Kurs ishing obyekti. Xalqaro Iqtisodiy integratsiya uzoq davom etadigan koʻp bosqichli jarayon boʻlib, turli shakllarda yuz beradi. Birinchi bosqichda turli mamlakatlar oʻrtasida erkin savdo-sotiq olib boriladigan, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari bekor qilingan erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Natijada davlatlararo tovar ayirboshlashda inte-gratsiyalashuv yuz beradi. Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllanib, bu yerda ham bir necha mamlakatlar birlashadi. Bu bosqichda institutegratsion aloqalar savdo-sotiq bilan cheklanmasdan sanoat, bank, sugʻurta ishi va texnologiya sohasida ham yuz beradi. Bu zonalar ochiq iqtisodiy xududlar hisoblanadi, iqtisodiy aloqalar erkin va koʻp qirrali boʻlib, barcha iqtisodiyot subʼyektlari imtiyetlarga ega boʻladilar.
"2011 yil va birqadar sekinlik bilan bo‘lsa-da, undan keyin ham mintaqa davlatlari iqtisodi jadal o‘sishda davom etadi. Ammo iqtisodiy taraqqiyotni tutib qolish uchun Qafqoz va Markaziy Osiyo davlatlarining rivojlanishning boshqa manbalarini ham izlashlariga to‘g‘ri keladi," deydi Devid Ouen janoblari.
Maqolada, o‘z o‘rnida, ularga bu masalada ko‘mak berishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy siyosatning muhim asoslari ham sanab o‘tiladi.
Ular sirasida iqtisodda davlat rolini kamaytirish, yangi mahalliy va xalqaro shirkatlarga kengroq eshik ochish, bank tarmog‘i faoliyatini kuchaytirish va biznes muhitini yaxshilashga oid boshqa choralar tilga olinadi.
Ouen janoblariga ko‘ra, mintaqa davlatlari rahbarlari sarf-xarajatlarni oshirish va soliqlarni kamaytirish kabi inqirozga qarshi keskin choralarni ko‘rishga imkonli bir ahvolda bo‘hron bilan yuzma-yuz kelishgan. Lekin iqtisodni jonlantirishga qaratilgan bu kabi choralar o‘z vazifasini bajarib bo‘lgandan so‘ng, ular uchun iqtisodning o‘sishini ta‘minlash uchun boshqa omillar lozim bo‘ladi, deydi u.
"Afsuski, inqirozgacha bo‘lgan omillar beqaror bo‘lib chiqdi, xom-ashyo tovarlari eksporti esa, nisbatan kam yangi ish o‘rinlarini yaratadi. Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston kabi kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan davlatlarda iqtisodiy taraqqiyot istiqbolini yana shu injiq omillarga bog‘lab qo‘yish - tavakkalchilik bo‘ladi. Daromadlarning notengligi, ishsizlik yoki to‘liq ish bilan band bo‘lmaslik hollari, ayniqsa, xavotirga loyiq. Chunki ayrim Markaziy Osiyo davlatlarida bor-yo‘g‘i bir necha yildan so‘ng katta sondagi yoshlar mehnat bozoriga chiqishadi," deydi jamg‘arma vakili.
Mahalliy iqtisodiy tahlilchilar esa, O‘zbekiston iqtisodida keskin o‘zgarishlarga qo‘l urilsa, unda xom-ashyo bazasi bo‘lishning o‘rniga, ichki ishlab chiqarishni kuchaytirishning oliymaqom imkoniyatlari borligini aytishadi.
"Oyoq kiyim sanoati deymizmi, meva-sabzavotlarni qayta ishlash sanoati deymizmi, kiyim-kechak sanoati deymizmi, hozir O‘zbekistonning juda ulkan imkoniyatlari bor. Agar O‘zbekistondagi moliya zaxiralarimi, mehnat muhojirligi orqasidan kelayotgan daromadmi, hamma mablag‘ shu sohalarga yo‘naltirilsa, ichki ishlab chiqarish 10 barobardan oshib ketishi mumkin," deydi o‘zbekistonlik mustaqil iqtisodchi Jahongir Shosalimov.
Iqtisodchi, o‘z o‘rnida, "O‘zbekistonda Sho‘ro davridan qolgan partiya nomenklaturasining hamon amalda ekani, bozor munosabatlariga o‘tishning katta imkoniyati bo‘lgan bir holda, yana o‘sha rejali iqtisodiyot, hamma savdoni o‘z qo‘liga olish, butun ichki, tashqi resurslarni o‘zlari sarflash" kabi hollarni bunga to‘sqinlik qilayotgan omillar sifatida tilga olib o‘tadi.
Unga ko‘ra, "O‘zbekiston o‘zining ichki ishlab chiqarishini chuqur reja va aql-idrok bilan rivojlantirmas ekan, xom-ashyo eksportiga qaram bo‘lib qolaveradi".
Mahalliy tahlilchi mavjud imkoniyatlarning oqilona yo‘naltirilmayotgani sababini O‘zbekiston hukumatiga faqat xarajatlarini qoplash uchun daromad kerakligi bilan izohlaydi.
O‘z navbatida, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi vakili mintaqa davlatlarining iqtisodiy va moliyaviy aloqalarini mustahkamlashning muhim ekanligini ham urg‘ulaydi.
"Iqtisodiyotlarining ko‘lami va jo‘g‘rofiy yaqinliklarina nazarda tutilsa, bu davlatlar orasidagi umumiy savdo hajmi kutilganidan ko‘ra ancha pastdir: Umumiy eksportlarining bor-yo‘g‘i 5 foizchasini tashkil etadi, xolos. Yana bu ham kamayib bormoqda. Savdo-sotiqning asosiy qismini esa, qishloq xo‘jalik mahsulotlari tashkil etadi," deydi jamg‘arma vakili.
Devid Ouen bu to‘siqlar asosan tashkiliy ekani va mintaqaning aksariyat davlatlaridagi nisbatan noxush biznes muhitini o‘zida aks etdirishini aytadi.
Unga ko‘ra, mintaqada biznes fazosining yaxshilanishi tashqi sarmoyalarni jalb etishi, bu esa, savdo-sotiqning kengayib, yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga zamin yaratishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |