17.4 Sport bayramlari, xalq sayllari va milliy xalq bayramlarida kasbiy va milliy xalq o’yinlari.
Azal, azaldan har bir xalq va har bir millat o’zining turli xildagi bayramlarida millati, xalqining tirikchilik manbai, kasbiga oid musobaqalar, bellashuvlarni bayram dasturlariga kiritib shu soxa yaoni mehnat, tirikchilik manbai hisoblangan kasbi, hunariga oid xarakatlarni bajarish mahoratlarini, shu kasbga ega buldi, degan sinov va imtihonlarni o’tkazganlar. Masalan, chorvador xalqlarning bayram va sayllarida chorva hayvonlari bilan bajariladigan xarakatlar: podachini tayog’i bilan xalq sayillarida o’yinlar, podachini arg’amchisi bilan o’ynaladigan o’yinlar, yilqi boquvchini bo’sh yurgan otni ushlash uchun bir tomoni xalqa qilib bog’langan arg’amchidagi xarakatlari, poyga, chovgan va x.k dek o’yinlar, shimol xalqlarini qordagi, bug’u boquvchilar, itdan transport vositasi sifatida foydalanadiganlarning bayram dasturlaridagi o’yinlar o’sha millat, elatni kundalik turmushi, xayotiy extiyojlari, kasbi-xunari bo’yicha maxoratini ifodalaga. Suv, dengiz, okean orkali kun ko’radiganlar, koksdek to’g’ri, butoqsiz usadigan daraxt mevalari bilan kun kuradigan millat, elatlar bayramlarida xodacha chikish, sillik ustunlarni qisqa vakt ichida zabt etishdek mashqlarni namoish kilganlar.
Bunday o’yin va bellashuv mashqlari organizmga turlicha taosir qilgan va jismoniy sifatlarni tarbiyalagan. SHunga ko’ra xar bir xalq o’z farzandini shu yurtdagi ustvor kasb bo’yicha, xunarni egallashini orzumandi bo’lgan. Yo’naltirilgan jismoniy tarbiya berish bilan band bulgan, bu yo’nalish xayotiy amaliy bo’lishligini nazarda tutgan. Kasbiy-amaliy malaka va ko’nikmalarning ustalarini maxorati bayramlarda namoyish qilingan.
SHu yo’nalishdagi adabiyot materiallarining taxlili materiallarini guvoxlik berishiga kura tarixiy «mushtlashuv» mashqi-xozirgi boks sport turi uquvchilarning kasbiy tayyorgarligiga mos emasligini aniqlandi chunki uquvchi xozirgi zamon samalyotlarini boshkarishda, ayniqsa ovozdan tez uchar samolyotlarning richaglarini bir tekis, sokin bajariladigan xarakatlarni talab qilishi, boks esa qul va oyoq xarakatlari keskin, tez kuch bilan, qaysiki, shunday xarakatlar talab qiladigan avtomobil xaydovchilari, traktor, ekskovator boshkaruvchilari – yaoni keskin, quvvat bilan bajariladigan xarakatlarni talab qiladigan kasb egalari uchun shug’ullanish mumkin.
Basketbol sport turi bilan shug’ullanuvchilarning barmoqlari eng nozik, nafis xarakatlar bilan qilinadigan xarakatlarga moil, soatsoz, yuvepirlik kasbi egalariga sportning shu turi bilan shug’ullanish maoqulligini, nozik mexanizmlar bilan ishlashga oid malakalarni namoyish qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |