Мақола ва тезислар номи


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet502/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   498   499   500   501   502   503   504   505   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Azamov A.A., Samatov B.T. The П-Strategy: Analogies and Applications. The Fourth 
International Conference Game Theory and Management , June 28-30, 2010, St. Petersburg, Russia, 
Collected papers. – Р. 33-47. 
2.Chernousko F.L., Ananiyevski I.M., Reshmin S.A. Control of Nonlinear Dynamical Systems. 
– Berlin, Heidel.: Spr., – 2008.– 396 p. 
3.Blagodatskikh A.I., Petrov N.N. Conflict interaction of groups of controlled objects. Izhevsk: 
Udmurt State University- 2009. 
4.Isaacs R. Differential Games. – New York: John &Wiley, 1971. – 480 p. 
5.Chikrii A.A. (1997) Conflict-Controlled Processes. Kluwer, Dordrecht. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


741 
YUPITER VA UNING YO‘LDOSHLARINI KUZATISH METODIKASI II 
(MEADE LX90 SHMIDT-KASSEGREN TELESKOPI VOSITASIDA)
Tursunbayeva Y.I. 
NDPI magistranti 
Yavidov B.Ya. 
NDPI dotsenti, fizika-matematika fanlari doktori 
Tayanch so‘zlar:
 Sayyora, Yupiter, teleskop, kuzatish metodikasi, 
Ключевые слова:
 Планета, Юпитер, телескоп, методы наблюдения, 
Key words:
 Planet, Jupiter, telescope, methods of observation, 
Zamonimiz rivojlanishni maqsad qilib olgan va shu sababli bugungi kunda yangi innovatsion 
texnologiyalarga ehtiyoj sezmoqda. Yuksak marralarga erishishda jamiyat yosh va malakali 
kadrlarni tarbiyalashni talab qiladi. Keng dunyoqarashga ega insonni tarbiyalash vazifasi 
o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirib, yangi zamonaviy metodlar, innovatsion 
texnologiyalar, texnik va kompyuter (mobile) dasturiy ta’minotini o‘rganishni hamda ularni ishlab 
chiqishni talab qiladi. Shuning uchun ta’lim davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. 
Prezidentimiz ta’kidlaganidek umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish, fanlarni chuqurlashtirilgan 
tarzda o‘rganishga yangicha yondashish - barkamol avlodni tarbiyalash garovidir. Respublikamiz 
ta’lim tizimida olib borilgan islohatlar o‘qitish jarayoniga alohida e’tibor qaratilishiga zamin 
yaratdi[1]. O‘qitishda innovatsion texnologiyalar va texnik ta’minotni qo‘llash, o‘quvchi yoshlarga 
tayyor bilimlarni egallashdan tashqari, olgan nazariy bilimlarini zamonaviy texnologiyalar 
yordamida mustahkamlashni va tahlil qilishni hamda xulosa chiqarishni o‘rgatadi. 
Hozirgi zamon fizika va astronomiya fani o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biri osmon 
jismlarini o‘rganish, kuzatuvlarni amalga oshirish (durbin, teleskop yordamida) va kuzatuvlarni 
tahlil qilishda kompyuter texnologiyalarini qo‘llash hamda kuzatuvning ahamiyatli tomonlarini 
o‘quvchilarga tushuntirishdan iborat. O‘qituvchi o‘quvchilarni qiziqtirish maqsadida astronomiya 
sohasidagi ilmiy izlanishlar va osmon jismlarini kuzatishga mo‘ljallangan qurilmalar bilan 
tanishtirishi lozim. Astronomiyadan olingan amaliy bilimlar kuzatish ishlarini rejalashtirish va 
tashkillashtirish bosqichlarida kuzatuvchiga katta ko‘mak beradi. Ba’zi hollarda o‘quv 
mashg‘ulotlarida teleskop vazifasini bajarishi mumkin bo‘lgan dastur vositasidan foydalanish 
qulayliklar yaratishi mumkin. Astronomik kuzatuvlarda foydalanish mumkin bo‘lgan fan dasturlari 
qatoriga “Sky Map, “Stellarium” kabilarni misol keltirish mumkin. Shu o‘rinda Stellarium” dasturi 
yordamida osmon jismlarini kuzatish va ular haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lish 
imkoniyati mavjud[2]. Aynan kuzatuvga mo‘ljallangan dasturlar astronomiyani o‘qitishda samarali 
va mablag‘ talab qilmaydi. Bunday dasturlar o‘quvchilarga astronomiya mashg‘ulotlarining barcha 
turlarida (ma’ruza, amaliy, seminar, kuzatish) va barcha bo‘limlarida yaqindan yordam berishi 
mumkin. 
“Koinot” – bu so‘zni tilga olar ekanmiz, ko‘z oldimizga cheksizlik, manziliga yetib 
bo‘lmaydigan uzoq yo‘l keladi va bu yo‘lning yo‘lovchilari bo‘lgan har bir astronom juda chiroyli 
manzaralarga duch kelishi muqarrar. Koinot haqidagi tasavurlarimizni kengaytirish uchun u haqida 
ko‘proq bilimga ega bo‘lishimiz kerak. Ko‘p yillardan buyon osmon jismlari o‘zlarining sirli 
qiyofalari, murakkabligi va takrorlanmasligi bilan insonlarning diqqat markazida bo‘lib keladi. 
Osmon jismlari harakatini o‘rganish orqali vaqtni o‘lchash uchun Quyosh soatlari, Oy va Quyosh 
kalendarlari yaratilgan, inson qayerda ekanligini aniqlash uchun yulduzlar o‘rganilgan, kishilar o‘z 
manzillariga yetib borishlari uchun yo‘lchi yulduzlar ortidan harakatlanganlar. O‘rta asrlarga kelib, 
Astronomiya fani rivojlana boshladi. Galileo Galiley tomonidan (1609-1610-yillarda) teleskop 
ixtiro qilinganidan buyon osmon jismlari kuzatila boshlandi. Galiley o‘zi yasagan teleskop 
yordamida Yupiterni kuzatishi jarayonida sayyora atrofida to‘rtta yorqin osmon jismlarini topadi. 
Shu sababli Yupiterning Ganimed, Kallisto, Io va Yevropa kabi yo‘ldoshlari - Galiley yo‘ldoshlari 


742 
deb ataladi. Hozirgacha astronomlarning diqqat markazida bo‘lib kelayotgan Yupiter - sirli sayyora 
sifatida qolmoqda[3]. Planetalar ichida Yupiter tabiati va tuzilishiga ko‘ra boshqa sayyoralardan 
farq qiladi. Yupiter Quyosh tizimidagi eng katta planeta bo‘lganligi uchun ham bu planetaga 
qiziquvchilar soni ko‘pchilikni tashkil etadi. Hozirda Yupiterning aniqlangan yo‘ldoshlari soni 79 
taga yetdi(1-jadval). Qurollanmagan ko‘z bilan Yupiterni bemalol ko‘rish va kuzatish mumkin, 
lekin uning yo‘ldoshlarini ko‘rish uchun albatta teleskop kerak bo‘ladi. Yupiterni teleskopda 
kuzatish o‘quvchi(talaba)lar uchun muhim ahamiyatga ega. Teleskop yordamida kuzatilayotganda 
diqqatli bo‘lish talab etiladi. Kuzatuv jarayonida mayda detallarga ham alohida e’tibor berilsa, 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Kuzatuv asboblaridan biri Nukus Davlat Pedagogika institutining ilmiy-o‘quv 
observatoriyasidagi teleskop hisoblanadi. Ushbu teleskop Meade Instruments Korparation 
kompaniyasining LX90 Shmidt-Kassegren tipidagi reflektor teleskopi bo‘lib, ko‘plab 
imkoniyatlarga ega[4]. Huddi shu teleskop yordamida Yupiter sayyorasini kuzatish jarayoni haqida 
quyida qisqacha keltirib o‘tiladi: Nukus Davlat Pedagogika institutining ilmiy-o‘quv 
observatoriyasidagi Meade LX90 Shmidt-Kassegren teleskopi yordamida osmon jismlarini bemalol 
kuzatish mumkin. Kuzatuvlarni olib borish uchun kuzatuvni rejalashtirish va tashkillashtirish 
bosqichlarini amalga oshirish kerak bo‘ladi. Kuzatuvlarni rejalashtirish uchun eng birinchi ob-
havoni ishonchli internet saytlaridan aniqlab olib, kuzatiladigan obyektning yil davomida ko‘rinma 
harakatini o‘rganish kerak. Kuzatuvlarni tashkillashtirish uchun esa obyektning kulminatsion 
nuqtasini, chiqish va botish nuqtalarini aniqlash kerak bo‘ladi. Kuzatuvni osmon ochiq kunga 
belgilash, atrofda oshxonalar bo‘lmasligiga e’tibor berilishi zarur, chunki tasvirning aniqligi 
kuzatuvchi uchun muhimdir. Teleskop ochiq va osmon sferasi ko‘rinadigan joyga o‘rnatilgandan 
keyin albatta kuzatuvga tayyor holatga keltirilishi kerak. Texnik nosozliklarning oldini olish 
maqsadida qo‘shimcha 8 ta C batareykalar ham zarur. Teleskopni kuzatuv jarayoniga tayyorlash 
uchun ketma-ket amalga oshiriladigan bir necha bosqichlarni bajarish talab qilinadi. Teleskop 
yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqqan va doimiy ravishda kuzatuvlarda qatnashib kelayotgan 
o‘quvchi(talaba)largagina teleskopdan foydalanishga va mustaqil kuzatuv olib borishga ruxsat 
berish mumkin. Yuqoridagi ikki bosqich amalga oshirilgandan keyin kuzatuvlarni bemalol olib 
borilsa bo‘ladi. Yupiter tungi osmonda yorqinligi bo‘yicha Oy va Veneradan keyingi o‘rinda 
bo‘lganligi uchun uni bemalol yulduz xaritalaridan foydalanib topib olinsa bo‘ladi. Odatda Yupiter 
qo‘shnisi Saturn bilan birgalikda harakatlanganligi sababli uni topish yanada osonlashadi. Yupiterni 
har doim ham tunda kuzatib bo‘lmaydi. Ba’zida uni osmonimizda kunduzi, ba’zida esa tunda 
uchratish mumkin. Yupiter butun Qish faslida kunduzgi osmonda bo‘lgani uchun uni tunda kuzatish 
imkoniga faqat May oyidan boshlabgina ega bo‘ldik. Yupiterni tungi osmonda 2:00 dan boshlab 
tong yorishguniga qadar, ya’ni 3-4 soat davomida tinimsiz kuzatish mumkin. Yupiterning 
yo‘ldoshlarini va ularning tranziti (Yupiter yuzasidan o‘tish hodisasi) ni, har xil tezlikda 
harakatlanuvchi qatlamlari karakatini kuzatish va kuzatuvlar jarayonida Yupiterning fotosuratlari va 
video tasvirlarini olish imkoniyati ham mavjud. Buning uchun teleskop kompyuterga ulanadi va 
qo‘shimcha dasturlardan foydalaniladi. Kuzatuvlar jarayonida Yupiter sayyorasining Meade LX90 
teleskopida olingan tasvirlari 1- va 2- rasmlarda keltirilgan.


743 
1-rasm. Yupiterning Meade LX90 
teleskobida olingan tasviri (06.05.2021) 
2-rasm. Yupiterning Meade LX90 
teleskobida olingan tasviri (26.05.2021) 
1-jadval 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   498   499   500   501   502   503   504   505   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish