Markaziy banki boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan


QO’RIQLASH - YONG’INDAN OGOH ETISH TEXNIK



Download 33,29 Kb.
bet9/11
Sana21.07.2022
Hajmi33,29 Kb.
#833719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Касса-эски

3. QO’RIQLASH - YONG’INDAN OGOH ETISH TEXNIK
VOSITALARINI JIHOZLASHGA DOIR TALABLAR

3.1. Kassalar quyidagi talablarni hisobga olgan holda qo’riqlash - yong’indan ogoh etish vositalarining ikkita himoya marrasi bilan jihozlanishi kerak:


3.2. Birinchi marrada xonalar perimetri qurilish konstruksiyalari, deraza va eshikdagi teshiklar, tuynuklar, ventilatsiya kanallari, issiqlik quvurlari kiradigan joylar, yupqa to’siq devorlar va xonalarning tashqaridan kirish mumkin bo’lgan, shu jumladan, po’lat panjaralar bilan jihozlangan unsurlari ham himoyalanadi.
3.3. Ikkinchi marrada ultratovush, infraqizil, optik-elektron, radioto’lqin xabarlagichlari va nazorat qilinuvchi makonda huquqbuzarlar yurganini aniqlaydigan qo’riqlash - yong’indan ogoh etish vositalarining boshqa xabarlagichlari yordamida seyflar hamda pul va boyliklarni saqlash uchun metall javonlar himoyalanadi.
3.4. Qo’riqlash - yong’indan ogoh etish vositalari qo’riqlash turiga bog’liq holda markazlashtirilgan qo’riqlash pulti, idoraviy qo’riqlash pulti, navbatchi xodimlar postiga o’rnatiladi. Ana shu barcha shaxslarning navbatchilik joylari ichki ishlarning hududiy organlari bilan radio va telefon aloqasi vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
Himoyaning ikkinchi marrasi ishdan tashqari vaqtda markazlashtirilgan qo’riqlash pultining alohida raqamiga yoki navbatchi xodimlar postidagi mo’’jaz konsentratorga ulanadi, ish vaqtida esa trevoga signalizatsiyasining pedali yoki tugmachasiga qaytadan ulanadi.
3.5. Himoyaning birinchi marrasida signalizatsiya shleyflarining nazoratini ta’minlaydigan qabul qilish - nazorat asboblari qo’llanishi kerak. Bunday asbob va xabarlagichlar mo’’jaz konsentratorlarga ulanib, keyin markazlashtirilgan qo’riqlash yoki nazorat qilish pultiga topshiriladi.
3.6. Qo’riqlash-yong’indan ogoh etish vositalari va kassani yoritish alohida-alohida montaj qilinadi hamda elektr ta’minotini turli manbalardan oladi. Simlarning barcha turlari panalanadi. Favqulodda hollarda shleyflar va metall quvurlarni xona ichida, temirbeton va beton qurilish konstruksiyalari bo’ylab o’rnatishga yo’l qo’yiladi.
3.7. Qo’riqlash - yong’indan ogoh etish vositalari tizimi amaldagi "Binolar va inshootlarning o’t o’chirish avtoma tikasi" qurilish me’yorlari va qoidalarining talablariga hamda qo’riqlash-yong’indan ogoh etish vositalari jihozlanadigan obyektlarning idoraviy ro’yxatlariga muvofiq kelishi va doimo ishlashga qobil holatda bo’lishi kerak.
3.8. Ichki ishlar organlari bo’linmalari tomonidan qo’riqlash - yong’indan ogoh etishning texnik vositalari bilan xizmat ko’rsatishga qabul qilinadigan kassalar ushbu bo’linmalar rahbariyati ko’rsatmasiga ko’ra himoya vositalari bilan qo’shimcha ravishda jihozlanishi mumkin.
3.9. Yong’in xabarlagichlari ularning kunu tun faoliyat ko’rsatishini ta’minlash maqsadida mustaqil shleyflar va qabul qilish-nazorat pultlariga kiritilishi kerak.
3.10. Seyflar joylashgan xonalar va kompyuter zallari tutun chiqadigan yong’in xabarlagichlari bilan jihozlanishi lozim (asos: 2.04.09-84 QM va Q, (3-ilova).
3.11. Yong’in signalizatsiyasi shleyfini markazlashtirilgan qo’riqlash pultlariga ulash alohida liniyalar bilan amalga oshirilishi lozim (asos: 2.04.09-84 QM va Q, 2.83-band).
3.12. Kassa xonalarini qo’riqlash - yong’indan ogoh etish vositalari bilan jihozlashga doir ishlar qo’riqlash - montaj bo’linmalari yoki O’zbekiston Respublikasi IIV qoshidagi "Qo’riqlash" RB bergan maxsus litsenziyalarga (ruxsatnomalarga) ega bo’lgan firmalar kuchi bilan amalga oshiriladi.
3.13. Kassa xonalarida montaj qilingan qo’riqlash - yong’indan ogoh etish vositalarini montaj tashkilotidan foydalanishga qabul qilish va dalolatnomani imzolash ichki ishlar organlari qoshidagi qo’riqlash bo’linmalari, davlat yong’indan nazorat qilish idorasi va xo’jalik organlari vakillari bilan birgalikda komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Montaj tashkiloti majburiy tartibda qo’riqlash - yong’indan ogoh etish vositalari montajining ijro chizmasi va montaj qilingan signalizatsiya apparatlarini ishlatish yo’riqnomasini taqdim etadi.

Download 33,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish