Maqola annotatsiya



Download 69,52 Kb.
bet6/7
Sana20.03.2022
Hajmi69,52 Kb.
#504513
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maqola 16.08.2020 1

Natijalar muhokamasi
O’qituvchilar o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar natijalari quyudagilarni ko’rsatdi:
- so’rovda ishtirok etgan o’qituvchilarning maktablariining 34% da maxsis jihozlangan laboratoriya xonalari mavjud emas;
-mavjud laboratoriya xonalarining ham jihozlanishi hozirgi davr talab darajasida emas (ishtirokchilarning 35% tasdiqlashgan), mavjud jihozlar ham eskirgan (ishtirokchilarning 32% tasdiqlashgan);
-ayniqsa fizikaning “Elektr”, “Yarim o’tkazgichlar” bo’limiga doir zamonaviy laboratoriya o’lchov-nazorat asboblari yoki umuman yo’q (56%), yoki mavjudlari ham eskirib yaroqsiz ahvolga kelib qolgan (37%);
-mavjud laboratoriya xonalarida o’quvchilarning juda kamchilik qismi (7%) mustaqil ravishda o’quv tadqiqotchilik faoliyati bilan shug’ullanadilar, so’rovda ishtirok etgan o’qituvchilarning aksariyat qismi (76% ) mustaqil tadqiqotchilik ishlari bilan shug’ullanishga sharoit yo’q deb hisoblashadi va eng muhimi 45% o’qituvchilar o’quvchilarda o’quv tadqiqot faoliyatiga qiziqish yuqoriligini tasdiqlashgan;
-o’qituvchilarning 44% fizikada virtual laboratoriya dasturlaridan foydalanadilar, 28% o’qituvchilar maktab bop virtual laboratoriya dasturlari juda kamligini tasdiqlashgan, 47% o’qituvchi virtual laboratoriya dasturlari yo’qligini agar mavjud bolganda foydalanish istagini bildirishgan, faqat 9% o’qituvchilargina bunday dasturlarga hojat yo’q deb hisoblashadi;
-so’rovda ishtirok etgan (437 nafar) o’qituvchilarning 93% virtual laboratoriyalardan foydalanish o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshishiradi va o’quvchilar kompyuterdan foydalanishni o’rganadilar degan fikir bildirishgan, faqat 7% o’qituvchilargina virtual laboratoriyadan foydalanish o’quvchilarni haqiqiy hayotdan ajratib qo’yishini ta’kidlashgan.
O’quvchilar o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar natijalari quyudagilarni ko’rsatdi:
-maktablarda jihozlar yetishmovchiligi sabali ayrim laboratoriya ishlari bjarilmay qolib ketadi 34%, yoku umuman laboratoriya ishlari bajarilmaydi 43%;
-o’quvchilar o’rtasida o’quv-tadqiqotchilik faoliyatiga qiziqish yuqori, 899 nafar ishtirokchdan 47% buni tasdiqlashgan, ammo 25% ishtirokchi tadqiqotchilik faoliyati bilan shug’ullanishga istagi yuqori bo’lgani holda laboratoriyada sharoit yo’qligi tufayli buni amalga oshira olmayotganligini bildirishgan.
-o’quvchilar shaxsiy laboratoriya xonasiga ega bo’lishlarini va unda o’quv-tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanishni judayam xoxlashadi (907 nafar ishtirokchining 67%);
-virtual laboratoriya ishlarini bajarish o’quvchilar uchun qiziqarli (50%), ammo virtual laboratoriya dasturlari juda kam va ayrim maktablarda umuman qo’llanilmaydi (35%);
-virtual laboratoriya dasturlariga o’quvchilar orasida talab juda yuqori (825 nafar ishtirokchining 87%), faqat juda kamchilik o’quvchilar (13%) laboratoriya ishlarini maktab laboratoriya xonasida xaqiqiy jihozlar bilan bajarishni afzal ko’rishadi;
Natijalarning umumlashgan tahlili shuni ko’rsatadiki laboratoriya xonalari zamon talablari darajasida jihozlanmagan, natijada bu laboratoriyalarda o’quv rejasiga kiritilgan ayrim laboratoriya ishlarini bajarishning imkoni yo’qligi tufayli bajarilmay qolib ketadi. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarda amaliy ko’nikmalar bilan bo’g’liq bo’shliqlar paydo bo’lishiga olib keladi. Yana bir muhim jihat, o’quvchilarda tadqiqotchilik, ratsionalizatorlik kompetensiyalarini hosil qilish va rivojlantirishda bunday holat o’z salbiy ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. O’quvchilarda tadqiqot ishlarini olib borishga, kashfiyotlar qilishga ishtiyoq kuchli, ular o’z shaxsiy laboratoriyasiga ega bo’lishini, unda o’z g’oylarini sinab ko’rish uchun tadqiqot-tajribalar o’tkazishni istashadi.
Mavjud vaziyatda o’quv laboratoriya xonalarini zamon talabalri darajasida jihozlash ko’p miqdorda mablag’ va mehnat talab qiladi, shaxsiy laboratoriya xonalari haqida faqat orzu qilish mumkin xolos. Muammoning yechimi sifatida NI Multisim dasturidan foydalanishni taklif qilamiz. Bu dasturning afzallik jihatlaridan biri shundaki, undan nafaqat maktabda virtual laboratoriya ishlarini tashkil etishda, balki o’quvchilar tomonidan maktabdan tashqari (uyda) o’tkaziladigan mustaqil izlanish, tadqiqotchilik ishlarini olib borishda ham samarali foydalanish imkoniyati mavjud. Modomiki shunday ekan virtual laboratoriya dasturlaridan foydalangan holda namoyish tajribalar va virtual laboratoriya ishlarini tashkil qilishni yo’lga qo’yishga ehtiyoj tug’ilmoqda.
Xulosa
O’tkazilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rsatadiki Respublikamiz maktablarida virtual laboratoriya ishlariga ehtiyoj juda yuqori. Bu ehtiyoj dunyo miqiyosida sinovdan o’tgan, samarali dasturlar hisobidan qondirilishi lozim. Fizikani o’qitishda ta’lim jarayoniga real laboratoriya ishlariga qo’shimcha sifatida virtual laboratoriya dasturlarini kiritish orqali o’quvchilarda amaliy ko’nikmalar bilan bo’g’liq bo’shliqlar paydo bo’lishining oldi olinadi, ta’lim sifati sezilarli darajada yaxshilanishiga erishiladi. Qo’shimcha ravishda oq’uvchilarning o’zlari maktabdan tashqari bo’sh vaqtlarida virtual laboratoriya dasturlaridan foydalanib mustaqil ratsionalizatorlik, o’quv-tadqiqot ishlarini olib borishiga imkon yaratiladi.
Fizikaning “Elektr” bo’limiga doir namoyish-tajribalar va virtual laboratoriya ishlarini tashkil qilishda NI Multisim dasturidan foydalanishni samarali vosita sifatida taklif qilamiz. Ushbu dastur interfeysining sodda va tushunarli, imkoniyatlarining esa keng ko’lamli ekanligi undan umumta’lim maktablarida virtual laboratoriya ishlarini ishlab chiqish va bajarishda katta imkoniyatlarga ega deb hisoblaymiz.
NI Multisim dasturi yordamida umumta’lim maktabilari fizika kursining “Elektr” hamda “Yarim o’tkazgichlar” bo’limlari bo’yicha namoyish-tajribalar va virtual laboratoriya ishlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo’yicha tadqiqot ishlarini olib borishni tavsiya etamiz.

Download 69,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish