Yuridik shaxslarning kassa
operatsiyalarini yuritish
qoidalariga
3-ILOVA
Davlat va jamoat birlashmalari, korxona, tashkilot
hamda muassasalarining kassa xonalarini texnik jihatdan
mahkamlash va qo’riqlash - yong’indan ogoh etish vositalari bo’yicha
TAVSIYALAR
1. MAZKUR TARTIBLAR QO’RIQLASH YONG’INDAN OGOH
ETISHNING KO’P QIRRALI TIZIMLARINI BARPO
ETISH ASOSIY QOIDALARI VA KASSA XONALARINI
TEXNIK JIHATDAN MAHKAMLASH BO’YICHA
UMUMIY QOIDALARNI BELGILAYDI:
1.1. Mavjud pul mablag’lari va boyliklarning puxta saqlanishini ta’minlash uchun kassa quyidagi talablarga javob berishi shart:
1.2. Boshqa xizmat va yordamchi xonalardan ajratish.
1.3. Ko’p qavatli binolarning oraliq qavatlarida joylashish. Ichki ishlar organlari, inkassatsiya xizmatlari bilan kelishgan holda kassa xonalarini ko’p qavatli binolarning 1-qavatida joylashtirishga ijozat beriladi.
1.4. Baquvvat devorlarga, mustahkam pol va shiplarga, ishonchli ichki devor va to’siqdevorlarga ega bo’lish.
1.5. Ikkita eshik bilan yopilishi:
a) tashqariga ochiladigan, taxtadan yasalgan, bir tavaqali, ichkari tomonida metall zanjiri, ko’rish tuynugi bo’lgan, ichkari tomonida ikkita qulf bilan yopiladigan tashqi eshik bilan;
b) ichkariga ochiladigan, po’lat panjara ko’rinishida tayyorlangan va kassaning ichkari joylashish tomoniga osma qulf yoki devorga kiritilgan qulf bilan yopiladigan, shuningdek, metall lo’kidonli ichki eshik bilan.
1.6. Xo’jalik organi xodimlari yoki mijozlar bilan operatsiyalar o’tkazish uchun ichkaridan metall yoki yog’och eshikcha bilan yopiladigan, ikki tomoni quyma metall bilan qoplangan maxsus darchaga ega bo’lish. Ichkari tomondan mustahkam osma qulfli metall nakladka bilan yopish.
1.7. Romlar o’rtasidagi deraza o’rinlariga yoki xonaning ichkari tomonida, issiq suv o’tadigan quvurlar, dudburonlar, ventilatsiya kanallarida, yupqa to’siqdevorlar va kassaning unga tashqaridan kirish mumkin bo’lgan boshqa joylarida metall panjaralar o’rnatish.
1.8. Pul va boyliklarni saqlash uchun albatta yonmaydigan seyfga ega bo’lish. Sozlangan o’to’chirgichga ega bo’lish.
1.9. Zamonaviy texnika vositalaridan foydalangan holda ko’p qirrali himoya tizimlari uskuna-jihozlari.
1.10. Ko’p qirrali (qo’riqlash-yong’indan ogoh etish) signalizatsiyadan tashqari trevoga berish signalizatsiyasi ham nazarda tutilishi kerak.
Kassirlarning ish joylari trevoga berish signalizatsiyasi bilan jihozlanadi.
1.11. Markazlashtirilgan qo’riqlash pultiga:
1.11.1. Bevosita abonent telefon liniyalari bo’yicha:
1.11.2. Zichlashtirish apparaturasi yordamida ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |