Markaziy osiyo mintaqasidagi geosiyosiy jarayonlar
XXI asr xalqaro munosabatlarda kuchlar nisbati o`zgarib borayotgan bir sharoitda boshlandi. Butun insoniyatni, jumladan, O`zbekistonliklarni ham bugungi davrning asosiy jihatlari tashvishlantiradi. Dunyoning qiyofasi qanday tusga kirdi? Insoniyat o`z taraqqiyotining qaysi marrasiga ko`tarildi? XXI asrga kelib Yevroosiyoda tinchlik va kuchlar muvozanatini ta`minlash uchun qanday imkoniyatlar paydo bo`ldi? - degan savollar barchani o`ylantirishi tabiiy. Ushbu masalalarni, Markaziy Osiyo atrofida keyingi yillarda ro`y bergan geosiyosiy jarayonlar orqali tahlil etish muammoni yoritishga yordam beradi. Zero, Markaziy Osiyo yirik kuchlar o`rtasidagi geosiyosiy raqobatning asosiy nuqtalaridan biri ekanligi ayon bo`lmoqda .
Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyat bu yerdagi kuchlar muvozanatiga ta`sir etuvchi eng muhim omillardan ekanligini nazardan qochirmagan holda, bevosita bu hududdagi davlatlar qudrati, muammolari va ular olib borayotgan siyosatni tahlil etishga harakat qilamiz.
Markaziy Osiyodagi muvozanatga bevosita ta`sir etishdan manfaatdor bo`lgan Rossiya 2005 yilga kelib o`z budjetida birinchi marta 30 milliard dollarlik yirik daromadga erishdi. Ayni paytda, Rossiya oldida bir tarafdan ichki ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, ikkinchi tarafdan, ilgarigi siyosiy mavqeini tiklashdek ulkan va murakkab vazifa turibdi. Rossiyaning Yevroosiyodagi asosiy geosiyosiy “o`yinchi” ekani uning yuqoridagi vazifalarni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishiga bog`liq. Rossiyaning ichki ishi bo`lib ko`ringan ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi masalalar uning Yevroosiyoda geosiyosiy muvozanatning buzilishiga yoki aksincha saqlanib qolishi va hatto kuchayishiga ham ta`sir etadi. Rossiya o`z muammolarini hal etish uchun zarur bo`lgan vaqtni qo`ldan boy bermaslik uchun avvalo MDH hududida tinchlik saqlanib turishidan manfaatdordir. Ayni paytda, Rossiya G`arb ta`siriga tushib qolayotgan MDH davlatlarini o`z ta`sir doirasida saqlab turishga ham harakat qiladi. Ammo Rossiya o`z muammolariga qorishib yotgan bir paytda Boltiqbo`yi davlatlari butunlay Yevropa va NATO tarafiga o`tib ketdi, Ukraina va Gruziya ham shu yo`idan bormoqda. Markaziy Osiyoda esa O`zbekistondan tashqari barcha davlatlar muayyan tashqi ta`sirga dosh berish yoki xalos bo`lishi qiyin kechmoqda.
Rossiyaning MDH davlatlari manfaatlariga mos ravishda tashqi siyosat olib borishiga ta`sir qiluvchi ikki xil omil mavjud. Biri sobiq sho`rolar tizimidan qolgan va Yelsin davrida yanada murakkablashgan ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi ichki muammolar bo`lsa, ikkinchisi G`arbning Rossiyani parchalab tashlashni ko`zda tutgan intilishlari bilan bog`liq. Ichki va tashqi muammolarni quyidagicha tavsiflash mumkin.
Ichki muammolar:
davlat boshqaruv tizimini to`liq egallab olgan korrupsiya;
iqtisodiy jinoyatlar;
eski tuzumdan qolgan va hozirgacha bartaraf etish imkoni bo`lmagan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar;
Tashqi omillar:
Rossiyaning ta`sir doirasini toraytirishga qaratilgan NATOning Sharqqa kengaytirilishi, “rangli inqiloblar”ni amalga oshirish orqali G`arb ta`siridagi “bufer” davlatlarni shakllantirish;
xalqaro terroristik guruhlarni qo`llab-quvvatlash orqali ayirmachilik kayfiyatlarini kuchaytirish;
Transnmilliy korporatsiyalar vositasida Rossiyaning xom ashyo zaxiralariga egalik qilish;
Rossiyada demokratik islohotlarni, fuqarolik jamiyati tamoyillarini joriy etish mamlakat milliy yaxlitligiga xorijiy nodavlat notijorat vakolatxonalarini ochish yoki shunday tashkilotlarni tashkil etish va qo`llab-quvvatlash.
Shunday qilib, Yevroosiyoning asosiy qismini egallagan Rossiyaga ham tashqaridan, ham ichkaridan salbiy ta`sir etuvchi jiddiy tahdidlar va muammolar mavjud. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta`biri bilan aytganda, “tabiiy boyliklarining qanchalik ko`pligini tasavvur ham eta olmaydigan” bu davlatga ko`z tikkanlar talaygina. Xusuan, AQShning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt “…bu qadar katta hududning bitta davlatga tegishli ekanligi adolatdan emas”ligini ta`kidlab, davlatining geosiyosiy maqsadlarini oshkor etgan edi.
Demak, Rossiya jo`g`rofiy xususiyatlari, maydonining kattaligi, tabiiy zaxiralarining ko`pligiga qaramasdan qator ichki muammolarning hal etilmagani bois Yevroosiyo strategik muvozanatini bir o`zi saqlab qolishi mumkin emas. Buning uchun MDHdagi barcha davlatlarning birligi, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi talab etiladi. Boshqacha aytganda, bu kabi murakkab masalaning hal etilishi MDH davlatlari, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ichki barqarorlik va ular olib boradigan tashqi siyosatiga ham bog`liqdir. Shu ma`noda, Markaziy Osiyo davlatlarining Yevroosiyodagi strategik muvozanat masalasiga nisbatan geosiyosiy pozitsiyasiga to`xtalish maqsadga muvofiq bo`lur edi.
Yevroosiyo strategik muvozanatiga ta`sir etadigan davlatlar qatoriga Ukraina va Belorussiyani kiritish mumkin. Bir necha yillardan buyon hukuma inqirozini boshidan kechirayotgan Ukrainada prezident, hukumat va muxolifat o`rtasidagi ziddiyat shu qadar avj olganki, bu mamlakatda sog`lom siyosiy vaziyatni yaratish o`ta mushkulligicha qolmoqda. Ukrainadagi vaziyatning nozik jihati uning G`arb va Rossiya o`rtasidagi geosiyosiy o`yin qurboniga aylanganligiga borib taqaladi. Aynan G`arbdan kelgan kuchlar G`arbiy va Sharqiy Ukraina fenomeniga urg`u berdilar. Albatta, o`z milliy manfaatlari chegarasining torayib borishiga qarab tura olmagan Rossiya tez orada Ukrainaga sotiladigan gaz narxini oshirishini e`lon qildi.
AQSH tomonidan Ukrainada (Chexiya va Polshada ham) Raketaga Qarshi Mudofaa (RQM) tizimini o`rnatish to`g`risidagi 2007 yilning boshidagi e`loni Rossiyaning manfaatlariga navbatdagi zarba bo`lganligini ta`kidlash mumkin. Ma`lumki, Ukrainaning NATO va YEIga qabul qilinishi ehtimoli bir necha yillardan beri ta`kidlanib kelinmoqda. Bu esa jiddiy o`zgarish – ya`ni mamlakat siyosiy, iqtisodiy, qolaversa madaniy yoki yanada kengroq, tamadduniy strategiyasining sharqiy yo`nalishdan G`arb tomon burilayotganini ko`rsatmoqda. Bu o`rinda G`arb olami Ukrainadagi unchalik jiddiy katolik omilini ham ishga solishga harakat qilmoqda. Oqibatda Ukraina va Rossiya tarixida bir necha bor ro`y bergan “ajralish” jarayoni yana bir bor ro`y berdi.
Yevroosiyoda strategik muvozanatning buzilishini mamlakatimiz va mintaqamiz atrofida kechayotgan voqea-hodisalar misolida osonroq tushunish mumkin. Aniqroq aytganda, 1999 yildan 2005 yilgacha birgina O`zbekistonda ro`y bergan terrorchilik aktlari Markaziy Osiyo atrofida keyingi o`n yilliklarda ro`y berayotgan geosiyosiy jarayonlarning oqibati ekanligini namoyon etdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov bu voqeaning buyurtmachilari uzoq xorijda ekanligini, umuman bunday voqealar yoqilg`i-energetika zaxiralari ulkan mintaqalar atrofida tashqi ta`sir ostida ro`y berishini ta`kidlaganlarida, geosiyosiy jarayonlarning muhimligi yanada oydinlashadi. Ana shu nuqtai-nazardan bundan buyon geosiyosatning tub mohiyatini o`rganish, bu sohada ilmiy tadqiqotlari olib borish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Markaziy Osiyoning geosiyosiy ahamiyati va uning xavfsizligi to`g`risida ham dastavval ismlari qayd etilgan xorijlik mutaxassislar va geosiyosatchilar atroflicha fikr bildirishgan. Chunki Markaziy Osiyo qit`adagi eng yirik kuchlar, jumladan Rossiya, Xitoy, Hindiston va Eronning o`rtasida joylashganligi tufayli uning turli manfaatlar tugunida ekanligini birdiradi. Mintaqaviy xavfsizlik to`g`risidagi har qanday tadqiqot aynan geosiyosiy nuqtai-nazardan qo`lga olinishi, mintaqaning turli geosiyosiy kuchlar hamda markazlar o`rtasida joylashganligidan kelib chiqilishi kerak bo`ladi. Buning uchun esa geosiyosat fanining nazariy mohiyatini anglash, xavfsizlik kategoriyasini esa aynan geosiyosiy qoidalar asosida qurish maqsadga muvofiqdir.
Geosiyosiy muammolar ilmiy muammo sifatida O`zbekistonda faqat mustaqillikka erishilgandan keyin o`rganila boshlandi. Ma`lumki, har bir davlat mustaqil rivojlanish yo`liga qadam qo`yar ekan, o`z milliy manfaatlari tizimini aniq belgilab olishi, milliy xavfsizlikni ta`minlashning eng asosiy tamoyillari hamda ustuvor yo`nalishlarini ishlab chiqishi zarur. Buning uchun milliy yoki mintaqaviy xavfsizlik qanday tamoyillarga asoslanishini chuqur o`rganish maqsadga muvofiqdir. Xavfsizlik hodisasini geosiyosiy asosda tadqiq qilish O`zbekistonda ilgari olib borilmaganligi tufayli yetakchi davlatlarda bu borada olib borilgan izlanishlarga tayanishga to`g`ri keladi.
Ma`lumki geosiyosiy muammolar sobiq ittifoqning markaziy qismidagi maxsus tadqiqot markazlarida tegishli mutaxassislar tomonidan o`rganilgan. Barcha ittifoqdosh respublikalarda bo`lgani kabi O`zbekistonda ham ijtimoiy-siyosiy sohadagi olimlarning xavfsizlik masalalariga bo`lgan ilmiy qiziqishi qat`iy cheklangan edi. Bunga sabab ittifoqdosh respublikalarning milliy manfaatlari yagona millat atalmish “sovet xalqi” manfaatlariga bo`ysundirilgan bo`lib, har bir millatning o`z milliy manfaatlari bo`lishi mumkinligi haqidagi fikr qattiq ta`qib etilgan edi. Bunday hatti-harakat kommunistik mafkuraga qarshi chiqish, ayirmachilik, xalq dushmani va hakozo tamg`alar bilan ayovsiz qoralangan. Ilmiy jamoatchilik uchun milliy xavfsizlik va milliy manfaat mavzulari yopiq mavzu bo`lib, tadqiqotchilar o`z milliy manfaatlarini chetlagan holda ittifoq manfaatini milliy manfaat sifatida tan olgani va ulug`lagani uchun ilmiy darajaga ega bo`lgan. Bir so`z bilan aytganda o`z milliy manfaatlarini qanchalik anglagan bo`lmasin, olimlar va tadqiqotchilar boshqa yo`nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borishga majbur bo`lganlar.
Ittifoqning parchalanishi oqibatida dunyo xaritasida Markaziy Osiyo mintaqasi geografik, siyosiy hamda iqtisodiy birlik sifatida qaytadan namoyon bo`ldi. Bu paytda bir tomondan milliy davlatchilik shakllarining rivojlanishi kuzatilayotgan bo`lsa, ikkinchi tomondan Markaziy Osiyoning umumiy geosiyosiy mavqei, uning geoiqtisodiy salohiyati mavzusi paydo bo`ldi. Mintaqaga yetakchi kuchlarning qiziqishi kuchaydi. Bunday vaziyatda mintaqada ilgaridan manfaatlari bo`lgan hamda bu yerda yangidan iqtisodiy manfaat shakllanayotgan yetakchi kuchlar Markaziy Osiyoni siyosiy jihatdan birlikda ko`rishdan manfaatdor emasligi geosiyosiy qoidalar prizmasi orqali tahlil qilinganda yaqqol namoyon bo`ladi. Shu nuqtai-nazardan mintaqaviy xavfsizlik hodisasi faqat geosiyosiy qoidalar va jarayonlar kontekstida tadqiq qilinishi maqsadga muvofiqdir. Zero yetakchi kuchlar u yoki bu mintaqaga kirib borar ekan, avvalo geosiyosiy va geoiqtisodiy maqsadlardan kelib chiqishlari tabiiy. Masalan mustaqillika erishgan Markaziy Osiyo respublikalari tabiiy zaxiralarga g`oyatda boy mamlakatlar hisoblanishadi. Ushbu boyliklarni jahon bozoriga olib chiqish uchun yetakchi davlatlar o`rtasida raqobat kechayotganligining guvohi bo`lmoqdamiz. Bu jarayonda mintaqadagi respublikalar o`rtasida mavjud bo`lgan ayrim ziddiyatli masalalar ishga solinishi mumkin. Ma`lumki, Markaziy Osiyo respublikalari ayrim mintaqaviy masalalarning hal etilishi borasida bir xil fikrga ega emaslar. Ushbu omillarning zarur paytda tashqi kuchlar tomonidan ishga solinishi va buning uchun mintaqa respublikalarida turli guruhlar shakllantirilishi ham bugungi kunda sir emas.
Demak, geosiyosat har qanday davlatning milliy manfaatlarini ifoda etuvchi amaliy ahamiyatga ega bo`lgan tashqi siyosatdir. U milliy siyosat instrumenti sifatida har qanday davlatning, shu jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosatida ham ifodalanadi.
3. Hudud va davlat kuch-qudratini tasavvur etishning
zamonaviy talqini
XXI asr xalqaro munosabatlarda kuchlar nisbati o`zgarib borayotgan bir sharoitda boshlandi. Butun insoniyatni, jumladan, O`zbekistonliklarni ham bugungi davrning asosiy jihatlari tashvishlantiradi. Dunyoning qiyofasi qanday tusga kirdi? Insoniyat o`z taraqqiyotining qaysi marrasiga ko`tarildi? XXI asrga kelib Yevroosiyoda tinchlik va kuchlar muvozanatini ta`minlash uchun qanday imkoniyatlar paydo bo`ldi? - degan savollar barchani o`ylantirishi tabiiy. Ushbu masalalarni, Markaziy Osiyo atrofida keyingi yillarda ro`y bergan geosiyosiy jarayonlar orqali tahlil etish muammoni yoritishga yordam beradi. Zero, Markaziy Osiyo yirik kuchlar o`rtasidagi geosiyosiy raqobatning asosiy nuqtalaridan biri ekanligi ayon bo`lmoqda .
Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyat bu yerdagi kuchlar muvozanatiga ta`sir etuvchi eng muhim omillardan ekanligini nazardan qochirmagan holda, bevosita bu hududdagi davlatlar qudrati, muammolari va ular olib borayotgan siyosatni tahlil etishga harakat qilamiz.
Markaziy Osiyodagi muvozanatga bevosita ta`sir etishdan manfaatdor bo`lgan Rossiya 2005 yilga kelib o`z budjetida birinchi marta 30 milliard dollarlik yirik daromadga erishdi. Ayni paytda, Rossiya oldida bir tarafdan ichki ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, ikkinchi tarafdan, ilgarigi siyosiy mavqeini tiklashdek ulkan va murakkab vazifa turibdi. Rossiyaning Yevroosiyodagi asosiy geosiyosiy “o`yinchi” ekani uning yuqoridagi vazifalarni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishiga bog`liq. Rossiyaning ichki ishi bo`lib ko`ringan ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi masalalar uning Yevroosiyoda geosiyosiy muvozanatning buzilishiga yoki aksincha saqlanib qolishi va hatto kuchayishiga ham ta`sir etadi. Rossiya o`z muammolarini hal etish uchun zarur bo`lgan vaqtni qo`ldan boy bermaslik uchun avvalo MDH hududida tinchlik saqlanib turishidan manfaatdordir. Ayni paytda, Rossiya G`arb ta`siriga tushib qolayotgan MDH davlatlarini o`z ta`sir doirasida saqlab turishga ham harakat qiladi. Ammo Rossiya o`z muammolariga qorishib yotgan bir paytda Boltiqbo`yi davlatlari butunlay Yevropa va NATO tarafiga o`tib ketdi, Ukraina va Gruziya ham shu yo`idan bormoqda. Markaziy Osiyoda esa O`zbekistondan tashqari barcha davlatlar muayyan tashqi ta`sirga dosh berish yoki xalos bo`lishi qiyin kechmoqda.
Rossiyaning MDH davlatlari manfaatlariga mos ravishda tashqi siyosat olib borishiga ta`sir qiluvchi ikki xil omil mavjud. Biri sobiq sho`rolar tizimidan qolgan va Yelsin davrida yanada murakkablashgan ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi ichki muammolar bo`lsa, ikkinchisi G`arbning Rossiyani parchalab tashlashni ko`zda tutgan intilishlari bilan bog`liq. Ichki va tashqi muammolarni quyidagicha tavsiflash mumkin.
Ichki muammolar:
davlat boshqaruv tizimini to`liq egallab olgan korrupsiya;
iqtisodiy jinoyatlar;
eski tuzumdan qolgan va hozirgacha bartaraf etish imkoni bo`lmagan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar;
Tashqi omillar:
Rossiyaning ta`sir doirasini toraytirishga qaratilgan NATOning Sharqqa kengaytirilishi, “rangli inqiloblar”ni amalga oshirish orqali G`arb ta`siridagi “bufer” davlatlarni shakllantirish;
xalqaro terroristik guruhlarni qo`llab-quvvatlash orqali ayirmachilik kayfiyatlarini kuchaytirish;
Transnmilliy korporatsiyalar vositasida Rossiyaning xom ashyo zaxiralariga egalik qilish;
Rossiyada demokratik islohotlarni, fuqarolik jamiyati tamoyillarini joriy etish mamlakat milliy yaxlitligiga xorijiy nodavlat notijorat vakolatxonalarini ochish yoki shunday tashkilotlarni tashkil etish va qo`llab-quvvatlash.
Shunday qilib, Yevroosiyoning asosiy qismini egallagan Rossiyaga ham tashqaridan, ham ichkaridan salbiy ta`sir etuvchi jiddiy tahdidlar va muammolar mavjud. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta`biri bilan aytganda, “tabiiy boyliklarining qanchalik ko`pligini tasavvur ham eta olmaydigan” bu davlatga ko`z tikkanlar talaygina. Xusuan, AQShning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt “…bu qadar katta hududning bitta davlatga tegishli ekanligi adolatdan emas”ligini ta`kidlab, davlatining geosiyosiy maqsadlarini oshkor etgan edi.
Demak, Rossiya jo`g`rofiy xususiyatlari, maydonining kattaligi, tabiiy zaxiralarining ko`pligiga qaramasdan qator ichki muammolarning hal etilmagani bois Yevroosiyo strategik muvozanatini bir o`zi saqlab qolishi mumkin emas. Buning uchun MDHdagi barcha davlatlarning birligi, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi talab etiladi. Boshqacha aytganda, bu kabi murakkab masalaning hal etilishi MDH davlatlari, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ichki barqarorlik va ular olib boradigan tashqi siyosatiga ham bog`liqdir. Shu ma`noda, Markaziy Osiyo davlatlarining Yevroosiyodagi strategik muvozanat masalasiga nisbatan geosiyosiy pozitsiyasiga to`xtalish maqsadga muvofiq bo`lur edi.
Yevroosiyo strategik muvozanatiga ta`sir etadigan davlatlar qatoriga Ukraina va Belorussiyani kiritish mumkin. Bir necha yillardan buyon hukuma inqirozini boshidan kechirayotgan Ukrainada prezident, hukumat va muxolifat o`rtasidagi ziddiyat shu qadar avj olganki, bu mamlakatda sog`lom siyosiy vaziyatni yaratish o`ta mushkulligicha qolmoqda. Ukrainadagi vaziyatning nozik jihati uning G`arb va Rossiya o`rtasidagi geosiyosiy o`yin qurboniga aylanganligiga borib taqaladi. Aynan G`arbdan kelgan kuchlar G`arbiy va Sharqiy Ukraina fenomeniga urg`u berdilar. Albatta, o`z milliy manfaatlari chegarasining torayib borishiga qarab tura olmagan Rossiya tez orada Ukrainaga sotiladigan gaz narxini oshirishini e`lon qildi.
AQSH tomonidan Ukrainada (Chexiya va Polshada ham) Raketaga Qarshi Mudofaa (RQM) tizimini o`rnatish to`g`risidagi 2007 yilning boshidagi e`loni Rossiyaning manfaatlariga navbatdagi zarba bo`lganligini ta`kidlash mumkin. Ma`lumki, Ukrainaning NATO va YEIga qabul qilinishi ehtimoli bir necha yillardan beri ta`kidlanib kelinmoqda. Bu esa jiddiy o`zgarish – ya`ni mamlakat siyosiy, iqtisodiy, qolaversa madaniy yoki yanada kengroq, tamadduniy strategiyasining sharqiy yo`nalishdan G`arb tomon burilayotganini ko`rsatmoqda. Bu o`rinda G`arb olami Ukrainadagi unchalik jiddiy katolik omilini ham ishga solishga harakat qilmoqda. Oqibatda Ukraina va Rossiya tarixida bir necha bor ro`y bergan “ajralish” jarayoni yana bir bor ro`y berdi.
Belorussiya ham Ukraina singari Rossiya bilan inqirozli munosabatlar girdobiga tushib qolgan. Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati qarorgohi joylashgan Belorussiya bu tashkilotning rivojlanishi uchun qanchalik harakat qilmasin jo`g`rofiy va geosiyosiy omillar bunga yo`l bermayapti. Rossiya va YEI o`rtasida joylashgan Belorussiya uzluksiz ikki yoqlama geosiyosiy ta`sir ostida. Natijada Rossiya Bilan ittifoq tuzish rejasi ham noma`lum muddatga cho`zilmoqda. Vaziyatning hozirgidagidek davom etishi Belorussiya o`z siyosiy yo`nalishini aniq belgilab olishini bundan keyin ham murakkablashtiraveradi. Bir so`z bilan aytganda, jo`g`rofiy jihatdan Yevropa hududida joylashganligiga qaramasdan Belorussiyaning Yevropa Ittifoqi yoki NATOga kirishi uchun birinchi navbatda u Rossiya bilan kelishuvga erishishi kerak bo`ladi. Aks taqdirda har ikki tarafdagi kuchlar uning tashqi siyosatiga teskari ta`sir ko`rsataveradi. Ayrim mutaxassislar Belorussiya uchun eng maqbul yo`li sifatida YEIni ko`rsatishayotgan bo`lsa, boshqalari Rossiya Bilan birlashish ma`qul ekanini ta`kidlashmoqda. Belorussiyaning YEI tomon yurishi Yevroosiyodagi strategik muvozanatda Rossiya mavqeining zaiflashuvi va aksincha Yevropa yoki boshqacha aytganda G`arb omilining kuchayishiga olib keladi.
Kavkaz mintaqasi ham Yevroosiyodagi Yangi tartibda faol ishtirok etayotgan mintaqa hisoblanadi. Gruziya Rossiyaning azaliy hamkori bo`lsa-da, mustaqillik yillarida bu mamlakat iqtisodiy imkoniyatlarining cheklanib qolishi uni Rossiyaning raqibiga aylantirdi. G`arb bu mintaqada o`ziga sherik sifatida Gruziyani tanlagani bejiz emas. Bundan tashqari, Gruziyada Rossiya bilan bo`lgan Shimoliy Osetiya va Abxaziya deb atalgan “olovli nuqta”lar mavjud bo`lib, ularni ishga solish, avvalo Rossiyani tashvishga solish, kezi kelganda esa Gruziyaning o`ziga ham qarshi ishlatilishi mumkin. Kezi kelganda deganda, bu yerda Gruziyaning o`zi bir kun kelib G`arbga qarshi bo`lib qolgan taqdirda millatlararo negizda fuqarolar urushini boshlash ehtimoli nazarda tutilmoqda. Rossiya esa bevosita o`z milliy manfaatlari chegarasida ro`y beradigan bunday jarayonlarga qarab tura olmaydi va albatta Gruziyaning G`arbga qarshi chiqishi uchun qo`lidan kelgan barcha imkoniyatlarini ishga soladi.
Gruziya G`arb bilan yaqin hamkorlikka kirishmasdan ilgari Yevroosiyo strategik muvozanatida katta ahamiyatga ega emas edi. Ammo bunday sherikchilik bu davlatning Kavkaz mintaqasidagi strategik ahamiyatini keskin oshirib yubordi. Boshqacha aytganda, biror bir strategik ashyoga ega bo`lmagan kichkina bir davlat to`satdan, qariyb bir asr hamkorlik qilib kelgan Rossiya qo`shinlarini o`z hududidan haydab chiqardi va uning strategik raqibiga aylandi. Bunga albatta Gruziyada amalga oshgan “rangli inqilob” sabab bo`ldi. Ammo bu inqilob Gruziyani Rossiyaga qarshi raqibga aylantirishidan tashqari, Gruziya xalqiga na ijtimoiy-iqtisodiy hayotda na demokratiyani rivojlantirishda biror bir naf keltirganini aytish qiyin.
Ammo, bu hududda Rossiyaning manfaatlariga navbatdagi jiddiy zarba bo`ladigan Baku – Tbilisi – Kars neft quvuri loyihasi amalga oshirilmoqda. 2007 yilning fevral oyida e`lon qilingan bu hamkorlik Ozarbayjon neftini Gruziya orqali Turkiyaning Qars viloyatiga va undan keyin Yevropaga olib chiqishni nazarda tutuvchi yirik strategik loyihadir. G`arb Yevroosiyo hududidagi energetika zaxiralarini Rossiyani chetlab o`tgan holda dunyo bozoriga olib chiqish yo`llarini hamisha izlab kelganini nazarda tutsak, Baku - Tbilisi - Qars quvurining amalga oshishi aynan ana shu rejani hayotga tadbiq etilishini anglatadi. Albatta, bu yerda Armaniston o`zining ishtirokini va albatta o`ziga tegishli bo`ladigan ulushni “talab” qilmoqda.
AQShdagi kuchli arman disporasi bu strategik loyihini amalga oshmasligini talab qilib AQSH rahbariyatidan amaliy harakat talab qilmoqda. Bunga javoban ana shu loyiha e`loq qilingan kundan ikki-uch kun o`tar-o`tmas AQSH davlat departamentining Kavkaz mintaqasi bo`yicha vakili bu loyiha to`g`risida o`zining salbiy munosabatini bildirdi. Boshqa tarafdan Rossiya ham Gruziyaning “qilmish”lari uchun bu loyihani qo`llamasligi tabiiy. Oqibatda juda ambitsiyali bo`lgan bu loyiha mintaqada turli ko`rinishdagi ziddiyatlarga va butun Yevroosiyodagi kuchlar nisbatiga ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Yevroosiyoda o`z mavquini muntazam oshirib kelayotgan, Markaziy Osiyo va Rossiyaning o`rtasida joylashgan Qozog`istonning geosiyosiy yo`nalishiga to`xtalib o`tish joiz. Qozog`iston MDH, SHHT va Yevroosiyo Hamkorlik Tashkilotining faol a`zosi hisoblanadi. Bu tashkilotlarga a`zolik Qozog`iston tashqi siyosatining to`liq Yevroosiyo hududiga yo`naltirilganini namoyon etadi. Binobarin, iqtisodiy jihatdan rivojlanib borayotgan Qozog`iston uchun MDH davlatlari manfaatlariga zid keladigan tashqi siyosat yuritishga asos yo`q. Ammo keyingi vaqtda Qozog`istonning o`zi a`zo bo`lgan mintaqaviy tashkilotlar nizomlariga va demakki, shu hududdagi davlatlar manfaatlariga zid hatti-harakatlar ko`zga tashlanayotgani g`oyat achinarlidir.
AQShning yirik kompaniyalari Qozog`iston g`arbidagi Shimoliy Kaspiy shelfida joylashgan eng yirik konlar hisoblangan Tengiz va Qorachig`anoq konlaridan bir necha yillardan beri neft qazib xorijga eksport qilmoqda. AQShning bunday jiddiy iqtisodiy manfaatlari Qozog`istonni o`z ta`sir doirasida saqlab turishni talab etadi. Buni ta`minlash uchun esa G`arbiy davlatlar turli noan`anaviy usullardan ham foydalangani sezilmoqda. Shunday faoliyat natijasi bo`lsa kerak Qozog`iston o`zi faol ishtirokchi bo`lgan MDH hududidagi mintaqaviy tashkilotlarda faolligi keskin susayib ketdi. Bu esa uning G`arbdagi iqtisodiy sheriklar manfaatlariga oid ayrim majburiyatlarni o`z zimmasiga olganligini namoyon etadi. Shuni ta`kidlash kerakki, Qozog`istonning neftga boyligi bundan keyin ham unga turli tahdidlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Qirg`izistonning mintaqaviy vaziyatga nistaban yondoshuvi ham o`ziga xosdir. Qirg`izistondagi 2005 yilning mart oyida ushbu mamlakatda yuz bergan hukumat inqirozi A.Akayevning hokimiyatdan chetlashishga va bir necha yillar davomida qamoqda yotgan sobiq ichki ishlar vaziri F.Kulovni hukumat tepasiga keltirdi . Prezidentlik lavozimini esa Jalolobod viloyatidan bo`lgan Q.Bakiyev egalladi. Qirg`izistonda vujudga kelgan vaziyat bu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti natijasida emas, balki tashqi geosiyosiy ta`sir oqibatida yuz berdi. Davlat rahbariyati mamlakatning tarixiy taraqqiyot yo`li, madaniyati, dini va millat tiynatini hisobga olmagan holda xorij polittexnologlari ta`siriga tushib qoldi hamda g`arbona qadriyatlarning kirib kelishiga yo`l qo`yib berdi. Oqibatda iqtisodiy nochor bo`lgan mamlakat aholisi mavjud muammolarni bartaraf etish uchun hokimiyatni almashtirish zarur, degan xulosaga keldi.
E`tiborli jihati shundaki, besh mingdan ortiq xorijiy nodavlat tashkilotlari o`n yildan ortiq davr mobaynida asosan ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy yo`nalishda yuritgan faoliyati o`z “mevasini” berdi. Mamlakatdagi muammolarning negizida avvalo iqtisodiy masala bilan bog`liq ekanini e`tiborga olmaydigan, ularning yechimini topa olmaydigan muxolifat paydo bo`ldi va xalqni an`anaviy yo`nalishidan toydirgan holda milliy birlikka putur yetkazdi. Qirg`izistonda vujudga kelgan vaziyat ham Yevroosiyodagi geosiyosiy muvozanatni qo`lga olishga intilayotgan G`arb davlatlarining ishi ekani ayon bo`lib qoldi.
Ma`lumki, Qirg`iziston SHHT a`zosi sifatida, o`z hududida chet el (bu tashkilotga a`zo bo`lmagan davlatlarning) harbiy qismlarini saqlamaslik majburiyatini zimmasiga olgan. Shunga qaramasdan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash paytida Bishkek aeroportiga joylashtirilgan AQShning “Gansi” nomli harbiy bazasini Qirg`iziston hukumati hali-beri chiqarish niyati yo`q .
Shuni ta`kidlash kerakki, SHHT talabi bilan “Manas” aeroportidan AQSH harbiy bazasining chiqarilishi Qirg`izistonda ijtimoiy-siyosiy vaziyatning yanada chigallashuviga olib kelishi mumkin. Hozirgi vaqtda tashqi kuchlar tomonidan mamlakatni janub va shimolga bo`lib yuborish, janubiy viloyatlar –O`sh, Jalolobod va Batken hududida faoliyat olib borayotgan radikal kuchlarning qo`llab-quvvatlanishi butun Farg`ona vodiysidagi barqarorlikka putur yetkazishi mumkin.
Qirg`iziston hukumatining janubiy viloyatlardagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni to`liq nazorat qila olmayotganligi, turli nodavlat notijorat tashkilotlari niqobi ostida tashqi kuchlarning erkin faoliyat yuritayotgani, shuningdek, Qirg`iziston va Tojikiston o`rtasidagi chegaralarning zaifligi bu mamlakatni katta geosiyosiy o`yin qurboniga aylantirmoqda . Oqibatda Qirg`iziston nafaqat SHHT, balki Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati oldidagi majburiyatlarini ham bajarishga ojizlik qilmoqda. Yevroosiyoda strategik muvozanatni saqlash, uni tashqi kuchlar ta`siridan himoyalash maqsadida tashkil etilgan ushbu mintaqaviy tashkilotlar Qirg`izistondan bu borada izchil siyosat yuritishni talab etishi tabiiydir. Qirg`iziston bu vaziyatda qirg`iz xalqining strategik manfaatlaridan kelib chiqqan holda, mamlakat tarixi va kelajagini ko`zda tutgan holda yo`l tutishi lozim. Qirg`izistonning Xitoy va Rossiya manfaatlari to`qnashadigan hududda joylashganligi bu ikki ulkan davlatning unga bo`lgan munosabatida doim aks etib turadi. AQShning bu mamlakat bilan yaqinlashuviga sabab esa bir tomondan Xitoyga nisbatan o`z ta`sirini kuchaytirish, ikkinchi tomondan Qirg`izistonni Rossiya ta`siridan ixotalashga qaratiladi.
Markaziy Osiyodagi strategik muvozanatda Tojikistonning ham o`ziga xos o`rni mavjud. Chunki mintaqadagi eng murakkab vaziyat saqlanib qolayotgan, boshqacha aytganda, G`arb va Sharq geosiyosiy kuchlari o`rtasidagi bir asrdan ortiq davr mobaynida bufer davlat sifatida mavjud bo`lib kelgan Afg`oniston bilan chegaradosh davlatdir. Afg`oniston va Pokistonning shimoliy hududlarida joylashgan terroristik guruhlarning Tojikiston orqali Qirg`izistonga bemalol o`tishi va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga hujum qilishi bu mamlakatdagi vaziyat ham geosiyosiy ta`sir doirasida ekanini yaqqol namoyon etadi.
2006 yil noyabr oyida bo`lib o`tgan saylovlar arafasida Tojikistonning AQSH va Yevropa Ittifoqi bilan aloqalari jadallashib ketdi. AQSH Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari R.Baucher 2006 yilda ikki marta Tojikistonga kelib mamlakat Tojikiston rahbariyati bilan Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyat xususida suhbatlashdi. Tojikistonning turli sohadagi mutaxassislari qator dasturlar orqali AQShga malaka oshirishga yuborildi. G`arbiy davlatlar turli xalqaro dasturlar doirasida Qirg`iziston va Tojikistonga million-million dollar miqdorida moddiy-texnikaviy yordam ko`rsatmoqda.
Tojikistonning bunday siyosati MDH, Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati va SHHT oldidagi majburiyatlarini bajarishga ma`lum ma`noda to`sqinlik qilishi mumkin. Boshqacha aytganda, bu davlat yuqorida sanab o`tilgan tashkilotlarga a`zo bo`la turib, ularning siyosatini qo`llab-quvvatlash o`rniga, G`arb davlatlari ta`siriga tushib qolmoqda. Rossiyalik siyosatchi G.Pavlovskiyning ta`biri bilan aytganda, Tojikiston prezidenti E.Raxmonov turli geosiyosiy kuchlar orasida ikkilangan holda “tebranish”da davom etmoqda . Bu bilan Tojikiston Markaziy Osiyodagi barqarorolikka hissa qo`shish emas, balki ichki xavfsizligini ta`minlashi qiyin bo`ladi.
Turkmaniston olib borayotgan tashqi siyosatga kelganda shuni ta`kidlash kerakki, bu mamlakat o`zining betaraflik pozitsiyasi tufayli Markaziy Osiyoda kechayotgan geosiyosiy jarayonlardan tashqarida qolishga harakat qilmoqda. Ayni paytda, mamlakat ichkarisida olib borilayotgan siyosat turkmanlarning o`z qobig`iga o`ralib, tashqi dunyo bilan aloqalarining susayishiga olib kelmoqda.
Turkmaniston prezidenti S.Niyozov 2004 yilda Buxoroga tashrif buyurgan chog`ida ikki mamlakat o`rtasida munosabatlarni rivojlantirish, chegara hududlarida ikki taraf manfaatlariga xizmat qiladigan iqtisodiy infratuzilma shakllantirish zarurligini ta`kidlagan. Amalda esa Turkmaniston olib borgan siyosat chegara hududlaridagi vaziyatning murakkablashuvi vabab bo`lmoqda.
Turkmaniston nafaqat O`zbekiston, balki MDH bilan ham ana shunday beqaror siyosat olib bormoqda. Bunday siyosat Turkmaniston uchun juda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Turkmaniston betaraf bo`lishiga qaramasdan, Markaziy Osiyodagi geosiyosiy jarayonlardan chetda qolishi mumkin emas. Bunga avvalo G`arbdagi kuchlar yo`l qo`ymaydi. Yevropa Ittifoqi, YEHXT va BMTning turli mintaqaviy bo`linmalari Turkmaniston rahbariyatini uzoq vaqtdan buyon ogohlantirib kelmoqda. G`arb siyosiy texnologlari Turkmanistonning istiqboli, davlat tuzumini qay tarzda, qachon va kimlar orqali o`zgartirishga oid muayyan rejalar ishlab chiqilgan. Xullas, Turkman davlatchiligining kelajagi mintaqadagi geosiyosiy vaziyatni uning rahbariyati tomonidan teran anglanishiga bog`liq bo`lib qoldi. Bunday vaziyatda mamlakat rahbariyati o`z xalqi taqdirini o`ylagan holda, avvalo MDH va Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati bilan aloqalarini mustahkamlashi zarur.
2006 yilning oxirida Turkmaniston prezidentining to`satdan vafot etishi bu mamlakatga nisbatan turli kuchlarning qiziqishini keskin oshirib yubordi. Mutaxassislar Turkmanistonda o`z hukmronligini o`rnatish uchun turli guruhlar o`rtasida kurash boshlanishini taxmin qilmoqda. Masalan, Rossiyalik tadqiqotchi, “Politika” jamg`armasining prezidenti V.Nikonov Rossiya telekanalining “Vesti” programmasiga bergan intervyusida “Prezident S.Niyozovning vafoti munosabati bilan Turmanistonda gilam ostida buldog itlar g`ajishi boshlanadi”, degan edi.
Bunday vaziyatda Turkmaniston siyosiy sahnasida muayyan jonlanish ro`y berishi tabiiydir. Bu hol, birinchidan, mamlakatda uzoq yillardan beri S.Niyozov va uning siyosatiga qarshi bo`lgan muxolif kuchlar, ikkinchidan, bu mamlakatni o`z ta`sir doirasiga olishga intilayotgan qudratli davlatlarning maqsad-muddaolari, uchinchidan, ko`p yillar mobaynida Turkmanboshi yaratgan siyosiy tuzumdan aziyat chekkan, masalan, siyosiy ayblovlar bilan qamalgan, chegara hududlarida davlatning adolatsiz siyosatidan jabr ko`rgan turli millat vakillaridan iborat ijtimoiy qatlamlarning siyosiy tuzumning o`zgarishidan manfaatdor ekani bilan bog`liqdir.
Bir so`z bilan aytganda yangi tuzum shakllantirilmaguncha Turkmaniston mintaqadagi eng beqaror mamlakatga aylanib qolishi mumkin. Turkmanistonning kelajagiga bevosita va bilvosita aloqador bo`lgan davlatlar bu mamlakatda o`z manfaatlariga mos siyosiy tuzumni shakllantirishga harakat qiladi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun turli geosiyosiy o`yinlar amalga oshiriladi. Turkmanistonning birinchi prezidenti hayotligida ustalik bilan qo`llab kelgan betaraflik pozitsiyasi ham uning vafotidan keyin “de-yure” saqlanib qolsa-da, ayrim tashqi kuchlar bu maqomni “de-fakto” yo`qotishga harakat qilsa ajab emas. Oqibatda yuqorida qayd etilgan ichki va tashqi omillar tufayli Turkmanistonda mustaqillik davrida yaratilgan davlatchilik an`analari barbod bo`lishi va qudratli davlatlar tarafidan xomtalash bo`lishi ehtimoli katta.
Ko`rinib turibdiki, O`zbekistondan tashqari Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridagi ichki va tashqi siyosiy vaziyat ancha nozik bo`lib, ular tashqaridan amalga oshirilayotgan kuchli geosiyosiy ta`sir ostida qolib kelmoqda. Ushbu davlatlarning suverenitetini ta`minlash va iqtisodiy qudratini oshirish maqsadida tashkil etilgan mintaqaviy tuzilmalar – Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati va SHHTning ahamiyati beqiyosdir. Masalan, Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatiga Belorussiya, Rossiya, Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston va O`zbekiston a`zo bo`lib, Ukraina, Moldova va Armaniston bu tashkilot faolityatida kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.
Shuni ta`kidlash kerakki, tuzilgandan buyon bu tashkilot Yevroosiyoning turli mintaqalaridagi geosiyosiy bosim tufayli jiddiy muvaffaqiyatga erishganicha yo`q. Boshqacha aytganda, a`zo davlatlarning ba`zilari hanuzgacha g`arbiy kuchlar ta`sirida mustaqil siyosat yurita olmayapti. Bu esa tashkilot oldida turgan amaliy ishlarning oqsashiga olib kelmoqda. MDHning takomillashuviga ehtiyoj sezilayotgan bir paytda ma`lum darajada uning o`rnini bosish mumkin bo`lgan Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatining kuchayish o`rniga zaiflashuvi mintaqadagi strategik muvozanatga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bu tashkilotga O`zbekiston a`zo bo`lguniga qadar u qaysidir ma`noda tugal bir shaklga ega bo`lmagan edi. Boshqacha aytganda, Markaziy Osiyoda asosiy geosiyosiy mavqega ega bo`lgan O`zbekiston Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatiga a`zo bo`lmagan paytda, ushbu tashkilot jiddiy istiqbolga ega ekanligiga barcha shubha bilan qarar edi. Endi esa bu tashkilot har tarafdan kuchli pozitsiyaga ega bo`lgan Rossiya va O`zbekiston singari a`zolarga ega bo`lganligi tufayli bojxona ittifoqi, yagona iqtisodiy makonni shakllantirish uchun aniq imkon tug`ildi. Bu maqsadga erishish uchun sobitqadamlik, birlik va mustaqil siyosat talab etiladi.
Biroq, yuqorida ko`rganimizdek, a`zo davlatlardagi vaziyat ularning ko`pchiligida siyosiy irodaning yetishmasligini namoyon etmoqda. Bu esa tashkilotning amaliy samaradorligiga putur yetkazadi va uni navbatdagi byurokratik tuzilmaga aylantirishi mumkin.
Hozirgi davrda Markaziy Osiyodan o`z iqtisodiy manfaatlarini qidirayotgan tashqi kuchlar turli usullar bilan bu yerdagi davlatlar suverenitetiga tahdid solayotganligi hech kimga sir emas. Ular bu bilan nafaqat yoqilg`i zaxiralariga egalik qilish, balki Yevroosiyoning markazi bo`lgan “Yer yuragi”ni zabt etishni ham maqsad qilgan. Bu NATOning Sharqqa siljishi, AQShning 2007 yilning boshida e`lon qilingan Chexiya, Polsha va Ukrainada Raketaga Qarshi Mudofaa (RQM) tizimini o`rnatishga qaratilgan siyosatida ham ochiq namoyon bo`lmoqda.
Shunday qilib, mamlakatimiz atrofida kechayotgan geosiyosatda hudud va kuch hodisasi o`ziga xos ahamiyatga ega. Yetakchi kuchlarning Markaziy Osiyodagi geosiyosatiga qarshi tura oladigan tuzilmalarning kuchayishi, mintaqadagi davlatlarning izchil va qat`iy tashqi siyosati, Yevroosiyoga yo`nalgan aniq pozitsiyasiga ko`proq bog`liq ekani namoyon bo`lmoqda. Aks holda bu hududda geosiyosiy vaziyat tubdan o`zgarishi va yangi strategik tartibot vujudga kelishi mumkin. Bunday holatda milliy birligini saqlab qolgan, o`z milliy manfaatlariga tayangan holda, aniq va izchil siyosat yuritgan davlatgina uzluksiz rivojlanadi. Har qanday holatda ham Yevroosiyodagi strategik muvozanatning tashqi kuchlar nazoratida qolishi mahalliy xalqlar uchun jiddiy sinov bo`ladi. Bunday murakkab holatni oldini olish uchun mintaqadagi vaziyatning barqarorlashuviga xizmat qiladigan SHHT singari tuzilmalar faoliyatining takomillashtirish masalasiga jiddiy e`tibor qaratish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |