Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Taomlari
Yahudiylar ovqatlanish masalasida diniy urf-odatlarga 
katta e'tibor beradi. Yahudiylaming ovqatlari ikki turga bo‘linadi: sutli 
va go‘shtli taomlar. Cho‘chqa, ot va tuya g o ‘shti yeyilmaydi. Ular 
orasida eng tarqalganlari sifatida palov, oshi porakarda, sirkaniz, 
oshimoxi va baxshni alohida ko ‘rsatish mumkin. Bular yahudiylaming 
milliy taomlari hisoblanadi. Ular obinon, quymoq, chalgan va 
arqonpak pishiradi, shinni, va kama iste'mol qiladi. Bog‘dorchilik va 
rezavorchilik ham keng tarqalgan.
Koreyslar dasturxonida hamma vaqt albatta, guruch bilan 
sabzavotlar bo‘lishi shart bo‘lgan. Koreyslar guruchni qaynatib 
iste'mol qiladi, ushbu taom koreys tilida 
pap
deb ataladi. Shuningdek, 
shirguruch va kimchxi nomli achchiq-chuchuk salat sevib iste'mol 
qilinadi. Kimchxi odatd,a tuzlangan karam, bodring va turpdan 
tayyorlanadi va ustiga koreys piyozi va sarimsoq to‘g ‘ralib, qalampir 
sepiladi.
213


Bayram kunlari, turli sayil va marosim lar paytida, shuningdek, 
m ehm ondo‘stlikda kuksi va chxaltok tayyorlanadi. Kuksi xamirli taom 
boMib, xamirosh (ugra)ga o ‘xshab ketadi. Uni tayyorlash uchun xam ir 
nihoyatda ingichka va soch tolasi qalinligida to ‘g ‘raladi. Keyin mayda 
to ‘g ‘ralgan qaynatma yoki qovurma go‘sht, loviya, kimchxi va 
qalampir solingan sho‘rvada pishiriladi.
Chxaltok taomi ham ju d a qiziqarli usulda tayyorlanadi. M azkur 
taom damlab pishirilgach, guruchni katta yog‘och idishga ag ‘darib, 
ikki erkak galma-gal katta bolg‘alar bilan urib yanchiydi. Guruch 
ezilib, xamirga o ‘xshab qoladi va dasturxonga tortilib, loviya, n o ‘xat 
va boshqa ko‘katlar qo ‘shib iste'mol qilinadi.
Uyg‘urlar ovqatga m akkajo‘xori, un, guruch, sabzavot va g o‘shtni 
ko‘p ishlatadi. Undan xilma-xil taomlar, jum ladan, qatlama, yogMi 
yoki yog‘siz poshqal, sangza (o‘rama) tayyorlaydilar.
Uyg‘urlar xamirli taom larga nihoyatda boy xalq hisoblanadi. 
Hamma yaxshi biladigan cho'zm a Iag‘mon, chushura, manti va 
mampardan tashqari, xavilvash (uzma osh), m anjura osh, umoch, 
(xamimi g‘alvirdan o ‘tkazib, yogMi go lsht va dum ba to ‘g ‘rab, ko‘kat 
aralashtirib tayyorlanadi). Shuningdek, xuluk non (xonim), g o ‘sht 
non, somsa, palau, shavla, shavla va suyuq osh ham tayyorlanadi.
U yg'urlar china yoki pakura china (kichik va katta piyola)larda 
atkan chay (sut choyi) ichishni xo ‘sh k o ‘radi. M ehm onga kelgan 
zahoti va kechqurun ketishidan oldin albatta, atkan choy beriladi. Ular 
xamirdan yuzga yaqin turli-tuman taom lar pishirishni biladi. Birgina 
mantining o‘zi bir necha xil boMadi. Puntucha (puntuza) taomlari, 
ayniqsa, mosh unidan tayyorlangani juda mazali boMadi.
Dungan ovqatlari Xitoy taom lariga o ‘xshab ketadi, ular ham 
xamir va sabzavotlami ko 4p iste'mol qiladi. Taom tayyorlashda 
o'sim lik yogMdan tashqari mol yogM ham foydalaniladi.
Dunganlar asosan, mol va qo‘y go‘shtini iste'mol qiladi. Suyuq 
taomlardan un oshi (keskan osh), no‘xat va loviya sho‘rva tez-tez 
tayyorlanadi. Ular qovun bilan tarvuz, obi non, ayniqsa, dim lam a non 
k o‘p iste'mol qiladi va quruq meva bilan choy ichishni yoqtiradilar. 
Ovqatni yog‘och, suyak yoki bambukdan yasalgan tayoqcha (kuezi)lar 
bilan iste'mol qiladilar.
Dunganlar qishda yogMi, yozda esa yog‘siz ovqatlar tayyorlaydi. 
Ilk baliorda vitaminlarga boy, yow oyi o ‘tlar ko‘p ishlatilsa, yozning 
ilk kunlarida esa taom tayyorlashda ko‘k loviya, yangi kartoshka va
214


sabzidan keng foydalaniladi. lyul oyidan boshlab shirin ko‘k bulg‘ori 
garmdorisi, baqlajon, sinchuan karami (sunzi), pomidor va boshqa 
sabzavotlar ishlatiladi.
Dunganlar kishi organizmining talab ehtiyojlarini nazarda tutib, 
kun davomida muayyan tartibda ovqatlanadilar. Nonushtaga odatda, 
sovuq osh, mastava, atala (banton), tushlik paytida esa lag‘mon, 
shirguruch, turli boshqa xamirli ovqatlar tayyorlanadi. Sabzavot bilan 
qo ‘shib pishirilgan go‘sht va ulardan tayyorlangan salat ham 
dasturxonga qo ‘yiladi.

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish