Kim bo’lsam ekan”
Kun shiori: O’zbekiston kelajaki –yoshlar qo’lida.
Maqsad: O’quvchilar ongiga vatanparvarlikni singdirish,ularni kasbga yo’naltirish va kasbga qiziqishini rivojlantirish.
Natija: o’quvchilarning olgan taassurotlari yuzasidan erkin fikrlash va xulosasi.
Dars jihozi: “Uyksak ma’naviyat-engilmas kuch”,asari O’zbekiston Reaspublikasi Konistitutsiyasi, referatlar, rasmlar,plakatlar,AKT.
Darsning borishi:
O’qituvchi;
--“Dunyo imoratlari ichida eng ulug’I maktab bo’lsa, kasblarningichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir”, deya e’tirof etgan Yurtboshimiz.Darhaqiqat ,men 30 yil davomida maktabda o’qituvchilik bunga guvoh bo’ldim.O’qituvchi ekanligimdan faxrlanaman, sababi, mashaqqatli bu kasbim orqali siz, aziz bolajonlarning hurmatingizga sazovor bo’ldim, qanchadan –qancha o’quvchilarim hozir jamiyatga nafi tegadigan insonlar bo’lishgan. Yillar davomida fanlarni chuqur egallagan shogirdlarimdan biri shifokor,biri uchuvchi,biri militsioner ,biri bog’bon, biri quruvchi …ularning barchasi el xizmatida.Bundan faxrlanmay bo’ladimi?!
O’qituvchilik kasbimni egallashimga oila muhiti ham ta’sir qilgan, sababi, oilamiz ziyolilar oilasi.Otam tarix va huquq fanidan dars bergan.qishlog’imizda birinchi o’qituvchi bo’lgan.Shu sababli oilamizda barchasi o’qituvhi kasbini egallagan.
Bular haquda gapirishimning boisi,bugungi darsimizda “Kim bo’lsam ekan?”mavzusida fikr almashamiz.
1-o’quvchi (shifokor)
_ Dard bilan olishayotgan bemorning umid bilan boqqan ko’zlariga quvonch baxsh etuvchi,uning yonida sabr-toqat bilan kunlarni tunlarga ulab,ishonch bilan davolovchi,eng mashaqqatli va ma’suliyatli kasb egalari bu shifokorlarimizdir.Hazrat Navoiy aytadilar:”O’z fanida mohir va tajribali, bemorlarga shafqatli, ochiq yuzli, yumshoq so’zli, xushmuomala tabib chiqadigan jonning jasaddan ajralishiga mone bo’ladi. Tabibning yuzi kasalning ko’ngliga ,mahbub so’zi bemorning joniga , marg’ub nafasi darmonsiz nimjonlarga davo,qadami kasallarga shifodir”. Donishmandlardan biri aytgan ekan:” Besh narsa shaharni bezaydi; g’olib hokim,odil qozi,obod bozor,mohir shifokor va azim daryo”.
2-o’quvchi( huquqshunos);
_---Huquqshunoslik deganda hammaning ko’z oldida davlat idoralari keladi. Lekin men bu zo’zni xalq deb tushunaman. Xalq huquqdir,xalqi huquqiy jihatdan savodli bo’lgan davlatgina rivojlanib boradi. Xalqning ongi, aqli bilan davlatni dunyo taniydi.Sharqnung buyuk donishmandi Abu Ali ibn Sino “ Nega dunyoda yovuzlik bu qadar ko’p?” degan savolga “boisi sizu-bizdadir,bilmaslik,uquvsizlik, o’zimiz ham yivuzlik keng tarqalishiga imkon beramiz”, deya javob brgan ekan, biz uni yengishimiz darkor. Bu yovuzlikni tor-mor keltirishda huquqning alohida o’rni bor. O’z huquqini bilgan odam har qanday to’siqni yengib o’tishga qodir bo’ladi. Huquq bamisoli dunyo odamlari huquqshunosdir.
3-o’quvchi(Futbolchi):
_ Futbol yer yuzida o’ta sevimli va ommabop o’yin hisoblanadi. Futbolda ikki jamoa o’zaro baxslashadi. G’alabaga intilish futbolchilarni jamoa bo’lib harakat qilishga undaydi ,o’rtoqlik o’zaro yordam hissini tarbiyalaydi.Futbol asosan ochiq havoda o’tkazilgani uchun o’quvchilarning atrof-muhit ta’siriga chidamliligini oshiradi .Futbolchi bo’lishdan maqsadim----O’zbekiston bayrog’ini baland ko’tarib, dunyoga tanitish.
4-o’quvchi( dizayner):
___Dizayner –modelyer kiyimlar va aksessuarlarning yangi modellarini yaratish bilan shug’ullanuvchi mutaxassisdir, modeler o’z ish faoliyatini yuritar ekan, albatta, bunda yosh va fikr xususiyatlarini, hudud va iqlimni hisobga olish kerak.U o’z ijod mahsullarini turli ko’rgazmalarda namoyish etadi.
Tarixdan ma’lumki, Axmad Farg’oniy kashf etgan nilometr, Abu Rayxon Beruniy yaratgan usturlob ,Ulug’bek qurdirgan yuk ko’tarish moslamalarida dizayin degan tushuncha mavjud . Dizaynerlik faoliyatining turli jihatlarini anglatish uchun badiiy konstruksiyalashtirish, yaratish atamasi ham ishlatiladi. O’quvchilarda milliy dizayn orqali milliy o’zlikni anglashni o’rgatish, milliy g’ururni shakllantirish davri keldi. Maqsadim milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizga sodiq tarzda milliy dizaynlar yaratishdir.
5-o’quvchi (jurnalist)
-Jurnalistlik juda mas’uliyatli kasb. Shu soha xodimlarinitinchlik elchisi deya tilga olishadi. Men kelajakda O’zbekistonimizni dunyoga tanitmoqchoman.
6-O’quvchi (quruvchi)
-Amir Temur bobomizning ,,Bizning kimligimizni bilmoqchi bo’lsangiz, biz qurgan imoratlarga boqing” degan purma’no so’zlari kelajakda kasbiy faoliyatim davomida shiorimga aylanadi.
7-O’quvchi (harbiy)
Ne bo’lsa ham yuragimdasan,
Qorachiqday asrayman seni.
Ey mo’tabar, muqaddas Vatan,
Ulug’dirsan onamdek meni.
O’quvchilar guruhlarga bo’linadi, ularga kasb va hunarga oid savollar tarqatiladi. Bir guruhning javobini ikkinchi guruh tekshirib, izohlaydi.
O’qituvchi darsga yakun yasab, orzu qilgan kasbni egallashda oltinga teng vaqtdan unumli foydalanish, orzu qilgan kasb egasi bo’lish uchun ilm o’rganish kerakligini ta’kidlaydi.
Bir umr baxtiyor yashayin desang,
Hargiz adashmayin desang hayotda,
Ilm-chun sarf ayla borin bisotda,
Bolam ,ilm olgin, bolam, ilm ol.
Topshiriq:,,Kim bo’lsam ekan?” mavzusida insho yozish.
O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarni odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishga, faollik va ijodkorlikka undab boradi. Shuningdek, to’garakda qatnashayotgan o’quvchilarni sinfdoshlariga namuna qilib, ular tayyorlagan mahsulotni ko’rgazma qilib ko’rsatadi. Jumladan, o’quvchimAbdullayeva Feruza,Madrahimova Oyshajon,Rajabova Sumbula bir necha yildan beri rasm to’garagiga qatnashadi, jizgan ijod namunalari bilan o’quvchilarni tanishtirib o’tdim. Uning ishlari sinfdoshlarida qiziqish uyg’otdi.
Urganch tumanidagi 5-sonli maktabning 8b-sinf o”qituvchisi Polvanova Nigoraning
“Kim bo’lsam ekan?”
Mavzusida o’tkazgan dars ishlanmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |