Kuchli er silkinishi oqibatida erning yaxlitligi, butunligi o’zgaradi, inshoatlar, jixozlar buziladi, kommunal-energetik qismlar ishdan chiqishi, insonlar o’limi yuz beradi. Er silkinishi ko’pchilik hollarda ma’lum intensivlikda chiqadigan tovush bilan yuz beradi va uning past-balandligi er qimirlashning kuchiga bog’liq. Er qimirlashning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat: er silkinish o’chog’ining chuqurligi, silkinish amplitudasi va er silkinishining intensiv energiyasi. - Kuchli er silkinishi oqibatida erning yaxlitligi, butunligi o’zgaradi, inshoatlar, jixozlar buziladi, kommunal-energetik qismlar ishdan chiqishi, insonlar o’limi yuz beradi. Er silkinishi ko’pchilik hollarda ma’lum intensivlikda chiqadigan tovush bilan yuz beradi va uning past-balandligi er qimirlashning kuchiga bog’liq. Er qimirlashning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat: er silkinish o’chog’ining chuqurligi, silkinish amplitudasi va er silkinishining intensiv energiyasi.
- Epitsentr
- Gipotsentr Uzoq tarixiy saboq, ya’ni er silkinishi kishilarni ruhiy holatiga bo’lgan ta’siri, imorat va inshoatlarning buzilishi, vayron qilinishi, er yuzasida vujudga kelgan o’zgarishlar (er sathida yoriqlar va buloqlarning paydo bo’lishi) yuz bergan hodisalarning kuchini baholashga o’rgatgan. Natijada nisbiy baholash shkalasi paydo bo’lgan.
- Zilzila kuchi ikki xil o’lchov birligida o’lchanadi. 1. Ballarda; 2. Magnitudada.
- Dunyoni juda ko’p davlatlarida er silkinish kuchi 12 balli Halqaro o’lchov birligida o’lchanadi.
- Ball - er yuzasining tebranma harakat darajasini ko’rsatadi. Silkinish kuchini ballarda o’lchashda «seysmograf»lardan foydalanib, tog’ jinsi zarrachalarining tebranma xarakat tezligi topiladi. Ya’ni yozib olingan «seysmogrammalar» orqali zarrachalarning tebranish amplitudasi aniqlanadi va shu asosida seysmik to’lqin tezlanishi quyidagi formula orqali hisoblab chiqarish mumkin.
Epitsentrda tog’ jinsi zarrachalarining seysmik tezlanishini, u erda sodir bo’lgan o’zgarishlarga (buzilish, yorilish, vayron bo’lish va x.k.) taqqoslangan holda Rossiya Fanlar Akademiyasi olimlari tomonidan er silkinishining kuchini «ballarda» baholash shkalasi ishlab chiqilib, hozirda bu uslub hamma MDX ga kiruvchi davlatlarda jumladan, O’zbekistonda MSK (Medved’ev, Shponxoer va Karnik) nomi bilan qo’llaniladi. Tuproq zarralarining tebranma harakat intensivligi, silkinish o’chog’i chuqurligiga, magnitudaga, epitsentrdan uzoq yaqinligiga, tuproqning geologik tuzilishiga va boshqa faktorlarga bog’liq. - Epitsentrda tog’ jinsi zarrachalarining seysmik tezlanishini, u erda sodir bo’lgan o’zgarishlarga (buzilish, yorilish, vayron bo’lish va x.k.) taqqoslangan holda Rossiya Fanlar Akademiyasi olimlari tomonidan er silkinishining kuchini «ballarda» baholash shkalasi ishlab chiqilib, hozirda bu uslub hamma MDX ga kiruvchi davlatlarda jumladan, O’zbekistonda MSK (Medved’ev, Shponxoer va Karnik) nomi bilan qo’llaniladi. Tuproq zarralarining tebranma harakat intensivligi, silkinish o’chog’i chuqurligiga, magnitudaga, epitsentrdan uzoq yaqinligiga, tuproqning geologik tuzilishiga va boshqa faktorlarga bog’liq.
- Ikkinchi o’lchov birligi bu Rixter shkalasi bo’yicha Magnituda (M) hisoblanadi. Magnituda shkalasi 1935 yilda Amerika seysmologi Ch. Rixter tomonidan taklif qilingan.
- Magnituda er silkinishining umumiy energiyasini ko’rsatib, u erning maksimal surilish amplitudasining logarifmini belgilaydi va mikronlarda aniqlanadi. Magnituda-gipotsentrdan ajralib chiqqan energiyaga proportsional kattalik hisoblanib, uning maksimal qiymati 9 M gacha bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |