Qo’shimcha. Turkmaniston-betaraf davlat. 1995 y. 12 dek. T. betarafligi kuni. Amaldagi konstitutsiyasi 1999 y. 18 mayda qabul kilingan. Davlat boshlig’i-prezident (1990 y.dan S. Niyozov, 1996 yildan Gurbanguli Berdimuxamedov). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi (hukumat) amalga oshiradi.
Tabiati. Hududining aksariyati tekislikdan iborat bo’lib, qariyb 4G’5 qismi Turon tekisligi (Qoraqum cho’li)da joylashgan. Faqat janubda tepaliklar va o’rtacha balandlikdagi tog’lar bor. Kaspiy dengizining T.ga qarashli jan. qirg’oqlari kam parchalangan, shim. da Qorabo’g’ozgo’l, Krasnovodsk, Turkman qo’ltiqlari, Krasnovodsk, Darja, Cheleken ya.o.lari va qum tillari bor. Dengiz sohili past, qumli. T. janubida Kopetdog’ tog’lari (eng baland joyi 2942 m-Rizo cho’qqisi), undan shim.g’arbda Kichik Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon (1881 m gacha) tog’lari joylashgan. Jan.sharqdagi Bodxiz qirlari (eng baland joyi 1267 m) va Qorabel qirlari (eng baland joyi 984 m) o’rtasidan Murg’ob daryosi oqib o’tadi.
Chekka jan.sharqda Hisor tizmasining Ko’hitang tarmog’i (bal. 3139 m-T.ning eng baland nuktasi) bor. T.ning g’arbida Krasnovodsk platosi, shim. G’arbida Ustyurt platosining jan. chekkasi, undan jan.da esa Orqa O’zbo’y burmali rayoni yotadi. Kaspiy bo’yi pasttekisligida Nebitdog’ (39 m), Boyadog’ (134 m), Qumdog’, Manjuqli (27 m) va b. qirlar ko’tarilib turadi. Kopetdog’ tekisligidan shim. va shim.sharkda Qoraqum cho’li, Amudaryo va Tajan daryolari oralig’ida Jan.Sharqiy Qoraqum cho’li joylashgan. T.ning jan. qismida tez-tez zilzila bo’lib turadi. Muhim qazilma boyliklari-neft va gaz; ko’mir, mirabalit, oltingugurt, qora va rangli metall, mis, alyuminiy, simob, molibden konlari aniqlangan.
Iqlimi keskin kontinental, qurg’oqchil iqlim. Yozi issiq va quruq, qishi yumshoq, qor kam yog’adi. Yanv.ning o’rtacha temperaturasi shim.sharqda-5° dan Atrek daryosi atrofida 4° gacha, b’zi yillarda Toshhovuz viloyatida absolyut minimal temperatura-32° gacha. Iyulda shim. sharqda 28°, jan.da 32°, absolyut maksimal temperatura 49,9° gacha. T. hududining 80% da doimiy oqar suv yo’q; jan. va sharqiy hududlardagina daryolar bor. Eng katta va sersuv daryo-Amudaryo. Bu daryoning suvi Qoraqum kanali orqali Bahardengacha borgan-900 km. Ko’llarning aksariyati sho’r. Chuchuk suvli Yasxan ko’li Nebitdog shimolini ichimlik suv bilan ta’inlaydi. Tuproqlari-Ustyurt, Turkmanboshi, Orqa Unguz platolarida surqo’ng’ir, tog’ etaklari, tog’ yon bag’irlarining quyi qismida, tog’ oldi tekisliklarida, tog’larning quyi mintaqasida bo’z tuproq, yuqoriroqda to’q bo’z, tog’ tepalarida to’q qo’ng’ir tuproqlar tarqalgan. Qoraqum cho’lining aksariyatini qum egallagan; pastqam joylarda taqir, sho’rxok, daryo vodiylarida o’tloqibo’z va allyuvial o’tloqi tuproqlar bor. T. hududining taxm. 2% sug’oriladi. T.ning o’simlik va hayvonot dunyosi xilma-xil. Qumli cho’llarda oq va qora saksovul, qandim, cherkez, quyonsuyak, sho’rxok erlarda yulg’un, sarisazan, shoxilak va b., daryo vodiylaridagi to’qaylarda bachki teraktol va jiydazorlar, Kopetdog’ oldi cho’llarida va qirlarda shuvoq va har xil efemer o’tlar, tog’larning 1500 m dan yuqori qismida archa, G’arbiy Kopetdog’ daralarida yovvoyi tok, olma, olcha, bodom, anor, yong’oq, anjir, pista daraxtlari o’sadi. Hayvonot dunyosi-cho’lda quyon, bo’ri, tulki, chiyabo’ri, jayran, tog’larda qoplon, arxar, morxo’r, Amudaryo vodiysida to’ng’iz, kiyik, qirg’ovul va b. yashaydi. Daryo va suv omborlarida baliq ko’p. T. hududida Badxiz, Krasnovodsk, Repetek va b. qo’riqxonalar bor.
Aholisining aksariyati turkmanlar; shuningdek, rus, o’zbek, qozoq, tatar, ukrain, armanlar ham yashaydi. Shahar aholisi 45%. Rasmiy til-turkman tili. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yirik shaharlari: Ashxobod, Turkmanobod, Toshhovuz, Mari, Turkmanboshi.
Do'stlaringiz bilan baham: |