Markaziy osiyo, mdh va jahon iqtisodiyoti ko’lamidagi integratsiyaviy tendensiyalar mundarija


Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini yaratish siyosati



Download 39,91 Kb.
bet5/9
Sana20.07.2022
Hajmi39,91 Kb.
#827819
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MARKAZIY OSIYO, MDH VA JAHON IQTISODIYOTI KO’LAMIDAGI INTEGRATSIYAVIY TENDENSIYALAR

1.2. Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini yaratish siyosati
Sho‘balarda so‘zga chiqqan ekspertlar Toshkent konferentsiyasi nafaqat Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mintaqalari davlatlari rivojlanishida, shu bilan birga O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan yangi taklif va tashabbuslar va ularni amalga oshirilishi jahon mamlakatlari taraqqiyotiga ham bevosita daxldor ekanligini qayt etishdi.
Jumladan, O‘zbekiston ichki siyosatida kuzatilayotgan keng qamrovli islohotlar, ochiqlik va yangilanishlar mamlakatning tashqi siyosatida ham yaqqol namoyon bo‘layotganligi, tashqi siyosatdagi bosh ustuvor yo‘nalish Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini yaratish siyosati bugungi kunda boshqa mintaqa davlatlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan ham izchil davom etayotganligini ta'kidladi. Xususan, Toshkent konferentsiyasi ishida 40dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotning 250dan ziyod nufuzli vakili ishtirok etdi.
Shuningdek, ishtirochi tomonlar Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mintaqalarida sodir bo‘layotgan jarayonlarga nisbatan aniq pozitsiya va yondashuvlarini ishlab chiqib, jafokash Afg‘on xalqiga tinch va osoyishta hayot qurishda ko‘mak berish yo‘llarini izlash kerakligi, bunda “xalq diplomatiyasi” resurslaridan samarali foydalanish zarurligi ta’kidladi.
Yakunda ekspertlar tomonidan O‘zbekiston mintaqaviy va global kun tartibining eng dolzarb muammolarini hal qilish uchun doimo konstruktiv va ochiq muloqotga tayyor ekanligi, Yangi O‘zbekiston tashqi siyosati dunyo davlatlari bilan o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik, o‘zaro ishonch va bir-birining manfaatlarini hurmat qilishga asoslanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Zamonaviy Oʻzbekiston tashqi siyosatida jahonning barcha davlatlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini, uzoq muddatli va koʻp qirrali sheriklikni yanada kuchaytirish boʻyicha soʻngi yillarda aniq chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Xususan, davlatimiz tomonidan azaliy va yagona tarixiy ildizlarga ega boʻlgan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan boʻlgan munosabatlar rivojiga alohida eʼtibor qaratilmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining soʻnggi hisob-kitoblariga koʻra, hozirgi kunda Markaziy Osiyo aholisi 72,5 million kishini tashkil etadi. Bunda Oʻzbekistonning ulushi 45% atrofida, Qozogʻiston - 25%, Tojikiston - 13%, Qirgʻiziston va Turkmaniston - har biri 8,5% ni tashkil etadi.
Qayd etish joizki, soʻnggi uch yil ichida Oʻzbekistonning mintaqaviy saʼy-harakatlari tufayli Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi. Bu vaqt ichida mintaqamizda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro hamkorlik muhitini yaratishga erishildi.
Oʻzbekistonda kechayotgan tub islohotlar, jamiyatimiz hayotidagi demokratik oʻzgarishlar, erishilgan natijalar nafaqat mamlakatimiz hududida balki qoʻshni davlatlardagi xalqlarda ham katta qiziqish uygʻotib, mintaqaviy jarayonlarga katta ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Oʻzaro munosabatlarda yaqin-yaqingacha baʼzi mavzularda gapirish nooʻrin hisoblangan boʻlsa, hozirda biror bir yopiq va muhokama qilinmagan muammoli masala qolmadi.
Xususan, chegara postlarining ochilishi va ular sonining koʻpaytirilishi, vizasiz rejimning joriy etilishi kabilar xalqlarimizning oʻzaro bordi-keldisini yengillashtirmoqda. Oʻzbekiston olib borayotgan tashqi siyosatdagi konstruktiv yondashuv tufayli yillar davomida muammo boʻlib kelgan koʻpgina masalalar, xususan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transchegaraviy, suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, fuqarolarning chegara punktlarini kesib oʻtishi, oʻzaro turizmni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar mintaqa davlatlari tomonidan ochiq va doʻstona ruhda hal qilinmoqda.



Download 39,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish