Maqola annotatsiya



Download 69,52 Kb.
bet4/7
Sana20.03.2022
Hajmi69,52 Kb.
#504513
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maqola 16.08.2020 1

Metodlar
Maktab laboratoriya xonalari va ulardagi mavjud vaziyatni o’rganish, ularning zamonaviy uskunalar bilan jihozlanish darajasi, o’quvchilarning o’quv tadqiqot va laboratoriya ishlariga bo’lgan qiziqishlari hamda virtual laboratoriya ishlaridan foydalnish istiqbollarini, ushbu interfaol o'quv elektron resurslaridan foydalanishga tayyorligini aniqlash maqsadida Respublikamiz maktab o’quvchilari va oqituvchilar o’rtasida har birlari uchun alohida Telegram ijtimoiy tarmog’i orqali onlayn so’rovlar o’tkazildi. So’rovda ishtirokchilar berilgan savollarga javob variantlaridan birini tanlash orqali ixtiyoriy ravishda qatnashdilar.
Tadqiqot natijalari
O’qituvchilarga quyidagi savollar bilan murojat qilindi:
1-savol: Maktabingizda fizika laboratoriya xonasi mavjudmi? So’rovda 502 nafar o’qituvchi ishtirok etgan bo’lib, ishtirokchilarning 66% “Ha, mavjud”, qolgan 34% ishtirokchi “Yo’q, mavjud emas” javobini tanlashgan (1-rasm).

1-rasm. So’rovning “1-savol: Maktabingizda fizika laboratoriya xonasi mavjudmi?” natijasi.
2-savol: Laboratoriya xonasining jihozlari hozirgi davr talablariga javob beradi deb hisoblaysizmi? So’rovda 561 nafar o’qituvchi ishtirok etgan bo’lib, ishtirokchilarning 7% ­“Ha, to’liq javob beradi”, 26% ishtirokchi “Ha, lekin ayrim asboblar yetishmaydi”, 32% ishtirokchi “Jihozlar mavjud, lekin ular eskirgan”, 32% ishtirokchi “Yo’q, javob bermaydi” javobini tanlashgan (2-rasm).
2-rasm. So’rovning “2-savol: Laboratoriya xonasining jihozlari hozirgi davr talablariga javob beradi deb hisoblaysizmi?” natijasi.
3-savol: Fizikaning "Elektr toki, Yarim o'tkazgichlar" va shu kabi kabi bo'limlarini o'qitish uchun laboratoriya xonasi jihozlarini yetarli deb hisoblaysizmi (Ostsillograf, Yuqori chastotali generator, Xarakteriograf, Vattmetr kabilar mavjudmi)? So’rovda 479 nafar o’qituvchi ishtirok etgan bo’lib, ishtirokchilarning 7% ­“Ha, yetarli”, 37% ishtirokchi “Ha, lekin ayrim asboblar yetishmaydi, yoki mavjudlari ham yaroqsiz ahvolda”, 56% ishtirokchi “Yo’q, bunday asboblar mavjud emas” javobini tanlashgan (3-rasm).

3-rasm. So’rovning “3-savol: Fizikaning "Elektr toki, Yarim o'tkazgichlar" va shu kabi kabi bo'limlarini o'qitish uchun laboratoriya xonasi jihozlarini yetarli deb hisoblaysizmi (Ostsillograf, Yuqori chastotali generator, Xarakteriograf, Vattmetr kabilar mavjudmi)?” natijasi.
4-savol: Laboratoriya xonasida "Elektr toki, Yarim o'tkazgichlar" va shu kabi mavzularda o'quvchilar mustaqil tadqiqot o'tkazishlari uchun sharoit mavjudmi? So’rovda 441 nafar o’qituvchi ishtirok etgan bo’lib, ishtirokchilarning 8% ­“Ha, Mavjud, mustaqil o’quv tadqiqot ishlarini o’tkazishadi”, 16% ishtirokchi “Ha mavjud, lekin mustaqil o’quv-tadqiqot ishlari o’tkazishmaydi”, 45% ishtirokchi “Yo’q mavjud emas. Agar mavjud bo’lganda albatta o’tkazgan bo’lishardi”, 31% ishtirokchi “Yo’q mavjud emas. Mustaqil tadqiqot ishlarini o’tkazishmaydi”, javobini tanlashgan (4-rasm).

4-rasm. So’rovning “4-savol: Laboratoriya xonasida "Elektr toki, Yarim o'tkazgichlar" va shu kabi mavzularda o'quvchilar mustaqil tadqiqot o'tkazishlari uchun sharoit mavjudmi? ” natijasi.
5-savol: Fizika darslarida kompyuterda bajariladigan virtual laboratoriya ishlaridan foydalanasizmi? Bunday dasturlar hozirda yetarlimi? (Video film ko'rinishdagilarni hisobga olmang). So’rovda 429 nafar o’qituvchi ishtirok etgan bo’lib, ishtirokchilarning 9% ­“Ha, foydalanaman. Bunday dasturlar yetarli”, 28% ishtirokchi “Ha foydalanaman, Bunday dasturlar hozir juda kam”, 47% ishtirokchi “Foydalangan bo’lardim. Ammo bunday dasturlar menda yo’q”, 9% ishtirokchi “Foydalanmayman. Bunday dasturlarga hojat yo’q deb hisoblayman” javobini tanlashgan (5-rasm).

5-rasm. So’rovning “5-savol: Fizika darslarida kompyuterda bajariladigan virtual laboratoriya ishlaridan foydalanasizmi? Bunday dasturlar hozirda yetarlimi? (Video film ko'rinishdagilarni hisobga olmang)” natijasi.
6-savol: Virtual laboratoriya dasturlarii fizikani o'qitishda kerak deb hisoblaysizmi? So’rovda 437 nafar o’qituvchi ishtirok etgan bo’lib, ishtirokchilarning 78% ­“Ha albatta kerak. O'quvchilarning fanga qiziqishi ortadi”, 15% ishtirokchi “Ha kerak. O’quvchilar kompyuterda ishlashni o’rganadi”, 7% ishtirokchi “Yo’q kerak emas, chunki o’quvcilarni haqiqiy hayotdan ajratib qo’yadi” javobini tanlashgan (6-rasm).

6-rasm. So’rovning “6-savol: Virtual laboratoriya dasturlarii fizikani o'qitishda kerak deb hisoblaysizmi?” natijasi.

Download 69,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish