804
1. Oilalar o`rtasidagi moddiy omillar ustun kelishi oqibatida, belgilangan marosimlar bekor
qilinadi, sababi yana iqtisodiy muammo. Janjalning sababi oddiy:”Biz siz tomonga buncha mebel
qildik, siz esa uncha” bu aynan ota-onalarning yashashi uchun emasku, axir siz yosh qizni kelin,
yosh yigitni kuyov qilish niyatida edingiz-ku! Nahot yoshlarning baxti-soadati ular olib kelgan
sarpo-surug`lar bilan o`lchansa. Bu aynan xalqimiz o`rtasida insoniy burchga zid keladigan salbiy
psixologik qarashlar aynan bu ularda steriotipga aylanib qolgan. Statistik ma`lumotlarga qaraganda
yosh oilarning 3 dan bittasi ya`ni 33% 1-2 yil mobaynida ajrashib ketishmoqda, sababi moddiy
omilga borib tarqaladi.
2. Yana bir muhim sababi bor. Bunda yosh oila a`zolarida sabr-toqatning yetishmasligidir.
Vaqtinchalik qiyinchiliklar yetishmovchiliklarga chidashmaydilar. Ayniqsa qiz boyroq bo`lsa
oddiyroq oilaga tushsa ko`nikmaydilar va oxiri kichik janjallardan ajralish yuzaga keladi. “Sabr
qilsang g`o`radan xolva pishar” deyilgan o`zbek xalq maqolida.
3. Mustaqalikka erishgach davlat chegaralarini ochilishi erkaklarning esa bolalarini, oilasini
tashlab chet elga pul ishlashga ketishi, er-xotinlar o`rtasidagi ruhiy-psixologik munosabatlarning
sovushi, ular o`rtasida tabiiy extiyojlar, rashkni shubhalarning kuchayib borishi yoki bo`lmasa
ayollarning ko`cha-kuydan beri kelmasligi kabi sabablarni keltirishimiz mumkin. Qadimda “ayol
oila o`chog`ini yoqib turadigan muqaddas shaxsdir” deyilgan. Ayollarimiz hozirda ishbilarmon
bo`lib ketdilar, ularning bolalarini eriga tashlab ketishlari ko`payib bormoqda.
4.Yana bir asosiy sabablardan bittasi ularning xarakterologik xususiyatlarning bir-biriga mos
kelmasligi oilada muammolarni keltirib chiqaradi. Er-xotin bir-birini tushunishi o`rniga o`zaro
ayblovlarni kuchaytirib yuboradi. Oilada ayol kishi erining qiziqishlari, extiyojlari, kayfiyatlarni
to`liq o`rganib chiqishi lozim bo`ladi. Buning natijasida oilaviy mojarolarga sabab topilmaydi.
Baxtli oila masalalari bilan shug'ullangan yеtakchi sotsiolog va psixolog olimlar uning 11 ta
eng muhim shart-sharoitlari mavjudligini aniqlaganlar:
1. Er-xotinning o'zaro bir-birini tushunishi, 2.Alohida uy-joyning mavjudligi, 3.Moddiy
jihatdan yaxshi ta'minlanganlik, 4.Farzandlar, 5.Nikoh mustahkamligiga ishonch, 6.Oilada bo'sh
vaqtni qiziqarli o'tkazish, 7.O'ziga yoqqan ish bilan ta'minlanganlik, 8.Ma'lumotning mosligi, 9.Ish
joyining qulayligi, 10.Yaxshi do'stlarning mavjudligi, 11.Er-xotinning erkinligi.
Oilaviy munosabatlar barqaror boʻladi, qachonki:
1. Maqsad, bolalar tarbiyasi bilan bogʻlangan boʻlsa; 2.Maqsad, er-xotinning shaxs sifatida
yanada rivojlanib borishini asoslasa; 3.Maqsad, oila uchun zaruriy narsalarni, uyni shinam va
orastaligini ta'minlashga qaratilgan boʻlsa. (E.Tiyt va V. Ukolova)
Xulosa o`rnida aytishimiz kerakki, oilani qurishda o`zingizga munosib, sizni juda yaxshi
tushunadigan juft topishingiz va bu hayot qiyinchiliklariga sabr bilan bardosh berishingiz lozim.
Axir, ollohim har bir insonni o`zining rizqi bilan yaratgan. Aytishadi-ku, “Oyning o`n beshi
qorong`u bo`lsa o`n beshi yorug`.” Ayolingizni hurmat qiling, og`irini yengillashtiring,
extiyojlariga e`tibor bering va hushmuomilali bo`ling. Ushbu ijobiy psixologik harakatlardan siz
faqat yutasiz. Axir sizning ayolingiz bolalaringizni onasi uyingizning farishtasi va saramjon-
sarishtasining sababchisidir. Hadislarda Muhammad (S.A.V)dan jannat qayerda deb so`raganlarida
u zot aytgan ekanlar: “Jannat onalar oyog`i ostida” Payg`ambarimiz ayolini, onasini shunchalik
yuksaklarga ko`targanki bu kabi oliyjanoblikni uchratishimiz anchayin mushkul hozirgi kunda.
Shunday ekan bir-birimizni ayblashdan foyda yo`q, o`zimiz qanchalik ahil va sabrli bo`lsak oilamiz
ham shu kabi go`zal va mustahkam bo`ladi.
“Yangi avlodni tarbiyalash-xalqni tarbiyalash demakdir.”
Do'stlaringiz bilan baham: