Xorazim viloyat yangariq tumani 17-sonli umumiy o’tra ta’lim maktabining
boshlang’ich sinf o’qtuvchisi Boltayeva Zulfianing “Amir Temur xotirasi”
mavzusidan bayram senariy.
Sahna milliy ruhda bezatiladi. O‘rtaga bobomizning portreti qo‘yiladi. Amir Temur haqida berilgan quyidagi fikrlar
sahnada aks ettiriladi:
«Tengsiz azm-u shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo‘lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib,
davlatchilik borasida o‘zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi. Ilm-u fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va
ma’naviyat rivojiga keng yo‘l ochdi». (I.Karimov).
«Millatning dardlariga darmon bo‘l…»
(Amir Temur).
1- boshlovchi
Muhammad Yusufning «Vatan» she’ridan parcha o‘qiydi:
Ey, menga ertaklar so‘ylagan zamin,
Ergashib izingdan qolmasman sening.
O‘zgalar nazdida Bog‘i Eraming,
Jiydang yaprog‘iga olmasman sening.
Vatan, qayda bo‘lmay sen
hamrohimsan,
Bobolarim yotar sajdagohimsan.
2- boshlovchi:
Oltin beshik uzra allalar aytib,
Hamisha bedorim-onaizorim.
Jilg‘asi jarangi tongda uyg‘otib,
Yuragimga kirib kelgan bahorim.
Vatan, qayda bo‘lmay sen hamrohimsan,
Bobolarim yotar sajdagohimsan.
1- boshlovchi:
— Assalomu alaykum, aziz va mehridaryo ustozlar! Hurmatli ota-onalar va davramiz mehmonlari!
Sohibqiron Amir Temur bobomiz tavalludining 681 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy
kechamizga xush kelibsiz!
2- boshlovchi:
— Amir Temur — buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos,
mahoratli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga, el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson.
1- o‘quvchi:
— Bobomiz Amir Temur 1336- yilning 9- aprelida qadim Kesh shahriga qarashli Xo‘ja Ilg‘or
qishlog‘ida tug‘ilgan.
2- o‘quvchi:
— Otasi Amir Tarag‘ay o‘ziga to‘q, badavlat kishi edi. Temurning yoshligi va yigitlik davri mamlakat
og‘ir vaziyatda qolgan bir davrda kechdi.
3- o‘quvchi:
— Mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, Chiston hokimining qudratli bir g‘animi
bo‘lib, u bilan bo‘ladigan kurashga hokim mard va dovyurak bobomiz Amir Temurni safarbar etadi. Bobomiz
yigitlariga bosh bo‘lib, jangga kiradi. O‘shanda Amir Temur o‘ng qo‘l va o‘ng oyog‘idan og‘ir jarohat oladi. Bu
voqea 1364- yilda sodir bo‘lgandi.
(O‘quvchilar bayon etayotgan ma’lumotlar ta’sirli bo‘lishi uchun ular tomonidan qisqa sahna ko‘rinishlari
namoyish etiladi. Masalan, 1- o‘quvchi gapirayotganda ona timsolida kiyingan o‘quvchi qiz yo‘rgaklangan
chaqaloqni ko‘tarib o‘tadi. Ikkinchi o‘quvchi gapirayotganda esa boshqa o‘quvchi Amir Temurning otasi — Amir
Tarag‘ay timsolida namoyon bo‘ladi va hokazo).
4- o‘quvchi:
— Bobomizning tarix oldidagi xizmatlari beqiyos. U kishi mamlakatda kuchayib ketgan tarqoqlikka
barham berib, el-u yurtni o‘z tug‘i ostida birlashtirdi. Markazlashgan yirik davlatga asos soldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |