549
KREATIV TALABALARNING MOTIVATSION TOMONLARINING O’ZIGA XOSLIGI
Muxamedova D.G.
O’zMU p.f.d., professor
Nuriddinov B.X.
O’zMU magistratura talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kreativlik qobiliyatiga ega talabalarning motivatsion
tomonlarining o’ziga xosligi xususida hamda talabalarda kreativlikni davriy tarzda
o’zaruvchanligi, moslashuvchanligi va nostabillik xususiyatiga egaligi haqida to’xtalib o’tilgan.
Shuningdek, kreativlikning sharq va g’arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi va o’rganilganligi
ham bayon etilgan.
Аннотации:
В статье рассматривается специфика мотивационных аспектов
учащихся с творческими способностями, а также периодическая изменчивость, гибкость и
нестабильность творческих способностей учащихся. Также утверждается, что
творчество изучается и исследуется восточными и западными учеными.
Annotation:
This article discusses the specifics of the motivational aspects of students with
creative abilities, as well as the periodic variability, flexibility and instability of creativity in
students. It is also stated that creativity has been studied and studied by Eastern and Western
scholars.
“Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ
maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar,
Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo,
taʼlim
va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va
innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozim”.
Zero, bugungi kunda ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish borasida hal etilishi zarur boʻlgan
koʻplab muammo va vazifalar mavjud
144
. Ushbu muammolarni hal qilishning asosiy
manbaaalaridan biri - keyingilikda oliy ta’lim tizimda ijodkor talabalarni interfaol va inovatsion
usullardan samarali foydalangan holda o’qitish, ularni kelajak istiqbollari uchun bilim, ko’nikma va
malakalalarini shakllantirish, motivatsion sohasini individual jihatdan tubdan isloh qilishni nazarda
tutadi. Bugun qilayotgan yaxshi ishlarimiz yosh avlod barkamolligi uchun xizmat qilishi shubxasiz.
Bugun qanday ko’chat eksak, ertaga shunday meva olamiz. Yosh avlodni el-yurtga, Vatanga
sadokatli, iymon-e’tikodli, mard va jasur, yukori malakali, ma’naviyati
yuksak insonlar qilib
tarbiyalashda ta’lim maskanlarining alohida o’rni bor
145
. Ijodkor talaba har doim oraliq yondashuv
yo’lini tutadi, ya’ni ratsionallik ( ta’lim, sub’ektiv ijod bosqichi) va intuitivlik ( asl, ob’ektiv ijod)
dialektikasini. Shuning uchun asl ob’ektiv ilmiy ijod intuitiv ravishda inovatsion mo’jizalarini
yaratadi va o’zida qisman ratsionallik yoki texnologiya unsurlarini ham aks ettiradi. Boshqa
koʻnikmalar kabi, kreativ fikrlash ham amaliy va yo’naltirilgan yondashuv orqali rivojlantirilishi
mumkin. Baʼzi o‘qituvchilarga oʻquvchining kreativ fikrlashini rivojlantirish oʻquv dasturidagi
boshqa fanlar evaziga boʻlayotgandek ko’rinadi. Aslida, oʻquvchilar barcha fanlarda kreativ
fikrlashi mumkin. Kreativ fikrlash bilim berishga qaratilgan dars mobaynida koʻr-koʻrona yodlash
oʻrniga tadqiqot va ixtironi qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuvlar orqali rivojlantirilishi bilan
alohida ahamiyatga ega Ob’ektiv olib qaralganda, intuitivlik va ratsionallik ijodkor talabaning
dastlabki motivatsion sohasi hisoblanadi
146
. Talabaning motivatsion sohasini tadqiq qilishda keying
navbatda, uning dunyoqarashiga e’tibor qaratish lozim. Insonning xususan, ijodkor talabaning
dunyoqarashi
tevarak atrofdagi borliq, tabiat haqidagi, ongning borliqqa munosabati, boshqa
odamlar va o’zi xaqidagi bilimlar, qarashlar, maslaklar sistemasidir. Shu boisdan dunyoqarash
144
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi. Правдая востока газетаси. M.Tojimatova. 01.08.2021.
145
Z.Nishanova, P.Ergashev. Oliy maktab psixologiyasi. O’quv qo’llanma 4-bet. T:.2012
146
M.Salaxutdinova, R.Musinova. Ijod va kreativlik psixologiyasi. Monografiya.32-bet. S:.2018
550
talaba faoliyati, o’zaro munosabatlari uchun muhim ahamiyatga ega
147
. Ijodkor talabaning
dunyoqarashi murakkab psixologik tuzilma bo’lib, uning faoliyati maqsadlari, motivlari va barcha
sifatlari rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib
turgan bir paytda ancha keng hamda kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik an’anasiga ega
bo‘ladi. Demak, kreativlik – layoqat, jarayon va muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, u orqali
shaxs yoki guruh ushbu ijtimoiy
kontekst uchun ham yangi, ham foydali boʻlgan salmoqli
mahsulotni yaratishidir. Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo etadi, lekin
shu bilan birga aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va sanʼatkorlik talanti kabi kengroq va maxsus
koʻnikma va qobiliyatlar ham zarur boʻladi. Masalan, sanʼat durdonalari yoki texnologik
kashfiyotlarni yaratish bilan bogʻliq buyuk ijodkorlikda kreativ fikrlashdan tashqari salmoqli talant,
chuqur bilim, muayyan sohada tinimsiz mehnat hamda jamiyat tomonidan ushbu mahsulot
qiymatga ega ekanligi haqidagi eʼtirof ham talab etiladi. Aksincha, kichik yoxud kundalik kreativlik
(masalan, fotojurnalda rasmlarni mahorat bilan joylashtirish; oziq-ovqat qoldiqlaridan yangi taomni
hosil qilish yoki ishxonadagi murakkab muammoga ijodiy yechim topish kabi) ijodiy fikrlashga
qodir deyarli barcha insonlarga zarurdir. Ijodkor talabalarning motivatsion sohasida ilmiy
dunyoqarash ham bo’lib u talabaga tevarak-atrofda sodir bo’layotgan hodisalarni to’g’ri anglashga
imkon beradi. Dunyoqarash voqea, xodisalarni to’g’ri tushunish, xabardor bo’lish kabi vazifalarni
bajaradi. Shuning uchun xam u shaxsning (talabaning) ma’naviy, mafkuraviy, g’oyaviy-siyosiy,
ilmiy-axloqiy va estetik rivojlanishida, ijtimoiy faolligida muhim asos, birlashtiruvchi faktor bo’lib,
kishining xulqi, xatti-xarakatlarini bir maqsadga yo’naltiradi, o’z g’oyalarini va jamiyatning
insonparvarlik ideallarini ro’yobga chiqarishda motivatsion jihatdan qat’iy bo’lishga da’vat etadi.
Psixologiyada «motivlar tizimi», «motiv tizimi», «motivlash sohasi muntazamligi» va boshqa
tushunchalar keng tarqalgan. Bu tushunchalar ko’p holatlarda “implitsit
148
” darajada tushuniladi.
Ularning zamirida ma’lum muntazam borliq yotganligi hech kimda shubha uyg’otmaydi.
149
Biroq
hozirgacha bu tushunchalar mazmunini tizimli yondashuv nuqtai nazaridan ochishga bag’ishlangan
maxsus ishlar bajarilmagan. Zamonaviy psixologiyada motivatsiyaning ko’pgina nazariyalarida
darajaviy g’oyalar keng tarqalgan. Darajaviy tushuntiruvchi jadval
inson motivatsion sohasi
murakkab tuzilishini o’rganishdan turli tuzilishga ega bo’lgan motivatsion birliklar o’zaro
aloqalarini tekshirishdagi samarali vosita hisoblanadi. Motivatsion sohada motivni affektiv-kognitiv
tushunish muammosini inson xulqining affektiv - kognitiv determinatsiyasi muammosi sifatida
qarash Aristotel tomonidan ilgari surilgan edi. Uning ta’kidlashicha, yozadi: «U ham, boshqasi ham
- aql va intilish - fazoviy harakatga moyillik tug’diradi» va yana o’z fikrini rivojlantirib, Aristotel
deydiki, bir tomondan «aql intilishsiz harakatlanmaydi, ammo intilish ba’zan tafakkursiz ham
harakatga kelishi mumkin»; ikkinchi tomondan aql istaklarga qarshi turishi mumkin - «aql kelajakni
nazarda tutib, shoshilmaslik haqida buyruq beradi»
150
. S.L.Rubinshteyn fikricha, motivni u yoki bu
mayl, zaruriyat, qiziqish inson uchun maqsad bilan munosabatdoshlikda harakat motiviga aylanadi.
Shunday qilib, S.L.Rubinshteynning motivga bergan ta’rifi motivning affektiv - kognitiv tabiatga
egaligini tasdiqlaydi. Shunday qilib, motivni affektiv-kognitiv ravishda tushunish, psixologiya
taraqqiyotida murakkab tarixiy yo’lni bosib o’tib, hozirgi vaqtda maktab yoshidagi talabalarning
o’qish motivatsiyasini diagnostika qilish va korreksiyalash vazifalarini hal qilishda boshlang’ich
nuqta bo’lib qolishi kerak. Hozirgi davrda o’qish motivatsiyasini diagnostika qilishning boshqa
yo’llari tavsiya qilinayapti: laboratoriya eksperimentlari pedagogik tajribalar bilan (tabiiy
diagnostika uslublarini qo’llash bilan),
shuningdek, real o’quv jarayoni sharoitida talabaning
ijtimoiy xulqini uzoq muddat o’rganish bilan to’ldirilishi mumkin (A.K.Markova). Ijodkor
talabalarning o’qish motivatsiyasini diagnostika qilish uni o’tkazish uchun uslub tanlash
tamoyillarini aniqlashtirishni talab qiladi. O’quv faoliyati motivatsiyasini diagnostika qilishda
quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. 1. Diagnostika tekshiruv predmeti bo’lgan ta’lim
motivatsiyasi ko’rsatkichlarini belgilash. 2. Uch toifadagi diagnostika uslublarini tanlash, bevosita
147
.Nishanova, P.Ergashev. Oliy maktab psixologiyasi. O’quv qo’llanma 61-62 bet. T:.2012
148
«Implitsit» (lotin) – «noaniq tasdiqlanish»
149
H.Holmurodova. Talabalarda o’quv motivini shakllanishining psixologik xususiyatlari. BMI.23 bet. N:.2019
150
H.Holmurodova. Talabalarda o’quv motivini shakllanishining psixologik xususiyatlari. BMI.23-24 bet. N:.2019
551
loyihaviy va bilvosita-ta’lim motivatsiyasi ko’rsatkichlarini diagnostika qilishga yo’naltirilgan
uslublar. 3. Har bir uslubning ajratilgan ko’rsatkichlarga bo’lgan diagnostikaviy imkoniyatlarini
aniqlash. 4. Mazkur metodika asoslangan va natijalarni namoyon qilish chog’ida hisobga olinadigan
nazariyani - uslubning metodologik asosini hisobga olish. 5. Metodika matnlarining talabalar yosh
xususiyatlariga mosligi. 6. Talabalar shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish. 7. Diagnostikani
o’tkazish vaziyatining diagnostika maqsadlariga mosligi. Yuqoridagi keltirilgan ta’lim
motivatsiyasini diagnostika qilish usuli biz o’rganayotgan muammoni yanada chuqurroq
tekshirishga asos bo’lib xizmat qiladi. Agar ijtimoiy motivlar ham ta’lim faoliyati uchun yetakchi
hisoblansa, bir qator mualliflar (P.YA.Galperin va boshqalar) ta’lim faoliyatiga nisbatan ularga
tashqi motivlar sifatida qaraydilar. «Motivatsion tizim» motivatsion sohadan farqli ravishda,
ma’lum tashkiliy yaxlitlikning, bir butunlikning bo’lishini talab qiladi. Yaxlitlik, motivatsion tizim
qismlari haqida turli tasavvurlar mavjud.
Psixologiyada, motivatsion soha doirasida
V.G.Aseyevning ishlarini alohida ko’rsatish kerak. Qarama-qarshi rivojlanish, shakllanish
jarayonida inson motivatsion sohasida muntazam taraqqiyotga nisbatan moyillik tendensiyasi sezila
boradi. Bu tendensiya, V.G.Aseyev fikricha, tartibsiz shakllangan istaklarning ancha yirik
motivatsion birliklarga kirishuvi, birlashuvi yuz beradi. V.G.Aseyev bu kirishuvni istaklarning bir-
biri bilan mazmuniy-ma’naviy va dinamik jihatdan munosabatdorligi sifatida tushunadi.
Motivatsion tizim motivatsion soha birligi sifatida, V.G.Aseyev bo’yicha, motiv, talab, qiziqish,
intilish, maqsad, ideal, havas, motivatsion ko’rsatma kabi motivatsion hodisalarni ifodalovchi
tushunchalarni oladi. Shunday qilib, V.G.Aseyev turli motivatsion hodisalar-istaklar turlari
o’rtasida tizimiy munosabatlar bo’lishi mumkin deb hisoblaydi. Bir jihatdan olganda, istaklar
motivatsion tizim qismlari deb qaralishi mumkin, deb ta’kidlaydi. Hulosa o’rnida keltirib o’tish
mumkinki, ijodkor talaba (shaxs) motivatsion o’z-o’zini boshqarish mexanizmlarining tahlili,
talabalarning o’qish faoliyatidagi motivlarini diagnostika qilish va korreksiyalashda, o’z-o’zini
takomillashtirish ishida amaliy yordam berishi mumkin. Ijodkor talabalarning motivatsion sohasi
juda murakkab hisoblanib, uning ierxiyasi, strukturasini tadqiq
qilishda individuallik
xususiyatlariga va personal dunyoqarashiga ham e’tibor qaratish diagnostik ishlarda yaxshi samara
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: