Sana: 201 y. Mavzu: Burchak va uning turlari Darsning maqsadi



Download 480,46 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi480,46 Kb.
#748828
Bog'liq
burchak va uning turlari



Sana: «___» _____________ 201__ y.


Mavzu: Burchak va uning turlari


Darsning maqsadi: Yoyiq va tog’ri burchak haqida ma’lumot berish. Misollar bilan tushuntirish. Burchakni o’lchash. Transportir haqida ma’lumot berish. Misollar bilan tushuntirish.


Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________


Darsning borishi:


1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:


Burchak tushunchasi.
Yoyiq va tog’ri burchak
1. Burchak tushunchasi. Aziz o’quvchi! Sizlarning geometriya bilan ilk bor tanishuvingiz boshlang’ich sinflardanoq boshlangan.
Daftaringiz sahifalarida kesma, to’g’ri hiziq, siniq chiziq, uchburchak, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak shakllarini chizgansiz. Bu shakllarning hammasi geometrik shakl (figura)lardir.
Daftaringiz, kitobingiz varag’i, deraza oynasi, sinf doskasi, stolning usti, tinch turgan ko’ldagi suv sathi tekislik haqida tasavvur beradi.
Daftaringizga 24-rasmni chizib oling.
Rasmdagi OA va OB nurlar umumiy O uchga ega. Ular tekislikni (daftaringiz varag’ini) ikki qism (soha)ga ajratadi – rasmda ular turli rangga bo’yalgan. Bu qismlarning har biri burchak deyiladi.
O nuqta burchakning uchi, OA va OB nurlar burchakning tomonlari deyiladi. « » belgi burchak belgisidir.
Burchakni uning uchiga qo’yilgan harf bilan belgilash mumkin: O. Ayni shu burchakni uchta harf bilan belgilasa ham bo’ladi: AOB (yoki BOA). Bunda burchakning uchiga qo’yilgan harf o’rtada yoziladi.
O’qilishi: «AOB burchak» yoki «O burchak».
Qaralayotgan burchak, odatda, yoycha bilan belgilanadi: .
2. Yoyiq burchak. Varaqqa AB to’g’ri chiziq chizing. Unda O nuqtani belgilang. Shunda to’g’ri chiziq umumiy O uchga ega bo’lgan ikkita nurga ajraladi. To’g’ri chiziq tekislikni ikkita qismga ajratadi. Shu qismlarning har biri yoyiq burchakdir (25-rasm).
Tomonlari to’g’ri chiziqni tashkil qiluvchi burchak yoyiq burchak deyiladi.
3. To’g’ri burchak. To’g’ri burchak tushunchasi bilan oldindan tanishsiz. Bir shakl ikkinchisiga qachon teng bo’ladi, degan savolga javob beraylik.
Agar bir shaklni ikkinchisining ustiga ular o’zaro joylashadigan qilib qo’yish mumkin bo’lsa, bunday shakllar teng deyiladi.
Varaqni AO va OB nurlar ustma-ust tushadigan qilib buklang. So’ng varaqni oching. Buklash chizig’i yoyiq burchakni ikkita teng qismga ajratganini ko’rasiz. Bu qismlarning har biri to’g’ri burchakdir (26-rasm). Chizmada to’g’ri burchak, odatda, kvadratcha bilan ko’rsatiladi.
Yoyiq burchakning yarmiga teng bo’lgan burchak to’g’ri burchak deyiladi.


Burchakni o’lchash. Transportir
1. Burchaklarni o’lchash.
Yoyiq burchakning 180 dan bir qismi 1 gradus deb ataladi va 1o kabi belgilanadi. Burchakning o’lchov birligi sifatida bir gradus olinadi.
To’g’ri burchak yoyiq burchakning yarmiga teng bo’lgani uchun uning gradus o’lchovi 180o : 2 = 90o bo’ladi (29-rasm).
Burchakning 1o dan kichik bo’lgan o’lchov birliklari ham bor. Ular minut va sekund deb ataladi.
1o = 60' (60 minut, «'» - minut belgisi).
1' = 60'' (60 sekund, «''» - sekund belgisi).
1o = 3600''.
Gradus o’lchovi bir xil bo’lgan burchaklar o’zaro teng deyiladi.
To’g’ri burchakdan kichik burchak o’tkir burchak deyiladi.
O’tkir burchakning gradus o’lchovi 90o dan kichikdir (30-rasm).
To’g’ri burchakdan katta, ammo yoyiq burchakdan kichik burchak o’tmas burchak deyiladi.
31-rasmda o’tmas burchak tasvirlangan.

2. Transportir. Burchaklar maxsus asbob – transportir yordamida o’lchanadi. Burchaklarning transportir yordamida qanday o’lchanishi 32-rasmda ko’rsatilgan. BOC = 90o; POK = 40o; FOD = 120o.

662. To’g’ri burchak nurlar yordamida uchta teng bo’lakka bo’lingan. Ulardan har birining gradus o’lchovini toping.
663. 1) 3o; 5o; 6 o25'; 8o50' ni minutlar orqali;
2) 360'; 180'; 240'; 300' ni graduslar orqali ifodalang.
664. Ikki to’g’ri chiziq kesishishidan hosil bo’lgan burchaklarni o’lchang. 1) Teng burchaklarni; 2) gradus o’lchovlari yig’indisi 180o ga teng bo’lgan burchaklarni yozing.
5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;


6. Uyga vazifa ________________________



Aim.uz



Download 480,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish