Мақола ва тезислар номи


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet407/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi. Правдая востока газетаси. 
M.Tojimatova. 01.08.2021. 
2.Z.Nishanova, P.Ergashev. Oliy maktab psixologiyasi. O’quv qo’llanma 4,61,62bet. T:.2012 
3. H.Holmurodova. Talabalarda o’quv motivini shakllanishining psixologik xususiyatlari. 
BMI.23 - 30 bet. N:.2019

4.
M.Salaxutdinova, R.Musinova. Ijod va kreativlik psixologiyasi. Monografiya.32-bet. 
S:.2018 
Internet saytlari:
1. 
www.ziyonet.uz
  
2. 
www.pedagog.uz
  
3. 
www.tdpu.uz
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


552 
MATEMATIKA FANI BILAN AKT O’RTASDAGI O’ZARO BOG’LIQLIK 
Nurmamatov A.A. 
Namangan davlat universiteti 2-kurs magistranti 
Annotatsiya:
Maqola “Matematika fani bilan AKT o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik” haqida 
yozilgan. Ushbu bog’liqlikni elektron ta’limni rivojlantirish va qo’llashdir. Matematikadagi ko’p 
formulalar va elementlar axborot texnologiyalari yordami ancha qo’l kelmoqda va birga 
qo’llanilmoqda. Bu kengroq tushuncha bo’lib, AKT asosida o’rganishning turli shakl va yo’llarini 
anglatadi. 
Kalit so’zlar:
Raqamli texnologiyalar, AKT, ta’limni raqamlashtirish, mobil qurilmalar 
tilshunoslik, talabalar. 
Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa 
axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta'minlash 
maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. 
Kompyuter texnikalarini ta'lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini 
optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi. 
Keyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha 
asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi 
o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab 
chiqish va boshqalar kiradi. 
Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo’nalishi ayrim o’quv holatlarini 
modellashtirishdir. Modellashtirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa 
usullari qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin bo’lgan materiallarni tushunarli 
bo’lishini taminlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o’quvchilarga ma'lumotlarni grafik 
rejimda kompyuter multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular 
matematikani chuqur o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga 
moyil bo’ladilar. 
Ko’p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish 
uchun professional matematikdan o’z kasbi bilan bir vaqtda ma'lum bir algoritmik til va 
dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha 
qulayliklarga ega bo’lgan matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli 
sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali 
differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga oshirish mumkin. 
Axborotlarni ifodalash va uzatishga bo’lgan ehtiyoj so’z, yozuv, tasviriy san’atda, kitob chop 
etish, pochta aloqasi, telegraf, telefon, radio, oynai jahon va ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini 
boshqarishning barchasi kompyuter texnologiyalari yordamida osongina hal qilinmoqda. 
Buning siri shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan, qog'ozlarda, magnit 
tasmalarida, ya’ni EHM dan tashqarida saqlanmasdan, matn, chizmalar, sur’atlar, tovushlarning 
barchasini axborot shaklida EHM larda saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini ishlab 
chiqilganligidadir. 
Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga o’xshash boshqa 
ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan 
hal etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika, ximiya, biologiya va boshqa fanlarni o’qitishda 
kompyuter 
texnologiyasidan foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda. 
Haqiqatdan o’qituvchi Windowsoperatsion tizimi bilan ishlatiladigan Word matn muharriri, 
Power Point, Internet, Excel va boshqa maxsus amaliy dasturlar, Multimedia vositalari yordamida 
yengilgina o’z darsini kompyuter texnologiyasidan foydalanib tashkil etishi mumkin. 
Buning natijasida o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqish ortadi, o’tilgan mavzuni tushinish, 
kerakli tushunchani anglash va o’zlashtirish jarayoni tez kechadi. 


553 
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lsada. Uning 
tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar 
bo’yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga katta yordam beradi. 
Exceldagi avtomatik to’ldirish imkoniyatidan foydalanib sonli qiymatlarni va matn 
elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini 
jadvallashtirishda katta yordam beradi. 
Funksiya qiymatlarini ma’lum qadam bilan hisoblash matematikaning juda ko’p bo’limlarida 
uchraydi. Ayni shu imkoniyatlardan foydalanib matematik a fakultetidagi talabalar funksiyalarning 
grafiklarini hosil qilishlari va shu tariqa ayrim murakkabroq funksiyalarning xossalarini ekranda 
aniq ko’rishlari mumkin. 
Excel dagi funksiya ustasi funksiya va uning argumentlarini yarim avtomatik tartibda 
kiritishga yordam beradi. Funksiyalar ustasini qo’llash funksiyaning yozilishi va uning hamma 
argumentlarini sintaktik to’g'ri tartibda kiritilishini ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida talabalarning 
funksiyalarning xossalarini qiynalmay va tezda o’rganishlariga juda katta yordam beradi. 
Ma’lumotlarni diagrammalar shaklida namoyish etish, bajarilayotgan ishni tez tushunishga va 
uni tez hal etishga yordam beradi. Jumladan, diagrammalar juda katta hajmdagi sonlarni 
ko’rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir. 
Multimediyali ishlanmalar asosida o’tkaziladigan ma’ruza mashg'ulotining ssenariysi. 
Guruhda yo’qlama qilinib, mashg ulot mavzusi va maqsadi hamda mashgulot davomida 
qo’llaniladigan texnologiyalar yuzasidan qisqacha ma’lumotlar beriladi. Yangi mavzu 
tushunchalarini kiritish uchun kerakli o’rganilgan matematik tushuncha va tasdiqlarni takrorlash, 
tartiblash va qo’yilgan maqsadga qaratish uchun elektron ko’rgazmali qurol ko’rinishida 
tayyorlangan savollar va tez hal etiladigan topshiriqlar ekranda namoyish etiladi. O’qituvchi 
talabalarning javoblarini baholab boradi va bu savol-javobda barcha talabalarning faol ishtirok 
etishiga e’tiborni qaratadi. Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalarida matematika fanini AKT 
orqali o’qitish maqsadga muvofiq bo’lmoqda bu talabalarni AKT bo’yicha savodxonligini 
oshirishiga iymonim komil. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish