Мақола ва тезислар номи


  SURXON VOHASI AHOLISINING CHORVACHILIKGA OID



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet494/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   490   491   492   493   494   495   496   497   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 


722 
SURXON VOHASI AHOLISINING CHORVACHILIKGA OID 
O’ZIGA XOS AN’ANA VA MAROSIMLARI 
Toshtemirov A.M. 
 TDSHU magistranti 
Odilov B.A. 
TDSHU katta o’qituvchisi, Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori 
Kalit so’zlar:
An’anaviy xo’jalik, Cho’pon ota, qorako’lchilik, Amudaryo, Surxon-Sherobod, 
qo’nish, Potapov, cho’liq, “navro’z-chumchuq”, Ko’hitang, Bobotog’. 
Etnologiya fanida “marosim”, “urf-odat”, “an’ana”,“bayram”lar fanning asosiy tadqiqot 
ob’ekti tarzida keng qo'llaniladi. Chunki har bir xalqning shakllanish jarayoni bilan birga unga xos 
va mos milliy-etnik an’analar, urf-odatlar,marosimlar, bayram va sayllar shakllanib, taraqqiy etib 
boradi. Ular kishilar turmush tarzining muhim bir bo‘g‘ini tarzida tarkib topadi.195 
Asrlar davomida O‘rta Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbeklarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida 
chorvachilik sohasi muhim o‘rin tutib kelgan. Hududning tabiiy-geografik va iqlim sharoiti 
aholining xo‘jalik faoliyati va turmush tarziga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil hisoblanadi. Surxon-
Sherobod vohasining mo‘tadil iqlimi, bahor fasli erta kelishi, yoz fasli uzoq davom etib, qishning 
iliqroq bo‘lishi, hududning dasht, tog‘oldi va tog‘li tumanlarida boy mavsumiy yaylovlarning 
mavjudligi qadimdan an’anaviy xo‘jalik tarmoqlaridan biri bo‘lgan ixtisoslashgan chorvachilikning 
keng rivojlanishiga imkon bergan. Chorvachilikning vohada yetakchilik rolini saqlab qolishiga 
qo‘y-echkilarni tog‘ va adir yaylovlarida boqishga moslashganligi ham asos bo‘lgan 196.Ammo 
o‘troq aholi bilan yarim o‘troq aholi orasida turli xildagi chorva xo‘jaligi mavjud bo‘lgan. Bu holat 
turli doiradagi an’analarning o’zaro transformatsiyasiga ham ma’lum doirada zamin yaratgan. 
Hozirgacha cho‘ponlar o‘zining risolasi va piriga ega. Ularning piri Cho‘pon ota hisoblanib, 
cho‘pon bo‘lish xudoning marhamati, shuning uchun u juda hurmatli kasb deb qaralgan.Surxon 
vohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar chorvadorlar tabiat qonunlariga e’tiqod bilan 
qaraganligi,cho‘pon yangi yilni 16 martdan boshlab kutib olishi hamda xuddi shu kundan boshlab 
yer isib, o‘simliklar ko‘karib molning rizq-nasibasi mo‘l bo‘lishni niyat qilganlar. Sherobod, 
Muzrobot, Angor, Jarqo’rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Bandixon chorva yaylovlariga Navro‘z belgisi 
bo‘lgan “navro‘z chumchuq”i paydo bo‘lish cho‘ponlarni quvontirgan.”Navro‘z chumchuq” oq 
rangli bo‘lsa, yog‘ingarchilik kam bo‘lish yoki sariq rangli bo‘lsa, yomg‘ir ko‘p bo‘lishni sezib 
shunga qarab chorvani taraduddini ko‘rishgan. Sariq, Xotirobod, Sherobod, Angor,Bobotog‘ cho‘l-
adir hamda tog‘oldi cho‘ponlari chorshanba va shanba kunlari ko‘chishni tashkil etib xosiyatli 
kunlardan tez foydalanib qolishgan, juma kunni xosiyatsiz deb ko‘chishni amalga oshirmagan, 
chunki bu kun musulmonlar kabi hamma jonzotlar dam oladigan kun deb tushunilgan. Surxon 
chorvadorlari yaylov haqi uchun maxsus qurbonliklar qilib,chorva piri Cho‘pon otaga sig‘inganlar 
hamda qo‘y piri Cho‘pon ota, qoramol piri-Zangi ota, otning piri-Qambarota, echki piri- Chig‘at 
otaga sig‘inib, ularning haqqiga “is” chiqarib qurbonliklar qilishgan. 
Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar suv manbalari yaqinida o‘troqlasha borib 
dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlaganlar. Surxon vohasida aholining o‘troq yashashi ozuqabop 
o‘simliklarni parvarish etishi, dehqonchilik bilan shug‘ullanishiga boshlangan omil sanalgan. 
Dehqonchilik o‘zining yuqori pog‘onasiga o‘tishi uchun odamning yangi yirik madaniy yutug‘i – 
hayvonlarni o‘rgatish va xonakilashtirish jarayoni amalga oshmog‘i lozim edi. Shubhasiz, 
hayvonlarni o‘rgatish va xonakilashtirish yer yuzasida bir paytda emas, balki har xil sharoitda 
amalga oshgan. Bunday vaziyat turli xil hayvonlarga ham taalluqlidir. K.Keller fikricha, insoniyat 
madaniyatining rivojlanishida hayvonlarni xonakilashtirish muhim ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy 
samaralar berdi. Bu jarayon odamzotga o‘zining ruhiy darajasini ko‘tarishga yordamlashdi, uning 
195 Etnologiya: o’quv qo'llanma /A. Ashirov; mas’ul muharrirlar: U. Abdullayev, G. Fuzailova . - Toshkent: “Yangi 
nashr”, 2014. -184 b. 
196 Кияткин Ф. Курдючное овцеводство в Узбекистане. – Т.: Фан, 1952. – С. 7.


723 
yashashi uchun barqaror manba berdi. Shuning uchun ham ayrim madaniy hududlarda uy 
hayvonlariga haqiqiy e’tiqodning rivojlanishi tasodifiy emasdir.
Surxon vohasi eng qadim zamonlarda hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish joyi bo‘lgan. Natijada 
cho‘ponlik – podachilik usullariga o‘tish imkoniyati tug‘dirilgan. L.P.Potapov fikricha, uy molini 
qo‘lga o‘rgatish va dastlabki urchitish umuman Osiyoda hali neolit davrlarida, miloddan 3 ming yil 
ilgari amalga oshirilgan. Demak, bu vaziyat ko‘chma qoramolchilikdan qancha oldinroq vujudga 
kelgan. Dehqonchilikning rivojlanishi chorvachilikning ham rivoj topishiga olib kelishi kerak edi. 
Chunki Surxon vohasining dehqonchiligi sharoitida ulovbop kuch va dalalarni sug‘orish, o‘g‘itlash 
yetarli miqdorda bo‘lmasa dehqonchilikning yanada rivojlanishi dargumon edi. Shunday qilib, 
qoramol, ot, tuya sonlari kamaymasligi lozim edi. 197
Ko‘pgina tadqiqotchilarning fikricha, ot– odamzod tomonidan o‘rgatilgan va 
xonakilashtirilgan eng qadimgi hayvonlardan biri bo‘lgan. Ko‘p ma’lumotlarning dalolat 
berishicha, ot, hatto, dunyoning madaniy jihatdan ancha rivoj topgan Mesopotamiyaga va Yaqin 
Sharqning qadim zamonlardagi boshqa davlatlariga ham O‘rta Osiyodan tarqalgan. Ot bu yerda 
miloddan avvalgi 2280-yillarda paydo bo‘lgan, qizig‘i shundaki, qadimgi shumer-akkadliklar tilida 
ot "sharq eshagi" deb, xettlar tilida "Sharqdan keltirilgan hayvon" deb yuritilgan. Ot dastlab 
xonakilashtirilgan yurtlarda va xalqlarda ko‘p asrlar davomida boshqa tur xonakilashtirilgan 
hayvonlardek odamga oziq-ovqat beradigan mol sifatida xizmat qilgan. Surxon vohasida ot 
yigitning yo‘ldoshi sifatida qadrlangan va sovg‘alar ichida eng qimmatbahosi sifatida ot turgan. 
Chag‘oniyon amirining g‘aznaviy sultoni Ma’sudga hadya qilgan sovg‘alari ichida yaxshi otlar ham 
bo‘lganligi fikrimiz isbotidir198. Vohada ot tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Otga asosan 
balog‘at yoshiga yetgan, norg‘ul yigitlar qaragan. Otlar, asosan, maxsus otxonalarda saqlangan. 
Otni oziqlantirish uchun maxsus oxurlar qurilgan. Oxur uncha qiyin bo‘lmagan usulda qurilgan. Ot 
uchun ohur zarur hisoblangan, chunki ot hashakni sachratib yegan. Oxurning bir cheti otxonaning 
devori sanalgan. Oxur chuqurligi 0,5-0,6 metr bo‘lib, yerdan bir metr balandlikda qurilgan. Ayrim 
joylarda ot ohuri sifatida uzun yog‘och ham ishlatilgan199. Ot qoramolga yaqin bog‘lanmagan, 
sababi molning nafasi otga og‘irlik qilgan.
Tuyalar tabiatan baquvvat, qumning tabiiy sharoitiga a’lo darajada moslashgan yuk tashuvchi 
hamda go‘sht beradigan hayvon. Tuya muqaddas ma’noda eng toza hayvonlardan hisoblanib, tuya 
timsolida ilohiylar, ham farishtalar, ruhlar tushunilgan. Tuyani ho‘kizni urgandek, aslo urish 
mumkin bo‘lmagan. Tuyani hech narsa bilan, hattoki qo‘l bilan ham urish mumkin emas, 
shuningdek, unga nisbatan haqorat so‘zlarini ishlatish ham ta’qiqlanadi. Tuyada ruhlar va yomon 
ko‘zdan saqlash xususiyatiga ishoniladi. Tumor sifatida uning juni ishlatiladi – dumidan va ayniqsa, 
oldingi oyog‘ida osilib turgan junlari alohida e’zozlanadi. Uning junini duch kelgan joyga tashlash 
man qilinadi. Chunki tuyaning juni ham muqaddas hisoblanib, tuyaboqarlarning homiysi deb 
avliyo Sulton Vaysga e’tiqod qilinadi. 
Vohada chorvadorlar o‘zlariga qarashli bo‘lgan yaylovlarni qo‘nish orqali belgilashganlar200. 
Har bir qo‘nishda bir suruv qo‘y o‘tlab, har bir qo‘nish oralig‘i 8-10 km. gacha bo‘lgan. Qo‘nish 
chegarasi tepaliklar, soylar orqali chegaralangan. Tadqiqotlar natijasidan ma’lum bo‘ldiki, adir va 
cho‘l zonalarida ham qo‘nishlar bo‘lgan. Har bir qo‘nish o‘ziga xos nomlar bilan atalgan201. 
Surxon vohasi chorvachiligiga xos xususiyatlardan yana biri, bahor mavsumlaridan boshlab butun 
qishloq ahlining oilalari bilan birgalikda qo‘nishlarga ko‘chib o‘tishlari kuzatiladi202. 
O‘troq aholining chorvachilik bilan shug‘ullanishining o‘ziga xos sabablari bor. Birinchidan, 
dehqonchilik uchun yer haydashda, xirmon yanchishda, tegirmon, juvozlarni yurgizishda, transport 
197 Surxondaryo-etnografik makon: ocherki,esse\ S.N.Tursunov, T.R.Pardaev,N.Maxmadiyorova.-Toshkent: 
Akademnashr,2012.-98 b. 
198Абу-л -Фазл Бейхаки. История Маъсуда ( 1030-1041), перевод А.К.Арендса.Из.2-е. - Москва,1969.– С.65. 
200 На выборах в узбекской волости // ТВ. 1883. – № 12.
201XVIII asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Surxon vohasi xo‘jaligi// Qobilov E. Tarix fanlari bo‘yicha 
doktorlik dissertatsiyasi // Toshkent, 2018. – 157-bet 
202 XVIII asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Surxon vohasi xo‘jaligi// Qobilov E. Tarix fanlari bo‘yicha 
doktorlik dissertatsiyasi // Toshkent, 2018. – 161-bet 


724 
(ulov) vazifasini bajarishda chorva mollari: ot, ho‘kiz, tuya, eshakdan foydalanilgan. Ikkinchidan, 
dehqon oilalarini go‘sht, sut, qatiq, jun, teri bilan chorva mollari ta’minlagan203, uchinchidan, 
dehqon ekini hosildorligini oshirishda qo‘y, sigir porisi o‘g‘it vazifasini o‘tagan. Qolaversa, 
chorvachilik mahsulotlari vohaning ichki va tashqi savdosida asosiy tovar vazifasini o‘tagan 204.
Surxon-Sherobod vohasida ota-bobolarimiz asosan hisor qoraqo‘y va isliqi qoraqo‘ylarni 
boqishgan bo‘lib, bu qo‘ylar tana va dumba tuzilishiga qarab xam turli xilda nomlangan205. 
Masalan, kapkirt dumba, oyna dumba, shalpi duma turlariga bo‘lingan. Hudud chorvachiligida 
qo‘ychilikning jahon ahamiyatiga molik bo‘lgan tarmog‘i qorako‘lchilik hisoblangan, qimmatbaho 
qorako‘l teri beradigan chibalang arabi qo‘ylari gavdasi uncha katta bo‘lmay, tez harakatlanadi, 
qo‘chqorlari shoxdor, junlari mayin va uzun bo‘lib, asosan juni va qorako‘l terisi uchun vohaning 
cho‘l va yarim cho‘l zonalarida boqilgan.Chibalang (arabi) qo‘ylar chirozi, gardi, kulrang, 
payg‘ami, qora va sur ranglarda bo‘lib, qorako‘l (bag‘ana) terisi junning jingalakligi, gulining 
chiroyligi va jozibadorligi bilan ajralib turgan. Chirozi va sur qo‘ylarning juni oliy navga ketgan, 
qorako‘l terisi jahon bozorida yuqori narxda baholangan. Eng yaxshi sur yoki chirozi qorako‘l terisi 
1 ta katta hisori qo‘y bahosida narxlangan. Vohada chibalang (arabi) qo‘ylarning ko‘k (payg‘ami) 
va kulrang turlari ko‘p tarqalgan. Afg‘oniston bilan chegaradan Amudaryo qirg‘oqlarida ko‘rg‘o‘za 
qo‘y turi boqilgan. Bu qo‘ylar chibalang va isliqi qoraqo‘yning chatishidan kelib chiqqan turi 
bo‘lib, 50-60 kg atrofida go‘sht-yog‘ qilgan. Bobotog‘ etaklari va adirlarida g‘aljaki deb nomlangan 
qo‘y turi ham boqilgan. Bu qo‘y turi Afg‘onistondan Surxon vohasiga o‘tgan qo‘y turi hisoblanadi. 
G‘aljaki qo‘ylar olabosh, oqish, kulrang va ko‘kimtir, ranglarda bo‘lib, 18-20 kg chamasi go‘sht-
yog‘ qilgan. Bu qo‘y turining juni nihoyatda mayin bo‘lib, asosan juni uchun boqilgan va ko‘pincha 
egiz qo‘zilagan. 
Cho‘pon va uning cho‘lig‘i otardagi (har bir otarda 1000-1500 tacha qo‘y bo‘lsa) barcha 
qo‘ylarning o‘xshashligidan qat’iy nazar bir-biridan ajratib ola bilgan, bordi-yu birorta qo‘y yoki 
qo‘zi otarda bo‘lmasa uni darhol sezgan va shunday qo‘y yo‘q deb tusi (rang) bilan aytib bergan. 
Shuningdek, cho‘ponlar, umuman ajdodlarimiz qo‘y-qo‘zilarni yoshiga qarab ham nomlaganlar. 
Qo‘zi esa an’anaviy nomlar bilan, qo‘y bo‘lgandan keyin esa, uning tishiga qarab aniqlaganlar. 
Masalan, endi tug‘ilgani barra, qo‘zichoq deb 2-3 oyligi shirvoz qo‘zi deb, 4-5 oyligi saroyoq qo‘zi 
deb, undan kattarog‘i gaba qo‘zi deb, bir yashari to‘xli, ikki yashari shishak, uch yashari chori, to‘rt 
yashari panji, beshga chiqqani va undan kattasi mangi deb nomlangan. Asosan buni tishlariga qarab 
aniqlaganlar, qo‘y shishak bo‘lguncha qo‘zi tishlari joyida turgan. Shishakka chiqqandan keyin 
o‘rtadagi ikki tish tushib, o‘rnidan katta tishlar o‘sib chiqqan, choriga chiqqanda katta tishlari 4 ta 
bo‘lgan va qo‘y panji bo‘lganda oldidagi barcha tishlari katta tishlarga aylangan.Qo‘ylarning 
dumbali hisori nasllari ayniqsa Janubiy O‘zbekistonda va Tojikistonda ko‘proq bo‘lgan. Ular 
ko‘proq tog’li yaylovlarda kuzning o‘rtalarigacha boqilgan, keyin vodiyga haydab keltirilib, kuzgi 
junni qirqib va qochirib bo‘lgach qishloq atrofidagi o‘tloqlarda va og‘ilxonalarda boqilgan. 
Qo‘ychilik asosan sotishga mo‘ljallangan. Dasht tumanlarda qorako‘lchilik rivojlangan va 
bozorlarga chiqarilgan. Qorako‘l terilarini ilgari maxsus savdogarlar o‘z vakillari orqali terib 
olganlar, barra go‘shti shahar (qishloq) bozorlariga chiqarilgan. Qorako‘l go‘shtlari juda shirin 
bo‘lganligi uchun ular tirik holda shahardagi qassoblarga keltirib sotilgan. Ularning junini qirqib 
ba’zan shahardagi o‘zbeklarga og‘ilxonada boqishga yoki maxsus cho‘ponlarni yollab 
topshirganlar. Podalarni Ko‘hitang va Bobotog‘ tog‘ tizmalaridagi yozgi yaylovlarda boqib avgust 
oyidan shahar bozoriga chiqara boshlaganlar. Katta boylar ham molfurushlik qilganlar206. Qo‘y 
juni ham bozorga chiqarilgan. Undan ayrim xo‘jaliklarda kigiz, palos, gilam, qop va xurjun ishlab 
chiqarilgan va qisman savdo qilingan. Qo‘y terisidan pustin va telpak, shuningdek to‘shama, mesh, 
sanoch va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlari yasalgan. 
203 Пещерева Е.М. Молочное хозяйство горных таджиков и некоторые связанные с ним обычаи.-Ташкент, 
1927; Кармышева Б.Х. Узбеки-локайцы Южного Таджикистана. – Душанбе, 1954; Абдураимов М. Пережитки 
сельской общины в узбекском кишлаке Хумсан// Советская этнография, 1959.№ 4. 
204 Полковник Матвеев. Поездка по бухарским и афганским владениям – С. 24.
205 Dala yozuvlari. Boysun tumani Chilonzor mahallasi . 2021-yil 
206 Современный кишлак Средней Азии (социально-экономический очерк). Вып. 3. – Т.,1926. – С. 54. 


725 
Ko‘pchilik o‘zbeklar echki go‘shtini «sovuqlik» deb ham iste’mol qilganlar. Uning junidan 
xo‘jalikda zarur arqon va ip eshilgan, terisidan poyabzal tikilgan, mesh xamda sanoch ishlab 
chiqilgan. Keyingi yillarda angor echkilarini parvarish qilish avj oldi. Bunday echkilarning juni 
yuqori sifatli bo‘lib, ulardan ajoyib gilamlar va tivit ro‘mollar to‘qilgan.207 
O‘troq ziroatchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘zbeklarda chorvachilik uncha rivojlanmagan, 
chunki sug‘orma yer tanqisligidan xashak yetmagan. Mahalliy dehqonlar oz sonli sigir, echki va 
qo‘yni sut,qatiq va go‘sht uchun ko‘proq boy-baquvvat oilalarda bo‘lgan. Ishchi hayvonlar ham 
asosan boylarda bo‘lib kambag‘al dehqonlar ulardan korrandaga olib ishlatganlar. O‘troq aholi o‘z 
mollari va qo‘y-echkilarini jamoa bo‘lib maxsus yollangan cho‘ponlarga boqtirgan yoki 
og‘ilxonada saqlab boqqanlar. Kambag‘al oilalarda minish, yuk tashish va boshqa xo‘jalik ishlarida 
eshak yoki xachirdan foydalanilgan. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, voha aholisi qadimdan shakllangan o’ziga xos 
chorvachilik madaniyatiga ega va Surxon vohasi etnografik jihatdan alohida e’tiborga molik hudud 
sanaladi hamda bugungi kunda ham ana shu jihatini saqlab qolganligi bilan nihoyatda ahamiyatlidir. 
Shuning uchun Surxon vohasida etnologik va antropologik dala tadqiqotlarini yo’lga qo’yish fanga 
yangi-yangi muhim ma’lumotlarni ochib berishi shubhasiz. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   490   491   492   493   494   495   496   497   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish