Emina
Xayotiy Hikoyam
https://t.me/ansarmuhajir
Xayotiy hikoyam.
Johiliyat meni o’ldirdi lekin, Islom qayta xayotga qaytardi. Xayotiy
xikoyamni o’qib juda xayratlanishingiz aniq. Sizlarga foydasi tegadi
degan umiddaman.
Onam, mening yagonam. Ularni, Allah tamonidan yuborilgan bir
farishta deb bilaman. Ularsiz bir xayotni tasavvurimga
sig’dirolmayman. Onam mening kalitim. Oddiy bir kalit emas, Jannat
kalitim. Xar bir mo’mina ayol kabi, onam xam Allah’ning
buyruqlariga amal qilgan xolda yashaydilar. Farzandlarini xam,
mana shu buyruqlarga amal qilgan xolda yashashini xohlaydilar, bu
tabiy xol.
Katta ukam, ismi Fayzullah. U mening o’n yetti yillik do’stim,
yo’ldoshim, qalbimdan bir parcha. U bilan juda ko’p janjallashardik
lekin bir soatdan so’ng xuddi xech nima bo’lmagandek o’yin kulguga
davom etardik. Oramizda ikki yosh farq bor. O’n yetti yillik umri
davomida, bir xatosini xam ko’rmadim. Qalbining tozaligi, yuziga aks
etardi. Kechki payt ko’chada daydish, yoki boshqa yomon odatlari
yo’q edi. Kichik ukam, ismi Ali. Erkatoyim, uni juda ko’p urishsam
xam, qattiq yaxshi ko’raman. Lekin o’ziga bildirmayman. Ali
Istanbulda tug’ilgan, O’zbek emas. Biz oilaviy Istanbulda o’n besh
yildan beri yashaymiz.
Men, ismim Emina. Pasportimda yigirma bir yoshda bo’lsam xam,
aslida bir yoshdaman. Chunki men, Allah’ni tanigan kunim xayot
topdim.
Yil 2018.
Shu paytlar kimdir menga;
-Allah’ni sevasanmi? desa
-Albatta sevaman, Allah’ni kim sevmaydi? derdim.
Qur’andan bir sura eshitgach, qalbimda xech qanday bir xissiyot
sezmasdim. Ohirigacha eshitishga xam sabrim yetmasdi. Namozmi?
Faqatgina bir ikki oyda bir marotaba joynamozni yerga solardim,
lekin shu Namozimda xech qanday huzur topmasdim.
Vaqt o’tgan sari, xatolar va gunohlar ko’paya boshladi. Men esa,
nima qilayotganimni sezmayotgandim. Xuddi menga, xech narsa
farz qilinmaganday, nima sababdan yaratilganimni bilmagan xolda
yashayotgandim.
Harom sevgim xam bor edi. Lekin ko’zlarimga faqatgina sevgi
ko’rinardi. Harom emas.
Bir kuni Hazrati Aisha Rasulullah sallallahu alayhi va sallam’dan;
⁃
Meni sevasizmi ya Rasulullah? deb so’raganlarida..
⁃
Albatta sevaman ya Aisha! degandilar.
Lekin bu javob, Hazrati Aishaga yetmadi. Yana xam ko’prog’iga
qiziqtilar.
⁃
Meni qanday sevasiz ya Rasulullah? deb so’radilar.
⁃
Ko’r tugum kabi! degandilar Sarvari olam sallallahu alayhi va
sallam.
Ko’r tugum nima bilasizmi? Ko’r tugum, xech qachon yechilmaydi.
Sirga to’ladir ko’r tugum. Toki kesilmaguncha, uni xech kim
yecholmaydi. Ora orada yana so’rardilar Hazrati Aisha radiyallahu
anha;
⁃
Ko’r tugum qanday ahvolda ya Rasulullah?
Fahri koinot esa;
⁃
Ilk kungi kabi! derdilar doim.
Lekin u paytlar bunday sof sevgidan habarim bormidi? Yo’q albatta.
Kunlar, oylar va yillar o’tdi. Xayotimda qiyinchiliklar boshlandi.
Xuddi dunyo qarshimda turib, men bilan kurashayotganini sezardim.
Harom sevgimni xam yo’qotdim. Huzurga muhtoj bo’lib qoldim.
Lekin qayerdan topishim mumkin edi bu huzurni? Oilamdanmi?
Yo’q. Menga juda o’zgacha bir huzur kerak edi..
Mayyitdan bir farqim qolmadi. Onam, ukalarim Namoz va Qur’an ila
kunlarini fayz va barokatga to’ldirardilar. Lekin men g’aflat ichida
vaqtimni uvol qilishda davom etardim. Bir necha marotaba hijobga
kirishga xarakat qildim. Onam eng chiroyli kiyimlardan olib bersalar
xam o’zimda kuch topolmadim. Negadur nasib qilmayotgandi.
To’g’rirog’i men chin dildan xohlamayotgandim va xarakat
qilmayotgandim.
Vaqt o’tdi, Istanbulga bir ish yuzasidan yana qaytishga qaror qildik.
Fayzullah qoldi. Men, onam va Ali Istanbul tamon yo’l oldik. Endi
ozgina chalg’isam kerak degan umidda borgandim. Atigi o’n kunga.
Ishlarimiz bitdi. Toshkentga qaytish vaqti keldi. Ayrim sabablarga
ko’ra, men ketolmadim. Aslida Allah xohlamagan ekan. Xolalarim
bilan qoldim, onam va Ali Toshkentga qaytdilar.
Bir oz vaqt o’tdi.
Diniy kitoblar o’qishga boshladim, payg’ambarlar xayoti menga juda
yoqdi, ozgina ta’sirlandim. Bir kuni qalbimda qandaydir bir xissiyot
sezdim. Xuddi kimdur yoqamdan ushlab siltalaganday bo’ldi. Tinmay
yig’ladim, sababini bilmagan xolda. Tashqariga chiqib, yana
yig’ladim. Qalbim yonayotganini sezdim. Chidolmadim;
“Allah’im. Meni kechirgin. Kuchim qolmadi, menga yordam bergin.
Meni bu g’aflatdan qutqargin. Senga va’da beraman, mana shu
xafta hijob farzingga amal qilaman. Sen uchun o’zgaraman.” dedim.
Juda qisqa tavba bo’ldi bu.
“Allah’ga va’da berish? Bu nima degani? Nima qilib qo’ydi bu qiz?
Qo’lingdan kelmasachi? Agar eplolmasang, Uning yuziga qanday
qaraysan? Ahmoq qiz! Xato qilding! Ahmooq!”
Mana shunday vasvasalar bilan meni qaytarishga xarakat qildi. Men
mana shu va’dam bilan uning bir oyog’ini sindirdim. Juda qiynalgan
bo’lsa kerak. Mendan kutmagandi chunki.
Uch kun o’tdi, hijobga mos kiyim olib kelmagandim. Aslida u paytlar
ochiq-sochiq kiyinmasdim. Katta ukam Fayzullah bilan doim bir xil
kiyimlar olib, bir xil kiyinardik.
Kiyim va ro’mol olishim kerak. Qo’limdagi pul faqatgina ro’mol
olishga yetadi. Mayli dedim va tavakkul qilib tashqariga chiqdim.
Qo’limdagi pul shunchalar barokatlandiki, xar xil kiyimlar va ro’mol
oldim. Bu Allah’ning lutfi edi. Olgan kiyimlarimni oyatdagi hijobga
bir aloqasi bo’lmasa xam olaverdim. Chunki xali Nur surasining
oyatlarini o’qimagandim.
Uyga bordim, kiyimlarimni kiydim va ro’molni o’rab ko’rdim.
Yoqmadi, qayta o’radim. Kechgacha xarakat qildim. O’zimga
yarashadigan bir ko’rinishda o’rashni eplolmadim. Kuchim xam
qolmadi, charchadim. Bu orada Namozni xam ora-orada o’qishni
boshladim. Ertasi kuni, yana ro’mol o’rashda qiynalayotganimni
ko’rib, xolam o’rab qo’ydilar. Menga yoqdi. Endi esa eshikdan
chiqish kerak.
Hijobga kirishni juda oson deb o’ylaydilar. Adashadilar. Qarshingizda
ikki dushman, biri nafs va biri shayton turganda xech qaysi solih
amal oson emas.
Eshik oldiga borib toxtadim, boyagi ikki dushman yo’limni to’sdi, bu
tabiy xol. Chiqishimga yo’l qo’ymadi. Eshik oldida o’n besh daqiqa
turdim. Yana xolamdan yordam keldi. Bu ozgina qattiqroq zarba edi
aslida. Qanday chiqib ketganimni bilmay qoldim. Lift oldida xam o’n
besh daqiqa turgandan so’ng, bir amallab chiqdim. Dushman bu
yo’lda juda qiynaydi. Qo’lidan kelgan xar bir ishni qiladi. Chunki,
farzga amal qilgan bir insonning Allah nazarida qadrining yana xam
ko’proq balandlashishini biladi.
Pastga tushib, eshik oldida yana toxtadim. Bunchalik kuchsizligimni
bilmasdim. Eng ohiri, Rohman va Rohim bo’lgan Allah nomi ila
boshlab eshikdan chiqdim. Bu menga juda katta yordam va qalqon
bo’ldi. Darvozadan xam xuddi shunday xolda chiqdim.
Allah’ni guvoh qilib aytaman, ikki daqiqa avval yo’limni to’sayotgan
so’zlar va to’siqlar birdan g’oyib bo’ldi. Nafsim va shaytonning xuddi;
“Mendan qutilish oson emas!” deganini sezdim. Parvo qilmadim.
Xuddi atrofimdagi daraxtlar, gullar va qushlar meni tabriklab;
“Muborak bo’lsin..” deyayotganini sezardim.
O’n besh kundan so’ng, Toshkentda yashaydigan xolam keldilar
Istanbulga va ular bilan birga Toshkentga qaytdim. Onam va
ukalarim bilan juda yaxshi vaqt o’tkazayotgandik.
Onam uchun dunyoda eng qadrli uch inson bor. Men va ukalarim.
Shu vaqtga qadar bizga qilgan yaxshiliklarini aytishni boshlasam
tugatolmayman. Xam ota, xam ona bo’lish oson ish emas,
dunyoning xar bir qiyinchiligiga qaramay, uch farzand katta qilish
xam oson emas. Vahima emas, dunyodagi barcha otalar, mening bir
onamchalik bo’lolmaydi.
Bir kuni onamga bir telefon keldi;
“Fayzullah avariya bo’ldi. Yetib keling.”
Farzandlarini jonidan ortiq ko’rgan inson uchun, eng og’ir sinov
emasmi bu? Bunga chidash mumkinmi?
Yo’lga tushdik. Ukamni ozgina jarohatlanib, xushidan ketgan deb
o’ylagandik. Borsak, men ukamni olgan jarohatlaridan sabab
tanimadim. Eng yomoni esa, doktorlar ukamning tepasida uni
tamosha qilishdan boshqa bir ish qilmayotgandilar. Aperatsiya
boshlandi. Men onamni, o’zlarini yo’qotib qo’yadilar, dod faryod
qiladilar deb o’ylagandim. Lekin kuch yig’ib, sabr qildilar. Buni
sababi nima bilasizmi?;
“Inna lillahi va inna ilayhi rajiun!” Allah’dan keldik, va yana Allah’ga
qaytguvchimiz. Nima bo’lsa xam, onam kuch yig’ib, Allah’dan kelgan
xar bir sinovga, rozi bo’lishlari shart edi. Ukam, Fayzullah. Allah’ning
fayzi. O’n yetti yilim. Ich ichimdan Robbimga yolvora boshladim;
“Unday qilma Robbim. Bunday sinama. Xar narsaga chidayman,
lekin bu og’ir. Iltimos Allah’im, iltimos.. Unday qilma. Ukamni xech
qanday aybi yo’q, bu azobga men loyiqman.”
Bir necha soatdan so’ng aperatsiya tugadi. Qarasam, ukamni
o’ralmagan bir joyi xam qolmagandi. Ukamni orqasidan
ketayotganda, buvim xushlaridan ketdilar. Kimni orqasidan
yugurishni bilmay qoldim. Buvimni bir xonaga olib kirdik, o’zlariga
kelishlari ancha qiyinlashdi, chunki ukamning ahvoli shu daraja
yomon edi.
Mashinada ukam va yana ikki kishi bo’lgan. Ular ishdan
qaytayotganda, mashina yo’lning narigi tamoniga ag’darilgan.
Shunda ukam, mashinadan yo’lga otilgan. Boshiga olgan zarbasidan
sabab, o’sha yerda komaga tushgan. Eng ajoyibi nima bilasizmi?
Ukamdan boshqa xech kim jarohatlanmagan. Ruldagi odam xam,
uning yonidagi odam xam, soppa sog’. Demak Allah, ukamni
xohlagan ekan. Reanimatsiya xonasi oldida birgina stulda o’tirib
farzandini kutayotgan bir ona. Xech narsadan xabari bo’lmagan Ali.
Qo’lidan xech nima kelmayotgan men. Shu vaqt oralig’ida ukam
uchun qilingan duolarni, hatmi Qur’anlarni bir ko’rsangiz. Son
sanog’i yo’q. Xattoki biz tanimaydigan insonlardan sanoqsiz duolar
kelayotgandi. Men xayratlandim. Allah, ukamni mana shunchalar
qattiq sevishini bilmasdim.
Beshinchi kun. Fayzullah ketma-ket aperatsiya bo’ldi. Shu besh kun
davomida o’ziga kelmadi. Faqatgina bir marotaba ko’zini juda
ozgina ochib, yana uyquga ketdi. Eng ohirgi aperatsiyada, boshidagi
suyagining yarimi olib tashlandi. Chunki u suyak sinib, ko’ziga zarar
berayotgandi. Sog’ joyi qolmagandi. O’n yetti yasharlik bir bola
uchun qanday og’ir dard. Bunday og’ir dardga zolimlar arzimaydimi?
Yo’q, yo’q. Allah faqatgina o’zi suygan bandalariga dard beradi.
O’sha kun uni yonida qolishni juda xohladim, lekin Ali uyda bir o’zi
qolgani uchun onam ketishimni xohladilar. Qalbimda qandaydir bir
ovoz “Ketma...” dedi takror, takror. Ketishni xohlamasam xam
majburan ketdim.
Oltinchi kun, bomdod vaqti. Fayzullahning yoniga borishga
tayyorlanayotgandik. Onamdan telefon keldi. Ho’ngrab yig’lagan
xolda;
“Yo’q, yo’q o’g’lim meni tashlab ketmaydi...” deganlarini eshitdim.
Shu payt xuddi boshimdan qaynoq suv to’kilgandek xis qildim.
“Tez yetib kel...” dedilar.
Ko’chaning boshiga qanday chiqib qolganimni bilmayman. Bir necha
daqiqa mashina kutdik Ali bilan. Ohiri bir yoshi katta amaki kelib
toxtadilar. Onamdan yana telefon keldi. Yana yig’layotgandilar.
Oddiy bir yig’lash emasdi bu. Ular yig’lagan sari ichim yanada kuyib
ketayotgandi.
Shu payt yig’i ovozlari bilan birga bir ikki so’z eshitdim;
“Tez yetib kel qizim, ukangni berib qo’ydik...”
Fayzullahim, mana shu zolim dunyodan abadiy bo’lgan ohirat
yurtiga ko’chdi. Robbim uni shunchalar suygan ekan, bu zolim
dunyoga tashlab qo’ymadi. Tortgan dardlari esa, kaforat edi. Inson
umri davomida qanday yashasa, o’limi xam shunday bo’ladi deydilar.
Yo’q. Unday emas. Agar yomonlarga, yomon o’lim nasib qilganida
edi, sahobai kirom quloqlari, qo’llari, burunlari kesilib, ko’zlari
o’yilgan xolda shahid bo’lmasdilarku.
Bu haqida nima degandilar Fahri koinot sallallahu alayhi va sallam?;
“Bir mo’minning boshiga kelgan xar bir dardni, xattoki oyog’iga
botgan tikonni xam, Allah uning gunohlarini mag’firat qilish uchun
vasila qilur.”
Bordim, yoniga kirdim. Tepasida doktorlar, yana yig’ilgan. Qo’lidagi
temirlarni yechib, uni qayergadir tayyorlayotgandilar. Bir tamonda
onam meni ko’rib;
- Jim qizim...
Doktorlar esa;
- Rozilik so’rang singlim... dedilar.
Nima? Rozilikmi? Men xali ukam o’lganiga xam ishonmagandimku,
qanday rozilik? Ukam o’ldi, ukam! Yoniga borib oppoq badaniga
tikilib qoldim. Muzlab qolgan yuzidan o’pib;
“Uyg’on ukam, iltimos uyg’on!” dedim.
Shu payt o’zimga o’zim gapirishni boshladim;
“Nega Allah ukamni oldi? Nega meni olmadi? Nega o’ldi ukam?
Shuncha qilingan duolar nega yordam bermadi?” Mana shunday
johillikga to’la so’zlar miyyamda aylana boshladi..
Janoza.
Ukam Ali, bel boylagan, boshida esa bir do’ppi. Uyimizda bir xonaga
joy qilingan. Kim uchun bu joy? Ukam uchunmi? Xali xam o’zimga
tushuntira olmadim. O’limni bunchalar tez kelishini bilmasdim. Vaqt
o’tgan sari, qandaydir odamlar va tog’orada ovqatlar kela boshladi.
Va boshimga og’riq berayotgan yig’i ovozlari. Istanbuldagi ikki xolam,
aslida ular meni opam. Ularni qo’lida katta bo’ldik. Shundan sabab
ularni xam bizga o’zgacha mexrlari bor. Ular xam bir ona. Ularning
juftlari, aslida akadan xam yaqinroq. Telefon qilib tinmay yig’ladilar.
Ular xam ishonolmayotgandilar. Shunchalar qattiq yaxshi ko’rardilar
Fayzullahni. O’sha kun Fayzullahning vafotini eshitib, yetib keldilar
Toshkentga. Ularni kelishi xam bir mo’jiza edi. Chunki Istanbuldagi
biz yashaydigan joydan, aeraportga yetib borish uch soatlik yo’l.
Xolalarim esa, bir necha daqiqada bilet olib aeraportga yarim yoki
bir soat ichida yetib borishgan ekan. Kechki payt Fayzullahni olib
kelishdi. U kelgandan so’ng, xolalarim xam keldilar.
Men juda xayratlanayotgandim. Chunki onam va xolalarim bir
marotaba xam faryod qilmadilar, o’zlarini yerga otib, qiynamadilar.
Bir tarafdan shu xayratim ila, ukamni yonida, muzlab qolgan oppoq
yuziga tikilib qolgandim.
Farzandining yonida tomchi-tomchi ko’z yosh ila Qur’an o’qiyotgan
bir ona. Mening onam. Kelgan xar bir insonga, “Jim. Jiming...”
deyayotgandilar. Chunki Allah’ga isyon bo’lishini va uyimizdan
baland ovozda faryodlar eshitilishini xohlamayotgandilar.
Takbirlar, salovatlar, tavhidlar bilan ukamni abadiyatga kuzatdik.
Men umrimda, bunday chiroyli janoza ko’rmagandim. Aytilayotgan
takbirlar qalbimga sanchilayotgandi.
Ukamni eng katta orzusi shahidlik martabasiga erishish edi. U doim
eshitib yuradigan shahidlar uchun atalgan bir nashed bor edi;
Ona bugun ramallahda bir go’dakni o’ldirdilar.
Qonli belagiga belab, onasiga topshirdilar.
Meni xam sizga bersalar qizil qonlar ichida.
Aslo xafa bo’lmang, yig’lamang, gul qizil bo’lur ona.
Men sizning gulingiz emasmanmi?
Gul qizil bo’lur ona.
Bir kuni mana shu nashedni eshitayotganda;
- Ona, bir kun meni xam sizga shu xolda olib kelishsa. Nima qilasiz?
dedi.
Buni eshitib onam;
- Allah asrasin. Unday dema o’g’lim... degandilar.
Yil 2019.
Xolalarim xam ketishdi. Onam, men va Ali. Uyimiz jim jit. Ukamni
yo’qligiga xali xam ko’nikolmadim. Kun sari dunyoga bo’lgan
nafratim yana xam ko’proq oshib, o’limni kutayotgandim. Endi xech
nima oldingidek bo’lmaydi. Xayotga qaytolmayman derdim. Ukamni
bunchalar yaxshi ko’rishimni bilmasdim. U ketgan kundan boshlab,
uni eng chiroyli ko’rinishda tushlarimda ko’ra boshladim, doim
xursand xolda kelardi meni ko’rgani.
Bir necha oy o’tdi. Yanvar oyidamiz.
Menda yana o’sha ahvol. Qalbimda qandaydir bir siqilish, tinmay
kelayotgan yig’i va yana o’sha siltalash. Bu safargi siltalash
shunchalar kuchli bo’ldiki, o’zimni qo’yishga joy topolmadim. Xatti-
xarakatlarim xam o’zgardi. Ichimda nima bo’layotganini xech kimga
tushuntirib berolmadim. Ora-orada o’qiyotgan Namozimni esladim.
Joynamozni yerga solib, ikki rak’at Namoz o’qidim. Ana endi
boshlandi. Ko’z yoshmi bu? Yoki daryomi? Yig’laydigan bir ish
bo’lmadiku? O’sha vaqtga qadar bunchalik uzun duo qilganimni
eslolmayman. Allah bilan chin dildan suhbat qurish juda o’zgacha
bir tuyg’u ekan. Endi esa, xursandligimdan yosh to’ka boshladim.
Mana shu to’kilayotgan xar bir yosh, qalbimdagi olovni
o’chirayotgandi. Men endi topdim xaqiqiy sevgimni, baxtimni va
huzurimni. Endi esa, sevgimdan sabab yonayotgandi qalbim.
Avvalroq topmaganimning sababini tushundim. Chunki men
samimiy tavba qilmagandim. Allah’ga taslim bo’lmagandim. Takror,
takror tavba qildim. Menga bir yo’l ko’rsatishini istadim. Namozni
tugatib, onamning yonlariga kirdim;
- Istanbulga ketsam maylimi ona?” dedim. Aslida onam bir o’zimni
uzoq joyga yubormaganlar bir marotaba xam. Lekin menimcha,
ahvolimni ko’rib rozi bo’ldilar. O’zimni chalg’itishim shart edi.
Avariyaga sabab bo’lgan odamga qarshi nafratim kun sari oshib,
sabrim tugayotgandi. Shundan sabab men, bu shaxardan tezroq
qochishim kerak edi. Ertasi kuni bilet oldim va 25-Yanvar kuni
Istanbulga bir o’zim ketdim. Yana xolamnikiga bordim. Ularga
aytmagandim kelishimni. Ko’rib juda xursand bo’ldilar.
Vaqt o’tdi.
Kundan kunga yana xam ko’proq kitob o’qishni boshladim.
Namozlarimni xam. Bu orada Qur’an o’qishni xam bir o’zim uyda
o’rgandim. Xar kuni Sultonim ila suhbatlashib, ancha yengil
tortardim. Bir kuni xayotimdagi eng buyuk mo’jizani yashadim. Bu
Allah’dan kelgan eng buyuk lutuf edi. Kechki payt osmonga qaragan
xolda, salovat keltira boshladim. Shundan so’ng uyquga ketdim.
Yo’q, yo’q. Uyquga emas, mo’jiza tamon ketdim..
Qandaydir eshikdan, bir masjidga kirdim. Yonimda xolam, lekin ular
boshqa tamonga ketib qoldilar. Men esa to’g’riga qarab yuraverdim.
Atrofda insonlar xam bor edi lekin xuddi ular menga yo’l ochib
berayotgandi va xuddi kimdur menga yo’l ko’rsatayotgandi. Yurdim,
yurdim va yana yurdim. Bir eshik tagida toxtadim. Tilladan, baland
va juda chiroyli bir eshik.
Eshik oldida bir marmar ustun. Shu ustun ustida esa nur yuzli bir
inson menga qaragan xolda uhlayotgandi. Ko’rib tanimadim. Lekin;
- Assalatu vassalamu alayka ya Rasulullah... dedim.
Va yonlariga o’tirib oldim.
Ka’baning Robbiga qasamki, umrim davomida bunday go’zallikni
uchratmagandim. Uzun kiprikli, surmali ko’zlari, xuddi chizib
qo’yilgandek chiroyli qoshlari. Yaltirab, yelkalariga tushib turgan
sochlari, peshonalarining o’rtasidagi va yuzlaridagi nur.
Bu qanday go’zallik? Bu qanday nur?
Uhlayotgan bo’lsalar xam, menga qaragan xolda kulib turgandilar.
Kulayotganlarida, xar bir tishlarining orasidan nur taralib turardi.
Uzun soqollari va ularning orasida faqatgina bir necha muborak
qillari oqargandi. Kiyimlari va boshlaridagi salla shunchalar chiroyli,
oppoq, toza va nur ustiga nur.
Bir oz termulib yonlarida o’tirdim. So’ngra, o’rnimdan turib yana
masjid eshigi tamon ketdim. Masjid eshigi oldida xolam meni kutib
turgandilar.
- Men Rasulullahni ko’rdim... dedim. Lekin ishontirolmadim.
Ortimga o’girilib qarasam, Sarvari olamning yonlariga xech kim
yaqinlashmayotgandi. Masjiddagilarga xam aytdim lekin xech kim
parvo qilmadi. Chunki xech kim ularni ko’rmayotgandi. Faqatgina
men ko’rgandim. Yo’lda kimni uchratib aytib bergan bo’lsam xam
xech kim menga ishonmadi.
Uyg’ondim, avval xech nimani tushunmadim;
- Afsus tush ekan... dedim. Kayfiyatim xam tushib ketdi. Lekin
baribir shu haqida ma’lumot qidira boshladim. Ko’rinishlari xayotda
qanday edi? Ularni tushda ko’rish mumkinmi? Shu payt bir
hadislarini uchratib qoldim;
“Kimki meni tushida ko’rsa, darxaqiqat meni ko’rgan. Chunki
shayton mening suratimda ko’rina olmaydi.”
Allahu Akbar...
Robbim! Bu qanday lutuf? Bu qanday baxt? Men bunga loyiqmanmi?
Shuncha gunoh, shuncha xato. Men chindan xam payg’ambarimni
ko’rdim. Subhanallah. Yana bir hadisda buyurgandilar Fahri koinot
sallallahu alayhi va sallam;
“Sodiq tushni to’g’ri so’zli kimsalar ko’rur, va bu kimsalarning tushi
Allah azza va jalladan bir mujdadir.”
Qachonki bir umidsizlikga tushib qolsam mana shunday hadislarni,
umidga to’la oyatlarni o’qib, umidim qayta tiklanadi.
O’sha paytlar, “Men bunga loyiqmanmi?” derdim. Vaqt o’tib bir
narsani tushundim. Men nimaga loyiqman va nimaga loyiq
emasman, buni faqatgina Robbim biladi. Faqatgina taqvo egasi
bandalariga emas, gunoh botqog’ida cho’kib ketgan bandalariga
xam lutfi ila mo’jizalar berar ekan. Bunga bir necha marotaba guvoh
bo’ldim.
Mana shu kundan so’ng, ruhan o’zgara boshladim. Bu ne’mat.
Sultonimdan kelgan eng katta ne’mat. Gunoh botqog’ining eng
chuquridan qutqarib oldi meni. Unga bo’lgan sevgim kun sari oshib,
qalbim mana shu sevgi ila yonayotgandi.
Lekin, ko’rinishimda, men xohlaganday bir o’zgarish bo’lmayotgandi.
Pardozni tashlashga kuch topolmadim, juda shoshilayotgandim.
Instagramchi? Suratlarimchi? Ularni gapirmasam xam bo’laveradi.
Allah’ning sevgisiga va ne’matlariga loyiq bo’lishni xohlayotgandim.
Bilmasdim, taqvo aslida men o’ylagandek emas ekan.
Tugadimi? Yo’q albatta.
Bir kuni;
Bir yaqinim menga kitob tavsiya qildi. Aslida kitob o’qish uncha
yoqmaydi menga. Lekin bu kitobga juda qiziqdim.
“Agar payg’ambaringni tanishni xohlasang, shu kitobni olib o’qi,
boshqa bir kitob o’qimasang xam bo’ladi.” dedi.
Boshqa bir ish yuzasidan, to’g’rirog’i jiyanimga kitob olish uchun bir
do’konga kirdik. Bir qaradimki, bir chetda o’sha kitob. Atigi bir dona
qolgan. Men aslida yonimda ko’p pul olib yurmayman. Chunki kerak
bo’lmaydi. Kitobni narxi qirq lira. Yonimdagi pulni sanadim, u xam
qirq lira. Bu bir ishora.
Allah’im, Sen meni yaxshi ko’rasan a?
Kitobni oldim;
Allah’ning elchisi Hazrati Muhammad sallallahu alayhi va
sallam’ning xayoti.
Nomli bir kitob. Bu kitob ikki jilt ekan. 860 sahifa. Uyga borib
o’qishni boshladim. Kitobni birinchi sahifalarida Hazrati Aisha va
Hazrati Ali radiyallahu anhum rivoyat qilgan hadis. Shu hadisda
Sarvari olam sallallahu alayhi sallam’ning tashqi ko’rinishlari aytib
berilgan ekan. O’qidim, o’qidim va yana o’qidim. Ular, men
payg’ambarimni tushimda qanday ko’rgan bo’lsam, xuddi shunday
ta’riflab bergandilar.
Bu kitob xam men uchun bir mo’jiza. Payg’ambarimni yanada
yaqinroqdan tanishimga sababchi bo’ldi. Kitobni o’qib, xuddi saodat
asrida yurgandek bo’ldim. To’g’rirog’i kitobni ichiga kirib qoldim.
Zamzam, fil voqeasi, Abrahaning o’limi. Hazrati Abdullah’ning
o’rniga qurbon qilingan yuz tuya, Payg’ambarim dunyoga kelishlari,
Hazrati Amina, Hazrati Xadicha, Hazrati Aisha, Hazrati Asma, Hazrati
Abubakr siddiq, Hazrati Ali, Hazrati Umar, Hazrati Hamza.
Uhud va Badirni o’qib xuddi sahobalarga qo’shilib men xam jang
qilayotgandim. Badirda Jabroil alayhissalom uch ming farishta bilan
birga kelib kofirlar bilan jang qilganichi? SubhanAllah. Osmonga
“Allah’ning arsloni Hamza..” deya yozilganichi? Sa’d bin Muaz.
Ansarning eng fazilatlisi, uning janozasiga kelgan yetmush ming
farishta va vafotidan sabab Rohmanning Arshi titragani. Ey buyuk
Robbim, mo’jiza bular! Saodat asrida nimaki bo’lgan bo’lsa xar biri
yozilgan. Xayajonim kun sari orta boshladi.
Shu orada onam va Ali xam Istanbulga qaytdilar. Biz uchun yangi
xayot boshlandi. Men kitobimni o’qishda davom etdim. Ora-orada
yana bir necha marotaba gul Nabiy sallallahu alayhi va sallam
tushlarimni nurga to’ldirdilar. Birida, Masjid al Nabaviyda aylanib
yurgandim. Qabri Sharif yonida, bir marmar ustun ustiga meni
yotqizib qo’yishgandi. Masjid al Nabaviyda o’lgandim. Sarvari
olamning qabrlariga qaragan xolda yotardim. Ularning qabrlari bilan
oramizda uch, to’rt qadamchalik masofa bor edi.
Shu payt yonimga kimdur kelib, yelkamga qo’lini qo’ydi. Yana
Rasulim. Allahumma solli a’la Sayyidina Muhammad.
Masjidda aylanib yurgan mening ruhim ekan. Marmar ustidagi esa
janozam. Sarvari olam menga qarab tabassum qildilar. Bu safar
birinchi kundagi kabi ko’rolmadim. Faqatgina nur.
Ba’zi kunlar esa sahobai kiromni ko’ra boshladim. Abu Bakr siddiq.
Yuzlarini ko’ra olmagan bo’lsam xam, juda xayratlandim. Chiroy,
asolat, jasurlik xar biri bor. Kiyimlari, bellaridagi qilich. To’g’risi,
ta’rifga ojizman.
Rasulimni xam qayta ko’rdim. Bellarida bir qilich, ot ustida
shunchalar tezlik bilan ketayotgandilarki, yer yuzi titrayotgandi.
Ustilarida bir kiyim, uzun va oppoq. Shamolda uchishini bir
ko’rsangiz.
Tushlarimda xar kuni ot ko’ra boshladim. Bilasizmi, ot Muroddir.
Xayrli bir ish va yuksak martabaning xabardoridir. Yana bir mo’jiza
sari olib borayotgandi bu tushlar meni. Lekin bu mo’jiza dunyo
xayotidagi nasibam edi.
Alif Lam Mim.
Mana shunday tushunilmas xoldaman.
Hijratim sengadir Ey Yor.
Men senga Muhajirman, Sen menga Ansar.
Mana shu so’zlarda aytganim kabi, men yorimga hijrat qilishim
kerak edi. Muhajirlar Yasribga ya’ni Madinaga hijrat qilganlari kabi.
Kitobni o’qigach menda, Makka va Madinaga bo’lgan sog’inch
boshlandi. Kundan kunga Robbimga yolvora boshladim;
“Allah’im, meni xam chaqirgin. Yuragim to’la og’riq. Qalbimni bu
azobdan xalos etgin Robbim.”
Qanchalar yolvorganimni tasavvur xam qilolmaysiz. Ko’z yoshlarim
qo’llarimga to’lib, yig’layverganimdan nafasim orada toxtab qolardi.
Lekin baribir, duolarimning qabuliga ishondim.
Yil 2020.
Va yana Yanvar oyi.
Men yana yolvorishda davom etardim. Albatta bir xabar kelishini
bilardim. Sabrdan bir uy insho etdim va shu uyda yashadim. Bir
yaqinimizning maslahati bilan, Inzar nomli turizm firmasiga bordik
onam va men. Ajva va zamzam bilan kutib oldilar. Ajva? Umrimda
birinchi marotaba yedim. Zamzam? Umrimda birinchi marotaba
ichdim. Dasturxon ustida yana bir zamzam bor edi. Ko’zimni shu
zamzamga tikdim. Turizm firmasidagi rahbar, Allah ulardan rozi
bo’lsin isimlari Seyyid. O’sha zamzamni menga uzatdilar. Uni xam
ichdim alhamdulillah. Madinadan kelgan edi, ichmay qo’yarmidim?
Seyyid aka bizga Makkani va Madinani ta’riflab berdilar. Xuddi
kitobimdan o’qib berayotganday tuyildi. Nimaki o’qigan bo’lsam,
barchasini aytib berdilar. Ko’zlarimga yosh kela boshladi.
Sabrsizlanib ketayotgandim. Makka haqida gap ketayotganda;
- Makkaga borgach ehtiyot bo’lishingiz kerak, chunki u yerda xali
xam Abu Jahillar bor. Maxramsiz tashqariga chiqish xavfli.
Ularning xar bir tavsiyalarini diqqat bilan eshitib, qabul qildim. Va
ketish kunini tanladik. Bu oy. Bu oymi? Bu oy...
Birinchi istiqomadimiz Jeddah so’ngra Makka. Xayajondan qo’l
oyoqlarim titray boshladi. Xursandligimdan Seyyid akaga raxmat
aytib quchoqlab olgim keldi. Shunchalar xursand edim. Qalbimdagi
shukrim Rohmanning Arshiga qadar eshitilib, go’yoki farishtalar xam
men bilan birga xursandchilik qilayotgandilar.
Bu Yanvar oyi juda ko’p mojarolarga to’la bo’ldi. Yana shu oydamiz.
Seyyid aka, yonimizda bir erkak mahram bo’lmay turib
ketolmasligimizni aytgandilar. Biz esa mahram qidirishga tushdik va
Toshkentdagi xolamning juftlari bilan birga borishga qaror qildik. Bir
necha kundan so’ng Seyyid akadan xabar keldi. Hujjatlarda ozgina
muammo bo’layotgan ekan. Kun sari qandaydir bir muammolar
chiqib kelayotgandi. Eng ohiri onam;
- Ketmaymiz, nasibamizda yo’q. Men charchadim.
Lekin men umidimni uzmadim. Yana ozgina sabr qilishimizni qayta-
qayta iltimos qildim. Onamni ko’ndirish juda qiyin bo’ldi. Men
sezayotgandim, Robbim meni ozgina qiynayotgandi. Unga yanada
ko’proq yolvorishimni istab, sabrimni juda qattiq sinadi. Va bu orada
Undan aslo umid uzulmasligi kerakligini xam o’rgatdi menga.
Yanvar oyining o’ninchi kuni.
Seyyid akadan qayta xabar keldi. Aslida men ularga tinmay yozib,
jonlariga tegdim. Onamni sabrlari esa tugab bo’lgandi. Seyyid aka
esa telefonda;
- Tayyorlaning. O’n to’rtinchi Yanvar kuni safar bor.
O’n to’rtinchi Yanvarmi? Atigi uch kun qoldi. Uch kun. Biz darxol
tayyorgarchiliklarga boshladik. O’sha kuni, yana Seyyid akadan
telefon keldi. Ular xar telefon qilganda qo’rquvdan yuragim
urishining ovozini eshitayotgandim;
- Samalyotda joy qolmadi.
Shu uch jumlani eshitib nafasim toxtab qoldi. Shu payt esa;
- Xazil, tezroq tayyorlaning. Safar ertaga.
Ertagami? Robbim, yuragim. Endi qarang. Bu xam bir mo’jiza
emasmi? Uch kun qanday o’tadi deya sabrsiz xolda o’tirgan paytim,
Robbim meni kuttirmadi va uch kun bo’lmasidan chaqirdi. O’n
to’rtinchi Yanvar kuni uchishi kerak bo’lgan samalyotda joy qolmadi
va biz o’n ikkinchi Yanvar kuni ketadigan bo’ldik.
Yanvar oyining o’n ikkinchi kuni. Xamma narsa tayyor. Aeraportga
bordik, ihromga kirdik. Seyyid aka bizni kuzatib yubordilar. Vaaa...
Jeddah shaxriga yetib keldik. U yerdagi aeraportni bir ko’rsangiz.
Pasport kontrolda faqatgina ayollar ishlar ekan, ularning barchasi
niqobda. Ko’rib juda xavasim keldi.
Jeddah shaxridan, Makka shaxriga yetib bordik va mexmonxonaga
joylashdik. Soat ancha kech bo’lib qolgandi. Bir necha soatdan so’ng
bomdod namozini o’qidik va Ka’baga borish uchun tayyorlandik.
Ah... Ka’bam...
Qanday go’zal yarashgan ko’ylaging senga.
Sog’inchim qalbimni tirnaydi Ka’bam.
Sen tamon borsam, seni tavof etsam.
Hajar ul Asvadni o’pib, xidiga to’ysam.
Ko’zlarim seni qidirar Ka’bam.
Sog’inchim qalbimni tirnaydi Ka’bam.
Biz qolayotgan mexmonxonaga bir necha daqiqalik masofada edi
Masjid al Haram. Yo’lda, ovozimni chiqarmay jimgina yig’lab ketdim.
Yo’q, yo’q. Bu yig’i emas daryo. Vaa... Yetib keldik. Oyoq qo’lim
qaltiragan xolda mashinadan tushdim. Xayajondan o’lib qolmasam
bo’ldi deya duo qilayotgandim.
Tilimdan to’kilayotgan Labbayklar qalbimga sanchilayotgandi.
Takbirlar, tavhidlar va hamdlar ila yurib borayotgandim qalbim
tamon.
Bilasizmi, Ka’bani ilk marotaba ko’rilganda qilingan xar bir duo
maqbuldir. Dunyo xayoti yoki ohirat xayoti uchun nimaki so’rasangiz,
Allah albatta qabul qiladi. Orada xech qanday parda bo’lmay turib,
xar bir iltijoga lutuf etadi.
Asta sekin yura boshladim. Qanot chiqarib, uchib borgim keldi.
Chunki yurishga kuchim qolmagandi. Oyoq qo’llarim yana xam
ko’proq qaltirayotgandi. Safa va Marva yo’lidaman. O’ng
tamonimdagi zinadan ikkinchi qavatga chiqdim.
- Zamzam ich Emina... dedi rahbar.
Icholmadim, tezroq Ka’baning chiroyi ila qalbimni huzurga
to’ldirishni xohlayotgandim. Qo’llarim bilan ko’zlarimni yumib oldim,
ko’z yoshlarimni ko’rishlarini xohlamayotgandim. Vaa... Keldim. Ko’z
yoshlarim jonimga tega boshladi chunki ulardan sabab nafas olishim
qiyinlashayotgandi.
Ko’zlarimni ochdim. Ka’ba qarshimda.
Allahu Akbar.
Umri davomida bir marotaba xam meva yemagan bir insonga uning
ta’mini qanchalar ta’riflasangiz xam, yeb ko’rmaguncha bilolmaydi.
Xozir, mening xam sizlarga Ka’bani ta’riflab berishim yetarli
bo’lmaydi.
Ka’ba.
Xaybatli, nurli, asolatli va muazzam. Juda o’zgacha bir chiroy bilan
qarshimda edi. Quyosh xuddi Ka’baning ustida turib nur
sochayotganchalik nurli edi Ka’ba. Qora rang qanchalar yarashgandi
unga. Ustida tilla iplardan yozilgan oyatlar, asmolar, duolar. Allah’im.
Ochdim qo’llarimni, qaltirashini ko’rsangiz. Nima deyishim kerak edi?
Duolarimni yodlagandimku. Barchasini unutib qo’ygandim.
Dunyodagi eng buyuk hamdlarni, shukurlarni taqdim etdim
Robbimga.
Kechir... Mana shu so’zni nechi marotaba takrorlaganimni
bilmayman. Juda ko’p duolarim bor edi. Lekin eslolmadim. Chunki
o’sha duolarimdan xam yanada go’zalroq duolar nasib etdi Robbim.
Yana bir necha so’zlar aytdim Unga, ular Robbim ila oramda bir sir.
Dunyo xayoti uchun xech narsa so’ramadim, chunki Ka’bani ko’rgan
zahotim vallahi dunyoni unutdim. Ohiratga bo’lgan sog’inchim o’sha
payt shiddat bilan boshlandi. Birinchi qavatga tushdik. Ka’ba tamon
borayotgandim. Tavof niyatini qildim va tavofga qo’shildim.
Ko’zimni Ka’badan uzolmayotgandim. Shunchalar xaybatli va baland
ediki, xayratim yanada oshdi. Men avval rasimlarda ko’rgan Ka’ba
emasdi bu. Xaybatini bir ko’rsangiz. Juda baland. Unga yanada
ko’proq yaqinlashishni istadim lekin, atrofida insonlar shunchalar
ko’p ediki, yetib borolmadim. Maqomi Ibrohim, hijri Ismoil
alayhimussalom. Ularni ko’rmadim xam, chunki ko’zimni Ka’badan
uzolmayotgandim. Juda yaqin edi menga. Lekin qo’llarimni
uzatolmadim.
Tavof tugadi. Sa’y vaqti keldi. Xuddi men Ka’bani butunlay tark
etayotgandek bo’ldim. Tavof Namozini o’qib, zamzam ichdim. Yana
ikkinchi qavatga chiqdim. Safa va Marva. Sa’y boshlandi. Xuddi
qayergadir shoshib ketayotgandim. Yonimda onam va Ali. Atrofimda,
insonlar keltirayotgan takbir va tavhid sadolari. Tavakkul, taslimiyat
va xar bir yo’limda zamzam.. Qalbim shunchalar xursand ediki,
jo’shib bayram qilayotgandi. Uning xar bir zarrasida gullar
ochayotganini sezardim. Xidlari ruhimni o’rab olayotgandi. Sa’y xam
tugadi va ihromdan chiqdim.
Shunday qilib, birinchi umramiz tugadi. Mexmonxonaga qaytib, bir
oz dam olgandan so’ng tahorat yangilab, Masjid al Haramga yana
qaytdik. Ka’ba xovlisiga kirgach, yana u tamon bordim. Uning atrofi
odamlar bilan to’la edi.
- Qanday qilib yetib boraman unga? dedim va tinmay;
“La havla va la quvvata illa billahil aliyyil aziym..” deya boshladim.
Shu payt odamlar menga yo’l ochib berayotgandi.
Va... Ka’bam meni bag’riga bosdi. Uning asolati oldida shunchalar
ojiz edimki, uyalgan xolda unga qo’llarimmi uzatdim. U juda muzdek
sovuq va undan mushkambar xidlari kelayotgandi. O’pdim, tinmay
o’pdim. Xaybatini ta’riflashga til ojiz. Xidiga to’yolmadim.
Men Ka’baning xaybatini, asolatini va go’zalligini ko’rgach
shunchalar xayratlanib, uning qarshisida ojiziyatga ko’milgan
bo’lsam, Ka’baning sohibi bo’lgan, Robbimning huzuriga chiqgach
qanday ahvolda bo’laman? Ka’baga shunchalar muazzam go’zallik
bergan Allah, O’zi qanchalar go’zaldir? SubhanAllah.
Ertasi kuni, yana bir mo’jiza.
Ka’baning eshigi tagiga borishga niyat qildim. Yetib borish
shunchalar qiyin ediki, qo’llarimni xuddi Robbimga uzatib,
yetolmayotgandim. Orqaga qaytdimmi? Yo’q albatta. Yarim soat
o’tdi, bir soat o’tdi va yetib bordim. Juda qiyin edi, chunki atrof
odamlar bilan to’la. Va men endi eshik tagida edim. Ta’rifiga
ojizman, meni ma’zur ko’ring. Robbimning, uyining eshigi edi bu.
Qanday ta’riflashim mumkin?
- Jim, bu safar qalbim gapirsin... dedim tilimga. Ortimda, gunohlarim,
Namozsiz va hijobsiz o’tgan kunlarim. Qaramadim ularga, chunki
nafratlanayotgandim;
- Siz meni o’zingizga asir qilsangiz xam, Robbim meni qabul qildi...
dedim.
Bir necha kundan so’ng o’zimda qandaydir bir og’irlik seza
boshladim. Bu nimasi endi? Badanimdagi mana shu og’irlikni xech
kimga tushuntirib berolmadim. Kimdur oyog’imdan sudragan xolda
Ka’badan uzoqlashtirayotgandi meni. Kim edi bu? Shaytonmi? Yoki
Nafsim?
Kim bo’lsa xam menga juda og’ir azob bera boshladi. Ibodatga kuch
topolmay qoldim. Tinmay yig’layotgandim. Odamlar kuniga ellik
marotaba tavof qilayotgandilar Ka’bani. Menchi? Chidashga kuchim
qolmadi;
- Robbim unday qilmagin. Menga yordam bergin, bu yuk og’ir.
Kuchim yo’q. Bu yer Sening uyingku. Yana o’sha eski g’aflatimga
qaytyabmanmi? Rahm qilgin Allah’im. Rahm qilgin.
Yana bir necha kun o’tib, Ka’ba xovlisida bir o’zim o’tirayotgandim.
Ka’ba va men. Boshqa xech kimni va xech narsani ko’rmayotgandim.
Bir qiz yonimga kelib, meni o’zimga keltirdi;
- Yig’lama... dedi qo’llarimdan ushlab. Va ko’z yoshlarimni artdi.
Tabassum qildim. Turk ekan, juda chiroyli. Taxminan, men bilan
teng yoshda edi. Tanishmadik. Menga tabassum qilib, Ka’ba tamon
ketdi. Aslida ovozim xam chiqmayotgandi, faqatgina yosh
to’kilayotgandi ko’zlarimdan. Shu payt shunday kuchli bir tavba
qildimki, bu tavbamni ko’rgan ikki dushmanim ortga qaramay
mendan qocha boshladilar.
Qutildimmi ulardan? Yo’q. Ulardan dunyo xayotida qutilib bo’lmaydi.
Lekin, endi ular qarshisida yanada ko’proq kuchga to’la Emina bor
edi. Endi ularga taslim bo’lmaslik uchun Robbimga, baytining
huzurida va’da berdim.
Xato qilgan bir qul, avvallari xatosini tushunib yetmaydi. So’ngra,
Allah azza va jalla unga jazo yuboradi. O’sha xatoni qayta
takrorlamasligi uchun. Bu faqatgina Allah tamonidan sevilgan qullar
uchun bir ne’matdir.
Eng qizig’i, Allah meni sevadimi? Buni ko’p marotaba o’yladim. Va
javob topdim;
Agar sevmasa, O’zidan uzoq va dunyoga yaqin qilardiku. Men esa
kun sari dunyodan yana xam ko’proq nafratlanayotgandim. Avvalgi
xayotim ko’zimga juda jirkanch ko’rinardi.
- Mayli, muhimi tavba qildim. Eslashning bir foydasi yo’qku.. derdim;
Bir insonga, tavba qilganidan so’ng o’tmishidagi gunohlarini
eslatmang. Tavba qilgan bo’lsa, Allah albatta kechiradi. Agar Allah
uni kechirgan bo’lsa, gap tamom. Sizning eslatmangiz shunchaki
o’zingizga zarar bo’lib qoladi.
Allah va qulining orasiga kirish eng katta xatodir. “Avval kim eding?”
deyish xam. Muhimi avval kim bo’lgani emas, xozirda kimligi xam
emas. Muhimi qabrga kim bo’lgan xolda kirishidir.
Ka’badagi Namozlarim.
Buni ta’riflashning mumkunoti yo’q. Azon ovozi, shunchalar go’zalki,
go’yoki Hazrati Bilolning ovozlaridan eshitayotgandim. Bu ta’rifsiz
tuyg’u. Mayin esayotgan shamol yuzlarimni, ro’molimni va
ko’ylagimni silab, atrofimni o’rab olayotgandi. Shu shamolga
qo’shilayotgan, Ka’ba imomining;
“Allahu Akbar...” sadosi. Ka’ba xovlisida va tashqarisida nechi
mingta odam bor bilmayman. Lekin, imomning birgina takbiri ila xar
biri xuddi Allah’ning askarlari kabi bir tekisda terilib qiyomda
turardilar. Va yana “Allahu Akbar...” sadosi ila rukuga, sajdaga
borardilar. Imom qayta takbir keltirmaguncha sajdadan bosh
ko’tarmasdilar. Ular orasida men xam borman. Xattoki farishtalar
xam bor, ba’zilari inson qiyofasida, ba’zilari Ka’ba atrofida
uchayotgan qush qiyofasida va ba’zilari esa ko’rinmayotgandi.
Farishtalar bilan birga Namoz va Ababil qushlarini bir ko’rsangiz,
tinmay Ka’bani tavof qilayotgandilar.
Men bundan avval ko’p marotaba masjidlarda jamoat ila Namoz
o’qigandim lekin, bunchalar ko’p jamoatni ko’rmagandim. Va u
masjidlar, Masjid al Haram emasdi.
Seyyid aka bilan birga yana bir marotaba umra qildik. Sa’y
qilayotganda javshan o’qiyotgandik. Baland ovozimiz bilan tinmay
Allah’ning go’zal isimlarini takrorlab, masjiddagilarning e’tiborini
tortayotgandik. Tabassumlarini bir ko’rsangiz.
Seyyid aka bizga, bo’lgan bir voqeani aytib berdilar;
Usmoniylar davrida, taom tayyorlashi uchun bir askarga go’sht olib
kelishini buyurdilar. Askar go’sht olgani bordi va oldi.
Qaytayotganda, ko’zi Ka’baga tushdi. Qarasa, Ka’baning atrofi tanho;
Shu Ka’bani bir tavof qilay.. deb tavofga boshladi. Tavof tugagandan
so’ng Namozini o’qib, yo’lida davom etdi. Borib, go’shtni oshpazga
berdi. Oshpaz esa, go’shtni bir qozonga qo’yib, tagini yoqdi. Bir
qancha vaqt o’tdi, qarasa go’sht pishmayabdi. Yana kutdi. Qarasa
yana o’sha axvol. Kutdi, kutdi yana kutdi. Go’shtda xech qanday
o’zgarish yo’q edi. Eng ohiri boshliqqa xabar berdi.. Boshliq boyagi
askarni chaqirtirib go’shtni olgandan so’ng nima qilganini so’radi.
Askar esa;
⁃
Go’shtni olib qaytayotganimda Ka’ba tanho edi. Bir tavof qilib
keyin ketaqolay dedim. Go’shtni quchoqlab, tavof qilib, Namozimni
o’qib qaytdim. Boshqa xech narsa qilmadim.
Boshliq xayratlandi va ko’z yoshlari bilan;
⁃
Qarang! Allah azza va jalla, Ka’bani tavof qilgan jonsiz bir
go’shtni xam olovda yoqmadi.
Shunday ekan, uni tavof qilgan bir insonni Jahannam olovida
yoqadimi?
Sezdim, etlaringiz jimirlab ketdi a?
Arofat. Jabal ar Rohmah. Rohmat tog’i.
Hazrati Odam va Hazrati Havva alayhimussalom Jannatdan
chiqarilgach, bir muddat birbirlaridan uzoq qolib va nihoyat mana
shu yerda uchrashgandilar. Hazrati Odam alayhissalom mana shu
yerda tavba qilgandilar Va mana shu yerda qabul bo’lgandi tavbalari.
Tog’dagi toshlarga ko’zim tushdi. Xar biri juda katta va Hazrati
Odamning zamonlaridan buyon o’sha yerda edi.
Bir necha kundan so’ng, yana bir mo’jiza. Men, Allah’dan kelgan xar
bir ne’matni mo’jiza deb bilaman.
Vaqtida, menga bir Hiro kerak va Abubakr siddiq radiyallahu anhu
kabi sodiq bir do’st degandim. Hiromni topdim, do’stim esa Allah.
Endi, do’stim bilan birga Hiro tamon yo’l oldik. Kechki payt, soat
sakkiz yarim. Xayajonim yanada ortdi. Yuqoriga chiqgach, xuddi
Payg’ambarimni ko’rib qoladigandek xayajon ila ketayotgandim.
Yetib keldik. Sodiq do’stim, onam, Ali va men.
Qarshimda Jabal an Nur. Nur tog’i. Xaybatini ko’rib, xayratim
yanada oshdi. Xammayoq qorong’u. Toshdan zinalar qilingan.
Tog’ning balandligi 642 m. Hiro esa, mana shu tog’ning eng tepasida
joylashgan bir g’or. Basmala bilan boshlab, asta sekin chiqa
boshladim. Zinalar xam oddiy zina emas, xar biri ancha baland.
Yo’lning yarimiga kelgach, o’tirib ozgina tafakkur qildim. Makka
qarshimda, bir narsani o’ylay boshladim. Men atigi yigirma yosh
bo’la turib, chiqishda shuncha qiynalayotgan bo’lsam,
Payg’ambarim sallallahu alayhi va sallam va Hazrati Xadicha
radiyallahu anha qanday chiqishgan? Va ular zamonida zina xam
bo’lmagan.
Yetib keldim. Hiro. Makkalik mushriklardan qochib, doim shu g’orga
kelardilar Sarvari olam sallallahu alayhi va sallam. Xattoki bir necha
oylab qolardilar. Xadicha radiyallahu anha esa, ularga doim yegulik
olib kelardilar.
Yil melodiy 610. Koinotning Fahri qirq yoshdalar. Nur, sukut ichida.
Mayin shamol. Birinchi vahiy kelishiga ozgina qolgandi. Kim olib
kelayotgandi u vahiyni? Albatta, Jibriyl. Ruhul Qudus. Ruhul Amiyn.
Ruhul Haq. Namusu Akbar. Allah’ning vahiy elchisi Jabroil
alayhissalom. Juda sevinchli edi Jibriyl. Koinotning Fahri, Allah’ning
Habibi, so’ngi Payg’ambar Muhammad Mustafo sallallahu alayhi va
sallam ila uchrashgani kelayotgandi.
Va... Go’zal bir inson qiyofasida keldi..;
- O’qi!
Nur Nabiyni qo’rquv va xayrat o’rab oldi. Qalblari titrayotgandi;
- Men o’qishni bilmayman... dedilar.
Ummiy edilar Fahri koinot sallallahu alayhi va sallam. O’qish va
yozishni bilmasdilar. “Onadan yangi tug’ilgandek...” deganidir
Ummiy.
Hazrati Jibriyl esa ularni qattiq quchoqladi va siqib qo’yib
yuborgandan so’ng takroran;
- O’qi! dedi.
Fahri koinot sallallahu alayhi va sallam takror;
- Men o’qishni bilmayman... dedilar.
Jibriyl ularni takror quchoqladi va siqib qo’yib yubordi;
- O’qi!
Bu safar Fahri koinot sallallahu alayhi va sallam;
- Men o’qishni bilmayman, ayt nima o’qishim kerak? dedilar.
Shundan so’ng sharafli farishta Jibriyl, Alaq surasining oyatlarini
ohiriga qadar o’qidi;
- Yaratgan Robbing nomi bilan o’qi! U insonni alaqdan yaratdi. O’qi!
Va Robbing eng karamlidir. U, insonga qalam bilan yozishni
o’rgatgandir.
Mana shu oyatlarni Fahri koinot sallallahu alayhi va sallam xam
takrorladilar. Hayajon va qo’rquv orta boshladi. Endi, nozil bo’lgan
mana shu oyatlar, Allah Rasulining tillariga va qalblariga joylashib
olgandi. Hazrati Jibriyl esa vazifasini bajargandi va shu payt birdan
g’oyib bo’ldi.
Hironing toshlariga qo’lim tekganda, qandaydir ajoyib xayajon
sezdim. Chunki bu toshlar o’zgarmagandi, Payg’ambarimning
qo’llari tekgan toshlar. Hiro esa, juda tor bo’lishiga qaramay
o’zgacha huzur berayotgandi. Atigi ikki kishi sig’adiganchalik kichik.
Biz Hiroga chiqganimizda, faqatgina ikki, uch kishi o’tirgandi.
Qaytishimizda esa, odamlar kelishini bir ko’rsangiz. Aslida u yer
doim odamlar bilan to’la bo’lib, Hiroga kirish uchun avval navbatga
turish kerak ekan. Biz chiqganimizda esa, yuqorida aytib
o’tganimdek ikki, uch kishi bor edi va xech qanday navbat xam
kutmadik. Bu xam bizga Allah’dan bir lutuf edi.
Yana Ka’bada bir kunim. Seyyid aka bir idishda to’la ajva olib keldilar
bizga. Juda barokatli ekan qolganini Haramdagilarga tarqata
boshladim. Bir joyda turdim. Odamlar o’zlari kelib olayotgandilar.
Xayratlandim. Ajva shunchalar barokatli ediki, tugamayotgandi. Shu
payt bir Sheyh;
- Ya Haji! dedi.
O’girilib salom berdim. Ajvadan bir dona oldi va cho’ntagidan bir
qog’oz chiqarib berdi. Ochib qaradim va faqatgina menga bergani
meni xayratga soldi. Qog’oz ichiga, uch ayol surati chizilgan. Go’yoki
ulardan ikkisi hijobda. Lekin eng ohiridagi ayol. Ko’zlari xam
ko’rinmayotgandi. Qog’ozda, Allah buyurgan hijob aslida qanday
ekanligi yozilgandi. Va shu surat bilan ko’rsatilgandi. Bu menga bir
ishora emasmi? Robbim hijobimdan rozi emas. Tushundim Allah’im,
Sen nima desang shu.
Ka’ba qarshisida o’tirgandim, bir payt baland bo’yli, xaybatli, oppoq
kiyimda, uzun soqolli bir inson oldimdan o’tdi. Taxminan ellik
yoshlarda bo’lsa kerak. Lekin qaddi tikka va bo’yi juda baland.
Yuzida juda o’zgacha tabassum. Ko’zimni undan uzolmadim. Qo’lida
bir xassa, atrofidagilar bilan quchoqlashib salomlashayotgandi.
Ko’zimni undan uzolmaganimni sababi, u inson shunchalar
go’zaldiki, vaxima qilmay aytaman, undan nur taralib turardi. Yuzlari
xam oppoq va nurli edi. Buni aytishimdan sabab, Allah ba’zi
insonlarga shunday bir chiroy beradiki, ularni ko’rgach xuddi men
kabi xayratlanib qolasiz. Buning sababi, Allah’ga bo’lgan chin sevgi
va taqvo. Shu ikkisi insonning qalbini xam, tashqi ko’rinishini xam
shunchalar o’zgartirib yuboradiki, unga qaragach Allah’ni eslaysiz.
Ka’ba bilan xayrlashish vaqti keldi.
Bu orada menda bir o’zgarish bo’ldi. Bir tamondan xayajon, bir
tamondan esa sevinch. Seyyid aka mendan niqob taqishimni iltimos
qildilar, Umra safarimiz tugagunga qadar.
Taqdim va menga juda yoqdi. Aslida Istanbuldaligimda xam taqib
ko’rgandim. O’sha payt xam juda yoqgandi. Va shu niqobimni olib
kelgandim Makkaga. Vaqtinchalik taqdi deb o’yladilar Seyyid aka.
Lekin vaqtinchalik emas, butunlay taqgandim. Niqobim bilan birga
Ka’ba tamon yo’l oldim. Makkada ohirgi kunimiz. O’n birinchi kun.
Shu o’n bir kun ichida, Hajarul Asvadga yaqinlashish uchun qilgan
xarakatlarimni tasavvur xam qilolmaysiz. Odamlar unga yetib borish
uchun birbirlarini urib, itarib yuborayotgandilar. Seyyid aka
aytgandilar;
- Hajarul Asvad oldiga boraman deb jonidan ayrilganlar xam bor.
Unga yetish mana shunchalar qiyin edi. U shunchaki bir tosh lekin,
Jannatdan keltirilgan tosh. Kim olib kelgan uni? Albatta, Ruhul
Qudus Hazrati Jibriyl. Vaqtida uni kim o’pgan? Albatta, Fahri koinot
sallallahu alayhi va sallam. So’ngra? Sahobalar. So’ngra? Avliyolar.
O’n bir kun ichida bir marotaba xam yetib borolmagandim unga. Bir
marotaba xam tegolmagandim, bir marotaba xam o’polmagandim.
Alini qanchalar yig’laganini bir ko’rsangiz;
- Allah’im iltimos bir marotaba qo’limni teqqizay, bir marotaba
o’pay. Atigi bir marotaba... deya rossa yig’ladi.
Eng ohirgi kun, bomdod vaqti. Yonimda onam va Ali. Bomdod
Namozidan so’ng, barcha erkaklarni Ka’ba oldidan uzoqlashtirib,
ayollarni chaqirdilar. Namoz vaqtida ayollar yaqinlashishi mumkin
emas. Ular Namozni tepada o’qirdilar, erkaklar esa Ka’ba atrofida.
Xullas, Ka’ba oldida navbatda turibmiz. Bir yarim soatdan so’ng...
Atigi uch soniya. Uch soniya ichida unga tegdim va o’pdim. Alining
xayajonini ko’rsangiz. Hajarul Asvadga bo’yi yetmay qoldi. O’sha
yerdagi bir askar Alini ko’tardi va Ali xam nihoyat uni o’pdi. Bu xam
bir mo’jiza. Bu baxtni, ohirgi kun nasib qilgandi Allah bizga. Xar bir
go’zallikning o’z vaqti bor;
Gul o’z vaqtida ochgani kabi. Quyosh va Oy o’z vaqtida chiqgani kabi.
Daraxtlar o’z vaqtida meva bergani kabi.
So’ngi tavof, so’ngi Namoz. Ko’zimda yosh. Qalbimda og’riq. Buni
ta’riflashning iloji yo’q.
Habibim tamon.
Ertasi kuni Madinaga yetib bordik. Ko’zlarim yashil qubbaga tushdi.
Yana o’sha xayajon, yana o’sha titroq va yana o’sha yig’i. Xattoki
yana xam ko’proq. Va ko’z yoshlarim niqobim tagidan
suzilayotgandi. Qalbimda tinmay salotlar va salomlar.
Mexmonxonaga borib, tahorat yangilab, Masjid tamon yurib
borayotgandim. Atrofni tozaligiga va xavoga juda xayron qoldim. Bu
tozalikni, sukutni, xuzurni va xavoni Makkada uchratmagandim.
Ka’bada emas, Makkada! Ka’baning go’zalligi juda o’zgacha.
Makkada Abu Jahil, Abu Lahab kabi Ummatning firavunlari yotardi.
Shuning uchun u yerning ko’chalarida bunday xuzur yo’q edi.
Madinadachi? O’n ming sahoba shu yerda. Fahri koinot sallallahu
alayhi va sallam xam shu yerdalar. Shundan sabab Madina juda
o’zgacha bir xuzurga, tozalikga va sukutga ega edi.
Xech qanday shovqin yo’q. Faqatgina qush va shamol ovozi.
Habibini bezovta qilmasliklari uchun, Allah butun Madina aholisiga
sukutni buyurgandi go’yo. Vaa... Keldim. Yashil qubbaning
tagidaman.
Assalamu alayka ayyuhannabiyyu va rohmatullahi va barokatuhu.
Ya RasulAllah! Ya HabibAllah! Ya NabiyyAllah! Ya SafiyyAllah! Ya
Nura Arshillah! Ya Zayyanahullah! Ya Imamal Muttaqiyn! Ya Sayyidal
Mursalin! Ya Shafial Muznibin!
Ya Rasula Robbil alamin!
Kunlardan Juma. Madina va Masjid al Nabaviy juda go’zal. Men
baxtliman. Boshqa qanday ta’riflashim mumkin? Eng go’zali esa,
Fahri koinot ila oramda juda ozgina masofa bor. Tezroq ichkariga
kirib, vaqt tohtab qolishini istayotgandim. Afsuski, ayollar faqat
kechki payt kirishi mumkin ekan. Ungacha men nima qildim? Vaqt
o’tmayotgandi. Masjid ichida bir u tamonga, bir bu tamonga
yurayotgandim. Juma namozi, Juma hutbasi. Xayolimda faqat bir
narsa. Tezroq Jannat bog’iga, Payg’ambarimning yonlariga kirishim
kerak va shuni o’ylab imomning hutbasini xam eshitmayotgandim.
Bir u yerga bordim, bir bu yerga bordim vaqt tezroq o’taqolmadi.
Masjid katta bo’lishiga qaramay men xech qayerga
sig’olmayotgandim. Tashqaridan qaragach, qalban nima
yashayotganim xech xam sezilmayotgandi. Masjid al Haramda va
Masjid al Nabaviyda yashagan xissiyotlarimga faqatgina Allah va
qalbim guvoh. Va shu xissiyotlarimni so’zlar bilan ta’riflab
berolmayabman sizlarga.
Bu aytib berganlarimni o’qigach qanchalar xayajonlandingiz a?
Xattoki ko’z yoshlar bilan o’qib, qalbingizda sog’inch paydo bo’ldi.
Lekin menchi? Meni sog’inchim siznikidan xam ko’proq. Chunki u
yerlarga bormagan inson bir borsam deydi, bir borgan esa ming
borsam deydi.
Afsuslarim ko’p. Qani edi, shu bir ikki soatlik uyquga xam
ketmasdan, shu bir ikki soatlik vaqtimni xam Allah’ga, Ka’baga va
Payg’ambarimga sarflasam edi. Sog’inchim qanchalar azob
berayotganini bir bilsangiz.
Allah’ga bo’lgan sevgi juda o’zgacha. Agar U qalbingizga kirsa,
Undan o’zgasiga joy qolmaydi. Qolganlarni esa faqatgina Uning
rizosi uchun sevasiz. Lekin bir qalbda ikki sevgi bo’lmaydi. Axir Uning
rashki bor. Uni sevib qolganingizni qayerdan bilasiz aytaymi?
“Allah..” Mana shu isimni eshitgach qalbingiz titraydi va qalbingizga
qo’shilib butun badaningiz sizga bo’y sunmay qoladi. Uning
oyatlarini eshitgach, ko’z yoshlaringizga hukim berolmaysiz. Tohta
desangiz xam tohtamaydilar. Qalbimga bir o’q kabi sanchilgan
so’zlarni aytaymi?;
“Ey Jannat ahli, sizga salomim bo’lsin.
Qani? Qani Meni ko’rmay turib Menga iymon keltirgan qullarim
qayerda? Qani? Meni ko’rmay turib Menga muhabbat ila
bog’langan qullarim qayerda?”
Mana shu so’zlar qachonki xayolimga kelsa, ko’z yoshlarim bo’y
sunmay qoladi menga. Mana shu so’zlar qachonki xayolimga kelsa,
Robbim Jannatda mana shu so’zlarni aytayotganda, shu Jannat ahli
orasida men xam bo’lamanmi deyman. Va umidimni uzmay,
so’rayveraman.
Qizlardan salot va salom yig’gandim. Mana shu salot va salomlarni
yetkazishim kerak. Albatta, ular keltirgach Allah yetkaza oladi,
masofaga qaramay. Lekin men ularning salomlarini yanada
yaqinroqdan yetkazishni xohladim.
Kechki payt, masjid ichidamiz. Ayollarni ko’pligini ko’rsangiz.
Chaqiruvni kutyabdilar. Ular orasida men xam borman. Men xam
o’sha chaqiruvni kutayotgandim. Vaa.. O’sha chaqiruv keldi.
Payg’ambarim tamon yugurib ketayotgandim. Yana niqobim tagidan
suzilayotgandi yoshlarim. Xayajondan qalbim toxtab qolishidan
qo’rqayotgandim. Masjid juda katta. Vaaa... Jannat bog’iga keldim;
“Uyim va minbarim orasi, Jannat bog’laridan bir bog’dir va
minbarim Jannat bog’larining ustidadir.”
Jannat bog’i. Yashil gilam. Allah’im!!! Qarshimda esa Rasulimning
minbarlari. Eng go’zali esa, chap tamonimda, qalbimga yaqin
xoldalar Rasulim. Allahumma solli a’la Sayyidina Muhammadiv va
ala ali Sayyidina Muhammad.
Ishoning, nutqim tutildi. Go’yoki vaqt toxtab qoldi men uchun.
Ovozim chiqmay qoldi. Faqatgina qalbim gapirayotgandi. Hamdlar,
shukurlar, salotlar va salomlar. Omonat qilib olgan salot va
salomlarimni xam yetkazdim. Barcha din birodarlarim uchun duo
qildim. Ayollar shunchalar ko’pki, Namoz o’qishga joy yo’q. Bu yerda
Namoz o’qish. Eng katta orzularimdan biri. Chunki bu yerda,
Payg’ambarimning yonlarida Namoz o’qish, Jannatda o’qish kabidir.
Chunki u yer Jannat bog’laridan bir bog’dir. Sahobalarning xam
peshonalari tekgan edi bu yerga. Allah’im...
Yo’lim ochildi, Namozga boshladim. Ko’zlarim negadur olov kabi
yonayotgandi. Bu ko’z yoshlar jonimga tega boshladi. Bunga
ishonasizmi yo’qmi, men eshitdim;
- Xush kelibsan qizim..
Allah’im.. Bu qanday baxt? Bu qanday lutuf? Loyiqmanmi bunga?
Ortimda shuncha gunoh bo’la turib, qanday keldim bu yerga? Men
nima qildim Allah’im? Bu baxtga loyiq bo’lish uchun nima qildim?
Xech qanday yaxshilik qilmadimku. Xech qanday bir solih amalim
yo’qku. Qanchalar mexribonsan Allah’im. Sen uchun xech qanday
fidokorlik qilmagan menga, eng buyuk ne’matlarni berding. Ojizman
Allah’im. Mana shunchalar ojizman qarshingda.
Endi mendan baxtli inson yo’q edi bu dunyoda. Go’yoki qanot
chiqarib uchayotgandim osmonda;
“Emina! Gunohlardan uzoqlash.
Dunyo ila orangga, Rohmanning Arshichalik masofa qo’y. Haddingni
bil. Ojiziyatingni bil. Robbingning mana shu ne’matlarini aslo
unutma. Jannat tamon intil. Robbing tamon intil. Habibing tamon
intil. Aslo aldanma. Nafsingga yengilma. Al Vadud bo’lgan Robbing
uchun kurash. Ehtiyorlaringni tark et. Al Hamid bo’lgan Robbingni
ulug’la. Va sabr qil. Xar bir zarrangni yaratgan Robbing xurmati sabr
qil. Robbing Al Qayyum’dir. Robbing As Somad’dir. Robbing Al
Qadir’dir. Rohman va Rohiym’dir. Seni aslo tashlab qo’ymaydi. Sen,
mana shu zolim dunyoning foniy ekanligini va shu zolim dunyoda
shunchaki bir inson ekanligingni aslo unutma.
Seyyid aka bilan birga yo’lga chiqdik.
Qarshimda Jabal Uhud. Uning Fahri koinotga bo’lgan muhabbati
juda o’zgacha edi;
Bir kuni Habibullah sallallahu alayhi va sallam, Hazrati Abubakr
Siddiq radiyallahu anhu, Hazrati Umar radiyallahu anhu va Usmon
radiyallahu anhu bilan birga Uhudga bordilar. Uhud ularning
tashriflariga suyunib, tebrana boshladi. Shunda Fahri koinot;
“Tinchlan ey Uhud! Ustingda bir Payg’ambar, bir Siddiq va ikki
shahid bor..” dedilar.
Mushriklar bilan qilingan ikkinchi jihod, Uhud tog’ining etagida
jarayon etgandi. Mujohidlar jang qilayotganda, Uhud ularning
orqalarida, ularni ximoya qilayotgandi. Mushriklarning zarbalaridan
sabab Fahri koinotning muborak tishlari shahid bo’ldi. Lablari va
yuzlari xam yaralandi. Sarvari olam sallallahu alayhi va sallam
Uhuddagi bir toshning ustiga chiqishga harakat qildilar, lekin
kuchlari qolmagandi. Shu payt Hazrati Tolha radiyallahu anhu egildi.
Uning yelkasiga bosib toshning ustiga chiqdilar Fahri koinot va;
“Tolhaga Jannat vojib bo’ldi..” dedilar.
“Allah yo’lida qatl qilinganlarga o’liklar demang...” oyati xam Uhud
shahidlari uchun nozil bo’lgandi.
Ali Imron 169-170
Va bir hadislarida Fahri koinot sallallahu alayhi va sallam;
“Allah’im! Quling va Rasuling ularning shahidliklariga guvohlik
beradi. Ular xam, qiyomat kuniga qadar kim o’zlarini ziyorat qilib,
ularga salom bersa unga muqobala qiladilar..”
Hazrati Hamza radiyallahu anhu va Musab bin Umayr radiyallahu
anhu’ning qabrlariga ko’zim tushdi. Yanada xayajonlandim. Juda
o’zgacha bir baxt bu. Ko’z oldimga Hazrati Hamzaning va Hazrati
Musabning qanday og’ir ahvolda shahid bo’lganliklari kelayotgandi.
Xar biri yozilgandi o’sha kitobimda va xar birini xayrat bilan
o’qigandim.
Quba masjidiga bordik. Islom tarixining ilk masjidi. Qurilishida Fahri
koinot sallallahu alayhi va sallam xam mexnat qilgandilar. Bu
masjidning fazilati haqida Sarvari olam sallallahu alayhi va sallam;
“Xar kim uyida chiroyli poklanib, tahorat olib, Quba masjidiga kelib
ikki rak’at Namoz o’qisa, unga bir Umra savobi berilur..”
buyurgandilar.
Rivoyatlarga ko’ra bu Namoz shanba kuni o’qilgan Namozdir. Seyyid
aka so’radilar;
⁃
Bugun nima kun?
⁃
Shanba..
⁃
Allahu Akbar.
U yerdan chiqib, Qiblatayn masjidiga bordik, ikki qiblali masjid. Bir
kuni shu masjidda Sarvari olam sallallahu alayhi va sallam, sahobalar
bilan birga Namoz o’qiyotganlarida, go’zal yuzlarini Ka’ba tamon
burdilar. Chunki shu payt Baqara surasi 144-oyat nozil bo’lgandi;
“Yuzingni tez-tez samoga burilayotganini albatta Biz ko’ryabmiz.
Seni, o’zing rozi bo’lgan qiblaga qaraturmiz. Endi, yuzingni Masjid al
Haram tamon bur. Qayerda bo’lsangiz xam, yuzingizni u tamon
buringiz.”
Atigi ikki kun qoldik Madinada. Menimcha, bir oy qolsam xam
to’yolmasdim. Ikki kun ichida to’yolmaganim tabiy xol. Men
tushimdagi eshikni ko’rolmadim. Chunki ayollarning joyi alohida edi.
Eshik esa, erkaklar tamonida. Shundan sabab xam tinmay
yig’layverdim. Qayta, qayta Allah’dan so’rayotgandim, o’sha eshikni
menga ko’rsatishini. Sababini bilmayman, juda ko’rgim keldi.
Madinada ohirgi kunimiz va xufton Namozi vaqti. Aliga telefonimni
berdim va ichkariga kirgach o’sha eshikni men uchun videoga
olishini aytdim. Namoz tugadi va chiqdik. Ali xam keldi;
- Opaa! Videoga olish mumkin emas ekan. Lekin men oldim va xech
kim xech narsa demadi..”
Xursandligimni ko’rsangiz. Oldim va ko’rdim. Xuddi tushimdagi eshik.
Yoshdan sabab ko’zim ko’rmay qoldi. Bir tamondan kulib, bir
tamondan yig’layotgandim. Yashil qubba tagidaman. Bir eshikga, bir
qubbaga qarab kulayotgandim. Robbim yana xursand qilgandi meni.
Yana eng ohirgi kunga saqlab qo’ygandi bu niyatimni xam. Ortimga
qaragan xolda ketayotgandim. Xuddi qalbimni, joyidan yulib, qubba
tagida tashlab ketayotgandim. Bu eng og’ir xayrlashuv... Lekin
qandaydir bir ovoz;
“Xafa bo’lma. Yana albatta kelasan..” deyayotgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |