Sharqiy Turkmaniston iqtisodiy rayoni- (Lebab viloyati) respublika hududining 20 foizga yaqinini, aholisining esa 21 foizini tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km2ga 8 kishi to’g’ri keladi. Aholisining 50%ga yaqini shaharlarda, mintaqaning bevosita 2G’3 qismi aholisi Turkmanobod va Kerkida yashaydi. Rayon Amudaryoning har ikki sohilida joylashgan. Lebob viloyatida ham sug’orib dehqonchilik qilish ustun turadi. Sug’oriladigan erlarda paxtachilik rivojlangan. Shuningdek qorako’lchilik va pillachilik ham etakchi tarmoqlardir. Mintaqa respublikada etishtiriladigan paxtaning 1G’4 qismini, tayyorlanadigan shoyining esa 95 foizdan ko’pini etkazib beradi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati bilan birga, metalsozlik va tog’-kon sanoati rivojlangan. Rayonning janubidagi tog’larda turli foydali qazilmalar, mineral tuzlar, qurilish materiallari, mis, rux, oltingugurt va boshqalar topilgan. Mintaqada Respublikaning deyarli 60 foiz gazi qazib olinadi. Ayniqsa bu erda mineral o’g’itlar va oltingugurt ishlab chiqarish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Oltingugurt Gaurdak konidan qazib olinadi. Oltingugurt va boshqa mineral tuzlar asosida Gaurdak tog’-kimyo sanoati rivojlangan.
Ko’xitangdan uncha uzoq bo’lmagan masofadan rux qazib chiqarish, uning atrofida esa neft va gaz konlari topilgan. Bular asosida cho’lda kimyo sanoati markazi - Neftezavodsk (Seydi) shahri tashkil topgan. Mintaqa hududida MDH dagi yirik Korlyuk va Qarabel kabi kaliy tuzlari konlari topilgan.
Mintaqa boshqa rayonlarga nisbatan suv bilan yaxshi ta’minlangan. Bu kam suvli respublika uchun kamdan-kam uchraydigan hodisadir.
Amudaryo bo’ylarida Qizilmiya o’simligi o’sadi. Bu o’simlikdan dori-darmon ishlab chiqarishda, salqin ichimliklar, sigareta, kosmetika kabi ko’plab mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bu o’simlikka jahon bozorida ham talab kattadir.
Turkmanobod–sharqiy rayoning eng yirik shahri bo’lib, Respublikada aholi soni bo’yicha Ashgabaddan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Shahar daryo va temir yo’l bo’yida joylashgan bo’lib muhim transport tugunini hosil etadi. Qadimda Turkmanobod Buxoro amirligining muhim qal’alaridan bo’lgan.
Hozirgi kunda shahar yirik sanoati rivojlangan markazdir. Ayrim sanoat korxonalari qishloq xo’jalik mahsulotlarini (paxta) qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bular paxta tozalash, trikotaj, to’qimachilik fabrikalaridir. Shuningdek pillakashlik fabrikasi, qorako’l terilari ishlab chiqarish zavodi ham muhim ahamiyatga ega.
Turkmanobod shahri temir yo’l va daryo yo’li bo’yida joylashganligi sababli neftni qayta ishlash, kemasozlik, avtoremont, ekskavator remonti zavodi kabilar ishlab turibdi. Kimyo sanoatida yirik superfosfat zavodi alohida o’rinda turadi.
Turkmanobod shahri daryo bo’ylab cho’zilgan, o’simlikka boy go’zal manzarali shahardir. Shaharda bir qancha o’quv yurtlari, muzey va boshqa madaniyat tashkilotlari (maskanlari) mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |