2. KASSA XONALARIDA TEXNIK JIHATDAN
MAHKAMLASHGA DOIR TALABLAR:
2.1. Ichki devorlar va to’siqdevorlar mustahkamlik bo’yicha ular o’rtasiga po’lat panjara qo’yilib, har biri qalinligi 80 mm bo’lgan juftlashtirilgan gips-beton panellarga yoki muvofiq bo’lishi yoki metall setka bilan armaturalangan, qalinligi kamida 120 mm bo’lgan g’isht devordan iborat bo’lishi kerak.
Eski binolarda ichkari tomondan po’lat panjaralar bilan mahkamlangan, taxtalar bilan zichlangan nokapital to’siqdevorlar bo’lishiga ijozat beriladi.
2.2. Kassa darchasining hajmi 200x300 mm dan oshmasligi kerak, tashqi tomondan esa u "chiqayotgan quyosh" turidagi metall panjara bilan mahkamlanadi.
2.3. Eshik kesakisi po’lat uchburchakdan yasaladi. Ilgari qurilgan binolarda po’lat uchburchak bilan mahkamlangan yog’och eshik kesakilarining saqlanishiga yo’l qo’yiladi. Barcha hollarda ular devorga po’lat yershlar yordamida mahkamlanadi.
2.4. Tashqi kirish eshigi, deraza eshiklari, kassa darchasi eshikchasi va to’siqdevorlar qalinligi kamida 40 mm bo’lgan taxtalardan yasaladi, ular ikki tomondan ruxlangan, tunuka chetlari ichki tomonga bukilgan po’lat tunuka bilan qoplanadi, bunda metall listlari old tomonda tutashtirilmaydi. Metall listlar taxtalarga uzunligi kamida 40 mm bo’lgan mixlar bilan, perimetr va diagonallar bo’yicha 60 mm ga qadar masofada mahkamlanadi.
Tashqi devorlar zich qilib, ichki oshiq-moshiqda tirqish qoldirmasdan o’rnatiladi va butun bo’yi bo’yicha eni 40-60 mm va qalinligi kamida 5 mm bo’lgan metall nakladkalar bilan jihozlanadi, ular xona ichida gaykalar bilan, diametri 12-15 mm li boltlar bilan mahkamlanadi (boltlar uchi ushbu tomondan mahkamlanmaydi).
Nakladkalar qulf bandida payvandlangan plastinalar bilan puxta osma qulflarda (tashqi tomonda - omborbop) bekitiladi.
Militsiya va idoradan tashqari qo’riqlash tizimining qurolli xodimlari qo’riqlaydigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar binolarida ichki ishlar mahalliy organlari bilan kelishgan holda kassalarning tashqi eshiklari metall nakladkalar bilan jihozlanmasligi mumkin.
2.5. Barcha panjaralar hajmi 150x150 mm dan ko’p bo’lmagan uyachalar hosil qilib, diametri kamida 16 mm bo’lgan po’lat chiviqdan tayyorlanadi va panjaralar devorga qoqilgan uchi qayrilgan mixlarga payvandlash yo’li bilan mahkamlanadi.
2.6. Uchi qayrilgan mixlar diametri kamida 16 mm bo’lgan po’latdan tayyorlanadi va qurilish konstruksiyalariga kamida 150 mm ichkariga qoqiladi.
2.7. Panjaralarning romlari hajmi 30x40 mm va qalinligi kamida 5 mm bo’lgan po’lat uchburchakdan tayyorlanadi. Ular bilan perimetri bo’yicha kassa darchasi, eshik kesakilari va devorlar, pol hamda shiftdagi, muhandislik tarmoqlari o’tishi uchun mo’ljallangan barcha boshqa teshiklar jihozlanadi. Mazkur tarmoqlarning diametri 200 mm dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |