Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarning gap, so'z, nutq haqidagi tushunchalarini aniqlash; rasmlar asosida so'z, so'zlar ishtirokida gaplar va gaplardan hikoya (matn) tuzish qobiliyatlarini o'stirish



Download 0,68 Mb.
bet5/10
Sana27.01.2020
Hajmi0,68 Mb.
#37750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 sinf ona tili fanidan konspekt (1)


Kitobi i III sh. egalik qo'shimchasi.

VI.Mustahkamlash 160- mashq. O'quvchilar she'rni ifodali o'qiydilar. Husnixat bilan yozadilar. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarga so'roq berib, qaysi so'z turkumiga tegishliligini aniqlaydilar. Namunaga qarab shu so'zlardagi qo'shimchalarni belgilaydilar. Qo'shimchalar qaysi shaxsga tegishliligini ko'rsatadilar.

Test.

II shaxsdagi ot qo'llangan gapni aniqlang.



A. Mening ola-bula buzoqcham bor.

B.Sening sharing katta ekan.
S. Uning oldiga onasi keldi.

V.Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar baholanadilar.


VI. Uyga vazifa.: 161- mashq. O'quvchilarga mashq sharti va matni o'qitiladi. Quyidagi savol-javob bilan bajarish yo'li tushuntiriladi.
MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Egalik qo`shimchalari birlik va ko`plik ma`nosini ifodalash.

Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarga egalik qo'shimchalarini olgan otlar imlosini o'rgatish. Ularning lug'atini poy, xok, suruv so'zlari bilan boyitish; Tarbiyaviy: o'quvchilarni kattalarga hur-mat, kichiklarga izzat ko'rsatish ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning metodi: muammoli metod.

Darsning jihozi: narsa rasmlari.

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash. O'tilgan mavzu—otlarning egalik qo'shimchalari bilan qo'llanishi yuzasidan o'quvchilar bilimi savollar yordamida aniqlanadi. Uyga berilgan mashq o'qitiladi.

III.Yangi mavzu bayoni. so'zlarga egalik qo'shimchalarini qo'shib bil-dikki, egalik qo'shimchalari undosh tovushlardan so'ng: -im, ing, -i; -imiz, -ingiz, -lari; unli tovushlardan so'ng: -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -lari shaklida qo'shiladi.



Darslik bilan ishlash.

162- mashq. O'quvchilar she'rni nuqtalar o'rniga mos egalik qo'shimchalarini qo'yib, ifodali o'qiydilar. Husnixat bilan yoza­dilar. So'roqlar yordamida otlarni aniqlaydilar. Egalik qo'shim- chalarini olgan otlarni qaysi shaxsga tegishli ekanligini aniqlab, ustiga yozadilar. Namuna. Barmoqchalari (III sh.), bayroqchalaring (II sh.)

She'rdagi jajji, ovunchoq so'zlarining aytilishi va yozilishidagi farqni ko'rsatadilar.

Jajji so'zi jaji tarzida 4 tovush bilan aytilsa ham, 5 harf bilan jajji tarzida yoziladi..

Ovunchoq tarzida u tovushi o'rniga i aytilsa ham, ovunchoq deb yoziladi.

Jajji so'ziga ma'nodosh so'z topiladi. Jajji—kichkina, mitti.

162- mashqni o`quvchilar doskada va daftrda bajaradilar.

VI.Mustahkamlash 163- mashqlar bajariladi.

Shohistaning tug`ilgan kuni edi.U oqiljonni mehmonga taklif qildi.Oila a`zolari qanday sovg`a olib chiqishni maslahatlashdilar.Oqiljonning buvisi ,oyisi,akasi har xil narsalarni aytishdi.Oqilgon o`zi ekkan gullarni avaylab qirqdi-da, Shohistaga olib chiqdi.

V.Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar baholanadilar..

VI. Uyga vazifa.: 164-mashq.

MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Egalik qo`shimchalari birlik va ko`plik ma`nosini ifodalash

Maqsad: Ta`limiy: Egalik qo`shimchalari birlik va ko`plik ma`nosini ifodalashni o'rgatish; Tarbiyaviy: kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi-tekshiruvchi

Darsning metodi: tushuntirish,savol-javob,mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: rasm va plakatlar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Yangi mavzu bayoni. ot so'z turkumidagi so'zlarni o'qiyman. Rahbar, bahor, odob, tartib, sovg'a, parta.



  • So'zlarga I shaxs birlikdagi egalik qo'shimchasini qo'shib yozadilar. {Rahbarim, bahorim,...)

  • Rahbarim so'ziga qanday qo'shimcha qo'shilgan? (-im qo'shimchasi qo'shilgan.)

  • Sovg'am so'ziga-chi? (-m qo'shimchasi qo'shilgan.)

— O'ylang. Nima uchun rahbar so'ziga -im, sovg'a so'ziga
-m qo'shimchasi qo'shilgan? (Chunki rahbar so'zi undosh tovush
bilan tugagan, sovg'a so'zi unli tovush bilan tugagan.)

  • Undosh bilan tugagan so'zlarda egalik qo'shimchasi -im, unli tovush bilan tugagan so'zlarda faqat -m shaklida qo'shiladi.

  • Bu so'zlarga II va III shaxs egalik qo'shimchalarini ham qo'shib ko'ring. (Rahbaring, rahbari; sovg'ang, sovg'asi.)

O'quvchilar qolgan so'zlarga ham egalik qo'shimchasini qo'shib, farqini aytadilar.

165-mashqni bajaradilar

VI.Mustahkamlash.166-mashq.Matnni o`qib, egalik qo`shimchalarining shaxs – sonini aytadilar.Egalik qo`shimchalarini olgan otlarni ko`chiradilar.Ularning o`zak va qo`shimchalarini belgilaydilar.Otlardagi egalik qo`shimchalarining shaxs – sonini

qavsda ko`rsatadilar .Kim odobli ekan?degan savolga javob beradilar.

V.Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar baholanadilar..

VI. Uyga vazifa.: 167-mashq.

MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Egalik qo`shimchalarining unli va undoshdan so`ng qo`llanilishi.

Maqsad: Ta`limiy: Egalik qo`shimchalarining unli va undoshdan so`ng qo`llanilishi haqida bilim berish Tarbiyaviy: Ajdodlarimiz bilan faxrlanish hissini tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi.

Darsning metodi: mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: tarqatma materiallar va rasmlar,plakatlar.

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Yangi mavzu bayoni.

Egalik qo`shimchalari otlarga quyidagicha qo`shiladi:

Unli tovushdan so`ng – m,-ng,-si;-miz,-ngiz,-(lar)I shaklida

Undosh tovushdan so`ng:-im,-ing,-I;-imiz,-ingiz,=(lar)I shaklida.

168-mashq.O`quvchilar mashqni ko`chiradilar.

1 .Mol-u davlatingiz bilan emas, ilm-u hunaringiz, go’zal xulq –atvoringiz bilan iftixor qiling. 2. Odam bolasi – elning bolasi. 3. Ra’noga buvisining boychechak haqidagi ashulasi yoqib qoldi:

Boychechakning bolasi,

Qulog’ida donasi.

Donasini olay desak,

Yugurib chiqdi onasi.

VI.Mustahkamlash

169-mashq.

1.Alisherning otasi G’iyosiddin Kichkina adabiyotni sevardi.Ularning uyida she’r-xonlik kechalari o’tkazilardi.Shular sababli Alisher kitob bilan qattiq do’stlashdi. 2. Hidi, pichoq tegar-tegmas yorilib ketishi va tilni yorar shirinligidan ona-yurtim qovuni ekanligini angladim, otam bog’idagi polizda shunaqa shakarpalak ko’p bitardi.


V.Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar baholanadilar..

VI. Uyga vazifa.: 170-mashq.

MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Egalik qo`shimchalarining unli va undoshdan so`ng qo`llanilishi.

Maqsad: Ta`limiy: Egalik qo`shimchalarining unli va undoshdan so`ng qo`llanilishini o'rgatish; Tarbiyaviy: Nafosat tarbiyasini berish.. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini rivojlantirish.

Darsning turi: mustahkamlovchi

Darsning metodi: suhbat,savol-javob,mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: plakat va tarqatmalar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Yangi mavzu bayoni.Doskaga quyidagi gap yoziladi va tahlil qilinadi.

Dala bo`ylab bobo nevarasi bilan birga borardi.


  • gapning bosh bo'laklarini toping.

  • Otlarga so'roq bering.

  • Egalik qo'shimchalari qo'shilgan so'zni aniqlang. (Nevarasi.)

  • Nevarasi so'zi kimga tegishli? (Bobosiga tegishli.)

  • Bobosi nechanchi shaxsni bildiradi? (Ill shaxsni bildiradi.) Shunday savollar asosida boshqa gaplardagi egalik qo'shimcha-

sini olgan otlarni aniqlashga matnni husnixat bilan yozish vazifasi beriladi. Aniqlagan otlarining egalik qo'shimchalarini tegishlicha belgilash, qavs ichida shaxsini ko'rsatish vazifasi beriladi.



Egalik qo`shimchalari gapda so`zlarni bir-biriga bog`laydi.

Egalik qo`shimchalari so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalardir.

VI.Mustahkamlash.172-mashqni bajaradilar.Nuqtalar o`niga egalik qo`shimchalaridan mosini qo`yib ko`chiradilar.Egalik qo`shimchalarini tegishlicha belgilaydilar.



Kundaligim- youg` yuz…,

Davralarda biyron so`z…,

Yozuvlarim chinniyu-chiroq,

Zavq bag`ishlar har bir varaq.
V.Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar baholanadilar.

VI. Uyga vazifa.: 174-mashq.

MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Egalik qo’shimchalari qo’shilgan otlarda tovush o’zgarishlari. Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarning egalik qo'shimchalari qo'shilishi bilan so'z o'zagidagi o'zgarishlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash. She'rlarni yoddan yozish ko'nikmasini shakllantirish Tarbiyaviy: mashqda berilgan maqollar orqali o'quvchilarda do'stlik, mehnatsevarlik, ilmga chanqoqlik fazilatlarini shakllantirish. Rivojlantiruvchi: Topishmoqlar orqali o'quvchilarning zehnini o'stirish;

Darsning turi: : mustahkamlovchi dars.

Darsning metodi: izlanishli, muammoli metod.

Darsning jihozi: : narsa (etik, bayroq, o'g'il kabi shaxs va narsa) rasmlari. jadvallar.

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar. Eshituv diktanti. O'quvchilar eshitgan so'zlarni esda
saqlaydilar. Ichlarida bo'g'inga bo'lib yozadilar.

Ko'nglim, etigim, bayrog'imiz, bulog'i, bilagi, shahrimiz, og'lim, qorning.

2. O'tilganlar yuzasidan suhbat:



  • Egalik qo'shimchalarini ayting.

  • Egalik qo'shimchalari shaxs va narsalarning qaysi shaxslarga tegishliligini bildiradi.

Egalik qo'shimchalari undosh tovush bilan tugagan so'zlarga qanday shaklda qo'shiladi?

III.Yangi mavzu bayoni. 175- mashq matni asosida doskaga burun, og'iz, shahar -im burnim, og'zim, shahrim chizmasi ilinadi.




O'quvchilarda burun so'zida nechta tovush va nechta harf borligi aniqlatiladi. Unga -im egalik qo'shimchasi qo'shtiriladi: burun+im.So'ng hosil bo'lgan so'z talaffuz qildiriladi. O'zakdagi qaysi tovush aytilmayotgani va eshitilmayotgani so'raladi.



176- mashq. Mashqni sharti o'quvchilarga o'qitiladi. Mashq shartidagi talabni tushuntirib berishlari so'raladi. Mashqdagi har bir gap bir o'quvchiga o'qitiladi. Egalik qo'shimchasini olgan ot
aniqlatiladi. Bunda quyidagi yo'llovchi savollar va topshiriqlardan
foydalaniladi:

So'roq berib birinchi gapdagi otlarni toping. Shu otni doskaga yozing. Egalik qo'shimchasini olgan otning o'zak va qo'shimchasini belgilang. Egalik qo'shimchasini tushurib, so'zni ayting (mag'iz). Egalik qo'shimchasi qo'shilganda so'zda qanday tovush o'zgarishi yuz beradi?

Mashqdagi qolgan egalik qo'shimchasini olgan ot shu tarzda tahlil qilinadi.

Mashq bajarib bo'lingach, o'quvchilarning o'ziga xulosa chiqartiriladi: Ba'zi otlarga egalik qo'shimchalari qo'shilganda o'zakda i tovushi tushishi mumkin.

VI.Mustahkamlash. 177-178-mashq o`quvchilar bilan birgalaikda bajariladi.Quyidagi qoida yod olinishi kerakligi uqtiriladi.

Ba`zi otlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda o`zakda quyidagicha tovush o`zgarishi yuz beradi. –unli tovush tushib qoladi.

--undosh tovush almashadi

V.Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar baholanadilar..

VI. Uyga vazifa.: 179-mashq. MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Egalik qo’shimchalari qo’shilgan otlarda tovush o’zgarishlari .

Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarning egalik qo'shimchalari qo'shilishi bilan so'z o'zagidagi o'zgarishlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash. She'rlarni yoddan yozish ko'nikmasini shakllantirish Tarbiyaviy: mashqda berilgan maqollar orqali o'quvchilarda do'stlik, mehnatsevarlik, ilmga chanqoqlik fazilatlarini shakllantirish. Rivojlantiruvchi: Topishmoqlar orqali o'quvchilarning zehnini o'stirish;

Darsning turi: : mustahkamlovchi dars.

Darsning metodi: izlanishli, muammoli metod.

Darsning jihozi: : shaxs va narsa rasmlari. jadvallar.

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

Test.
Egalik qo'shimchasi qo'shilishi bilan so'z o'zagida o'zgarish bo'lgan so'zlar qatorini belgilang.



A. Oyog'i, qanoti.

B. Chirog'i, qorni.

III.Mavzu bayoni.180-mashq.Nuqtalar o`rniga II shaxs birlikdagi egalik qo`shimchalarini qo`yib o`qiymiz va daftarda ,doskada yozamiz.

Turar boylikka kon tog`ing

Quyosh erur chin o`rtog`ing

O`ynab oqar sho`x bulog`ing

Mening yurtim,O`zbekiston

181-mashq .Nuqtalar o`rniga egalik qo`shimchalaridan mosini o`yib,topishmoqlarni o`qing,javobini toping.

1.Chaqolmaysan tezda,qattiq po`chog`ing,

Chaqsanh mag`zi mazali,yog`dir o`chog`ing

2.Barmog`i boru,tirnog`i yo`q

3.Oyog`i yo`q qochadi

Qanoti yo`q uchadi

VI.Mustahkamlash.182-183-mashq sharti yuzasidan bajariladi.
V.Baholash. O'quvchilarni darsdagi ishtirikiga ko`ra baholayman.

VI. Uyga vazifa.: 184-mashq.

MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: 6-Nazorat ishi .

Maqsad: Ta`limiy: O`quvchilar bilimini aniqlash; Tarbiyaviy: Kasblarga qiziqishlarini orttirish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning eshitib,to`g`ri yozish malakalarini o'stirish.

Darsning turi: tekshiruvchi

Darsning metodi: mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: diktant matni

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Diktant daftarlari tarqatiladi.Bugungi dars maqsadi bilan tanishtiraman.Sana va diktant mavzusi doskaga yoziladi.
III.Nazorat ishi bayoni.

Kulol

Rahim boboni usta kulolchi deb maqtashadi.Bobo yasagan ko`zalar,laganlar,tovoq va guldonlar shunday bejirim chiroyliki,ko`rganalr havas qiladilar.

Sopol buyum qilish uchun avval maxsus tuproqdan loyni obdan pishiriladi.So`ng unga shakl beriladi.Buning uchun maxsus asbob bo`ladi.Rahim bobo murakkab bu ishni juda tez va sifatli bajaradilar.

Rahim boboning ko`p shog`irdlari bor .Ular ustozlaridan kulolchilik sirlarini o`rganib olganlar.Tayyor mahsulotlarga gul solish ham bir san`at.Rahim bobo boshchiligida tayyorlangan mahsulotlar xaridorlar tomonidan sevib xarid qilinadi.
VI.Mustahkamlash.
O`quvchilar yozgan diktantlarini tekshiradilar.
V.Baholash.O'quvchilarni baholash uchun daftarlari yeg`ib olinadi.
VI. Uyga vazifa.: Takrorlash.
MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Nazorat ishining tahlili .

Maqsad: Ta`limiy: Xatolar ustida ishlash; Tarbiyaviy: Qilgan xatolarini to`g`rilashga o`rgatish.. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi-tekshiruvchi

Darsning metodi: mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: daftarlari va diktant matni

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.


II.Daftarlar tarqatiladi.O`quvchilarning yozgan diktantlari uchun olgan ballari e`lon qilindi.

Kim qanday xatoga yo`l qo`yganligini aytib o`tish .

O`quvchilar diktant yozishda yo`l qo`yilgan xatolarni ko`rib chiqib , alohida qatorga to`g`rilab chiroyli qilib yozadilar .
IV. Induvidual xatolar ustida ishlash .

Har bir o`quvchi o`zining xatosini daftardan ko`rib chiqqan holda uni to`g`rilashga kirishadi Harflarni imlo xatolariga qarab to`g`rilab yozish kerakligi uqtiriladi..

Tipik xatolar ustida ishlash .

Lug`at so`zlardan foydalanish .


V.Aylanma daftarga diktant yozish .
V.Baholash.O'quvchilarni baholash uchun daftarlari yeg`ib olinadi.
VI. Uyga vazifa.: Gap tuzish.
MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Otlarning kelishik qo’shinchalari bilan qo’llanishi haqida ma’lumot .

Maqsad: Ta`limiy: otlarning gapda boshqa so'zlar bilan kelishik qo'shimchalari yordamida bog'lanishi, kelishik qo'shim­chalari, uning nomlari, so'roqlari va vazifasi yuzasidan elementar amaliy bilim berish. Tarbiyaviy: o'quvchilarda mehnatga havas uyg'otish, kitobning inson uchun foydali tomonlarini yoritib berish . Rivojlantiruvchi: Kutubxona, qal'a so'zlarining yozilishi va ma'nosini bilib olish orqali o'quvchilarning lug'atini boyitish, savodxonligini oshirish; Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars

Darsning metodi: yarim izlanishli muammoli metod.

Darsning jihozi: „ Otlarning kelishiklar bilan qo'llanishi" jadvali.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar. Doskaga so'zlar yozib qo'yiladi. O'quvchilar quyiroqda berilgan so'roqlarga ko'ra so'zlarni joylashtirib, gap tuzadilar.

Koptogini o 'ynadik Komilning biz.

Kim? kimning? nimasini? nima qildik?



Cho 'mildi Ahmad anhorda.

Kim? qayerda? nima qildi?

Tuzilgan gaplar asosida gapda so'zlar o'zaro bog'lanadi, degan xulosa chiqariladi.

III.Yangi mavzu bayoni. (185- mashq matni asosida)

Doskaning chap tomoniga mashqning matni yozib qo'yiladi. Ajratilgan so'zlar orqali o'quvchilar har bir gapda qo'llangan mehnat so'ziga so'roq beradilar va mehnat so'zini o'zi bog'langan so'z bilan aytadilar. O'quvchi doskaga yozib boradi:

nima? tarbiyalaydi — mehnat tarbiyalaydi;

nimani? seving — mehnatni seving;

nimaga? o'rgating — mehnatga o'rgating;

nimada? sinaladi — mehnatda sinaladi;

nimadan? kelsa — mehnatdan kelsa.

Doskaning o'ng tomoniga -ning, -ni, -ga, -da, -dan qo'shim­chalari yozib boriladi.

O'quvchilarga shu qo'shimchalarni tushirib o'qish topshiriladi. So'zlar o'zaro bog'landimi? -ning, -ni, -ga, -da, -dan qo'shimchalari qanday vazifa bajaryapti? (Gapda so'zlarni bir-biriga bog'layapti).

Eslang, bu qo'shimchalar qanday qo'shimchalar deyilar edi?
So'z O'zgartuvchi qo'shimchalar qaysi so'z turkumidagi so'zlarga

qo'shilgan? (Ot turkumidagi so'zlarga qo'shilgan).



O'quvchilarga „Otlarga qo'shilgan bu qo'shimchalarni yana nima deb nomlash mumkin?", — degan muammoli savol beriladi.

otlarga qo'shilgan -ning, -ni, -ga, -da, -dan kelishik qo'shimchalaridir.

VI.Mustahkamlash.186-187-mashqlar sharti yuzasidan bajariladi.

V.Baholash.O'quvchilar darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar.

VI. Uyga vazifa.: 188-mashq.

MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Otlarning kelishik qo’shinchalari bilan qo’llanishi .

Maqsad: Ta`limiy: Otlarning kelishik qo’shinchalari bilan qo’llanishi mashqlar yordamida o'rgatish; Tarbiyaviy: Tabiat jonzotlariga muruvvat ko'rsatishga undash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi-tekshiruvchi

Darsning metodi: mustahkamlovchi.

Darsning jihozi: „ Otlarning kelishiklar bilan qo'llanishi" jadvali.

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Mavzu bayoni. O'quvchilarga quyidagi savollar beriladi.



  • Otlarda nechta kelishik bor va qanday nomlanadi?

  • Kelishiklarning nomini kim tartibi bilan ayta oladi?

  • Har bir kelishik o'zining nimasiga ega?

  • Qaysi kelishikning qo'shimchasi yo'q?

O'quvchilar doskadagi birikmalarni daftarlariga yozib oladilar.

Shu savollar bilan o'quvchilarning dastlabki tushunchalari aniqlanadi. O'quvchilarning tushunchalarini to'ldirish, bilimlariga aniqlik kiritish maqsadida darslikdagi mashqlar ustida ishlanadi.

VI.Mustahkamlash.

190-mashq sharti yuzasidan bajariladi.

Zag`izg`onlarning qiziq odati bor.Ular har yili kuzda qirqtacha yohg`oqni o`g`irlaydi.Bu yong`oqlarni yerga ko`mib qo`yadi va xohlagan vaqtida olib yeydi.Ko`pincha bu yong`oqlardan o`ttiz sakkiz-o`ttiz to`qqiztasini yeb bo`lib,hisobidan adashib qoladi.Yerda qolib ketgan yong`oq kelasi bahorda unib chiqadi.

191-mashq o`quvchilar bilan birgalikda daftarda va doskada bajariladi.

V.Baholash. O'quvchilarni darsdagi ishtirikiga ko`ra baholayman.

VI. Uyga vazifa.: 192-mashq.

MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Otlarning kelishik qo’shinchalari bilan qo’llanishi (mustahkamlash).

Maqsad: Ta`limiy: mavzuni mustahkamlash; Tarbiyaviy: Chiroyli yozish orqali nafosta terbiyasini singdirish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi-mustahkamlovchi

Darsning metodi: mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: jadval va plakatlar.

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

VI.Mustahkamlash.O`quvchilarga quyidagi savollar beriladi va javoblari izohlanadi.



  • Gapda otlar boshqa so'zlarga qaysi qo'shimchalar yordamida bog'lanadi?

  • Kelishik qo'shimchalarini ayting.

  • Bosh kelishikdagi ot qanday so'roqqa javob bo'ladi?

  • Qaratqich, tushum kelishiklaridagi otlar-chi?

  • Jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishiklaridagi otlar-chi?

  • Kelishik qo'shimchalari qanday vazifa bajaradi?

  • Mehnat haqida qanday maqollar bilasiz?

  • Mehnat qilish va ilm olish orqali nimaga erishasiz?

  • Kitob bizni nimaga o'rgatadi?

Maktab kutubxonasiga yozilganmisiz?

193-mashq bajariladi.

Turkiy til o`lkasi

--- Oftob.Quyosh,Kun,Shams degan nomlarim bor.Men oltin aravamda hamma o`lkalarni kezdim.Biroq turkiy til o`lkasi bo`lmish O`zbekiston meni o`ziga tortadi.

---Mening ham ishlarim Oftobbibinikidan kam emas.Kitoblarda Koinot,Falak,Fazo,Ko`k deb qo`llaydilar.suhbatlardaOsmon deb ishlatiladi.

Ularning suhbatida shehshaklar ,Qushlar aralashdi.

Ular ham turkey til o`lkasi O`zbekistonda yashayotganliklaridanquvonishardi.

Bu mashqdan so`ng Osmon,Quyosh so`zlarini sinkveyn metodiga qo`yamiz.

194-mashqni yozamiz.

V.Baholash. O'quvchilarni darsdagi ishtirikiga ko`ra baholayman.

VI. Uyga vazifa.: 195-mashq.

MRO`TIBO`__________


Sana. Mavzu: Bosh kelishik.

Maqsad: Ta`limiy: O`quvchilarni bosh kelishik,uni gapda qo`llanilishi haqida ma`lumot berish. Tarbiyaviy: Tabiatni sevishga undash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning metodi: mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: rasm va jadvallar.

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Yangi mavzu bayoni.196-mashq yuzasidan yoddan yozuv diktanti o`tkazamiz.

Har xil ko`chatni Oyxon

Jo`yakka ekib qo`ydi.

Jambil,sada,oshrayxon

Barg yozsin deb suv quydi.

O`quvchilar she`rni bir necha marta o`qib yod oladilar.So`ng kitobni yopib qo`yadilar va she`rni yoddan yozadilar.

VI.Mustahkamlash.
197-mashq sharti yuzasidan bajariladi.

Buyuk bo`yoqchi qirqta qozonda bo`yoqlarni pishirar ekan.Bo`yoqlarga xaridor bo`lib Bahoroy kelibdi.U o`ziga yashil bo`yoqni tanlabdi.

Shu payt kunchiqar tomondan Yoz yetib kelibdi.Bo`yoqchi yozga har xil bo`yoqlardan beribdi.So`ng bo`yoq bozoriga Kuz kelibdi.Kuzsariq,pushti,zarg`aldoq ranglardan olibdi.Hammadan keyin Qish kelibdi.Bu paytda qozqnda faqat oq rang qolgan ekan.Qish boshqa fasllardan xafa bo`libdi.Shuning uchun odamlar Qish o`ksimasindeb Yangi yilda archaning shoxlariga turli rangdagi o`yinchoqlarni osib qo`yar ekanlar.
V.Baholash. O'quvchilarni darsdagi ishtirikiga ko`ra baholayman.

VI. Uyga vazifa.: 198-mashq.

MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Bosh kelishik.

Maqsad: Ta`limiy: Mavzuni takrorlash; Tarbiyaviy: Tabiat jonzotlariga muruvvat ko'rsatishga undash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: mustahkamlovchi

Darsning metodi: mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: rasm va jadvallar.

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Darslik bilan ishlash. 199-mashq. Matnni o'qing. Bosh kelishikdagi otlarni toping.

Anor O'zbekistonda ko'p uchraydi. Anorning barglari mayda, nashtarsimon bo'ladi. Shoxiari tikanli bo'ladi. U iyun-iyul oylarida gullaydi. Mevasi yirik, dumaloq, qizg'ish yoki oqish bo'ladi. Ta'mi shirin, nordon, sersharbat. Anor sovuqqa chidamsiz mevali daraxtdir.

Bosh kelishikdagi otlarni o'zi bog'iangan so'z bilan ko'chiring. Otning gapdagi vazifasini ayting,



Lug`at ishi o`tkazaman.

nashtarsimon — o'tkir, sanchiladigan

sersharbat — sharbati, shirasi ko'p

200- mashq. Oybekning she'rlaridan parchaiarni o'qing. Bosh kelishikdagi otiarni so'roqlar yordamida aniqlang.

LQushlar endi qochmangiz, Dil sirlarin ochmangiz. .

2. Tog'larga tushdi qor, vodiylarda quyosh! Bog'larda bog'bonlar ko'madilar tok.

VI.Mustahkamlash.201-mashq doskada va daftarda bajaramiz.


V.Baholash. O'quvchilarni darsdagi ishtirikiga ko`ra baholayman.

VI. Uyga vazifa.: 202-mashq.

MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Qaratqich kelishigi.

Maqsad: Ta`limiy: Qaratqich kelishigi va uning qoshimchalari bilan tanishtirish; Tarbiyaviy: Tabiat jonzotlariga muruvvat ko'rsatishga undash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi-tekshiruvchi

Darsning metodi: mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: bayon matni

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Yangi mavzu bayoni. 204- mashq. Matnni o'qing. Qaratqich kelishigidagi otiarni aniqlang.Kelishik qo'shimchasi otni qaysi so'z bilan bog'lagan?

Barnoning lunjlari osildi. U buvisining oldiga keldi:

Buvi, Munira yomon qiz ekan. Ko'chamizdagi gulni ko'chirib ketdi.

Munira ko'chamizning fayzini buzibdi-da, — dedi buvisi.
Shu kuni Barnoning chiroyi ochilmadi.

Kechga yaqin gulzorga kirdi. Gulsafsarning tagini yumshatdi, uni asta ko'chirib oldi. So'ng Munira ko'chirib ketgan gulning o'rniga o'tqazdi.

Qaratqich keiishigidagi otiarni o'zi bog'langan so'z bilan birga ko'chirib, qaratqich kelishigi qo'shimchasini tegishlicha beigilang.

-ning qo'shimchasi otni qaysi turkumdagi so'zlarga bog'laydi?

205- mashq. Berilgan otga mos otlar taniab, birikma tarzida yozing.




VI.Mustahkamlash.Savol –javob asosida mustahkamlasnib olinadi.

V.Baholash. O'quvchilarni darsdagi ishtirikiga ko`ra baholayman.

VI. Uyga vazifa.: 206-mashq.

MRO`TIBO`__________




Sana. Mavzu: Qaratqich kelishigi.

Maqsad: Ta`limiy: Qaratqich kelishigi va uning qoshimchalari bilan tanishtirish; Tarbiyaviy: insoniy sifatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi.

Darsning metodi: mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: rasm va plakatlar.

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Darslik bilan ishlash. 207- mashq. Topishmoqni o'qing, javobini toping va yoddan yozing.



Olmaning akasiman, Behining ukasiman, Surxon tomon yursangiz Mezbonning kattasiman.

Qaratqich kelishigidagi otlarning tagiga chizing.

VI.Mustahkamlash. 208-mashq. Matnni o'qing. Qaratqich kelishigidagi otiarni
aniqlang.

Gulnozning o'zi aqlii qiz. U xolasining uyiga borsa, jim o'tirmaydi. Uylarni yig'ishtiradi.

Bir kuni xolasi Gulnozni o'zi ishlaydigan fabrikaga olib bordi. U yerda ayollar bolalarning ko'yiaklarini tikishayotgan edi. Gulnoz chevarlarning ishini kuzatdi.

Tikuvchilardan biri ko'ylakning yoqasini, ikkinchisi yonini tikardi. Gulnoz ko'ylakni bir kishi tikadi deb o'yiardi. Endi bilib oldi, bitta ko'ylakni bir necha kishi tikar ekan.

Gulnoz ko'ylagini kir qilmasdan kiyishga ahd qildi.

Qaratqich kelishigidagi otni o'zi bog'langan so'z bilan birikma tarzida ko'chiring.

V.Baholash. O'quvchilarni darsdagi ishtirikiga ko`ra baholayman.

VI. Uyga vazifa.: 210-mashq.

MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Tushum kelishigi.

Maqsad: Ta`limiy: Tushum kelishigi va uning qoshimchalari bilan tanishtirish Tarbiyaviy: Tabiat jonzotlariga muruvvat ko'rsatishga undash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi.

Darsning metodi: tushuntirish,mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: bayon matni

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Yangi mavzu bayoni.211-mashq nima haqida ekanligi o`qib,bilib olinadi.Ajratilgan otlarga so`roq beramiz va ular qaysi kelishikda qo`llanilgani bilib olamiz.

Lug`at ishi o`tkazaman.



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish