Markaziy Osiyo regionidagi geosiyosiy jarayonlar. yangi ming yillikda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash muammolari
Reja:
Markaziy Osiyo davlatlariga xavf solayotgan asosiy tahdidlar.
Narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm masalalari.
Markaziy Osiyo davlatlariga xavf solayotgan asosiy tahdidlar.
Markaziy Osiyoda ekologik vaziyatning namoyon bo‘lish xususiyatlari.
Suvning tanqisligi va sho‘rlanganligi. Suv muammosining siyosiy tus olishi
Markaziy Osiyo davlatlariga xavf solayotgan asosiy tahdidlar.
Mintakada bundan bir necha yil oldin sobik Ittifok xududidan yangi beshta davlat ajralib chikishini va ular o‘rtasida yangicha munosabatlar tizimi shakllanishini xech kim kutmagandi. SHu sababli mintakadagi integratsion jarayonlarga nisbatan mutaxassislar o‘rtasida bir kator savollar yuzaga chikdi. Ya’ni mintakadagi integratsion uyushma kanchalik chidamli? Mintakaviy integratsiya kandaydir tashki ambitsiyalar mevasi emasmi? SHakllanayotgan yangi makonda geosiyosiy, iktisodiy va madaniy omillarning o‘rni kanday? Mintakada siyosiy va iktisodiy munosabatlarda sub’ektlarning yo‘nalishlari birmi va ular mintakaviy birlikni saklab kolishga kodirmi?
To‘g‘ ri, uzok vakt davomida Markaziy Osiyoning ijtimoiy — siyosiy makoni turli xil kuchlar tarkalishi va ta’siri ostida shakllangan. «Markaziy Osiyo» jumlasining o‘zi xam Yevropadan kelib chikkan deb xisoblanadi1. Qadimda Osiyo mintakasining ichki — kirishi kiyin bo‘lgan sarxadlari «Ichki Osiyo» atamasi bilan nomlangan. Tabiiyki, geografik jixatdan mavxum b o‘lgan va noanik atama yangi davrga kelib Osiyoning ichki tumanlarining kam o‘rganganilganligini k o‘rsatdi. Bu narsani yuzaga chikargan yondashuvlarni mintakaga (Markaziy Osiyo nazarda tutilmokda) nisbatan yetakchi davlatlarning kizikishi XVII —XVIII asrlardan keyin oshganligi va uning tadrijiy asosda rivojlanganligi bilan boglash mumkin. Bu jarayon ikki k o‘rinishda namoyon bo‘ldi desak bo‘ladi, ya’ni, bir tomondan, Yevropa ilmiy doiralarining kizikishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jaxon siyosatiga ta’sir etadigan imperiyalarning xududiy o‘sish jarayoni ketayotgan edi2.
XIX asrning oxirlarida rus va garb tadkikotchilari orasida Markaziy Osiyo — Turkiston tushunchasi bilan boglanib koldi. Aytish joizki, «Turkiston» atamasi xududni birlashtiradigan tillar yakinligi, madaniy yakinlik, turmush tarzi yakinligi tufayli yagona tarixiy — madaniy makon sifatida tushunilgan3.
Bu atamaning oxirgi talkini XX asr o‘rtalarida pay do bo‘ldi. Uning kamroviga O‘zbekiston, Qozogiston, Turkmaniston, Qirgiziston va Tojikiston sovet respublikalari kirgan edi. Sovet davrida bu makonni «O‘rta Osiyo va Qozogiston» deb ataganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |