Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet452/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
Фойдаланилган адабиётлар: 
1. Давлетшин. М.Г, Дўстмухаммедова. Ш, Мавлонов. М, Туйчиева.С. Ёш даврлари ва 
педагогик психология. Тошкент 2004, 85б. 
2. Pedagogika. N.G`aybullayev va boshqalar. Ma’ruzalar matni. -Tошкент,2000 
3. Бекимбетова.А.А, Алаўатдинов. С.И, Сагиндикова Н.Ж. Семинар сабақларды 
оқытыўда инновациялық тәлим технологияларын пайдаланыў. «Қарақалпақстан»., Нукус. 
2013 
4. Бабанский Ю.К. Методы обучения в современной общеобразовательной школе. – 
Москва, Просвещение, 1985. – 205 с. 
5.Каримова В.М. Психология. Тошкент.: Шарқ,2000 
6. Нишонова З.Т. Олий мактаб психологияси. Тошкент. 2011 
7. Юсупова З.З. Педагогика психология маърузалар матни. Тошкент. 2011 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


632 
RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI 
Sabirova D.A. 
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o`qituvchisi 
Saidova M.X. 
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o`qituvchisi 
Raqamli iqtisodiyot bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan iqtisodiyot 
bo’lib, ba'zan uni internet iqtisodiyoti yoki web-iqtisodiyot deb ham atashadi. Аksariyat 
tadqiqotchilarning eʻtiroflariga koʻra, 20-asrning so'nggi o'n yilligida paydo bo'lgan raqamli / 
elektron iqtisodiyot kontseptsiyasi g'oyasini 1995 yilda amerikalik informatik olim Nikolas 
Negroponte “Raqamli boʻlish” (Being Digital) deb nomlangan asarida taklif etgan deb hisoblanadi.
XXI asrga kelib raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki bo'lgan omillar - bu cho'ntak 
kompyuterlari, uyali telefonlar, raqamli kameralar, sun'iy yo'ldosh navigatsiyasi, o'rnatilgan 
sensorlar, bulutli hisoblash va 
boshqalar. 
Biroq, 
raqamli 
iqtisodiyot 
nafaqat 
onlayn 
jarayonlar va operatsiyalarni, 
balki 
biznes 
aloqalarining 
deyarli 
barcha 
jihatlarini 
raqamlashtirishni ham o'z ichiga 
oladi. 
Raqamli 
iqtisodiyot 
quyidagi asosiy elementlarni o'z 
ichiga oladi: elektron tijorat, 
elektron 
banklar, 
elektron 
to'lovlar, Internetdagi reklama, 
elektron 
valyuta. 
Bugungi 
kunda elektron tijorat ya'ni, 
internet orqali turli xil tovarlarni sotib olish / sotish keng rivojlanmoqda. 
1.-rasm. Raqamli texnologiyalar 
Bulutli hisoblash (Сloud computing) – shunday resurski, foydalanuvchi undan internet 
tarmog`i vositasida masofadan turib ishlay oladi.
Katta ma'lumotlar (Big data)— katta hajmdagi ma´lumotlarga nisbatan qo´llanadigan termin 
hisoblanadi (odatda terabayt, ekzabayt va petabaytlar darajasida).
Virtual reallik (VR) - texnik vositalar bilan yaratilgan, insonga ko‘rish, eshitish va boshqa 
sezgi organlari orqali ta'sir ko‘rsatadigan dunyo.
To`ldirilgan haqiqat (Augmented Reality, AR)- bu atrof-muhit haqida ma'lumotni to'ldirish va 
atrof-muhit haqidagi tasavvurlarni o'zgartirish maqsadida har qanday hissiy ma'lumotlarni vizual 
maydonga kiritish natijasidir.
Sun`iy intellekt (Artificial Intelligence) - bu aqlli kompyuter tizimlarini, ya'ni biz an'anaviy 
ravishda inson ongi bilan bog'laydigan qobiliyatlarga ega tizimlarni rivojlantiradigan informatika 
sohasidir.
Robot (chex tilidan “robota” – majburiy mehnat) — bu insonning jismoniy va aqliy faoliyati 
bilan bog’liq operatsiyalarni bajarishi mumkin bo’lgan kibernetik tizim.
Robototexnika - bu avtomatlashtirilgan texnik tizimlarni yaratish bilan shug'ullanadigan 
amaliy fan bo'lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng muhim texnik asos hisoblanadi.
3D texnologiyalar- uch o`lchamli hajmdor narsa buyumlar yaratadigan texnologiyadir. Ushbu 
texnologiya qurilmalariga 3D printer, 3D skaner 3D displeylar kiradi. 


633 
Cisco ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi yigirma yil ichida Internet-trafik hajmi sezilarli darajada 
oshdi. 1992 yildan 2017 yilgacha kunlik quvvati 100 GB dan 45000+ GB gacha o'sdi. Va 2022 
yilga kelib dunyo IP-trafikning uch baravar ko'payishini kutmoqda.173
1-diagramma. 
Internet foydalanuvchilari global o'sishi 
 
Manba: Cisco yillik Internet hisoboti, 2018-2023 
Oxirgi yillarda iqtisodiyotning mavjud tarmoqlari ma`lumotlariga asoslangan biznes 
modellaridan foydalanadigan ko'plab raqamli platformalar yaratildi. 
Raqamli platformalar har ikkala tomon uchun Internetda onlayn rejimda o'zaro aloqada bo'lish 
mexanizmi sifatida amal qiladi . 
2-diagramma. 
Evropa 
davlatlarida 
raqamli 
texnologiyalardan 
foydalanish, 
DESI 
2018-
2019yy.174 
DESI (Digital Economy 
and Society Index ) - raqamli 
iqtisodiyot va jamiyat indeksi 
bu Evropada raqamli texno 
logiyalar 
ko'rsatkichlari 
bo'yicha 
tegishli 
ko'rsatkichlarni 
umumlashtiradigan va Evropa 
Ittifoqiga a'zo davlatlarning raqamli raqobatbardoshlik sohasidagi samaradorligini tahlil qiladigan 
svod indeks hisoblanadi. 
DESI indeksi beshta asosiy yo'nalishni qamrab oladi: aloqa, inson kapitali, Internetdan 
foydalanish, raqamli integratsiya va raqamli davlat xizmatlari. 
Shanxay Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi mutaxassislari Global Digital Economy 
Competitiveness Development Report (2019) yillik hisobotini e'lon qildilar va dunyodagi eng 
raqobatbardosh raqamli iqtisodiyotda ega davlatlarni ko`rsatib o`tishdi. 
Reytingda mamlakat raqamli iqtisodiyotini tashkil etuvchi to'rtta omil, jumladan raqamli 
sanoat, raqamli innovatsiyalar, raqamli qurilmalar va raqamli boshqaruv institutlari inobatga 
olingan. 
Quyida dunyodagi o`nta raqobatbardosh raqamli iqtisodiyotga ega davlatlarni ko`rib 
chiqamiz: 
173 https://www.cisco.com/c/en/us/solutions/collateral/executive-perspectives/annual-internet-report/white-paper-c11-
741490.html
174 Н. И. Диденко, Д.Фю Скрипнюк, В.В. Кобылинский. Оценка развития цифровой экономики на примере 
Европейского союза. Статья. ISSN 2079-4665 (Print), 2411-796X (Online) 2019г. 


634 
1.2-diagramma. 
Dunyo miqyosidagi raqamli raqobatbardoshlik reytingi, 2020 y175 
Ushbu ro'yxatda ko'plab Skandinaviya davlatlari yuqori o'rinlarni egallashdi, Daniya, 
Shvetsiya, Norvegiya va Finlyandiya birinchi o'ntalikka kirdi. 
Bugungi kunda jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning 
keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat 
uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan.
O‘zbekiston Respublikasida mamlakatning jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash, 
xududlarda raqamli tafovutni bartaraf etish, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish uchun zarur 
muhitni yaratish bo‘yicha ma’lumotlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotni shakllantirish, davlat 
boshqaruvi samaradorligini oshirish, aholi va tadbirkorlik su’bektlariga qulay davlat xizmatlarini 
ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” 
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 
(PF–6079-son, 05.10.2020 y.) qabul qilindi. 
3-diagramma. 
Raqamli iqtisodiyotning jahon mamlakatlari yalpi ichki mahsulotidagi ulushi176 
O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning hozirgi rivojlanish bosqichi shakllanish davri va yuqori 
dinamikasi bilan ajralib turadi.
175 https://www.statista.com/statistics/1042743/worldwide-digital-competitiveness-rankings-by-country/ 
176 Sh. Mustofoqulov, Raqamli iqtisodiyot -yangi O`zbekiston taraqqiyotining yangi davri. -Xalq so’zi- gazetasi-40-
2020-02-25_2 


635 
Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli 
texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirishning quyidagi asosiy shartlari va ustuvor yo‘nalishlarini sanab o‘tish maqsadga 
muvofiq: 
raqamli texnologiyalar barqaror faoliyat ko‘rsatishi uchun institutsional muhit va raqamli 
infratuzilmani yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar 
darajasida internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq qoplashni 
bosqichma-bosqich ta’minlash; 
kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish va bu yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur bilimga ega 
malakali dasturchilar va injener-texnik xodimlarni yetishtirish, ta’lim tizimining barcha 
bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan zamonaviy axborot texnologiyalarini 
o‘qitish, shu jumladan, xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda “1 million dasturchi” loyihasini 
muvaffaqiyatli amalga oshirish; 
raqamli iqtisodiyot sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yetakchi xalqaro 
texnologik kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, 
innovatsion ishlanmalar bo‘yicha zamonaviy ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil 
etish.177 
Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosan 
ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu 
sohalarda innovatsion loyihalar va IT-kompaniyalarni qo‘llab quvvatlagan holda qulay ekotizimni 
yaratishi lozim. 
Shuningdek, davlat innovatsion va raqamli ekotizimni qo‘llab-quvvatlash sohasida raqamli 
ta’limning zamonaviy metodlarini qo‘llab-quvvatlashi, innovatsion xizmatlarni samarali tartibga 
solish normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni o‘zlashtirishda ko‘maklashishi hamda 
texnologik jarayonlarning chuqurlashuvida yuzaga chiqadigan risklarni pasaytirish choralarini 
ko‘rishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish