Xotira va tafakkur



Download 0,66 Mb.
bet1/2
Sana26.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#411257
  1   2
Bog'liq
MUHANDIS XODIMLAR SHAXSINING BILISH FAOLIYATINI PSIXOLOGIK TAVSIFI

MUHANDIS XODIMLAR SHAXSINING BILISH FAOLIYATINI PSIXOLOGIK TAVSIFI

Bajargan: Ergashev Ravshan

Qabul qiluvchi: Yulchiyeva Zulfizar Nadjibullayevna

Toshkent - 2021


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS

TA`LIM VAZIRLIGI

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLA TEXNIKA UNIVERSITETI ENERGETIKA FAKULTETI

REJA:

  • 1. Muhandis xodimlar faoliyatiga psixologik tavsif
  • 2. Xotira haqida tushuncha
  • 3. Xotira mexanizmlari
  • 4. Xotira turlari
  • 5. Ixtiyoriy va ixtuyorsiz xotira
  • 6. Tafakkur haqida tushuncha
  • 7. Xulosa

Muhandis xodimlari kasbiy faoliyatining oʻziga xos jihatlaridan biri keng doiradagi kishilar bilan muomala qila olish qobiliyatini bildiruvchi kommunikativlikdir. Xodim oʻz faoliyati davomida turli yoshdagi, kasbdagi va turli huquqiy maqomga ega boʻlgan shaxslar bilan muomala qilishiga toʻgʻri keladi. Bu esa xodimdan shaxs psixologiyasini, xususan muomalaning psixologik asoslarini bilishni talab etadi. Albatta, xodimning kasbiy faoliyatiga yorqin ifodalangan bilish xususiyati xosdir. Bu esa turli xil qiyinchiliklarni, fikriy vazifalarni turlicha hal qilishnigina emas, balki ushbu qarorlarni amalga oshirishni tashkil etishni ham talab etadi. Shu nuqtayi nazardan muhandis xodimlarining kasbiy faoliyatida quyidagi asosiy psixologik tizimlar mavjud: bilish faoliyati, konstruktiv, tashkilotchilik va kommunikativ faoliyat. Albatta, xodimlarning amaldagi faoliyatida ushbu tarkibiy qismlarning har biri sof holda uchramaydi, ularning hammasi uzviy birlikda namoyon boʻladi.

Xodim kasbiy faoliyatining asosiy psixologik xususiyatlari va tarkibiy elementlarini koʻrib chiqish ham uning faoliyati qanchalik murakkab va serqirraligidan dalolat beradi. Kasbiy faoliyat xodimga koʻplab turli xil talablar qoʻyadi, ular orasida eng muhimlaridan biri — shaxsda kasbiy muhim xislatlarning rivojlanganlik darajasi boʻlib, ular quyidagilardan iborat:

– xodim shaxsiga xos xislatlarning kasbiy-psixologik yoʻnalganligi;

– xodimning psixologik tayyorgarligi;

– rivojlangan irodaviy xislatlar; – noodatiy vaziyatlarda oʻzini tuta bilish, jasurlik, mardlik, oqilona tavakkalga moyillik;

– yaxshi rivojlangan kommunikativlik;

– turli toifadagi shaxslar bilan tezda aloqaga kirisha olish, ishonchli munosabatlar oʻrnata olish va sir saqlay olish;

– turli tezkor xizmat vazifalarini bajarishda odamlarga psixologik taʻsir koʻrsata olish qobiliyati;

– rolga, boshqa qiyofaga kira olish;

– rivojlangan, kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlari: kuzatuvchanlik va diqqatlilik, rivojlangan xotira, ijodiy tasavvur;

– rivojlangan mantiqiy tafakkur, murakkab aqliy ishga moyillik, farosat, rivojlangan intuitsiya;

ziyraklik, murakkab vaziyatdan chiqib keta olish.


  • Xotira — idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. U nerv sistemasi xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari haqidagi axborotni uzoq saqlash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xatti harakat doirasida takror tiklash qobiliyatida namoyon boʻladi.
  • Xotira individning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi.
  • Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va boshqalar) da uchraydi. Xususan, Forobiy Xotiraga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, Xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida taʼkidlagan.
  • Xotiraning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining muvaqqat bogʻlanishi (Assotsiatsiya) va ularning keyingi faoliyatidan iborat. Xotira ko’lami, axborotlarning uzoq vaqt va mustahkam saqlanishi, shuningdek, muhitdagi murakkab signallarni idrok etish va adekvat reaksiyalarda ishlab chiqish bosh miya nerv hujayralari (neyronlar) sonining koʻpayib borishi hamda uning strukturasi murakkablashuvi jarayonida oʻsib boradi.
  • Fiziologik tadqiqotlarda qisqa va uzoq muddatli Xotiralar qayd etilgan. Qisqa muddatli Xotirada axborotlar bir necha daqiqadan bir necha oʻn minutgacha saqlanadi, neyronlar ishiga xalal berilganda (mas, elektr shok, narkoz taʼsirida) u buziladi. Uzoq muddatli Xotirada axborotlar odam umri boʻyi saqlanib turli taʼsirlarga chidamli boʻladi. Qisqa muddatli Xotira asta sekin uzoq muddatli Xotiraga aylanadi. Xotira ruhiyatning oʻtmish holati bilan hozirgi holati va kelgusidagi holatlarga tayyorlash jarayonlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni koʻrsatadi. Boshqa psixik hodisalar kabi Xotira ham shaxsning xususiyatlari, uning ehtiyoji, qiziqishlari, odati, feʼl-atvori bilan uzviy bogʻliq.
  • Xotira namoyon boʻlishdagi shakliga koʻra shartli ravishda 1. Emotsional Xotira (histuygʻuni esda tutish) 2. Obraz Xotirasi (narsalarning tasviri va xususiyatlarini esda tutish) 3. Soʻz mantiq Xotirasi (narsalarning mohiyati, mazmunini soʻz bilan ifodalangan hodda esda tutish) kabi turlarga boʻlinadi. Bulardan insonda soʻz mantiq Xotirasi yetakchi oʻrin tutadi. Xotiraning barcha turi bir-birlari bilan chambarchas bogʻliq holda kechadi.
  • Psixologiyada, shuningdek, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotiralar farq qilinadi. Ixtiyoriy Xotirada muayyan materialni esda olib qolish oldindan maqsad qilib qoʻyiladi; ixtiyorsiz Xotirada bunday maqsad boʻlmaydi — biror faoliyatda ( mehnat jarayonida yoki kim bilandir suhbatlashib turilganda) oʻz oʻzidan esda saqlab qolinadi. Barqarorligi jihatdan ixtiyoriy Xotira ixtiyorsiz Xotiradan samaraliroq.
  • Fanda Xotira bilan bogʻliq ravishda unutish masalasini oʻrganishga ahamiyat berilmoqda. „Normal“ unutishni psixik kasalliklardagi Xotira buzilishidan farq qilmoq kerak. Bu kasalliklarda Xotira susayishi (gipomneziya), yoʻqolishi (amneziya) yoki bir tomonlama kuchayishi (gipermneziya) kuzatiladi. Baʼzi kasalliklarda u sifat jihatdan buziladi: bemorga boʻlmagan voqealarni goʻyoki oʻz boshidan kechirgandek tuyuladi, yoki qachonlardir boʻlib oʻtgan voqealarni kecha yoki bugun roʻy bergan deb oʻylaydi (konfabulyatsiya, psevdoreminssensiya), Bunday soxta Xotiralar kishida jiddiy ruhiy xastaliklar oqibatida kelib chiqadi. Bunday kasalliklarga bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, shikastlanish, miyaga qon quyilishi holatlari, ogʻir zaharlanishlar oqibati ( alkogolizmda uchraydigan psixoz) kiradi. Xotira buzilganda uni keltirib chiqaruvchi asosiy kasallikni davolashga eʼtiborni qaratish kerak

Xotira mexanizmlariHozirgi kunda xotira mexanizmlari haqida juda ko`plab nazariyalar mavjud. Ularning barchasini bir necha guruhlarga birlashtirish mumkin.

  • Xotira mexanizmlariHozirgi kunda xotira mexanizmlari haqida juda ko`plab nazariyalar mavjud. Ularning barchasini bir necha guruhlarga birlashtirish mumkin.
  • Birinchi guruh nazariyalar - psixologik nazariyalar, ikkinchisi - neyrofiziologik nazariyalar. Ularga keyingi yillarda yangi nazariyalar, uchinchi yo`nalish - bioximik yo`nalishdagi nazariyalar qo`shilmoqda.
  • Barcha nazariyalar orasida eng oldin paydo bo`lib rivojlangan nazariyalarga psixologik nazariyalar kiradi. Bu nazariyalar xotira jarayonlarini tarkib toptirishda sub`ektning faolligiga qanday o`rin berilganligiga, sub`ekt faolligining o`ziga qanday qaralganligiga bog`liq ravishda klassifikatsiya qilinadi. Shunday oqimlardan biriga assosiativ nazariya kiradi.
  • Assosiativ nazariyaning asosiy tushunchasi assosiatsiya tushunchasidir. Assosiatsiya - aloqa bog`lanish degan ma`noni bildiradi va hamma psixik hodisalarni tushuntiruvchi universal mexanizm sifatida qaraladi. Ularning fikricha, agar ma`lum psixik hodisalar inson ongida ayni bir vaqtning o`zida bir-biridan ketma-ket hosil bo`lgan bo`lsa, ular o`rtasida assosiativ aloqa hosil bo`ladi. Agar shu assosiativ aloqaning biron-bir elementi qayta ta`sir qilsa yoki qayta nomoyon bo`lsa, ongimizda assosiativ aloqaning barcha elementlarini qayta tiklashga olib keladi.
  • Shunday qilib, assotsianizm ikkita ta`sirot o`rtasidagi aloqa bog`lanishning zaruriy va etarli asosi - bu ta`sirlarning inson ongida ayni bir vaqtning o`zida nomoyon bo`lishi deb hisoblaydi.
  • Assotsianistlar quyidagi assosiatsiya hosil bo`lishning asosiy sharoitlarni ko`rsatadilar. A) tegishli ob`ektlarning zamon va makon izchilligi; b) ob`ektlarning bir-biriga o`xshashligi, ob`ektlarning bir-biridan farqi, qarama-qarshiligi. Shu sharoitlarga mos ravishda uch turli assosiatsiya ajratilgan: izchillik assosiatsiyasi, o`xshashlik assosiatsiyasi, kontrastlik assosiatsiyasi.
  • Ammo bir xil sharoitda doimo bir xil assosiatsiyalar zanjiri hosil bo`lmaydi. U holda turli kishilar bir xil sharoitda bir xil narsalarni eslab qolgan bo`lar edilar. Haqiqatda esa aloqalar tanlangan suratda hosil bo`ladi.

Geshtal’tizm (nemischa "gestalt" - obraz degan ma`noni anglatadi) - psixologik nazariya. Bu nazariyaning asosiy tushunchasi - geshtal’t tushunchasidir. Geshtal’t tushunchasi yaxlit, bir butun tashkilotni (bir butun organizmni) tarkibiy qismlarga bo`lib bo`lmaydigan tuzilishini anglatadi.

  • Geshtal’tizm (nemischa "gestalt" - obraz degan ma`noni anglatadi) - psixologik nazariya. Bu nazariyaning asosiy tushunchasi - geshtal’t tushunchasidir. Geshtal’t tushunchasi yaxlit, bir butun tashkilotni (bir butun organizmni) tarkibiy qismlarga bo`lib bo`lmaydigan tuzilishini anglatadi.
  • Bu nazariyaga ko`ra aloqalar (bog`lanishlar) hosil qilishning asosi sifatida materiallarning tashkil qilinganligi e`tirof qilinadi. Materialning ma`lum tashkiliy tartibi esda olib qolishda katta rol’ o`ynaydi. Ammo materialning tuzilishini ochish va baholash, oqibatda uni esda olib qolishda faqatgina sub`ekt faoliyati natijasi asosiy rolni o`ynaydi.
  • Hozirgi zamon psixologiya fanida barcha psixik jarayonlarni, shu jumladan xotira jarayonlarini ham tarkib toptirishga sababchi bo`lgan asosiy faktor shaxs faoliyatidir, deb qarovchi nazariyalar toboro ko`proq e`tirof etilmoqda. Bu nazariyaga asosan materialni esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish jarayonlari sub`ekt faoliyatida ana shu materiallarning qanday o`rinda turishi bilan belgilanadi.

Xotira turlari

  • Xotira turlari
  • Xotira inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning nomoyon bo`lish shakllari ham nihoyat darajada har xildir. Xotiraning har xil turlari uch xil mezon asosida turlarga bulinadi (birlashtiriladi).
  • 1. Ko`proq faoliyatda ko`rinadigan psixik aktivlik xarakteriga ko`ra xotiraning harakat, emosional (hissiy), obrazli va so`z-mantikiy turlari farqlanadi.
  • 2. Faoliyat maqsadi xarakteriga ko`ra xotira ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira turlariga bulinadi.
  • 3. Materialni qancha esda olib qolish va esda saqlash muddatiga qarab qisqa muddatli, uzoq muddatli, operativ xotira turlariga bo`linadi.

                                                

1000×1000


Ixtiyoriy va ixtuyorsiz xotira

  • Ixtiyoriy va ixtuyorsiz xotira
  • Faoliyat maqsadiga ko`ra xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari farqlanadi. Muayyan maqsadsiz biron bir narsani esda olib qolish va eslash, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz ravishda qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deyiladi. Biz o`z oldimizga biron maqsad qo`yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira haqida gap boradi. Ixtiyoriy ravishda esda olib qolish va esga tushurish jarayonlarida maxsus mnemik ("mneme" lotincha so`z bo`lib xotira degan ma`noni anglatadi) harakatlar tarzida amalga oshiriladi.
  • Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir.
  • Tafakkur inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi.
  • Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson oʻzining Tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson Tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi.
  • Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan koʻrish imkoniyatiga ega.
  • Tafakkur koʻpgina fan sohalari (falsafa, mantiq, jamiyatshunoslik, pedagogika, fiziologiya, kibernetika, biollogiya)ning tadqiqot obʼyekti hisoblanadi. Psixologiyada Tafakkur voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir necha turlarga (koʻrgazmali harakat, koʻrgazmali obrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.) ajratib tadqiq qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarishda odamlar oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar ham Tafakkur yordamida namoyon boʻladi. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat qilish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat Tafakkur sifatlari vujudga keladi. Insonning inson tomonidan idrok kilinishi ham Tafakkur bilan uzviy aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar Tafakkurning mahsuli hisoblanadi. Psixologiya Tafakkurning filogenetik (insoniyat paydo boʻlishi davri), ontogenetik (kishi umri davomida) bilishga oid tarixiy jihatlarini ham oʻrganadi. Hozirgi zamon fanining juda koʻp murakkab masalalari Tafakkurdagi mantiqiy jarayonlarni yanada chuqurroq oʻrganishni taqozo etmoqda.
  • Insonning xotirasi qabul qilingan ma’lumotni deyarli unutmaydi. Faqatgina qabul qilingan ma’lumotni qayta esga olishda qiynaladi ya’ni ma’lumotni miyadan chiqara olmaydi. Insonning xotirasi yosh o’tgani sari susayishi mumkin lekin, lekin asosiy muammo miyani shug’ullantirmaslikdadir. Ma’lumotni eslab qolishdagi eng asosiy muammo diqqatni bir joyda uzoq muddat davomida ushlab turishdir. Insonning ma’lumotni qabul qilayotgan agar uni kimdir yoki nimadir chalg’itsa xuddi o’sha diqqat bilan ishga kirishguncha yana tahmina 15-20 daqiqacha vaqt kerak bo’ladi. Agar biz o’rganayotgan ma’lumotimiz davomida bizni chalg’itishsa deyarli ma’lumotni qabul qila olmaymiz.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish