TAMAKI MAHSULOTLARINING INSON SALOMATLIGIGA SALBIY TA’SIRI - SIGARETA CHEKISH ZARARLARI — TAMAKINING ORGANIZMGA TA’SIRI, KASHANDALIK OQIBATLARI
- Chekuvchilar hech bo’lmaganda bir marta chekish organizmga qay darajada zarar yetkazishi haqida o’ylab ko’rishganmikan? Chekish kishining nafaqat o’zi, balki atrofdagilariga ham ziyon keltiradi. Tamaki tutunini ichga tortib, u o’z salomatligi, immuniteti va nafas olish va yurak-tomir tizimiga shikast yetkazadi.
- SIGARETANING INSON ORGANIZMIGA ZARARLARI
- Bir tomchi nikotin otni o’ldirishini hatto bolalar ham biladi. Biroq, bu dalil chekuvchilarda alohida taassurot uyg’otmaydi: ular o’zlarini bir vaqtning o’zida buncha sigareta chekib bo’lmaydi degan gap bilan ovutishadi. Biroq, tamaki tutunining zarari nikotinning o’zigina bilan bog’liq emas, u faqat qaramlik chaqiradi, chekishning vayronkor ta’siri boshqa omillar bilan ham ifodalanadi.
- Sigareta tutuni bilan birgalikda chekuvchi quyidagi moddalarni ham yutadi:
- Margimush. Bu zahar yurak muammolariga sabab bo’ladi, saratonni keltirib chiqaradi va tanadan chiqib ketishi juda qiyin.
- Formaldegid. Ushbu zaharli kimyoviy birikma birinchi navbatda, nafas olish tizimiga salbiy ta’sir qiladi.
- Poloniy. Ushbu element radioaktiv xususiyatlarga ega. «Tajribali» chekuvchilarning 40 foizi muntazam ravishda poloniy zarrachalarini yutadi.
- Benzol. Ushbu organik modda leykoz va boshqa onkologik kasalliklarning birinchi sababchisidir.
- Smola. Sigareta tutunidagi smola o’pkada cho’kma sifatida qolib ketadi. Vaqt o’tishi bilan u tobora ko’payib, bronxlarni toraytiradi, o’pkaning hajmini kamaytiradi va oqibatda organizmga kislorod kirishini yomonlashtiradi.
SIGARETANING INSON ORGANIZMIGA ZARARLARI - SIGARETANING INSON ORGANIZMIGA ZARARLARI

TIBBIY STATISTIKA Sigaret chekishning oqibatlari juda turlicha bo’lishi mumkin — tamaki tutuni deyarli barcha ichki organlarga ta’sir qiladi. Biroq, ushbu zararli odatning eng ko’p kuzatiladigan asoratlari quyidagilardir: Surunkali bronxit; Nafas olish tizimining onkologik kasalliklari; Yurak-tomir patologiyalari (YIK, arterial gipertoniya, qon tomir trombozi va boshqalar). O’pka saratoni bilan og’rigan bemorlar 90 foizining anamnezida chekish holatlari mavjudligini statistika ham tasdiqlaydi. Bundan tashqari, bronxit va emfizemadan o’lim hollarining 75 foizi u yoki bu tarzda bu zararli odat bilan bog’liq. Chekuvchilarning yurak xastaliklari ham 25% hollarda og’irroq kechadi va ko’proq o’limga olib keladi. O’SMIRLAR UCHUN - O’SMIRLAR UCHUN
- Statistikaga ko’ra, o’smirlarning har uchtadan bittasi 15 yoshgacha sigareta bilan yaqindan tanishadi. Shu bilan birga, ularning yarimida bu zararli odatga aylanib, katta yoshgacha ham saqlanib qiladi.
- Aksariyat chekuvchilar bu odatni o’smirlik davirda boshlashgan. Statistikaga murojaat qilinsa, doimiy chekuvchilarning atigi 10 foizi bu odatni 18 yoshdan keyin orttirgan. Tamakining o’smirlarga asosiy kasalliklardan tashqari yetkazadigan boshqa o’ziga xos ta’sirlari quyidagilar:
- Miya. Chekuvchi o’smirlarda xotira zaiflashadi, chunki miyada kislorod yetishmasligi kuzatiladi.
- Ko’rish. Chekish natijasida ko’rish buziladi, ranglar xiralashadi. Vaqt o’tishi bilan bu holat to’liq daltonizmga olib kelishi mumkin.
- Reproduktiv tizim. Hatto 20-25 yoshga kelib bu odatni tashlagan bo’lishsa ham, bu toifa shaxslar ko’proq bepushtlikka duchor bo’ladi. Ayollarda kichik chanoq a’zolari yallig’lanishi og’irroq kechadi, erkaklar esa 1,5 marta ko’proq impotentsiyadan aziyat chekadi.
PASSIV CHEKISH Passiv chekish — havo bilan birga boshqalar tomonidan chiqarilgan tutunni yutish tushuniladi. Uning zarari odatiy chekishnikidan ko’ra kamroq emas. Passiv chekuvchilar ham zararli smola, zahar va kantserogenlar ta’siriga duchor bo’ladi, yagona farq — ular bu yo’lni ixtiyoriy tanlashmagan. Ular uchun chekadigan kishilar: ota-ona, do’stlar, hamkasblar, avtobus bekatida oddiygina yo’lovchilar qaror qabul qilib bo’lishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |