:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
ITashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Nazorat ishi bayoni.Nazorat ishi daftarlarini tarqataman.Sana va mavzuni doskaga yozaman.Aziz o`quvchilar bugungi nazorat ishi darsimizda rasm asosida insho yozamiz. Doskaga quyidagi maqollar yozilgan plakatlar ilinadi:
Yer haydasang, kuz hayda, Kuz haydamasang, yuz hayda.
O'quvchilar she'rni ifodali o'qiydilar. She'rdagi Oltin oqar daladan, qishga zamin solinar birikmalari izohlanadi. Oltin oqar daladan — dalada paxta terib olinib, zavodlarga topshiriladi. Qishga zamin solinar — qishga hozirlik ko'riladi.
—She'rda qaysi fasl haqida so'z boradi?
— Kuzda tabiatda qanday o'zgarishlar ro'y beradi?
Ko'katlar qanday tus oladi?
Daraxtlar-chi?
— Kuzda yon-atrof qanday ko'rinishda bo'ladi?
Kimlar uchun qizg'in palla boshlanadi?
Qiz va o'g'il bolalar qayerga borishadi?
Paxtakorlar nimaning hosilini yig'ishadi?
— Paxta yig'ib olingach, yerlar nima qilinadi?
— Nima uchun yerlar aynan kuzda haydaladi?
— Bu haqda doskaga ilingan maqollarni o'qing.
Shahrimizning kuzgi ko'rinishini tasvirlab, „ Kuzda" sarlavhali insho yozing. Inshoni yozishda rasmlardan, „Kuz" she'ridan, maqollardan foydalaning. Reja asosida fikringizni bayon qiling
III.Mustahkamlash. O'quvchilar inshoni darslikda berilgan reja asosida yozadilar va yozganlarining xatolarini to'g'rilaydilar.
IV.Baholash.Inshoni yozib bo`lgach,daftarlarini topshiradilar.
V.Uyda .O`tilgan mavzular yuzasidan takrorlash.
MRO`TIBO`___________
Sana. Mavzu: 3-nazorat ishi tahlili
Maqsad:
Ta`limiy:o'quvchilarning nazorat ishi bo`yicha bilimlarini aniqlash.
Tarbiyaviy:O`quvchilarda Ona –tabiatga bo`lgan mehrni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: mustahkamlash.
Darsning metodi: analiz-sintez,suhbat.
Darsning jihozi: nazorat ishi daftarlari,savolli kartochkalar,test.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
ITashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Savol-javob asosida.
III Inshoning umumiy natijasi bilan o`quvchilarni tanishtirish .
Kim qanday xatoga yo`l qo`yganligini aytib o`tish .
O`quvchilar insho yozishda yo`l qo`yilgan xatolarni ko`rib chiqib , alohida qatorga to`g`rilab chiroyli qilib yozadilar .
IV. Induvidual xatolar ustida ishlash .
Har bir o`quvchi o`zining xatosini daftardan ko`rib chiqqan holda uni to`g`rilashga kirishadi Harflarni imlo xatolariga qarab to`g`rilab yozish .
Tipik xatolar ustida ishlash .
Lug`at so`zlardan foydalanish .
V.Aylanma daftarga diktant yozish .
Seni doim ota-onang, do'stlaring, Vataning sevib, ardoqlaydi. Sening kelaja-ging uchun qayg 'uradi, Sening kelgusida tinch va farovon hayot kechirishing uchun bor kuchini ayamaydi.
Shuning uchun shoir Abdulla Oripov:
Bolajon, sen doim suyuksan,
Bilib qo'y, iqboli buyuksan, deyapti.
VI. Uyga vazifa: Kuz haqida 3-4 ta gap yozib kelish .
MRO’TIBO’ _________________________
Sana. Mavzu: Tovushlar vaharflar.
Maqsad:
Ta`limiy: tovushlar, ularning so'z ma'nolarini farqlashi, to'g'ri talaffuzi, tovushlarning harflar bilan ifodalanishi haqidagi bilimlarini aniqlash va boyitish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarni tabiatga mehrni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: takrorlash va mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: suhbat, : analitik-sintetik metod.
Darsning jihozi: O'zbekiston Respublikasining hozirgi taraq-qiyotini ifoda etgan rasmlar, Oybek portreti, tovush va so'zlarning chiz-malardagi tasviri.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. Darslik bilan ishlash. 91- mashq. O'quvchilar she'rni ifodali o'qiydilar.
She'rni kirn yozgan? (Oybek.)
Oybekning yana qanday she'rlarini o'qigansiz? (O'quvchilar o'qish darslarida o'qigan she'rlarini aytadilar.)
Shoir she'rni nima haqida yozgan?
Shoir she'rni Vatanni sevish, uning har bir yeri muqaddas ekanligini yozgan.
-Ajratib ko'rsatilgan so'zni o'qing. So'zda nechta tovush bor? (Vatanni so'zida 6 ta tovush bor.)
Bu tovushlar yozuvda nechta harf bilan ifodalanadi? ( 7 ta harf bilan ifodalanadi.)
Ikkinchi gapda nechta so'z ishtirok etgan? (4 ta so'z ishtirok etgan.)
Qarichi so'zida nechta tovush nechta harf bilan ifodalangan? (Qarichi so'zidagi 6 ta tovush 6 ta harf bilan ifodalangan.)
Muqaddas so'zida-chi? (Muqaddas so'zi 7 ta tovush, 8 ta harf bilan yoziladi.)
Uchinchi gapda nechta so'z bor? (7 ta so'z bor.)
— Gaplar oxiriga qanday*tinish belgisi qo'yilgan? (Nuqta qo'yilgan.)
She'r misralaridagi qofiyadosh so'zlarni toping. (O'p, cho'p, bizga, yuragimizga.)
She'rning misralari qanday harf bilan boshlangan?(Bosh harf bilan.)
— She'r necha misradan iborat ( 4 misradan iborat.)
O'quvchilar 92—93- mashqdagi so'zlaming aytilishi va yozilishi yuzasidan 1-, 2-, 3- sinflarda bilimga ega bo'lganlar. Shuning uchun bu o'rinda takrorlash va mustahkamlash uchun umum-lashtirib berildi. Bu so'zlaming aytilishi va yozilishini savollar asosida o'quvchilar izohlaydilar.
92- mashq. O'quvchilar mashq sharti bilan tanishgach, so'zlarni daftarga yozib oladilar. So'z ma'nolarini farqlayotgan tovushlaming tagiga chizadilar. So'z ma'nolarini o'qituvchi
yordamida izohlaydilar.
1- qismda berilgan so'zlarni o'qing. Ikki o'xshash so'zlar tarkibidagi qaysi tovushlar farqlanadi. (Mard — mart so'zida jarangli d va jarangsiz t tovushlar farqlanadi.)
Bu tovushlar so'zning qaysi qismida kelgan? (So'zning oxirida.)
IV.Mustahkamlash.93-mashq sharti yuzasidan bajaradilar.
V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash. VI.Uyda.94- mashq MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Unli va undosh tovushlar vaharflar.
Maqsad: o'quvchilarni o'zbek tilida mavjud 29 ta harf va 30 ta tovush, unli va undosh harflarning o'ziga xos xususiyatlari, jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning farqi haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash. Ko'p bo'g'inli va tarkibida 2 ta bir xil tovush bor so'zlarning imlosi ustida ishlash.
Tarbiyaviy: o'quvchilarni tabiat in'omlarini asrab-avaylash ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Buyuk insonlardan Amir Temur, Navoiy, al-Farg'oniy, al-Buxoriylarning qilgan ishlari, bizning davrimizgacha yetib kelgan asarlari haqida suhbat o'tkazish. Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat, analitik-- sintetik metod.
Darsning jihozi: predmetlarning rasmi (do'ppi, hassa, handalak, qulupnay rasmlari).
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. Mustaqil ish. Do 'ppi, hassa, handalak, qulupnay rasmlari osiladi.
Doskaga so'zlarga mos keladigan katakchalar chiziladi. O'quvchilar katakchalarni mustaqil ravishda to'ldiradilar.
Do'ppi so'zi necha bo'g'inli so'z? (2 bo'g'inli so'z.)
Do 'ppi so'zida, nechta unli va undosh tovush bor? (2 ta unli va 3 ta undosh tovush bor.)
Do'ppi so'zini qanday talaffuz qilamiz? (Do'ppi tarzida aytamiz.)
Bu so'zning aytilishi va yozilishida qanday farq bor ekan? (Talaffuzda 4 ta tovush, yozganda esa 5 ta harf ishtirok etadi.)
Hassa so'zini talaffuz qilganimizda nechta tovush ishtirok etadi? (4 tovush ishtirok etadi.)
Katakchalar nima uchun 5 ta ekan? (Chunki yozuvda 2 ta s harfi yoziladi.)
Hassa so'ziga ma'nodosh so'z toping. (Aso.)
— Qulupnay,Handalak so'zi ham shu tartibda tahlil qilinadi. Darslik bilan ishlash. 95- mashq. O'quvchilar topishmoqni ifodali o'qiydilar. Javobini topadilar. — Topishmoq nima haqida ekan? (Aql haqida.)
—Topishmoq qanday yo'lda yozilgan? (She'riy yo'lda yozilgan.)
— Aql so'zida qanday unli va undosh tovushlar bor? (2 ta undosh q, 1 va bitta unli a tovushi bor.)
She'rda jami qanday unli tovushlar bor? ( a, o, i, u, o', e unlilari bor.)
O'zbek tilida nechta unli tovush mavjud? (6 ta unli tovush mavjud.)
Undoshlar-chi? (24 ta.)
Unli va undoshlarning farqini ayting. (Unli tovushlar talaffuzda to'siqqa uchramaydi va unlilarda ovoz ishtirok etadi. Undoshlami talaffuz qilganimizda ular to'siqqa uchraydi va bu tovushlarda shovqin, qisman ovoz ishtirok etadi.)
She'riy topishmoqning muallifi kim? (P. Mo 'min.)Siz P. Mo'minning qanday she'rlarini yod olgansiz?
IV.Mustahkamlash.96-mashqda tushirib qoldirilgan harflarni qo`yib yozadilar.
IV.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.
V.Uyda.97- mashq.
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Undosh tovushlarning aytilishi va yozilishi.
Maqsad:
Ta`limiy: o'quvchilarning yonma-yon kelgan bir xil tovushli so'zlarning imlosi haqida bilimlarini mustahkamiash. Diktant orqali ularning savodxonligini oshirish. Tarbiyaviy: maqollar orqali o'quvchilarda rostgo'ylik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat kabi fazilatlarini kamol toptirish. Ularnibiror hunar egallashga undash.
Rivojlantiruvchi: Ularningrasmga qarab matn tuzish ko'nikmalarini va bog'lanishli nutqlarini o'stirish;
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: kesma harflar, chizmalar,turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. Darslik bilan ishlash.98- mashq. O'quvchilar maqollarni o'qiydilar. Ma'nolarini izohlaydilar.
— Birinchi maqol nima haqida ekan? (Yolg'onchilarning rost so'zi yo'qligi, odamlarning uning so'ziga ishonmasligi haqida ekan.)
Rost so'zini qanday talaffuz etamiz. (Ros tarzida talaffuz etamiz.)
Aytilishi va yozilishida farq bormi?
(Aytganda 3 ta r, o, s tovushlarni, yozganimizda 4 ta r, o, s, t harfi qatnashadi. Talaffuzda so'z oxiridagi t tovushi tushib qoladi.)
t tovushi qanday undosh tovush? (Jarangsiz undosh tovush.)
Rost so'zining qanday ma'nodosnlari bor? (Chin, haqiqiy.)
Ikkinchi maqolning mazmunini izohlang. (Oiladagi farzand odobli bo'lsa, hamma shu oilaga havas bilan qaraydi. Chunki insonlar go'zallikka havas qilishadi. Shuning uchun odobli farzand oilaning ko'rki hisoblanadi.)
Farzand so'zini tovush tomonidan tahlil qiling. (Farzand so'zida 5 ta undosh tovush, shulardan f — jarangsiz, r, z, n, d — jarangli undosh tovush va 2 ta unli tovush bor.)
Farzand so'zining aytilishi va yozilishida farq bormi? (Farzant deb aytamiz, farzand deb yozamiz.)
Demak, so'z oxiridagi jarangli d tovushi jarangsiz t ga aylanar ekan.
Do'st deganda kimni tushunasiz? (Qiyinchiliklarda yordam beradigan, to'g'ri maslahat beradigan odamni do'st deymiz.)
Do'stning to'g'ri maslahatiga quloq solmagan kishi qanday ahvolga tushadi? (Pushaymon bo'ladi. Ilojsiz ahvolga tushadi.)
Uchinchi maqol nima haqida ekan? (Do'stning so'ziga qarab ish tutish haqida ekan.)
IV.Mustahkamlash.99-mashq. Rasmni kuzatib. Berilgan so'zlar ishtirokida hikoyacha tuzadilar.100-mashqda so`zlarning o`zaro farqini izohlaydilar,ma`nolari ustida savol-javob uyushtiradilar.
V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash
.VI.Uyda.101- mashq.
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Undosh tovushlarning aytilishi va yozilishi.
Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarning harf birikmalarining imlosi, 2 xil tovushning bir harf bilan ifodalanishi haqidagi bilim-larini mustahkamlash. Ularga tovush-harf tahlilini darslikdagi namunadagidek o'rgatish.
Tarbiyaviy: tabiat, atrof-muhitning tozaligida qushlarning o'rni, ularga g'amxo'rlik qilish haqida o'quvchilar bilan suhbatlashish.
Rivojlantiruvchi: Rasm orqali diktant yozish ko'nikmasini shakllantirish.
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: predmet rasmlari (qushlar). turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. 102- mashq. O'qituvchi she'rni ifodali o'qib beradi. O'quvchilar she'r matnini yoddan aytadilar. She'r tuzilishi, mavzusi yuzasidan suhbat o'tkaziladi.
She'r necha misradan iborat?
She'rdagi qofiyadosh so'zlarni toping.
— She'rda nechta gap bor?
She'rdagi yonma-yon kelgan bir xil undoshli so'zlarni aniqlang. (Assalom so'zida s undoshi yonma-yon kelgan.)
She'rdagi qaysi so'zlarda harf birikmasi bor?'(Quyosh, tinch so'zlarida sh, ch harf birikmasi mavjud.) Sh harf birikmasi qanday undosh tovush? (sh jarangli undosh tovush.)
Ikkinchi she'rdagi qofiyadosh so'zlarni aniqlang.
She'r necha gapdan iborat?
She'rda qanday tinish belgilari ishlatilgan?
Qanday harf birikmalari bor?
(Shoshib, Hoshim so'zlarida sh, chiqdi so'zida ch harf birikmasi bor.)
— ch jarangli yoki jarangsiz undosh tovush ekanligini aniqlang.O'quvchilar yoddan yozgan she'rlarini darslikka qarab tekshiradilar, harf birikmalarining tagiga chizadilar.
103- mashq. O'quvchilar so'zlarni o'qiydilar, ikki xil tovushni ifodalaydigan harfni topib, tagiga chizadilar.
IV.Mustahkamlash 104- mashq. Rasm diktant. O'quvchilar rasmni diqqat bilan kuzatadilar. Ular qushlarning nomlarini esda saqlashga harakat qilishadi. Diktantni yozib bo'lgach, darslikka qarab tekshiradilar. — So'zlardan qaysilari faqat jarangli undoshlardan iborat?
Qaysi so'zlarda faqat jarangsiz undoshlar ishtirok etgan? (Chittak, kakku so'zlaridagi undoshlar jarangsiz undoshlardir.)
Yonma-yon kelgan bir xil undoshli so'zlarni toping. (Chittak, kakku.)
Ikki bo'g'inli so'zlarni aniqlang. (Chittak, kakku, zog'cha, sa 'va.)
O'quvchilar zarg'aldoq so'zini darslikdagi namunaga qarab tovush-harf tahlilini qiladilar.
Zarg'aldoq — 9 ta harf, 9 ta tovush. Unli tovushlar — a, a, o.Undosh tovush — z, r, g', 1, d, q, jarangli undoshlar — z, r,
IV.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.
V.Uyda.105- mashq. MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Bo`g`in.So`zlarni bo`g`inga bo`lish.
Maqsad:
Ta`limiy: o'quvchilarning bo'g'in, bo'g'in ko'chirish qoidasi, bo'g'inlarning qanday tovushlardan tashkil topishi haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash. Tarbiyaviy: o'quvchilarni darslikdagi hikmatli gaplar, ibratli hikoyatlar orqali shirinso'zlik, muloyimlik, o'ylab turib so'zlashga undash.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning lug'atini in 'om, tanga so'zlari bilan boyitish. Shu so'z-larning ma'nosini izohlash Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: induktiv , suhbat.
Darsning jihozi: kesma bo'g'in, chizmalar
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. Darslik bilan ishlash. 106-mashq. O'quvchilar mashq sharti bilan tanishgach,
hikmatlarni ifodali o'qiydilar, mashqni shartiga ko'ra bajaradilar.
Har bir gapdagi so'zlar soni aniqlanib, ular bo'g'inlarga bo'lib tahlil qilinadi.
Far-zand — 2 bo'g'inli so'z;
far — 3 ta tovush, 3 ta harf; zand — 4 tovush, 4 harf;
f, r — undosh tovushlar; z, n, d — undosh tovushlar;
a — unli tovush; a — unli tovush.
O'quvchilar gaplardagi qolgan so'zlarni namunaga qarab og'zaki tahlil qiladilar.
Ulardan ona va bola haqidagi maqollar so'raladi. (Ona bilan bola, gul bilan lola. Onaning ko 'ngli bolada, bolaning ko 'ngli dalada va hokazo.)
107- mashq. O'qituvchi hikmatli gapni o'qib beradi.
Bu hikmatli gap kimga tegishli? (Alisher Navoiyga tegishli.)
Navoiy yana nimalar haqida hikmatli gaplar, hikoyatlar yozgan? (Rostgo'ylik, saxiylik, ota-onani hurmat qilish, hunar egallash haqida hikmatli gaplar aytgan.)
Mashqdagi hikmatli gap nima haqida? (Tilni shirin, muloyim qilish haqida.)
Gap nechta so'zdan iborat? (7 ta so'zdan iborat.)
So'zlarni bo'g'in ko'chirish qoidasiga muvofiq bo'g'inlarga bo'ling. Qaysi so'zlar bo'g'in ko'chirish qoidasiga ko'ra bo'g'inga ajratilmaydi.
(Esa so'zi bo'g'in ko'chirish qoidasiga ko'ra bo'g'inga bo'linmaydi. Chunki bir unlining o'zi bir qatorda qolmaydi.)
Ko 'ngilga so'zini qanday qilib bo'g'inga ajratdingiz? (Ko'-ngil-ga)
Nima uchun ng harfi 2- chi bo'g'inga o'tib qoldi? (Chunki bu so'zda n va g harfi emas, balki ng harf birikmasi bor.)
ng harf birikmali yana qanday so'zlarni bilasiz? (Singil, tong.)
IV.Mustahkamlash.108-mashq. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarni bo'g'in ko'chirish qoidasiga mos holda bo'g'inlarga bo'lib yozing.
V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.
VI.Uyda.109- mashq
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Bo`g`in ko`cherish.
Maqsad:
Ta`limiy: o'quvchilarning so'zlarni bo'g'in ko'chirish qoidasiga muvofiq bo'laklarga bo'lish ko'nikmasini mustahkamlash, ularga ng harf birikmali so'zlarning yozilishi, bo'g'inga bo'linish qoidalarini eslatish. Tarbiyaviy: o'quvchilarni oila, uning a'zolariga hurmat bilan munosabatda bo'lishga odatlantirish. Ularni yon-atrofni ko'kalamzorlashtirishda hissalarini qo'shishga undash.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning lug'atini sabzavot, dorivor, istirohat bog'i, Bobil, samoviy bog', hukmdor so'zlari bilan boyitish;
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: oila a'zolari tasvirlangan surat.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism. Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. Rasm diktant. Doskaga oila a'zolari tasvirlangan surat osib qo'yiladi. O'quvchilarga suratdagi kishilarni bildiruvchi so'zlarni bo'g'inga bo'lib yozish topshiriladi.
O-ta, o-na, a-ka, u-ka, o-pa, bu-va, bu-vi, si-ngil. O'quvchilar diktantni yozib bo'lgach, o'qituvchi so'zlarni doskaga yozadi. O'quvchilar doskaga qarab yozganlarini tekshiradilar.
Diktantdagi so'zlar necha bo'g'inli? (2 bo'g'inli.)
Darslik bilan ishlash. 110-mashqdagi so'zlar o'quvchilarga o'qitiladi. So'zlarning yozilishini eslab qolish uqtiriladi. O'qituvchi aytib turishi jarayonida, o'quvchilar so'zlarni bo'g'in ko'chirish qoidasiga ko'ra bo'laklarga bo'lib yozadilar.
Ko'-ngil, si-ngil, tong, ko'ng-lim, sing-lim, ton-gi, tong-gi.Tongi va tonggi so'zlarining ma'nolari izohlanadi. Mustaqillik tongi. Tongi so'zi nimasi? so'rog'iga javob bo'ladi.
Tonggi shabada. Tonggi so'zi qanday? so'rog'iga javob bo'ladi.
111 - mashq. O'qituvchi matnni o'qib beradi. Matnning tuzilishi, mavzusi haqida suhbat o'tkaziladi:
Matnda nima haqida hikoya qilinadi?
Qadimgi davrda odamlar dastlab yon-atroflariga nimalar ekishgan?
Istirohat bog'ining qadimgi ko'rinishi qanday edi?
Dastlabki istirohat bog'lari kim uchun barpo etilgan?
Dunyoning yetti mo'jizasidan biri nima?
Samoviy bog' kimga tegishli edi? Matn nechta gapdan tuzilgan? (8 ta gapdan tuzilgan.)
Bu gaplarning maqsadiga ko'ra turlarini ayting. (Gaplar maqsadiga ko'ra darak gaplardir.)
Matnni necha qismga bo'lish mumkin? (4 qismga bo'lish mumkin.)
Ajratib ko'rsatilgan so'zlarni bo'g'in ko'chirish qoidasiga ko'ra bo'laklarga bo'libyozing. (da-raxt-lar, o'sim-lik-lar, ekish-gan, o'ti-shi, gul-lar, hukm-dor-lar, ular-ning, ayol, sa-mo-viy, yet-ti.)
— Qaysi so'zlar jarangli va jarangsiz undosh tovushlardan tuzilgan? (damxtlar, o'simliklar, ekishgan, hukmdorlar, samoviy.)
— Samo so'ziga ma'nodosh so'z toping? (Osmon, falak.)
IV.Mustahkamlash .112-mashq. Rasm diktant. Gul nomlarini aniqlaydilar.
Chin-ni-gul, gul-sap-sar, bi-naf-sha, chuch-mo-ma, kar-nay-gul, gul-be-or.
O'quvchilar yozganlarini doskaga qarab tekshiradilar.
IV.Baholash.O'quvchilar bilimini baholash.
V.Uyda.113-mashq.MRO`RTBO`____________
Sana. Mavzu: Tutuq belgisi va bo`g`in ko`cherish.
Maqsad:
Ta`limiy: o'quvchilarning tutuq belgili so'zlarning to'g'ri talaffuzi va yozilishi, uning so'z ma'nosini farqlashdagi vazifasi haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash.Tarbiyaviy:O`quvchilarni tabiatga mehrni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Ularni gul o'stirish, parvarish qilishga qiziqishlarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.Darsning metodi: yangi bilim beruvchi dars.,suhbat.
Darsning jihozi: yangi bilim beruvchi dars.Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Yangi mavzu bayoni. Mustaqil ish. Gaplarni ko'chiring. Tagiga chizilgan so'zlarni bo'g'inga bo'ling va tovush-harf tomonidan tahlil qiling.
Tohir she 'r o 'qidi. Bog 'imizda na 'matak o 'sadi. San 'at tinchlik timsoli.
Tovush-harf tahlili.
She 'r — 1 bo'g'inli, uchta tovush, uchta harf, bitta tutuq belgisi;
unli — e; undoshlar — sh, r; jarangli undosh — r; jarangsiz undosh — sh.
Na '-ma-tak — 3 bo'g'inli, 7 ta tovush, 7 ta harf, 1 ta tutuq belgisi.
Unli tovushlar — a, a, a; undosh tovushlar — n, m, t, k; jarangli undoshlar —n, m; jarangsiz undoshlar — t, k.
San '-at — 2 bo'g'inli, 5 ta tovush, 5 ta harf, 1 ta tutuq belgisi.
Unlilar — a, a; undoshlar — s, n, t; jarangli und tovushlar — n; jarangsiz und tovushlar — s, t.
Darslik bilan ishlash. 115- mashq. O'qituvchi she'rni ifodali o'qib beradi.
She'rning muallifi kim? (S. Hojiboyev.) She'r necha misradan iborat? (4 misradan.) Tutuq belgisiga ko'ra farqlanayotgan so'zlarni toping va ma'nolarini tushuntiring.
Sa 'va — qush, sava — xipchin bilan savash.
Da 'vo — arz qilish, davo — malham, dori.
Ta 'na — dashnom, tana — odamning tanasi ma'nolarini bildiradi.
Shoir she'r orqali nima demoqchi? O'quvchilar she'rni husnixat bilan yozadilar va darslikka qarab tekshiradilar.
IV.Mustahkamlash. 116-mashq. O'quvchilar so'zlarni mustaqil ravishda o'qiydilar.Yozilishini o'rganadilar. Daftarlariga so'zlarni ko'chiradilar.
— Birinchi qatordagi so'zlarda tutuq belgisi qaysi tovushdan so'ng qo'yilgan? (Tutuq belgisi unli tovushdan so'ng qo'yilgan.)
So'zlarning talaffuziga e'tibor bering. Unli tovushdan so'ng kelgan tutuq belgisi qanday vazifani bajaradi? (Ra'no, ma'no kabi so'zlardagi o'zidan oldingi unli tovushning cho'ziq aytilishini bildiradi.)Undoshdan so'ng qo'yilgan tutuq belgisi nimani bildiradi? (O'zidan oldingi undosh tovushni keyingi unli tovushdan ajratib talaffuz qilish kerakligini bildiradi.)
—- She'r, ta'na, sa'va, qal'a so'zlarida tutuqbelgisini tushirib qoldirsak, nima ro'y beradi? (So'zlarning ma'nosi o'zgaradi. Sher — hayvon, tana — odamning tuzilishi, sava — savalamoq, qala — o'tin yoqish ma'nolarini bildiradi.)
— Demak, tutuq belgisining yana bir vazifasi qanday ekan?
(So'z ma'nolarini farqlash uchun xizmat qilar ekan.)
V.Baholash.O'quvchilar bilimini baholash.
V.Uyda.117- mashq. MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: 4-nazorat ishi va uning tahlili..
Maqsad:
Ta`limiy: o'quvchilarning bilimini aniqlash. Tarbiyaviy: O'quvchilarning ona Vatanga bo'lgan muhabbatlarini oshirish.
Rivojlantiruvchi: BKM larini rivojlantirish.
Darsning turi: o'quvchilarning bilim darajalarini aniqlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: qovun polizi aks ettirilgan rasm.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
ITashkiliy qism.Davomatni aniqlash. Navbatchi axboroti. Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Test bayoni.
1 Nutq bu nima ?
a) so`zlar b) bo`g`inlar d) gaplar orqali bildirilgan fikr
2 Matn - bu nima ?
a) mazmun jihatidan oszaro boglangan gap b) so`zlar d) gaplar
3 Gapning bosh bolaklarini belgilang . a) fel b) ega kesim d) sifat
O`zbek tilida nechta undosh harf bor ? a) 23 ta b) 28 d) 30 ta
Bosh bolaklar qanday soloqlarga javob boladi ? a) qanday ? b) qanaqa ? d) kim ? nima ?
Unli tovushni ifodalaydigan harfni toping . a)'b b) I d) e
"Jarangli" so'zida nechta harf va nechta tovush bor ?
a) 8 ta harf,8 ta tovush b) 8 ta harf, 9 ta tovush d) 7 ta harf,7 ta tovush
8 Bo`glnlarga ajratib bolmaydigan so'zlarni belgilang .a) til b) Aziz d) asal
9 Baland – so`ziga qarama - qarshi ma noli so`zlarni toping .a) yuksak b) past d) keng
10 Sifatning so`roqlarini aniqlang .a) qancha ? b) kimlar ? d) qanday ?
Bo`g`in ko`chirish qaysi so'zlarda noto`g`ri bajarilgan ? a) si-ngil b) den-giz d) si-nf
Sovuq - so'ziga qarama - qarshi ma noli so'zni toping . a) dumaloq b) qattiq d) issiq
So`z turkumlarining nomlarini belgilang .a) ot b) kesim d) ega
14 Fe`lga oid so'zlarni toping .a) zararli b) o'qituvchi d) o'qidi
15 Narsa-shaxsning rang tusini, mazasini, shaklini, hajmini, xususiyatini bildirgan so`z
turkumini toping .a) ot b) sifat d) fel
Nuqtalar o`rniga a harfi yoziladigan so'zlarni belgilang . a) ...vtomobil b) p...midor d) sh...likor
Xato yozilgan so'zlarni toping . a) daromat b) qumursqa d) dexqon
Nuqtalar o'rniga i harfi yoziladigan so`zlarni belgilang . a) ant...nna b) ant...qa d) m...ljal
Elektr quvvatidan , suvdan , gazdan tejab foyda. ..ning . a) –illa b) –di d) -la
Bilim manbayi - kitobni seving Tinish belgini qo`ying . a) . b) ! d) ?
Imlo xatosiz so'zlarni aniqlang .a) hamrox b) hayvonot d) madxiya
Tutuq belgili so'zlardan qaysisi bo'glnlarga to'g'ri ajratilgan ? a) el-on b) ma` - no d) ta"z - im
Alifbodagi sakkizinchi harfning nomini belgilang . a) h b) I d) j
Narsa nomini bildirgan so'zni belgilang . a) jarroh ' b) kapalak d) qalam
25 Bosh harf bilan yoziladigan so`zni toping .
a) Echki b) Qo'y d) Targ`il
IV.Mustahkamlash. Yozgan testlarini yana bor bor tekshirib oladilar.
V.Baholash uchun daftarlarini topshirdilar.
VI.Uyda.O`tilganlarni takrorlab kelish.MRO`TIBO`____________
Sana. Mavzu: Jarangli va jarangsiz undoshlar.
Maqsad:
Ta`limiy: Jarangli va jarangsiz undoshlarni takrorlash.
Tarbiyaviy:O`quvchilarni tabiatga mehrni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. O`quvchilar bilan undosh tovushlar jarangli va jarangsiz undoshlarga bo`linishi haqida savol-javob yo`li bilan eslab olamiz.
Darslik bilan ishlash. 118-mashq. She'rni ifodali o'qing.
Temur bobom otlarin minib, Nigoh tashlab turar quyoshga. Bag'rin ochib saxiy quyosh ham, Nurlarini sochar bobomga.
Ardoqlashib bir-birlarini Qo'l ushlashib, kulib qarashar. Ikki quyosh topishgan joyning Odamlari baxtiyor yashar.
Yo'ldosh Sulaymon
She'rni ko'chiring. Faqat jarangli undoshlar qatnashgan so'zlarni ko'chirish qoidasiga ko'ra bo'g'inlarga ajratib yozing. Nigoh tashlab, kulib qarashar iboralarining ma'nosini tushuntiring. Amir Temur haykali qayerlarga o'rnatilgan? Toshkentda Amir Temur xiyobonida, Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida.
IV.Mustahkamlash.119-mashqda berilgan boshqotirmani yechadilar.BU ishni qatorlar aro musobaqa tarzida bajarsak ham bo`ladi.
V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.
VI.Uyda.121- mashq.
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Alifbo.
Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarda so'zlarni alifbo tartibida yozdirish orqali darslik oxiridagi lug'atchadan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish. So'zlarni bo'g'in-tovush va tovush-harf jihatdan tahlil qilish orqali so'zning tovush tarkibini aniqlashga o'rgatish; Tarbiyaviy: ota-ona hurmatini joyiga qo'yish, ularning so'ziga quloq tutish kerakligini mashqlar orqali o'quvchilarga tushuntirish.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: alifbo jadvali, ayrim predmet rasmlari, so'z nusxalari.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar. Qiziqarli musobaqa. Doskaga hayvonlardan ot, bo'ri, quyon, ilon, g'oz, ordak, sa'va rasmlari ilinadi.O'quvchilar shu hayvonlar nomining bosh harflaridan ertak nomini topadilar. Birinchi topgan o'quvchi rag'batlantiriladi.
III.Mavzu bayoni. Musobaqa uyushtiriladi. O'quvchilar darslik oxirida berilgan lug'atchani ochadilar. O'quvchi biror so'z aytadi, ular shu so'zni topadilar. Topgan o'quvchilar rag'batlantirib boriladi. Darslik bilan ishlash. 122- mashq. O'quvchilar berilgan so'zlarni alifbo tartibida
joylashtirib, lug'atcha tuzadilar.
asbob sahifa
va'da foyda
iqtisod xulq
maqsad haykal Yozgan so'zlarini darslikka qarab tekshiradilar.
Lug'at ishi. Ma'nodosh so'z topish.
sahifa — bet, varaq;
iqtisod — hisob-kitob, ekonomika.
123-mashq. Mashq mustaqil ravishda bajariladi.
Ismlar qanday harf bilan yoziladi?
Ismingizning ma'nosini bilasizmi?
Sinfdoshlaringizning ismidan lug'atcha tuzib oling.
IV.Mustahkamlash. 124-mashq. Mashqni muayyan o'ringacha mustaqil bajaradilar. O'quvchilar mashq matnini ichda o'qib chiqadilar. Ular mashq shartiga ko'ra o'zlari uchun ma'nosi tushunarsiz so'zlarni ustun shaklida alifbo tartibida yozib chiqadilar:
O'qituvchi o'quvchilardan har bir so'zning ma'nosini so'raydi. So'ng ularning izohini aytadi va doskaga yozadi. O'quvchilar daftarlariga yozib oladilar.
ato — ota jism — tanangni, joningni
nurposh — nurli, yorug' (she'rda shod va xurram, nurafshon ma'nosida)
xat — qadam chekma — chiqma
O'quvchilar qalam va qadam so'zlarining ma'nosini bilaman deb yozmasliklari mumkin. O'qituvchi ularning she'rdagi ma'nosini tushuntirib o'tadi. (Ota-onaning bergan yo'1-yo'riqlaridan chiqma, nasihatlariga amal qil.) Bu so'zlar Alisher Navoiy davrida qo'llangani aytib o'tiladi va o'quvchilarning shoir haqida bilganlari qisqa so'raladi.
V.Baholash.O'quvchilar bilimini baholash.
VI. Uyga vazifa. 125-mashq. MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Umumiy takrorlash.
Maqsad: Ta`limiy: O`tilgan mavzular yuzasidan takrorlash.
Tarbiyaviy: kattalarni hurmatini joyiga qo'yish, ularning so'ziga quloq tutish kerakligini o'quvchilarga tushuntirish.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: alifbo jadvali, ayrim predmet rasmlari, so'z nusxalari.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Takrorlash.Savolli kartochkalar tarqatiladi.Unda quyidagi savollardan foydalaniladi.
1. Tutuq belgisi so'zda qanday vazifa bajaradi?
2.So'z nimalardan tuziladi?
3.Qaysi tovush bo'g'in hosil qiladi?
4.So'zning necha bo'g'inli ekanini qanday aniqlaysiz?
5.O'zbek tilida nechta tovush bor?
6.Tovushlar yozuvda nechta harf bilan ifodalanadi
7.Tovushlarni nima uchun ikki turga bo`lamiz?
8.Undoshlar-chi?
9.Unlilar yakka o'zi so'z hosil qiladim
10.Jarangli va jarangsiz undoshlarni qanday farqlaysiz?
11.So'zda unli tovush ko'p qo'llanadimi yoki undosh tovush?
12.Undosh tovushdan unli tovushi ko'p bo'lgan so'zlarga misollar ayting.
Lug'at diktant o`tkazamiz.
Manzilgoh, chinnigul, hukmdor, irtom, ijozat.
So'zlarni qatnashtirib 1 ta gap tuzing. Gapning bosh va ikkinchi darajali bo'laklarini topib, tagiga chizing.
V.Baholash.O'quvchilar bilimini baholash.
VI. Uyga vazifa. Takrorlash.
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: So'z tarkibi. O'zak. So'z yasovchi qo'shimchalar. Maqsad: Ta`limiy o'quvchilarning so'z tarkibi, o'zak, negiz, qo'shimchalar haqidagi bilimlarini aniqlash. O'zak, negiz qo'shimchalarning belgilarini esga solish. Tarbiyaviy: o'quvchilarni insonni go'zal qiladigan kamgaplik, tartiblilik, do'stga sadoqatlilik fazilatlari ruhida tarbiyalash. Ularni kitobni sevishga, kitobxonlikka undash. Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat,amaly, analitik — sintetik metod.
Darsning jihozi: narsalarning rasmi, chizmalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism. Davomatni aniqlash. Navbatchi axboroti. Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar. Eshituv diktanti.
O'qituvchi so'zlarni aytadi. O'quvchilar bu so'zlarni eslab qolib, ichida bo'g'inlarga bo'lib, diktantni yozadilar.
Sahifa, maktab, asbob, tuhfa, hosil.
O'qituvchi o'quvchilar diktantni yozib bo'lishgach, so'zlarni doskaga yozadi. O'quvchilar yozganlarini doskaga qarab tekshiradilar.
III.Mavzu bayoni.Maktab deganda nimani tushunasiz? (O'quvchilar bilim oladigan maskanni tushunamiz.)
Maktabdosh deganda-chi? (Bir maktabda o'qiydigan o'quvchini tushunamiz.)
Maktabdosh so'zining o'zagini ayting. (Maktab.) dosh qo'shimchasi qanday vazifa bajaradi? (Yangi ma'nodagi so'zni hosil qiladi.)
— Hosil deganda nimani tushunasiz? (Ekilgan narsalardan mevali daraxtlardan yig'ib-terib olinadigan narsalarni tushunamiz. Masalan, olma, paxta.)
O'qituvchi doskaga hosildor so'zini yozadi.— So'zning o'zagini toping. (Hosildor.)
—dor qo'shimchasi so'zning ma'nosini o'zgartirdimi? (Yangi ma 'nodagi so 'z yasadi.)
— Nima uchun? (Chunki hosil degan biror narsani, hosildor deganda ko'p meva beradigan, ko'p narsani yetishtiradigan ma'nosi kelib chiqdi.)
— Gulzor, guidon so'zlarining o'zagini toping. (O'zagi gul.) —zor, -dor, -dosh qo'shimchalari qanday qo'shimchalar deyiladi? (So'z yasovchi qo'shimchalar.)
Shu qo'shimchalar qo'shilgan so'zlar qanday so'zlar bo'ladi? (O'zakdosh so'zlar.)
Paxta so'ziga so'z yasovchi qo'shimcha qo'shib, yangi ma'nodagi so'zlar yasang. (Paxtazor, paxtakor.)Paxtakorlar so'zining o'zak va qo'shimchalarini ko'rsating. {Paxtakorlar, paxta—o'zagi, -kor—so'z yasovchi qo'shimcha, -lar — so'z)
Darslik bilan ishlash.
126- mashq. O'quvchilar hikmatlarni ifodali o'qiydilar. Matn yuzasidan savol-javoblar o'tkaziladi.
Yusuf Xos Hojibning qanday asari bizgacha yetib kelgan? (Uning „Qu,tadg'u bilig" asari bizgacha yetib kelgan.)
Abdurahmon Jomiy kim edi? (Jomiy Navoiyning ustozi, buyuk shoir edi.)
Beruniyning hikmatli gaplari bizlarni nimaga chaqiradi? (Beruniy bizlarni tartibli, ozoda, saranjom-sarishta bo'lishga chaqiradi.)
127-128-mashqlar sharti yuzasidan bajariladi.
V.Baholash.O'quvchilar bilimini baholash.
VI. Uyga vazifa. 129-mashq
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: So'z o`zgartiruvchi qo'shimchalar. Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarga gaplarni so'roqlar yordamida so'z birikmalariga bo'lishni o'rgatish. So'zning o'zak, ne-giz, qo'shimchalari haqidagi bilimlarini mustahkamlash. So'z yasovchi va so'z o'zgartuvchi qo'shimchalarning o'ziga xos xususi-yatlari, farqlarini tushuntirish. Tarbiyaviy: mehmonnavozlik, mehmon kutish odobi haqida o'quvchilarda tushuncha hosil qilish. Mehmon otangday ulug' aqidasiga amal qilishni uqtirish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirish. Topishmoqlar yordamida hozirjavoblilikka o'rgatish; Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat,amaly, analitik — sintetik metod.
Darsning jihozi: kasb egalari va narsa rasmlari
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism. Davomatni aniqlash. Navbatchi axboroti. Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Test.
1. O'zakdosh so'zlar berilgan qatorni belgilang:
gulli, chiroyli, ko'ngilli; b)hosildor, unumli, serunum; d) oshpaz, oshni, oshga.
2. Bir xil so'z yasovchi qo'shimcha qatnashgan so'zlar qatorini toping:
ishla, ko'zla, so'zla; b)ishchan, ishchi,ishsiz; v) oshpaz, o'qituvchi, ishchi.
Darslik bilan ishlash.130- mashq. O'qituvchi matnni o'qiydi.
Bu matn kimning qalamiga mansub? (Matn P. Qodirovning asaridan olingan.)
Uning qanday asarlarini eshitgansiz? O'quvchilar javobiga o'qituvchi aniqlik kiritadi. („Yulduzli tunlar" asari ham bor.)
Matnda kimlar suhbatlashayotgani ifodalangan? (Bobur va uning o'g'li Humoyunning suhbati ifodalangan.)
Matnda nechta gap bor? (6 ta gap bor.)
Gaplar oxiriga qanday tinish belgilari qo'yilgan? (Nuqta, vergul, so'roq qo'yilgan.)
Matnda maqsadga ko'ra qanday gaplar ishtirok etgan? (Darak va so'roq gaplar ishtirok etgan.)
Humoyundan so'zi qaysi so'zga bog'langanini so'roq yordamida aniqlang. (Kimdan so'radi? Humoyundan so'radi. Kesimga — so 'radi so'ziga bog'lanib kelgan.)
Humoyunning javobini o'qing.
O'quvchilar shu tarzda so'zlarning bog'langanini so'roq orqali topgach, so'zlar nimalar yordamida bog'langani yuzasidan savol-javob o'tkaziladi. (Safarda yurishni, sayohatni yaxshi ko'rurmen.)
Buqo'shimchalar qanday vazifa bajaryapti?
Bu qo'shimchalar gapda so'zlarni bir-biriga bog'layapti.
Gapda so'zlarni bir-bi-riga bog'laydigan qo'shimchalar nima deb nomlanadi? Ular so'z o'zgartuvchi qo'shimchalar deb nomlanadi. Humoyunning bergan javobini, o'zlarining nimani yaxshi ko'rishlari haqidagi gapni husnixat bilan daftarga yozadilar va darslikka qarab tekshiradilar.
131-mashq. O'quvchilar topishmoqni o'qiydilar, javobini topadilar.
V.Baholash.O'quvchilar bilimini baholash.
VI. Uyga vazifa. 132-mashq
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: So`z tarkibi (mustahkamlash) Maqsad: Ta`limiy: berilgan so`zlaridan gap tuzishni o'rgatish Tarbiyaviy: insoniy sifatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirish. Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat,amaliy, analitik — sintetik metod.
Darsning jihozi: mavzuga mos rasm va plakatlar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Darslik bilan ishlash.
bulbul
IV.Mustahkamlash.
134-mashq. O’qing. Nuqtalar o’rniga so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalardan mosini qo’yib yozadilar.
135-mashq. So’zlarni o’qing . Har bir so’zni tarkibi jihatidan tahlil qilib , jadvalga joylang, o’zakdosh so’zlar topib to’ldiring.
So’z
|
O’zak
|
So’z yasovchi qo’shimcha
|
So’z o’zgartiruvchi qo’shimcha
|
O’zakdosh so’zlar
|
mevali
|
meva
|
-li
|
-
|
mevasiz
|
V.Baholash.O'quvchilar bilimini baholash.
VI. Uyga vazifa.136 -mashq
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: So`z turkumlari haqida tushuncha Maqsad: Ta`limiy: quyi sinflarda so'z turkumlari yuzasidan eslatish va kengaytirish. Tarbiyaviy: O'quvchilarga o'z ona tillariga mehr-muhabbatlarini yanada oshirish. Rivojlantiruvchi: So'zlarning so'roqlari va ma'nolariga ko'ra turkumlarga ajratish malakalarini o'stirish. Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat, metod.
Darsning jihozi: Zafar Diyorning portreti, boshqotirmalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Yangi mavzu bayoni. Magnitofon orqali darslikdagi „Ona tilim" she'ri (137- mashq) eshittiriladi. She'r yuzasidan quyidagi savollar asosida suhbat o'tkaziladi. Ko'r- gazmaga yozilgan ajdod, turkiyzabon, millat so'zlari o'quvchilar diqqatiga havola qilinib, jo'r bo'lib o'qish so'raladi. Har bir so'z-ning ma'nosi izohlanadi.
Ajdod — bizning ota-bobolarimiz; turkiyzabon—o'zbok, qozoq, turkmanvaboshqatillarda so'zlovchilar; millat— o'zbek millati.
She'r kimlar haqida ekan?
She'rda yangragan Fitrat, Usmon Nosir, Qodiriy kimlar bo'lishgan? Ular nimalar uchun kurashganlar?
Siz o'z ona tilingizni sevasizmi?
" O'qituvchi suhbatni yakunlab, ,,0'zbek tili davlat till" ekan-ligi, bu haqda qonun qabul qilinganini eslatib o'tib, o'zbek tilini yanada yaxshi o'rganishga da'vat qiladi. She'rning oxirgi ikki misrasi doskaga yoziladi. O'quvchilar daftarlariga yozadilar.
O'qituvchi bugungi darsda „So'z turkumlari"ni takrorlashni e'lon qiladi. O'quvchilarning diqqati darslikdagi 138-mashqqa qaratiladi. O'quvchilar mashq shartini va matnini mustaqil o'qiydilar. Bu vaqtda o'qituvchi doskaga Zafar Diyor portretini osib qo'ya-di. O'quvchilar o'qishni tugallaganlaridan so'ng darslikdagi savollarga javob olinadi. Zafar Diyorning she'rlari eslatiladi.
O'quvchilar mashqning ikkinchi qismdagi topshiriqlarini mustaqil bajaradilar, ya'ni matnda to'rtta gap borligini aytib, ajratib ko'rsatilgan so'zlarga savol beradilar va yozadilar. Mashq quyidagicha yakunlanadi. Zafar Diyor — kim? ot; 1912 — nechanchi? son, yil — nima? ot, Chust — qayer? ot, tuman — qayer? ot, Samsoqtepa — qayer? ot, qishlog'ida — qayerda? ot, tug'ildi — nima qildi? fe'l.
Demak, gaplar so'zlardan tuziladi.
— Gapdagi so'zlar nimalarga ko'ra farqlanyapti?
(Ma'nolari va so'roqlariga ko'ra farqlanyapti.)
IV.Mustahkamlash. Darslikdagi 139- mashq mustaqil ish qilib beriladi. Bu mashqda o'quvchilar so'zlarga so'roq berib, turkumlarga ajratadilar vajadvalga joylashtiradilar.
Mashq natijasi tekshirilib, dars yakunlanadi.
Bugun qaysi mavzu o'rganildi?
So'zlarni turkumga qanday ajratdingiz?
Qaysi so'z turkumlarini bilasiz?
V.Baholash.O'quvchilar bilimini baholash.
VI. Uyga vazifa. Uyga 140- mashq beriladi. Mashqda kim?, nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni topib, ko'chirish bir-ikkita misol bilan tushuntiriladi.
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: So`z turkumlari (ot,sifat,son,fe`l) yuzasidan takrorlash. Maqsad: Ta`limiy: so'roqlar yordamida, so'z ma'nolari asosida turkumlarga ajratish malakalarini rivojlantirish. Tarbiyaviy: O'quvchilarda o'z Vatanlari bilan faxrlanish tuyg'ularini tarbiyalash.uqtirish. Rivojlantiruvchi: So'z turkumlaridan o'rinli foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish. Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat, kuzatish.
Darsning jihozi: plakat va rasmlar
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar. Quyidagi so'zlar asosida lug'at diktant o'tkaziladi.
O'quvchi, tejamkor, ikkov, aytdi, hissa, mug'ambir, elliginchi, faxrlandi. Shu so'zlaming qaysi turkumga kirishini aniqlab, ustiga yozish qo'shimcha topshiriq qilib beriladi. Ish yakunlanib, o'quvchilar diqqatiga chumoli va tillaqo'ng'izning rasmi ko'rsatiladi
III.Yangi mavzu bayoni. O'quvchilarga „Tiko", „Damas", „Neksiya" mashinalari ko'rsatilib, ularning nomi, qayerda chiqarilayotgani so'rayman. So'ngra darslikdagi 141- mashqni mustaqil ishlash vazifa qilib topshiraman. O'quvchilar O'zbekiston, ,Tiko", ,Damas", ,Neksiya ", Tohir, Jahongir, Andijon, Asaka so'zlarini ko'chirib yozadilar. Bu so'zlar nima uchun bosh harf bilan yozilganini izohlaydilar va shaxs nomlari, respublika, shahar nomlari bosh harf bilan yoziladi, degan xulosa chiqariladi.
142- mashq jamoa bo'lib bajariladi. O'qituvchi 1- gapni namuna sifatida yozib ko'rsatadi. Qolgan gaplarni har qatordan bittadan o'quvchi doskada yozib, qolgan o'quvchilar daftarlarida bajaradilar. O'quvchilar chiziqcha o'rniga qo'yilayotgan so'zning qaysi turkumga oidligini, so'roqlarini, ma'nosini izohlaydilar.
Grammatik o'yin o'tkaziladi. O'qituvchi ot, sifat, son, fe'l turkumiga oid so'zlarni aytadi. Aytilayotgan so'z qaysi so'z turkumiga oidligiga qarab, o'quvchilar qo'llaridagi ot, sifat, son, fe'l deb yozilgan kartochkalarni ko'rsatadilar. Oxirgi aytilgan so'z ishtirokida gap tuzish so'raladi. O'yin g'oliblari rag'batlantiriladi.
Darslikdagi 143- mashq matnini yodlash vazifa qilib beriladi. Ma'lum vaqtdan so'ng o'quvchilar yodlaganlarini yozadilar. Ish natijasi o'quvchilarga o'zaro daftar almashtirib tekshiriladi. O'qituvchi harakat bildirgan so'zlar qanday so'roqlarga javob bo'lishini o'quvchilardan aniqlagach, matndagi fe'llarni topib, tagiga ikki chiziq chizishni aytadi.
IV.Mustahkamlash.
Bugungi darsda qaysi mavzu o'rganildi?
Darsda nimalar ustida ishladik?
__Mashqni bajarish jarayonida qaysi so'z turkumlari haqida fikr yuritdik?
V.Baholash.O'quvchilar bilimini baholash.
VI. Uyga vazifa.144-mashq
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: So`z turkumlari (ot,sifat,son,fe`l) yuzasidan takrorlash Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarning son so'z turkumi, aniq va noaniq miqdor bildirgan sonlar, sonlarning yozilishi haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Tarbiyaviy: paxta milliy boyligimiz ekanligi haqida o'quvchilar tushunchasini aniqlash. Ularni tabiat in'omlarini qadrlash ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Lug'at diktant orqali ularning savodxonligini oshirish. Gazlama, kislota, vitamin so'zlari bilan lug'atlarini boyitish;Darsning turi : mustahkamlash-takrorlash darsi Darsning metodi: suhbat,amaliy, analitik — sintetik metod.
Darsning jihozi: gaplarni tasvirlovchi chizmalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism. Davomatni aniqlash.Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar. Lug'at diktant.
Giyoh, pahlavon, tillaqo'ng'iz, daraxt, Jahongir, shahar, gazlama, gulxan, mahsulot.
O'quvchilar yozganlarini lug'atga qarab tekshiradilar. Yozishda xato qilingan so'zlar tovush-harf tomonidan tahlil qilinadi.
III.Yangi mavzu bayoni. Darslik bilan ishlash.
145- mashq. O'quvchilar matnni o'qiydilar. O'qituvchi ma'nosi tushunarsiz so'zlarni izohlab beradi. Lug'at ishi.
Gazlama — mato, material. Kislota — kimyoviy birikma.
Vitamin — organizmning normal faoliyati uchun zarur organik modda.
Matn nima haqida ekan?
O'zbek xalqi paxtachilik bilan qachondan shug'ullangan?
Paxtadan nimalar olinadi?
Paxtadan necha xil mahsulot olinadi?
Paxta tolasidan necha xil matolar olinadi?
G'o'za bargida necha xil kislota va vitaminlar bor?
Siz yana qanday paxta ekadigan mamlakatlarni bilasiz?
Matnga sarlavha toping. („Paxta — milliyboyligimiz".)
Matndagi necha? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni toping. (Bir ming ikki yuz xil, yetmish xildan ortiq, o'n yetti xil.)
Bu sonlar nimaning miqdorini bildiryapti? (1200 soni — mahsulotning, 70 soni — gazlamaning, 17 soni — kislota va vitaminning miqdorini bildiryapti.)
IV.Mustahkamlash.146-mashq. O'quvchilar topishmoqni o'qiydilar. Javobini topadilar.
Birinchi topishmoqda ko'zlar kimga o'xshatilyapti?
Qo 'shni, do 'st so'zlari qanday so'roqqa javob bo'ladi?
Bu so'zlar narsaning nimasini bildiradi? Qaysi so'z turkumiga kiradi?
Ko'zlar nima qilar ekan? (Yonma-yon turishadi, yig'lashadi, kulishadi.)
Shu so'zlarga so'roq bering.
Bu so'zlar nima qiladi? so'rog'iga javob bo'lgani uchun qaysi so'z turkumiga mansub? (Fe'l so'z turkumiga kiradi.)
Matndagi sonlarni so'roq yordamida toping. (Necha? — ikki.)
Ikkinchi topishmoqning javobi nima?
Shoir anorning qanday belgilarini keltirgan? (Anorni qip-qizil, nordon, shirin deb ta'riflagan.)
Qip-qizil, nordon, shirin so'zlariga so'roq bering. So'zlar qaysi so'z turkumiga kiradi? (Qanday? so'rog'iga javob bo'ladi. Sifat so'z turkumiga kiradi.)
Sifatlar narsaning nimasini bildiradi? (Belgisini bildiradi.)
V.Baholash.O'quvchilar bilimini baholash.
VI. Uyga vazifa.147 -mashq
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Ot yuzasidan 1-3- sinflarda o`tilganlarni takrorlash. Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarning ot so'z turkumi, uning so'roqlari, atoqli va turdosh otlar, otlarning gapdagi vazifalari haqidagi bilimlarini aniqlash. Tarbiyaviy: o'quvchilarni xalqimiz o'tmishiga, ajdodlarimiz yaratgan merosga hurmat ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Ularning ongiga o'tmishsiz kelajak yo'q degan g'oyani singdirish orqali tarixiy asarlar, me'morchilik obidalarini o'rganish, ularni asrashga o'quvchilarni undash. Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars. Darsning metodi: suhbat,amaliy, analitik — sintetik metod.
Darsning jihozi: shaxs va narsa rasmlari.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism. Davomatni aniqlash. Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Yangi mavzu bayoni. Kim?, nima? so'rog'iga javob bo'lib, predmetning nomini bildirgan so'zlar ot so'z turkumi deyiladi. Otlar gapda (ega, aniqlovchi, to'ldiruvchi) bosh va ikkinchi darajali bo'laklar vazifasida keladi.Quyidagi gap tuziladi. Haydovchi avtobusni to 'xtatdi.
Yuqorida tuzilgan 1-gapdagi otlarga so'roq bering. {Haydovchi— kim? so'rog'iga javob bo'ladi.)Gapda qanday bo'lak vazifasida kelgan? (Ega)
Gapning kesimini toping. (Haydovchi nima qildi? — to xtatdi. To'xtatdi so'zi gapning kesimi bo'lib kelgan.)
Gapda yana qanday ot so'z turkumidagi so'z bor? (Avtobusni so'zi.)
Avtobusni so'ziga so'roq berib, qaysi gap bo'lagi ekanini aniqlang. (Avtobusni — nimani? to'ldiruvchi bo'lib kelgan.)
148 - mashq. O'qituvchi hikoyatni o'qib beradi. Matndagi ma'nosi tushunarsiz so'zlar izohlanadi.
IV.Mustahkamlash. 149- mashq. O'quvchilar matnni o'qiydilar. Matn yuzasidan suhbat uyushtiriladi.Matn nima haqida ekan? Matn kimning nutqidan olingan?
O'zbekistonning qaysi shaharlari qadimdan mashhur bo'lgan?
Bu shaharlar qanday yurtlar bilan aloqada bo'lgan?
Shahar nimasi bilan shuhrat qozongan?
Yurtimizda yashab, o'z yurtlarini jahonga tanitgan qanday insonlarni bilasiz?
Amir Temur qaysi shaharni o'z davlatining poytaxti qilgan?
Temur kimlarga homiylik qilgan?
O'qituvchi matndagi ma'nosi tushunarsiz so'zlarni izohlab beradi.
V.Baholash.O'quvchilar bilimini baholash.
VI. Uyga vazifa.150 –mashq. MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Ot yuzasidan 1-3- sinflarda o`tilganlarni takrorlash Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarning otlarning ma'nosiga ko'ra turlari, birlik va ko'plikdagi otlar haqida bilimlarini aniqlash, mashqlar, savol-javoblar orqali mustahkamlash Tarbiyaviy: Ularni tabiatni asrash ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: mehmonga borish va mehmon kutish odobi haqidagi fikrlarini aniqlash va tavsiyalar berish orqali muomala madaniyatini shakllantirish. Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat,amaliy, analitik — sintetik metod.
Darsning jihozi: plakar va rasmlar
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar. Mustaqil ish.
Doskaga 2 qator harflar yozib qo'yiladi. ktrfumstulvobengchiroqyo'lxshdaraxt dapg'karavotuvdivanpardanbrstol O'quvchilar harflar ichidan 4 daqiqada uy jihozlari nomlarini topib, daftarlariga yozadilar.
Yozgan so'zlaringizga so'roq bering.
So'zlarni 1 so'z bilan atash mumkinmi?
So'zlarni ko'plik shaklida o'qing.
Shu so'zlarni qatnashtirib, 1 ta gap tuzing.
Gaplarning bosh bo'laklarini topib, tagiga tegishlicha chizing.
III.Yangi mavzu bayoni. Darslik bilan ishlash.
151-mashq. O'quvchilar matnni o'qiydilar. Yozilishi qiyin so'zlar aniqlanadi. So'zlarni og'zaki ravishda bo'g'inga bo'lib, tovush-harf tomonidan tahlil qiladilar.
Davronjon, Xaskovo, bahor, traktor.
Masalan, traktor so'zi 2 bo'g'inli — trak-tor. 7 tovush, 7 harf bor. Unli tovushlar — a, o. Undosh tovushlar — t, r, k, t, r. Jarangli undosh tovushlar — r. Jarangsiz undosh tovushlar— t,p, k.
Matndagi otlarni so'roqlar yordamida aniqlang. (Nima? bahor, uy, paxta, mashina, xat...? kim? Davronjon, Mancho Je-kov, yigit..., qayer? Bolgariya, Xaskovo, qishloq...)
Matndagi otlarni ma'nosiga ko'ra necha guruhga ajratish mumkin? (3 guruhga: shaxs otlari, narsa otlari, joy otlari.)
Misollar keltiring. {Davronjon, Mancho Jekov, dada, oyi— shaxs otlari; Bolgariya, Xaskovo, qishloq—joy otlari; mashina, xat, traktor — narsa otlari.)
O'quvchilar otlarni doska va daftarda uch guruhga ajratib yozadilar. O'qituvchi doskada yozilgan so'zlarni tekshirib, xatosini aniqlaydi. O'quvchilar yozganlarini doskaga qarab tekshiradilar.
152- mashq. O'quvchilar matnni o'qiydilar. Yozuvda xatoga yo'l qo'yadigan so'zlarni aniqlaydilar. So'zlarni bo'g'inga bo'lib, og'zaki tovush-harf tomonidan tahlil qilishadi.
IV.Mustahkamlash. 153-mashq.O'quvchilar matnni o'qiydilar. Sarlavha qo'yib, matnni husnixat bilan yozadilar.
Matn nima haqida ekan?
Matnda ma'nosiga ko'ra qanday otlar berilgan?
Qushlar nomini bildirgan otlar soniga ko'ra qanday otlar hisoblanadi? (Ko'plikdagi otlar hisoblanadi.)
V.Baholash.O'quvchilar bilimini baholash.
VI. Uyga vazifa.154 -mashq
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Ot yuzasidan 1-3- sinflarda o`tilganlarni takrorlash. Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarning birlik va ko'plikda-gi otlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Tarbiyaviy: Vatanga muhabbat, sadoqat tuyg'ularini shakllantirish. Rivojlantiruvchi: Mashqlarda berilgan ilmiy matnlar orqali o'quvchilarni mantiqiy fikrlashga o'rgatish. Topishmoqlar orqali zehnini o'stirish. Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat,amaliy, analitik — sintetik metod.
Darsning jihozi: kasb egalari va narsa rasmlari
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar. 154- mashq yuzasidan suhbat:
She'r nechta gapdan tuzilgan?
Gaplarning maqsadga ko'ra turini aniqlang.
Birinchi gapda ot nimaning nomini bildiryapti?
She'rda yana qanday qush nomlarini uchratdingiz?
Tuvaloq, kaklik so'zlarini bo'g'inga bo'lib o'qing.
She'rda qanday hayvonlar nomi bor?
III.Yangi mavzu bayoni.Darslik bilan ishlash.155- mashq. O'qituvchi matnni o'qiydi.
Matndan nimalarni bilib oldingiz?
Quyosh, Yer nimalar ekan?
Yerdagi hayot nimaga bog'liq?
O'simliklarning o'sishi, odamlarning hayot kechirishi nima sababli ekan?
Matndagi otlarni so'roq yordamida aniqlang. (Nima? Yulduzlar, Quyosh, Yer, hayot, o'simliklar va hokazo.)
Qaysi otlar -lar qo'shimchasini olgan? (Yulduzlar, o 'simliklar, odamlar.)
Quyosh, Yer so'zlarini ko'plikda yozish mumkinmi? (Mumkin emas.)
Nima uchun? (Chunki bu so'zlar yulduz nomlari. Quyosh ham, Yer ham dunyoda 1 ta.)
Bu so'zlar nima uchun bosh harf bilan yozilgan? (Chunki bu so'zlar yulduzlarga atab qo'yilgan.)
O'quvchilar birlik va ko'plikdagi otlarni ajratib yozadilar. Yozganlarini lug'atga qarab tekshiradilar.
IV.Mustahkamlash.156- mashq. O'quvchilar topishmoqni o'qiydilar. Javobini topadilar. Ayrim so'zlar ma'nosi izohlanadi.
Lug'at ishi.
Dovon — tog' va tepalikning oshib o'tsa bo'ladigan qulay joyi.
Globus — Yerning kichraytirilgan shakli.
Topishmoqdagi otlarni toping. (Koptok, shahar, qishloq, daryo, dengiz, tog'-dovon, qir, adir, o'rmon, Yunus.)
Shu so'zlarga -lar qo'shimchasini qo'yib yozing.
Qaysi so'zni ko'plikda qo'llab bo'lmaydi? {Yunus so'zini.)
Nima uchun?
(Chunki bu ot 1 bolaning ismi.)
— Ikkinchi topishmoqdagi otlarning qaysi birini ko'plikda qo'llab bo'lmaydi? (Un so'zini ko'plikda qo'llab bo'lmaydi.)
— Nima uchun? (Chunki un sanalmaydigan narsa.)
O'quvchilar -lar qo'shimchasini qo'llab bo'ladigan so'zlarni va ko'plikda qo'llab bo'lmaydigan so'zlarni ajratib yozadilar. Yozganlarini darslikka qarab tekshiradilar.
V.Baholash.O'quvchilar bilimini baholash.
VI. Uyga vazifa. 157-mashq .MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: 5-nazorat ishi.
Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarning bayon yozish ko'nikmalarini shakllantirish. Hikoyani reja asosida bayon etishni, voqea haqida o'z fikrlarini bildirishni o'rgatish; Tarbiyaviy o'quvchilarda tabiatda uchray-digan g'aroyib hodisalar haqidagi voqealar orqali tabiatga mehr uyg'otish. Tabiat jonzotlariga muruvvat ko'rsatishga undash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.
Darsning turi: umumlashtiruvchi-tekshiruvchi
Darsning metodi: mustaqil ish metod.
Darsning jihozi: bayon matni
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
Darslik bilan ishlash.
158- mashq. O'quvchilar hikoyani o'qiydilar. Ayrim so'zlarning ma'nosi, yozilishi izohlanadi. Anvoyi — xushbo'y hidli.
O'quvchilar rayhon, qurt-qumursqa, hasharot so'zlarining yozilishini esda saqlashlari ta'kidlanadi.
Sinf 2 guruhga ajraladi. 1- guruh quyidagicha savol tuzadi.
Dadasi qiziga nima uchun rayhonlarni qo'riqlashni buyurdi?
Qizcha nima qildi?
U nimaga hayronbo'ldi?
Qizcha nimani bilib oldi?
Reja
Dadasi rayhonlarni qo'riqlashni buyurdi.
Qizcha hayron bo'ldi.
Rayhon — qurt-qumursqalardan saqlaydi.
Bayon matni reja asosida 2—3 o'quvchiga qayl
latiladi. Qayta hikoyalashda o'quvchilar qaysi o'rinni tushi yoki voqealarni ifodalashda qiynalsa, o'sha o'rinlar ustid; O'quvchilar bayonni III shaxs tilidan yozadilar. Yoz; larining mazmunan to'liq yoki to'liq emasligini darsli tekshiradilar. Yozganlarini to'ldirish istagi bo'lsa, ruxst beriladi
V.Baholash.O'quvchilarni baholash uchun daftarlari yeg`ib olinadi.
VI. Uyga vazifa. takrorlash.
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Nazorat ishi tahlili.
Maqsad: Ta`limiy: Voqea haqida o'z fikrlarini bildirishni o'rgatish; Tarbiyaviy: Tabiat jonzotlariga muruvvat ko'rsatishga undash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.
Darsning turi: umumlashtiruvchi-tekshiruvchi
Darsning metodi: mustaqil ish metod.
Darsning jihozi: bayon matni
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Xatolar ustida ishlash.O`quvchilar daftarlari tarqatiladi.Yozgan bayonlari tekshiriladi.
Dadam har bahorda hovlimizga anvoyi gullar ektirar edilar.Ularning yashnab turishini yaxshi ko`rardilar.Ammo rayhonlarni kimdir uzib ketardi.Dadam rayhonlarni qo`riqlashni menga topshirdilar.
Dam olish kuni edi.Men hovlida ham dars qilib,ham rayhonlarni qo`riqlamoqchi bo`ldim.
Bir mahal rayhonlar yoniga bir chumcuq keldi.Tumshug`I bilan rayhonni shart uzib olib ,uchib ketdi.Men chumchuq rayhon yer ekanmi,deb hayron bo`1ldim.
O`rik pishdi.Men o`rik tergani daraxtga chiqdim.Qarasam,chumchuqning ini bor ekan.Inning atrofiga ilingan qara rayhonlarni o`rdim.Bu voqeani dadamlarga aytib berdim.
Chumchuqlar o`z bolalarini qurt –qumursqa,chumolidan saqlashda rayhondan foydalanar ekan.Rayhon hidiga hasharot kelmas ekan.
III.O`quvchilar yozgan bayonlarida yo`l qo``ygan xatolarini mustaqil to`g`rilaydilar.
IV.Baholash.O'quvchilarni baholash uchun daftarlari yeg`ib olinadi.
V. Uyga vazifa.: O`tilgan mavzular yuzasidan gap tuzish.
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Egalik qo`shimchalari haqida ma`lumot.
Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarga shaxs va narsalarning biror shaxsga qarashli bo'lishi haqida elementar nazariy tushuncha berish orqali egalik qo'shimchalaridan og'zaki va yozma nutqda savodli foydalana olish malakalarini shakllantirish. Tarbiyaviy: o'quvchilarning o'quv qurollari, maktabga tegishli o'quv qurollarini saqlashda javobgarlik hissini uyg'otish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilar nutqini otlar bilan boyitish Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars
Darsning metodi: mustaqil ish metod.
Darsning jihozi: bayon matni
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar. O'quv qurollarining (kitob, parta, qalam, chizg'ich, daftar) rasmi doskaga ilib qo'yiladi.
O'quvchilar rasmga qarab so'zlarni yozadilar. Yozganlarini lug'atchadan tekshiradilar.
III.Yangi mavzu bayoni. Daftar sizga tegishli ekanligini qanday bildirasiz? (Mening daftarim deyman.)
Daftarim so'zidagi -im qo'shimchasini olib tashlasak, ma'no o'zgaradimi? (Daftar kimniki ekanligi tushunilmaydi.)
Demak, -im qo'shimchasi qanday ma'no anglatadi? (Daftarning kimga tegishli ekanini anglatadi.)
o'zbek tilida 3 ta shaxs bor.I shaxs—so'zlovchi, II shaxs—tinglovchi, III shaxs—o'zga. Egalik
qo'shimchalari daftar uch shaxsdan biriga tegishli ekanligini bildiradi.
-im, -ing, -i qo'shimchalari egalik qo'shimchalari deyiladi. Egalik qo'shimchalari otlarga qo'shiladi va shaxs, narsa-buyumlarning qaysi shaxslarga qarashliligini bildiradi. 159-mashq. O'quvchilar mashqdagi so'zlarning o'zak va qo'shimchalarini aniqlaydilar.
Kitobim im I sh. egalik qo'shimchasi.
Kitobing —ing II sh. egalik qo'shimchasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |