Bog'liq 4-maruza Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari
Ma’ruza: Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari Elektron xujjatlarni tarmok, orqali almashishda ularni ishlash va sakdash xarajatlari kamayadi, qidirish tezlashadi. Ammo, elektron xujjat muallifini va xujjatning uzini autentifikatsiyalash, ya’ni muallifning xaqiqiyligini va olingan elektron xujjatda uzgarishlarning yuqligini aniqlash muammosi paydo bo‘ladi. Elektron xujjatlarni auyentifikatsiyalashdan maqsad ularni mumkin bo‘lgan jinoyatkorona xarakatlardan ximoyalashdir. Bunday xarakatlarga quyidagilar kiradi:
faol ushlab qolish - tarmoqqa ulangan buzgunchi xujjatlarni (fayllarni) ushlab qoladi va o‘zgartiradi.
maskarad - abonent S xujjatlarni abonent Vga abonent A nomidan yuboradi;
renegatlik - abonent A abonent V ga xabar yuborgan bo‘lsada, yubormaganman deydi;
almashtirish - abonent V xujjatni o‘zgartiradi, yoki yangisini sha- killantiradi va uni abonent Adan olganman deydi;
takrorlash - abonent A abonent V ga yuborgan xujjatni abonent S takrorlaydi.
Jinoyatkorona xarakatlarning bu turlari o‘z faoliyatida kompyuter axborot texnologiyalaridan foydalanuvchi bank va tijorat tuzilmalariga, davlat korxona va tashkilotlariga xususiy shaxslarga ancha - muncha zarar yetkazishi mumkin.
Elektron raqamli imzo metodologiyasi xabar yaxlitligini va xabar muallifining xaqiqiyligini tekshirish muammosini samarali xal etishga imkon beradi.
Elektron rakdmli imzo telekommunikatsiya kanallari orqali uzati- luvchi matnlarni autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Rakdmli imzo ish- lashi buyicha oddiy qo‘lyozma imzoga o‘xshash bo‘lib, quyidagi afzalliklarga ega:
imzo chekilgan matn imzo qo‘ygan shaxsga tegishli ekanligini tasdikdaydi;
Elektron rakdmli imzo-imzo chekiluvchi matn bilan birga uzatiluvchi kushimcha rakamli xabarning nisbatan katta bo‘lmagan sonidir.
Elektron rakamli imzo asimmetrik shifrlarning qaytaruvchanligiga xamda xabar tarkibi, imzoning o‘zi va kalitlar juftining bog‘liqligiga asoslanadi. Bu elementlarning xatto birining o‘zgarishi rakamli imzoning xaqiqiyligini tasdiqlashga imkon bermaydi. Elektron rakamli imzo shifrlashning asimmetrik algoritmlari va xesh- funksiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Elektron rakamli imzo tizimining qo‘llanilishida bir - biriga imzo chekilgan elektron xujjatlarni jo‘natuvchi abonent tarmog‘ining mavjudligi faraz qilnadi. Xar bir abonent uchun juft - maxfiy va ochiq kalit generatsiyalanadi. Maxfiy kalit abonentda sir saqlanadi va undan abonent elektron rakamli imzoni shakllantirishda foydalanadi. Ochiq kalit boshka barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo‘lib, undan imzo chekilgan elektron xujjatni qabul kiluvchi elektron rakamli imzoni tekshirishda foydalanadi.
Elektron rakamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga oshiradi:
Imzoni shakllantirish muolajasida xabar jo‘natuvchisining maxfiy kaliti ishlatilsa, imzoni tekshirish muolajasida jo‘natuvchining ochik, kalitidan foydalaniladi.