(-ning qo'shimchasi.)
Bunday qo'shimchalar qanday nomlanardi? (So'z o'zgar-tuvchi qo'shimchalar.)
Gapda so'zlar so'z o'zgartuvchi qo'shimchalardan tashqari ohang yordamida ham birikadi.
Matndagi 2—3-gaplardagi ajratilgan so'zlar ham o'zi bog'langan so'z bilan birga o'quvchilarga mustaqil ravishda yozdiriladi va nimalar vositasida bog'langanligi so'raladi.
IV.Mustahkamlash.28-mash shartiga ko`ra bajariladi.
IV.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.
V.Uyda.29- mashq . MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Gapda so`zlarning bog`lanishi.
Maqsad:
Ta`limiy: o'quvchilarning gap bo'laklari, gapda so'zlarni bog'lovchi vositalar, gapning mazmuniga ko'ra turlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Tarbiyaviy: o'quvchilarning iqtisodiy bilimlarini aniqlash. Ularni tejamkorlikka, hushyorlikka, mehnatsevarlikka o'rgatish. Do'stga sadoqat his-tuyg'ularini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: U laming lug'atini iqtisodchi, tejamkor, hamyon so'zlari bilan boyitish. Mashq matnlari orqali bog'lanishli nutqini o'stirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, muammoli metod.
Darsning jihozi: predmet rasmlari, tabiat tasviri.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
ITashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti. Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. Darslik bilan ishlash. 30- mashq. Obid Rasul she'rlaridan olingan parcha ifodali o'qib eshittiriladi. Mazmunan noto'g'ri qo'llangan so'zlar aniqlanadi. O'quvchilar ularni boshqa so'zlar bilan almashtirib, daftarga husnixat bilan yozadilar. Shu so'zlarning qanday gap bo'lagi ekanini mustaqil ravishda aniqlaydilar.
Osmondagi quyoshning porlab turishini yana qanday ataymiz? (Charaqlab turibdi, kulib turibdi, deb ataymiz.)
Yig'lardi so'zi kulardi so'ziga ma'nodosh bo'la oladimi? (Yo'q. Bu ikki so'zning ma'nolari bir-biriga zid. Bu so'zlar qara-ma-qarshi ma'noli so'zlardir.)
Yig'lardi so'zi o'rniga qaysi so'zni qo'yasiz? (Kulardi quyosh—kulardi so'zini qo'yamiz.) Birinchi she'riy parchada mazmunan noto'g'ri qo'llangan so'zni aniqlang va daftaringizga mazmunan to'g'ri keladigan so'zni qo'yib yozing. {Kulardi quyosh.)
Kulardi so'zi qanday bo'lak bo'lib kelgan? So'roq berib ko'ring. (Kulardi—nima qilardi? — kesim.) Qolgan gaplar ham shu tarzda tahlil qilinadi.
31- mashq. O'quvchilar matnni o'qiydilar. Matndagi mazmunan bog'lanmagan so'zlarni aniqlaydilar. Ularni tushirib qoldirib yoki boshqa so'z bilan almashtirib yozadilar. Ajratib ko'rsatilgan gapni gap bo'laklari bo'yicha tahlil qiladilar.
— Birinchi gapdagi iqtisodiy bilimga ega bo imagan odam deganda
nimani tushunasiz? (Hisob-kitobni bilmaydigan odam degani.)
Hamyon so'zi qanday ma'noda kelgan? {Boylik,pul .ma'nosida kelgan.)
Hamyon o'zi qanday narsa? (Pul solib yuriladigan narsa.)
III.Mustahkamlash. O'quvchilarning bo'lim yuzasidan olgan bilimlarini aniqlash
— Nutq nima? (Bizning gap orqali ifodalayotgan fikrimiz.)
Nutqning qanday shakllari bor? (Nutqning og'zaki va yozma shakllari bor.)
Nutqning yozma shakli nima deb nomlanadi? (Nutqning yozma shakli matn deb nomlanadi.)
Matn qanday gaplardan tuziladi? (Matn o'zaro bog'langan va bir-biri bilan bog'lanmagan gaplardan tuziladi.)
Matnni nimalarga bo'lish mumkin? (Matnni qismlarga bo'lish mumkin.)
Matnga nima qo'yiladi? (Matnga sarlavha qo'yiladi.)
IV.Baholash. o'quvchilar bilimini baholash.
V.Uyda.32- mashq
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: 1-nazorat ishi .
Maqsad:
Ta`limiy: o'quvchilarning yozma nutqlarini o'stirish. Tarbiyaviy: O'quvchilarning ona Vatanga bo'lgan muhabbatlarini oshirish.
Rivojlantiruvchi: Rasm asosida fikr bayon qilishga o'rgatish.
Darsning turi: o'quvchilarning bilim darajalarini aniqlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: qovun polizi aks ettirilgan rasm.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
ITashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Nazorat ishi bayoni. o'qituvchi bugungi darsda ta'limiy insho o'tkazilishini aytib, ularni insho yozishga tayyorlaydi.
O'quvchilar diqqatiga „Qovun polizda" rasmi havola qilinib, suhbat uyushtiriladi.
Rasmda nimalarni ko'ryapsiz?
Polizda nimalar pishib yetilgan?
Polizda bolalarni kim kutib oldi?
Bolalar polizda nima qildilar?
Doskada oldindan yozib qo'yilgan quyidagi so'zlar o'quvchilar diqqatiga havola qilinadi.
Tog'a, Hasan, Husan, Munisa, hatto, dala, sarg'aygan qovunlar, olachipor tarvuzlar, chayla, umrvoqi, ko 'kalapish, doniyor, qo 'zivoy, shirinak, uzilgan, dumalab yotardi.
O'qituvchi qovun turlari haqida, ko'rinishi haqida ma'lumot beradi. O'quvchilar yuqoridagi so'zlar ishtirokida rasmga qarab gap tuzadilar.
Har bir rejada nima haqda yozmoqchi ekanliklari o'quvchilardan so'raladi. So'ngra uch-to'rt o'quvchi reja asosida o'z fikrlarini bayon qiladilar. Lozim bo'lsa, o'qituvchi tuzatishlar kiritib boradi.
O'quvchilarga noaniq bo'lgan o'rinlar oydinlashtiriladi.
O'qituvchi o'quvchilarning diqqatini yana rasmga qaratadi va nimalar haqida yozishni rejalashtirishni so'raydi. O'quvchilar o'z rejalarini aytadilar va eng ma'qul deb tanilganlari doskaga yozib boriladi.
Reja:
Qovun polizining ko'rinishi.
Mavlon tog'aning hikoyasi.
Shirinak tanlovi.
Bolalar xursand qaytdilar.
III.Mustaqil ish.O'quvchilar inshoni yozishga kirishadilar. O'qituvchi parta oralab yurib, o'quvchilarga qiynalgan o'rinlarda yordam beradi. Insho quyidagicha bo'lishi mumkin.
Kuz fasllar ichida eng go'zal fasl hisoblanadi. Kunlarning birida shaharda yashovchi Munisa onasi va dadasi bilan qishloqqa bordi. Ularni buvasi kutib oldi. Ertasi qishloqda „Qovun sayli" bo'lib o'tdi. Qizlar qovun saylini birinchi ko'rishlari edi. Juda xursand bo'ldilar.
Poliz egasi Mavlon tog'a qovun sayli uchun alohida tay-yorgarlik ko'rgan ekan. U kishi bolalarni chaylaga taklif qildi. Chayla atrofiga terib qo'yilgan turli qovunlarni ko'rgan qizlar hayron bo'lib, Mavlon tog'adan qovunlar haqida so'radilar.
Mavlon tog'a qovunchilik bilan bolaligidan shug'ullanib kelganini, O'zbekistonimizda qovunlarning bir necha xili borligini aytdi. Qo'liga tuxumga o'xshash botiq yo'lli sariq qovunni olib ko'rsatdi. Uning oti bosvoldi ekan. Nonushta qilib olgan bolalar poliz oralab ketishdi. Ular eng shirin qovunni tanlab, shirinaki o'yinining g'olibi bo'lishni istardilar. Munisa ham chiroyli qovun tanladi. Chaylada qovunlarni so'yib, sinab ko'rishdi. Eng shirini Hasan-Husanlar tanlab chiqqan doniyor qovuni bo'ldi.
Bolalar qanday qilib kech tushganini bilmay qoldilar.
O'qituvchi o'quvchilar inshoni yozolmay qiynalsalar, yuqoridagi matnni o'qib berishi va ularga yo'llanma ko'rsatishi mumkin.
IV.O'quvchilarning daftarlari yig'ib olinib, dars yakunlanadi.
V.Uyga darslikning 19- betidagi topshiriqni bajarish vazifa qilib beriladi.
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: 1-nazorat ishi tahlili
Maqsad:
Ta`limiy:o'quvchilarning nazorat ishi bo`yicha bilimlarini aniqlash.
Tarbiyaviy:O`quvchilarda Ona –tabiatga bo`lgan mehrni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: mustahkamlash.
Darsning metodi: analiz-sintez,suhbat.
Darsning jihozi: nazorat ishi daftarlari,savolli kartochkalar,test.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
ITashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.
III Inshoning umumiy natijasi bilan o`quvchilarni tanishtirish .
Kim qanday xatoga yo`l qo`yganligini aytib o`tish .
O`quvchilar insho yozishda yo`l qo`yilgan xatolarni ko`rib chiqib , alohida qatorga to`g`rilab chiroyli qilib yozadilar .
III. Induvidual xatolar ustida ishlash .
Har bir o`quvchi o`zining xatosini daftardan ko`rib chiqqan holda uni to`g`rilashga kirishadi Harflarni imlo xatolariga qarab to`g`rilab yozish .
Tipik xatolar ustida ishlash .
Lug`at so`zlardan foydalanish . Aylanma daftarga lug`at diktant yozish .
V. Test savollari bilan ishlash .
1. Qaysi qatordagi gaplar bosh va ikkinchi darajali bo laklar-
dan tuzilgan?
A. Kuz boshlandi.
B. Kuz erta boshlandi.
D. Halima xola keldi.
2. Qaysi qatorda gap berilgan?
A. Ko'm-ko'k dalalar.
B. Sarg'aygan barglar.
D. Barglar sarg'aygan.
VI. Uyga vazifa: Kuz haqida 3-4 ta gap yozib kelish .
MRO’TIBO’ _________________________
Sana. Mavzu: Uyushiq bo`lakli gaplar haqida gaplar
Maqsad:
Ta`limiy: gapning uyushiq bo'laklari haqida tushuncha hosil qilish, Tarbiyaviy: muomala odobiga, o'quv qurollarini asrashga o'rgatish.
Rivojlantiruvchi: fikrni ixcham va tushunarli ifodalash malakasini shakllantirish; Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, yarim izlanishli muammoli metod.
Darsning jihozi: uyushiq bo'lakli gaplar yozilgan jadval, turli chizmalar, kartochkalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
ITashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. Dars misollar yozilgan kartochkalar tarqatib, undan gap bo'laklarini aniqlatishdan boshlanadi.
Gap bo'laklari yuzasidan suhbat.
O'quvchilarga doskaga ilingan jadvaldagi quyidagi gaplar o'qitiladi:
Bolaning erkatoyligi va tantiqligi ota-onani tashvishlantiradi.
O'quvchilar darsda o'qiydi va yozadi.
1- gapni o'qing. Gapning kesimini toping (tashvishlantiradi). Gapning egasini toping (erkatoyligi va tantiqligi). Gapda egalar nechta ekan? (2 ta)
2- gapni o'qib, kesimni toping (o'qiydi va yozadi). Gapda nechta kesim qatnashgan( (2 ta). Ular qaysi so'zga bog'langan?(O'quvchilar so'zi — egaga bog'langan.)
Yuqoridagi 1- gapda bir xil so'roqqa javob bo'layotgan 2 ta ega, 2- gapda esa 2 ta kesim qatnashgan. Bular sanash ohangi bilan o'qilyapti. Bularni biz gapning uyushgan bo'laklari deb nomlaymiz. Ayting-chi, gapning qaysi bo'laklari uyushib kelar ekan? (Gapning bosh bo'laklari — ega va kesim uyushib kelar ekan.)
Gapning ikkinchi darajali bo'laklari ham bir xil so'roqqa javob bo'lib, bitta so'zga bog'lansa, uyushib kelgan bo'ladi. Ular ham gapning uyushiq bo'laklari deb yuritiladi.
IV.Mustahkamlash.34-mashq shartiga ko`ra bajariladi. Gaplarni o'qib va ko'chirib yozadilar. So'roqiar yordamida gap bo'laklarini aniqlab,, tagiga chizadilar 35- mashq. Mashqning sharti tushuntiriladi.O`quvchilar doskada vadaftarlarida bajaradilar.
IV.Baholash.O'quvchilar darsdagi ishtiroklariga qarab baholanadilar.
V.Uyda.37- mashq. MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Gapda eganing uyushib kelishi.
Maqsad:
Ta`limiy: Gapda eganing uyushib kelishi haqida tushuncha hosil qilish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat,amaliy,ko`rsatmali.
Darsning jihozi: turli xil rasmlar ,jadvallar,tarqatmalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni.Doskaga ilingan jadval yordamida mavzuni tushuntirib beraman.
Mening daftarim, ruchkam, chizg'ichim, bo'yoq qalamlarim bor.
Bir xil so'roqqa (nima?) javob bo'lgan so'zning ega ekanligi, unung uyushib kelganini aytaman. Doskadan gapni ko`chirib oladilar.Uyishib kelgan so`zlarning (egalarning) tagiga bir to'g'ri chiziq chizadilar.
IV.Mustahkamlash. 38- mashq. O'qing. So'roqiar yordamida gapning uyushiq bo`laklarini toping.
Bulbul, mayna, qumri Xush ohangda sayrashar. Erkin, Gulnoz, Umri Bog'dan jilmay yayrashar.
Ilyos Muslim
Qaysi bo'lak uyushib kelgan? Ular qaysi so'zga bog'langan?
O`quvchilar doskada va daftarda mustaqil bajaradilar,qiynalgan o`quvchilarga yordamlashaman.
39- mashq. Matnni o'qing. Uyushiq egalarni aniqiab, tagiga chizing,
Keng dalalar, o'rmon, dengizlar, Go'zal bog'lar— bari bizniki. Daryo, ko'iiar, serhosil yerlar, Oltin tog'lar hur elimniki.
IV.Baholash. O'quvchilar darsdagi ishtiroklariga qarab baholanadilar
V.Uyda.40- mashq.
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Gapda kesmning uyushib kelishi.
Maqsad:
Ta`limiy: Gapda kesmning uyushib kelishi naqida tushuncha berish
Tarbiyaviy:O`quvchilarda insoniy sifatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsning metodi: suhbat,amaliy,savol-javob.
Darsning jihozi: turli xil rasmlar ,plakatlar,tarqatma materiallar
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.Daftarlar almashtiriladi.
III.Mavzu bayoni. Mavzuni quyidagi mashqni bajarish bilan tushuntirib beraman.
41- mashq. O'qing. Har ikki ustunda berilgan gaplarni taqqoslang.
Men she'rni o'qidim. Men she'rni o'qidim, yodladim.
Men she'rni yodladim.
Bir xil so'roqqa javob bo'lgan so'zlarni toping. Ulaming gapdagi vazifasini aniqlang.
Qaysi ustunda berilgan gaplarda fikr ixcham ifodalangan? Demak gapda kesimlar ham uyushib keladi.
IV.Mustahkamlash. 42- mashq. Matnni o'qing va ko'chiring. Uyushiq kesimlarni topib, tagiga chizing.
OVQATN! ARALASH YEGAN KISHI
Tabib bir kishining ikki xil quyuq ovqat yeb o'tirganini ko'rdi va unga dedi:
— Ikki xil ovqatni aralashtirib yema. Ular qorning ichida kelishoimaydi va o'zaro janjallashadi.
U kishi quloq solmay yeyaverdi. Ammo ertasiga kasal-landi. So'ng o'sha tabibga odam yubordi. Tabib kelib unga:
Aytmaganmidim, bu ikki ovqatni yema. Ular ke-isholmaydi deb! — deya ta'na qildi.
Yo'q, gaping noto'g'ri,—dedi bemor. Aksincha, u!ar kelishishdi va meni qulatishdi.
V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.
VI.Uyda.44- mashq . MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Gapda ikkinchi darajali bo`laklarning uyushib kelishi
Maqsad:
Ta`limiy: Gapda ikkinchi darajali bo`laklarning uyushib kelishi haqida bilim berish
Tarbiyaviy:O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. Mavzuni 45-mashni bajarish bilan tushuntirib beraman
45- mashq. Matnni o'qing. Bir xil so'roqqa javob bo'lgan sczlarni aniqlang.
Bulbulcha inidan uchib chiqibdi. Atrofda oq, sariq,qizil guilar ochilib yotganini ko'ribdi. Mayin, yoqimli ovoz bilan sayray boshlabdi.
Gapning qaysi bo'Iaklari uyushib kelgan?
Gapda ikkinchi darajali bo'iaklar uyushib keladi.
IV.Mustahkamlash.Husnixat mashqlari o'tkazish.
46-mashq. She'riy parchani o'qing. Uyushiq bo'laklami aniqlang. Gapning qaysi bo'laklari uyushgan?
Men maktabdan kelaman, Bir-bir salom beraman. Avval buvamga, Keyin buvimga, Keyin dadamga, Keyin oyimga.
Habib Rah mat
Berilgan she'riy parchani bitta gap bilan ifodalang. Gapni yozing.
IV.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.
V.Uyda.47- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi. Matnda nechta gap borligini aniqlash, matn mazmunini hikoya qilish va unga sarlavh topib kelish aytiladi. MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Uyushiq bo`lakli gaplar.
Maqsad:
Ta`limiy: Uyushiq bo`lakli gaplar haqida bilim berish
Tarbiyaviy:O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. 48- mashq. Berilgan gaplardagi takrorlanib kelgan so'zlarni tu-shirib qoldirib, gapni qayta tuzing va yozing. Qaysi bo'laklar uyushib kelganini ayting. 1. Kuzda qaldirg'ochlar issiq tomonlarga uchib ketadi. Kuzda bulbullar issiq tomonlarga uchib ketadi. 2. Bu qushlar Kavkazga uchib ketadilar. Bu qushlar Hin-distonga uchib ketadilar. 3. Chumchuqlar esa o'lkamiz-da qishlaydilar. Musichalar esa o'lkamizda qishlaydilar.
IV.Mustahkamlash.Husnixat mashqlari o'tkazish.
49- mashq. Matnni o'qing. Matnda nechta gap bor? Sizga gaplarning tuzilishi yoqdimi?
CHUMOLILAR
Chumolilarning turi juda ko'p. Ular pastliklarda yashaydi. Dalalarda yashaydi. O'rmonlarda yashaydi. Qirlarda yashaydi. Yer yuzida och sariq chumolilar uchraydi, jigarrang chumolilar uchraydi. Qora chumolilar uchraydi. Sariq chumolilar uchraydi. Ular mevali bog'larda zararii hasharotlarga qiron keltiradi. Ular paxtazorlarda zararii hasharotlarga qiron keltiradi.
Gaplarni qayta tuzib, matnni yozing. Uyushiq bo'laklarning tagiga chizing. Qaysi bo'laklar uyushib kelganini ayting.
V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.
V.Uyda.50- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi. Matnda nechta gap borligini aniqlash, matn mazmunini hikoya qilish va unga sarlavh topib kelish aytiladi. MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Uyushiq bo`lakli gaplar.
Maqsad:
Ta`limiy: Uyushiq bo`lakli gaplar haqida bilim berish
Tarbiyaviy:O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. 51-mashq. Topishmoqlarni o'qib, ularning javobini toping.
1. Tog'da, bog'da yashaydi, Qishda, yozda yashnaydi. 2. U bahorda unadi, Yozda kuchga to'ladi. 3.Kuzda pishib yetilib, Tog'-tog' xirmon bo'ladi.
IV.Mustahkamlash.Husnixat mashqlari o'tkazish.
52- mashq. She'rni o'qing, ko'chirib yozing.
Vatanim bog'larini,
Ko'ko'par tog'larini,
So'nmas .chiroqlarini,
Ko'zim bilan asrayman.
Obid Rasul Uyushiq bo'laklami aniqlab, tagiga chizing. V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.
V.Uyda.53- mashq .
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Uyushiq bo`laklarning o`zaro bog`lanishi.
Maqsad:
Ta`limiy: Uyushiq bo`laklarning o`zaro boglanishi haqida bilim berish
Tarbiyaviy:O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. Mavzuni quyidagi mashqni bajarish orqali tushuntirib beraman.
54-mashq. Gaplarni o'qing. Uyushiq bo'laklarni aniqlang.
1. So'zni aniq, to'g'ri yozish,
Bilag'onga emas tashvish. (Obid Rasul)
2. Uyda va ko'chada odobli bo'ling.
3. Men Yo'ldoshni ko'rdim, lekin so'zlasha olmadim.
4. Oy yoritadi, biroq isitmaydi. (Maqol)
Har bir uyushiq bo'laklarning qanday bog'ianganini ayting. Uyushiq bo'laklarda qanday tinish belgilar qo'yilgan
Uyushiq bo'laklar ohang yordamida hamda va, ammo, lekin so'zlari bilan ham bog'lanadi.
Uyushiq bo'laklar va yordamida bog'langanda vergul qo'yilmaydi. Ohang yoki ammo, lekin so'zlari yordamida bog'lansa, vergul qo'yiladi.
IV.Mustahkamlash.Husnixat mashqlari o'tkazish.
55-mashq. She'riy parchalarni o'qing va ko'chiring. Uyushiq bo'laklarning bog'lanishiga diqqat qiling.
Oq terakmi, ko'k terak,
Har bir ishga qunt kerak.
O'qishda va turmushda
Mehnatsevar, bo'l ziyrak,
Bizdan elga shu kerak
V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.
VI.Uyda.57- mashq . MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Uyushiq bo`laklarning o`zaro bog`lanishi.
Maqsad:
Ta`limiy: Uyushiq bo`laklarning o`zaro boglanishi haqida bilim berish
Tarbiyaviy:O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. Darslik bilan ishlash.
58-mashqni bajarishda o'quvchilar 2 guruhga bo'linishadi. Har bir guruh 1 ta she'riy parchani ifodali o'qiydi va yozadi. She'rdagi uyushiq bo'laklami topib, qanday bog'langanini tushuntiradilar. Guruhning o'zi tanlagan o'quvchi she'rni doskada husnixat bilan yozib, uyushiq bo'laklami bog'lagan so'zlarning tinish belgilarini to'rtburchak ichiga oladi, tushuntirish beradi.
Sog'lom, quvnoq bolaman, Mehnatdan zavq olaman. Qambar O'tayev
Erkin, To'lqin kasb tanlar,
Kasblar ma'nosin anglar. Quddus Muhammadiy
59- mashq. Har bir qatordagi so'zlardan foydalangan holda uyushiq bo'lakli gaplar tuzib yozing.
O'quvchi, ammo, tez, yozadi, Rahim, sekin.
Olma, gulladi, va, olcha, gilos, bog'da.
Ra'noxon, aytmaydi, ashula, chaladi, dutorni, yaxshi, lekin.
IV.Mustahkamlash.Husnixat mashqlari o'tkazish.
Berilgan gaplardagi uyushiq bo'laklarning orasiga va, ammo, lekin so'zlaridan mosini qo'yib yozing.
Anvar, Islom—Tohir qushlarga in yasashdi.
Ko'chada Lolani ko'rdim,—gaplashmadim.
Odamlar bilan xushmuomala bo 'ling, — sergap bo 'lmang.
V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.
V.Uyda.61- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi. MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Uyushiq bo`lakli gaplarni takrorlash.
Maqsad:
Ta`limiy: Uyushiq bo`lakli gaplarni takrorlash.
Tarbiyaviy:O`quvchilarni tabiatga mehrni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. 62-mashq. She'riy parchani o'qing, yoddan yozing. Uyushiq bo'laklarni toping. Qaysi bo'lak uyushib kelganini aniqiab, tagiga chizing.
Yashna, yuksal, diyorim,
Sensan baxtim, bahorim.
Madhing jo'shib kuylamoq
Ko'nglimdagi shiorim. Mahmudjon Dadaboyev
63-mashq. O'qing. Qaysi bo'laklar uyushib kelganini ayting.
1. Otabek og'ir tabiatli, ko'rkam va oqko'ngil yigit edi. Abdulla Qodiriy) 2. Quyon va sichqonlar bir kunda yigirma nartagacha uxlaydilar. 3. Nozikkina, chiroyli bir kapalak bor ekan. U kun bo'yi guldan gulga qo'narkan va sharbatlar yig'arkan. („G'uncha"dan) 4. O'zbekistonimiz o'z ramzlariga: bayrog'iga, gerbiga, madhiyasiga ega.
IV.Mustahkamlash.Husnixat mashqlari o'tkazish.
Test.
1. Ega uyushib kelgan gapni belgilang.
A. Bugun majlisda o'qituvchilar va ota-onalar qatnashdilar.
B. Bizjismoniytarbiyadarsidayugurdik, sakradik.
2. ammo bilan bog'langan uyushiq bo'lakli gapni belgilang.
A. Akrom o'qidi, ammo yozmadi.
B. Gulzorda oq, qizil, pushti gullar ochilgan.
IV.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.
V.Uyda.65- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi.
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: 2-nazorat ishi .
Maqsad:
Ta`limiy: o'quvchilarning yozma nutqlarini o'stirish. Tarbiyaviy: O'quvchilarning ona Vatanga bo'lgan muhabbatlarini oshirish.
Rivojlantiruvchi: Rasm asosida fikr bayon qilishga o'rgatish.
Darsning turi: o'quvchilarning bilim darajalarini aniqlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: qovun polizi aks ettirilgan rasm.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
ITashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Nazorat ishi bayoni.Nazorat ishi daftarlarini tarqataman.Sana va mavzuni doskaga yozaman.Aziz o`quvchilar bugungi nazorat ishi darsimizda Qarg`a va zag`cha mavzusida bayon yozamiz.Bayon matnini 2marotaba ifodali o`qib beraman.O`quvchilar bilan birgalikda reja tuzamiz.
Qarg`a va zag`cha.
Reja:
1.Qushlarning kuzgi hayoti.
2.Qushlar nima bilan oziqlanadi?
3.Qushlar bizning do`stimiz.
III.Mustahkamlash.O`quvchilar mustaqil yozadilar.Yozib bo`lganlaridan keyin o`qib tekshirib chiqadilar.
IV.Baholash.Daftarlarini baholash uchun topshiradilar.
V.Uyda.O`tilganlarni takrorlab kelish..
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: 2-nazorat ishi tahlili
Maqsad:
Ta`limiy:o'quvchilarning nazorat ishi bo`yicha bilimlarini aniqlash.
Tarbiyaviy:O`quvchilarda Ona –tabiatga bo`lgan mehrni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: mustahkamlash.
Darsning metodi: analiz-sintez,suhbat.
Darsning jihozi: nazorat ishi daftarlari,savolli kartochkalar,test.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
6
|
|
ITashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.O`tilgan mavzuni so`rash va baholash.
III Bayonning umumiy natijasi bilan o`quvchilarni tanishtirish .
Kim qanday xatoga yo`l qo`yganligini aytib o`tish .
O`quvchilar bayon yozishda yo`l qo`yilgan xatolarni ko`rib chiqib ,
alohida qatorga to`g`rilab chiroyli qilib yozadilar .
IV. Induvidual xatolar ustida ishlash .
Har bir o`quvchi o`zining xatosini daftardan ko`rib chiqqan holda uni to`g`rilashga kirishadi Harflarni imlo xatolariga qarab to`g`rilab yozish .
Test ishlash.
1. Bosh bo'laklardan tuzilgan gap berilgan qatorni toping.
A. Erta bahorda yomg'ir ko'p yog'adi.
B. Kuz boshlandi.
2. Gapning ikkinchi darajali bo'laklari tushirilgan qatorni aniqlang.
A. Men darsga erta keldim.
B. Darsga erta keldim.
D. Men keldim.
3. Quyidagi sxemaga mos gap berilgan qatorni ayting. A. Sumkamdan yo'qoldi.
B. Daftarim yo'qoldi.
D. Sumkadagi daftar.
4. Dildora so'ziga kesim qo'shib gap tuzilgan qatorni aniqlang.
A. Dildora allaladi.
B. Dildoraning ovozi.
D. Mehnatkash Dildora.
V. Uyga vazifa: Kuzda qushlar hayoti haqida 3-4 ta gap yozib kelish
Yozgan gaplarida uyushiq bo`laklardan foydalanishlarini alohida ta`kidlab o`taman.
MRO’TIBO’ _________________________
Sana. Mavzu: Undalma haqida ma`lumot.
Maqsad: Ta`limiy: undalma haqida tushuncha berish orqali o'quvchilami undalmali gaplarni ohangiga rioya qilib o'qishga, ularni o'zgalarga to'g'ri murojaat qilishga, o'zgalarning esa o'zlariga qaratilgan fikriga e'tibor bilan qarashga o'rgatish, undalmali gaplarda tinish belgilarini to'g'ri ishlatish ko'nikmasini shakllantirish;
Tarbiyaviy: o'quvchilarda kamtarlik, muloyim gapirish, shirinsuxanlik, rostgo'ylik fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. Dars yangi mavzuni tushuntirish bilan boshlanadi. Doskaga oldindan undalmali gaplar yozib qo'yaman. Bu gaplar darslikdagi 66-mashq matnidan olinishi ham mumkin. Gaplarni ohangga rioya qilgan holda o'qib, namuna ko'rsataman. So'ng 1—2 o'quvchiga o'qitiladi, qayerda biroz to'xtam (pauza) qilingani o'quvchilardan so'raladi:
1. Bolam, bobong yaratgan bog'lar, bobong ekkan tutlar hozir ham yashnab turibdi.
2. O'quvchilar, berilgan topshiriqlami oylab bajaring.
Undalma fikrning kimga qarata aytilganini bildiradi. Undalma ot bilan ifodalanadi.
Og;zaki nutqda undalma undash ohangi bilan aytiladi. Yozuvda vergul yoki undov belgisi bilan ajratiladi.
67-mashq.Sharti yuzasidan bajariladi.
Bir kampirning shaharda yashaydigan o'g'li uyiga keldi. Shunda onasi sevinib:
— O'g'lim, senga ajoyib ovqatlar tayyorladim. Semizgina g'oz go'shtim bor. Shirin, yog'ii quymog'im bor.Yana quyuq qaymog'im bor. Ko'ngling qaysi birini xohlasa,shuni oldin beraman, — debdi.
O'g'li onasiga:
— Onajon, men g'oz go'shtini quymoqqa o'rab, uni qaymoqqa botirib yeyishga odatlanganman, — debdi.
IV.Mustahkamlash.Husnixat mashqlari o'tkazish.
V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash. VI.Uyda.68- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi.
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Undalmali gaplarda tinish belgilarining ishlatilinishi.
Maqsad:
Ta`limiy: Undalmali gaplarda tinish belgilarining ishlatilinishi haqida ma`lumot berish
Tarbiyaviy:O`quvchilarni tabiatga mehrni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning metodi: suhbat,savol-javob.
Darsning jihozi: turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. Darslik bilan ishlash. 69-mashq. Matnni o'qing. Gaplaming ifoda maqsadiga ko'ra turlarini ayting.
Zaynab opaning uylari shumi? — so'radi Tolibjon.'
Shu, keling, tog'a.
Kim bilan gaplashyapsan, bolam?
Bu ovoz Tolibjonga tanish edi.'Tolibjon yugurib borib, kampirning bo'ynidan quchdi.
— Kimsan, bolam?* Hiding dimog'imga tanish. Tolibjonginamning hidiga o'xshayapti.
Kampirning ko'zi ojiz edi.' Tolibjon o'pkasi to'lib, yig'lab yubordu Kampir uning boshini silab, dedi:
— Qayoqlarda yurgan eding, bolaginam?
Undalmali gaplarni ko'chiring. Tinish belgilarining qo'yilishiga e'tibor bering.
III.Mustahkamlash.Husnixat mashqlari o'tkazish. 70-mashq.She`riy parchalarni ko`chirib yozadilar.Undalmalarni tagiga chizadilar.
Navbahor, ochiidi gullar, sabza bo'ldi bog'lar. Suhb'at aylaylik, kelinglar, jo'ralar, o'rtoqlar.
IV.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.
V.Uyda.71- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi.
MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Undalmali gaplarda tinish belgilarining ishlatilinishi.
Maqsad:
Ta`limiy: Undalmali gaplarda tinish belgilarining ishlatilinishi mavzusini takrorlash.
Tarbiyaviy:O`quvchilarni tabiatga mehrni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni. 72- mashq. O'quvchilar, ustoz, aka, buvi so'zlarini undalma
vazifasida qo'llab, gaplar tuzing. Tuzgan gaplaringiz maqsadga ko'ra qanday gap?
73- mashq. Matnni o'qing. Matnga sarlavha toping.
Bobojon, men kaklikni Toshkentga olib ketsam maylimi? U Toshkentda zerikmaydi.
Bilmadim, bolam. Kaklik salqin tog' havosiga o'rgangan.
Akrom kaklikni uyiga olib keldi va dadasidan so'radi:
Dadajon, kaklik nega sayramayapti?
Akrom, unga tabiat va toza havo kerak. Qushlar qafasda sayramay qo'yadi,—dedi dadasi.
Akrom qafas og'zini ochdi. Kaklik „qiyq" deb qafas-dan chiqdi va uchib ketdi.
Undalmali gaplarni ko'chirib, undalmaning tagiga chizing.
IV.Mustahkamlash. Yoddan yozish mashqi o`tkaziladi..
Kuzimizning go'zalligin, Og'aynilar, ko'rganmisiz? Tokdan husayni, yerdan qirqma, Shoxdan behi uzganmisiz? Quddus Muhammadiy
V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.
VI.Uyda. 74- mashq
Do'stlaringiz bilan baham: |