Seysmoaktiv xududlarda qurilish ishlarini olib borishda davlat tomonidan tasdiqlangan qonun - qoidalarga, talablarga rioya qilinmog’i zarur. Ya’ni shahar qurilishida imoratlarning balandligiga va shakliga katta talablar qo’yiladi, ular quyidagilardan iborat: - Seysmoaktiv xududlarda qurilish ishlarini olib borishda davlat tomonidan tasdiqlangan qonun - qoidalarga, talablarga rioya qilinmog’i zarur. Ya’ni shahar qurilishida imoratlarning balandligiga va shakliga katta talablar qo’yiladi, ular quyidagilardan iborat:
- shahar xududida katta-katta ochiq maydonlarning bo’lishi, ya’ni silkinish sodir bo’lgan taqdirda va undan keyin odamlarning yashashi uchun engil qurilmalar qurish uchun xavfsiz joy zarur;
- suv havzalarining bo’lishi, ya’ni zilzila vaqtida chiqishi mumkin bo’lgan yong’inlarni o’chirish maqsadida foydalanish uchun suv zahirasiga ega bo’lish;
- inshoatlar orasidagi masofa, inshoat balandligidan 1,5 martda katta bo’lishi, chunki imorat talofot ko’rganda bir-biriga ta’sir qilmasligi kerak.
- Inshoatlarni er silkinishiga bardosh berish xususiyatiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi:
- A - 7 balgacha chidaydigan kuchsiz seysmochidamli uylar. Bunga tuproqdan, g’ishtdan qurilgan uylar kiradi.
- B - 8 balgacha chidaydigan uylar. Bu xildagi uylar har xil yog’och karkaslardan tayyorlanadi (sinchi uylar).
- V - 9 balgacha chidaydigan seysmochidamli uylar. Bu xildagi uylarga katta metall karkaslardan tayyorlanadigan, temir-beton konstruktsiyalardan qurilgan inshoatlar kiradi.
Shu erda ta’kidlab o’tish kerakki, Respublikamizda 136 ta shahar mavjud bo’lib, ulardan 13 tasi yirik shaharlar hisoblanadi. Shaharlarda qurilishlar 5 ta kategoriya bo’yicha amalga oshirilib, ular katta kichikligidan qat’iy nazar halqa yo’li bilan belgilanishi zarur. Chunki FVda fuqarolarni faqat tranzit yo’llari orqali (jumladan xalqa yo’llari orqali) harakat qilishga yo’naltirilishi lozim. - Shu erda ta’kidlab o’tish kerakki, Respublikamizda 136 ta shahar mavjud bo’lib, ulardan 13 tasi yirik shaharlar hisoblanadi. Shaharlarda qurilishlar 5 ta kategoriya bo’yicha amalga oshirilib, ular katta kichikligidan qat’iy nazar halqa yo’li bilan belgilanishi zarur. Chunki FVda fuqarolarni faqat tranzit yo’llari orqali (jumladan xalqa yo’llari orqali) harakat qilishga yo’naltirilishi lozim.
- Shuning uchun har bir korxona rahbari er silkinishi oqibatlarini kamaytirishning asosiy tadbirlarini bilishi zarur. Bular quyidagilardan iborat:
- hududning seysmik kartasi, unda zilzila bo’lish ehtimoli bor joylar va uning kuchi ko’rsatiladi ;
- zilzilaga bardosh beradigan uylar va sanoat inshoatlarini qurish;
- zilzila sodir bo’lib qolgan holda axoli o’zini qanday tutishi va hatti-harakatlar haqida tushuntirish;
- seysmik stantsiyalarda uzluksiz navbatchilikni tashkil qilish va olib borish;
- zilzilalar haqida aniq xabar va aloqa sistemasini tashkil qilish;
- qutqaruv, kuch va vositalarni tayyor holga keltirib qo’yish;
- aholini xavfsiz, o’z vaqtida evakuatsiya qilish tadbirlarini ishlab chiqish;
- moddiy - texnik ta’minoti (plakatlar, oziq-ovqat, dori-darmon) zahiralarini tashkil qilish;
- zilzila haqida xabar beruvchi belgilarni aholiga tushuntirish va o’z vaqtida qo’llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |