bergan va “turkman” nomining etimologiyasiga
119
doir fikr-m ulohazalarini bildirgan. K eyinchalik ushbu muammo
M ahm ud K oshg‘ariyning “Девону луготит-турк” asarida ham o ‘z
ifodasini topgan. Allom a turkm anlam ing o ‘g ‘u z va qarluq qabilalari
tarkibiga kirishi hamda o ‘g ‘uzlam ing forsiyzabon o ‘troq aholi bilan
yaqinlashishi natijasida o ‘zgarishi haqida tarixiy faktlam i yozib
qoldirgan.
X IV
asrda tarixchisi R ashididdin turkm anlam ing M ovarounnahr
va Erondan qochib kelgan o ‘g luzlardan kelib chiqqan ham da tashqi
sharoitlar ta'sirida tojiklarga o ‘xshab borgan, deb yozgan edi. XVII
asrda yashagan Xiva xoni A bulg‘oziy Bahodirxonning “ Ш ажарайи
туркнома” asarida turkm anlam ing kelib chiqishi va tarixi haqidagi
o ‘rta asr olimlarining ma'lumotlari ham da xalq afsonalarini keltirgan.
G ‘arb davlatlarida ushbu m avzuga birinchi bo‘lib fransiyalik
tarixchi De Erbelo qo‘l urgan edi. U o ‘g ‘uzlam ing Am udaryoning
orqa tomoni va M ovarounnahm ing chegara qism lariga joylashishi,
ulam ing mahalliy aholi bilan qo‘shilib ketishi, o ‘z tillarida avlodlarga
xos dag‘allikni saqlab qolganliklari ham da buning natijasida
xurosonliklar ulami “turkman”, ya'ni “turklarga o ‘xshash”, deb
atagan, deb yozgan edi.
J. Deginning “Щ аркий халкларнинг умумий энсиклопедияси”
asarida
turkmanlaming
kelib
chiqishiga
boshqa
tom ondan
yondashiladi. U o ‘g ‘uzlar boshqa turk qabilalari kabi qadimiy
xunnlaming avlodi, deb hisoblagan edi. M azkur olim o ‘rta asrlarda
o4g‘uzlaming ikki: g‘arbiy va sharqiy qism ga bo‘linganini k o ‘rsatib
bergan. G ‘arbiy o 4g‘uzlar XI asrda Gretsiya va M akedoniyaga,
ulaming sharqiy
qismi
esa Eronning
chegara
hududlaridagi
viloyatlarga kirib borgan hamda ular turkm anlar deb atala boshlangan.
Rossiyada turkman etnogenezini yoritish bo ‘yicha dastlabki
tadqiqotlar XVIII asrda boshlandi. Chunonchi, M. N. Karam zin
o‘g‘uzlami qadimgi rus yilnomalarida turklar bilan bir, deb hisoblagan
edi. 0 ‘z navbatida, ushbu fikrlar М. I. Pogodin va D. I.
Iloviyskiylaming izlanishlari uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
1836-yilda S. G. Karelin o ‘z ekspeditsiyasi bilan Kaspiy
dengizining sharqiy qirg‘oqlarida bo‘ldi. U turkmanlam ing kelib
chiqishi va vatani to‘g‘risida afsonalami yozib oldi hamda bu borada
ko plab malumotlar to‘pladi. S. G. Karelin esa turkmanlami qadimgi
massagetlar bo‘lsa kerak, deb yozgan edi. XIX asming 60-yillarida
venger sayyohi X. Vamberi turkmanlaming hayoti va turmushi ustida
120
qimmatli etnologik kuzatishlar o ‘tkazdi. Shuningdek, М. T. Xautsning
“0 ‘g ‘uz qabilalari” asarini alohida ko‘rsatish kerak. Ushbu asarda
m uallif turkm anlam ing u yoki bu darajada eronlashgan turklar, degan
g ‘oyani ilgari surgan edi.
XIX
asm ing
oxirlarida
Urxun
yozuvlarini
o ‘rganishning
boshlanishi bilan o ‘g ‘uz va turkm anlaming etnogenezi muammolari
yanada dolzarblashdi. M o‘g ‘ulistondagi qadimgi turk yozuvlarining
deshifrovka
qilinishi
o ‘g ‘uzlaming
Markaziy
Osiyodan
kelib
chiqqanligi haqidagi fikrlam i yanada jonlantirdi.
Turkman etnogenezini o ‘rganish borasida V. V. Radlov va V. V.
Bartoldlar ham shug‘ullandi. Tadqiqotchilar “turkman” nomi X asrda
arab adabiyotida eslatilgani, ushbu atama “to-ku-mong” nomi bilan
xitoylam ing VII asr “Tun'-Dyan” ensiklopediyasida keltirilganligini
qayd etgan edi. Ular qadimgi Urxun yozuvlarini o ‘rganilishi natijasida
o ‘rta asrlam ing boshlarida 0 ‘rta Osiyoga ko‘chib kelgan Markaziy
Osiyolik qabilalami o ‘g ‘uzlar deb atagan, degan xulosaga kelgan.
0 ‘g ‘uz va turkman etnogenezi muammolari bilan A. Yu.
Yakubovskiy ham shug‘ullangan edi. U turkmanlar etnogenezi uchta
qismdan, ya'ni qadimgi forsiyzabon aholi, eftaliy-turk qabilalari va
o ‘g ‘uz qabilalaridan iborat, deb hisoblagan edi. Mazkur mavzuga S. P.
Tolstov “Урта Осиё ва Крзогистон халклари” to ‘plamda alohida
to ‘xtalib, o ‘g ‘uzlami 0 ‘rta Osiyo tub aholisi, deb hisoblagan edi.
XX asm ing ikkinchi yarmidan boshlab turkmanlar etnografiyasi
bilan mahalliy olimlar ham shug‘ullana boshladi. Chunonchi, bu
borada G. I. Karpov, A. A. Roslyakov va S. G. O g‘ajonovlaming
ilmiy tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Turkmanlar etnogenezida mahalliy dax-massaget, shuningdek,
sarmat va alan qabilalari, qisman qadimgi M arg‘iyona, Parfiya va
Xorazm davlatlari aholisi qatnashgan. I ming yillik o ‘rtalarida
Kaspiybo‘yi cho‘llarida turkiy qabilalar va IX asrlardagi o ‘g ‘uzlar
turkmanlaming etnogenezida muhim rol o ‘ynagan. 0 ‘g ‘uzlaming
asosiy guruhi XI asrda shimoliy-sharqdan kelib, mahalliy aholi bilan
aralashib ketgan.
XI
asrda saljuqiy qabilalari turkmanlar yashaydigan hududlarga
kela boshlaydi. 0 ‘g ‘uz, alan va qipchoq qabilalarining qisman
xorazmliklar bilan qo‘shiIishi natijasida yangi qavmlar paydo bo‘ladi.
Demak, “turkman” nomi dastlab X asr oxirlarida paydo bo‘lgan.
121
X IV -X V asrlarda Kaspiy dengizi atroflari, M ang‘ishloq yarim
oroli, Sariqqamish ko‘li, Qoraqum , Xorazm ning g ‘arbiy va shimoliy
chegaralarigacha bo ‘lgan hududlarda turkm anlar joylashgan edi. Ular
asosan, yetti qavmdan iborat bo ‘lgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |