Foydalanilgan adabiyotlar:
1. S.Alixonov. “Matematika o’qitish metodikasi”. Darslik, Toshkent. “O’qituvchi” 2008 y
2. Закирова Ф.М., Набиулина Л.М.. Тестовые задания по курсу
«Информатика и информационные технологии». Т.: “Алоқачи” 2008 г.
3. N.X. Avliyaqulov. “Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari”. - Toshkent: 2001. - 196 b.
REPRODUKTIV MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK OMILLARI.
Mamatova N.R.
Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi
Anotatsiya
: Maqolada yoshlarda reproduktiv madaniyatni shakllantirishning ijtimoiy-
psixologik asoslari, ularning reproduktiv hulq-atvori, yoshlarning nikoh va oila kabi azaliy
qadriyatlarga bo‘lgan munosabati to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar
: Aholi, yoshlar, reproduktiv hulq-atvor, reproduktiv madaniyat, yoshlar siyosati,
tug‘ilish, o‘lim, oila, nikoh, promelli, depopulyatsiya.
В статье рассматриваются социально-психологические основы формирование
репродуктивной культуры у молодых людей их репродуктивного поведения отношения
молодежи к таким древним ценностям как брак и семьяю.
454
Ключевые слова
: Население, молодежь, репродуктывноеповедение, репродуктивное
культура, молодежная поли- тика, рождаемость, смертность, семья, брак, промелли,
депопуляция.
The article discusses the socio-psychological basis of the formation of reproductive culture
in young people, their reproductive behavior, the attitude of young people to such ancient values as
marriage and family.
Key words
: the population, young people, reproductive behavior, reproductive culture, birth,
mortality, family, marriage, promelle, depopulation.
2019-2025yillardagi O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish
kontsepsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2019 yil 8 noyabrdagi
PQ-4513-sonli qarorini imzoladi. Ushbu qarorga asosan Reproduktiv yoshdagi ayollar,
homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirishdek ustivor vazifalar
belgilandi. Darxaqiqat qaysi davlatda axolining takror barpo bo‘lishiga asos bo‘luvchi yoshlarga
e`tibor kuchli bo‘lsa, bu davlatda doimo rivojlanish, taraqqiyot yuksalaveradi. O‘zbekistonda
aholining katta qismini yoshlar tashkil etganligi bois xam kelgusida demografik taraqqiyot, inson
resurslarining takror barpo bo‘lish dinamikasini asosan ushbu ijtimoiy-demografik guruxning
reproduktiv xulq -atvori, yosh oilalarning barqarorlik darajasi bilan belgilanadi.Shuning uchun xam
yoshlarning reproduktiv xulq-atvorini, ularning oila va oilaviy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini
o‘rganish muxim va dolzarb masalalardan sanaladi. Oila jamiyatning eng asosiy bo‘g‘ini bo‘lib,
reproduktiv ,iqtisodiy va psixologik funksiyalarni bajaradi. Oilaning reproduktiv funktsiyasi va
uning bajarilishi deyilganda, aholi sonining qayta tiklanish uchun har bir oilada nechtadan farzand
bo‘lishi lozimligi nazarda tutiladi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, agar har bir oilada bittadan farzand
bo‘ladigan bo‘lsa bo‘lsa, bunday xalq sakkizinchi avloddan keyin yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Demograflarning ta'kidlashlaricha, oila o‘zining reproduktiv fuktsiyasini bajarishi uchun xar bir
oilaga o‘rtacha 2,6 farzand to‘g‘ri kelishi kerak. Aynan oila yosh avlod o‘sib, ulg‘ayib, ijtimoiy
maqomga ega bo‘lishi uchun asos yaratib beradigan makon xisoblanadi. Ota-onalar xayotining xar
bir jabxasida to‘planadigan tajribasi aynan shu makonda farzandlarga o‘tadi.Oila aholini faqat
biologik jixatdan barpo bo‘lishidagina emas, jamiyatning xar bir a`zosining ma`naviy va axloqiy
jixatdan xam kamolotga erishishida bosh rol o‘ynaydi, deyilsa mubolag‘a bo‘lmaydi. Respublikada
o‘tkazilgan ko‘plab ijtimoiy tadqiqotlarning natijalari mamlakat aholisi oilaga xar bir inson
xayotining eng asosiy qadriyati sifatida qarashini ko‘rsatadi. Shuning uchun xam bu yerda oila-
nikox munosabatlari mustaxkam bo‘lib, bu xususiyati bilan respublikamiz boshqa davlatlardan farq
qiladi. Rus sotsiologi A.Antonovning ta`kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik yaxlitlik sifatida
shaxsga shunday normativ va axborot ta`sirlarini ko‘rsatadiki,
oqibatda bola eng avvalo,
jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi.
108
Aholi xar qanday mamlakatning eng asosiy boyligi bo‘lib xisoblanadi. Inson
jamiyatning
asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo‘lganligi bois barcha ijtimoiy boyliklarning yaratuvchisi xam
bo‘lib maydonga chiqadi. Shuning uchun xam aholi soni, uning tarkibi va boshqa demografik
xususiyatlari iqtisodiy, psixologik va ijtimoiy taraqqiyotga ta`sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biri
sanaladi.
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra,
respublikaning doimiy aholisi soni 34,5 mln. kishini tashkil etmoqda. Aholi soni o'tgan yilning shu
davriga nisbatan 653,7 ming kishiga ko'paygan. Doimiy aholining o'sish sur'ati 101,9 % ga teng.
Mamlakatimiz aholisi har oyda o'rtacha 54,5 ming kishiga ko'paygan 2020 yilning har bir kunida
doimiy aholi soni o'rtacha 1,8 ming kishiga oshgan.
O‘zbekiston aholisining 1/3 qismini yoshlar (14-30 yoshdagilar) tashkil etishi uning yosh
tarkibining o‘ziga xos asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib xisoblanadi. Yoshlar ilmiy izlanishlarning
ob`ekti sifatida turli fanlar vakillari, jumladan psixologlar, sotsiologlar, demograflar, iqtisodchilar,
tibbiyot vakillari tomonidan o‘rganiladi. Yoshlar o‘ziga xos ijtimoiy gurux sifatida jamiyatning
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xayot faoliyatida muxim rol o‘ynaydilar.
108
Социология семьи: Учебник / Под ред. проф. А.И. Антонова.- М.: ИНФРА-М, 2005 – С. 220
455
Sotsiologlar yoshlarni ijtimoiylashuv bosqichini o‘tayotgan , ta`lim olish bilan band bo‘lgan,
keyinchalik esa ma`lum bir ma`lumot, kasb va malakalarga ega bo‘lib, madaniy va boshqa ijtimoiy
funksiyalarni o‘zlashtirgan kishilarning bir avlodi sifatida tavsiflaydilar. Yoshlar o‘ziga xos
manfaatlar va qadriyatlar egasi bo‘lib, mamlakat ijtimoiy tizimi taraqqiyotiga sezilarli darajada
ta`sir ko‘rsatadilar. Aynan aholining mazkur guruxi kelgusida mamlakatning taraqqiyot jarayonini
belgilovchi kuch sifatida maydonga chiqadi.
Demografiya fani esa ularni aholining yosh tavsifiga ko‘ra ajratib ko‘rsatiladigan gurux
sifatida ta`riflaydi. O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdan kuchga kirgan
«Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra «yoshlar (yosh fuqorolar) – o‘n to‘rt
yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar»dir (3-modda). Ta`kidlash joizki, turli
mamlakatlarda yoshlar guruxini ajratib ko‘rsatishga turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, g‘arb
ilmiy adabiyotlarida yoshlar guruxiga 15-20 yoshdagi shaxslar kiradi degan yondashuvlar mavjud.
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati ishlab chiqilgan bo‘lib, u davlat tomonidan amalga
oshiriladigan, yoshlarni intelektual, ijodiy saloxiyatini rivojlantirish va ijtimoiylashuvi uchun shart-
sharoitlar yaratishni ko‘zda tutuvchi ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va xuquqiy chora tadbirlarni o‘z
ichiga oladi. Tabiatiga ko‘ra yosh avlod aholining takror barpo bo‘lish jarayonida faol ishtirok
etadi. Ma`lumki, aholining takror barpo bo‘lishi doimiy avlodlar almashinuvini ifodalaydi. Mazkur
jarayon tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq jarayon bo‘lib, uning natijasida oldingi avlod
o‘rnini keyingi avlod egallaydi. Tug‘ilish asosiy demografik jarayon bo‘lib, aholining takror barpo
bo‘lishining xarakterini belgilaydi va uning soni o‘zgarish dinamikasiga sezilarli ta`sir ko‘rsatadi.
Tug‘ilish o‘lim jarayoni bilan birga aholi tabiiy o‘sishining asosini tashkil etadi. Tug‘ilishni
ifodalovchi bir nechta ko‘rsatkichlar mavjud: Tug‘ilishning umumiy koeffitsenti-1000 kishiga
nisbatan tug‘ilgan bolalar sonini ifodalaydi va promellida belgilanadi. Demograf olimlar
B.S.Urlanis va V.A.Borisovlar tomonidan tug‘ilish darajasini shu koeffisent yordamida baxrlash
mezoni aniqlangan. Mezon bo‘yicha o‘rganilayotgan xudud yoki aholi guruxida tugilishning
umumiy koeffisenti 16% o dan kam bo‘lsa, tug‘ilish darajasi past, 16-24%o bo‘lsa o‘rta, 25-39%o
bo‘lsa yuqori va 40%o dan baland bo‘lsa tug‘ilish darajasi juda yuqori hisoblanadi. Tug‘ilish
biologik jarayon, u insonlarning reproduktiv mayl, yani farzand ko‘rishga bo‘lgan munosabati bilan
bog‘liqdir. Reproduktiv mayl esa inson yashayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muxit ta`sirida o‘zgarib
boradi. Insoniyat o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida bir necha ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarni bosib
o‘tdi va tug‘ilish darajasi jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida xam bir xil bo‘lmagan.
O‘zbekostonda tug‘ilishning umumiy koeffisenti ( har 1000 aholiga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni
,o‘rtacha) dinamikasi yuqori xisoblanadi. O‘zbekistonda tug‘ilishning nisbatan yuqoriligi aholining
ko‘p qismi qishloq turmush tarzida yashab kelayotganligi bilan bog‘liq. Mazkur ko‘rsatkich
reproduktiv xulq-atvorning natijasi bo‘lib, tug‘ruqlar umumiy sonini ifodalaydi. Bundan kelib
chiqadiki, reproduktiv xulq-atvorning qanday ekanligi oiladagi bolalar soni va tug‘ilish darajasini
belgilaydi. Shu o‘rinda ta`kidlash kerakki, oxirgi o‘n yilliklarda respublikada aholining takror barpo
bo‘lish jarayonlarida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Xozirda O‘`zbekistonda tug‘ilishning yuqori
parametrlari qayd etilgan davrga yetib kelganligini ko‘rishimiz mumkun. G'arbiy mamlakatlarda esa
kuzatilayotgan bolalarga bo'lgan ehtiyojning pasayishi aholining reproduktiv xatti-harakatlarida
sezilarli o'zgarishlarga olib keladi. Natijada, ushbu mamlakatlarda demografik vaziyat o'lim darajasi
tug'ilishdan oshib ketishi-depopulyatsiya xolatlarini kuzatishimiz mumkin. Aholisining 1/3 qismini
yoshlar tashkil etadigan O‘zbekistonda aholining takror barpo bo‘lish dinamikasi aynan mazkur
ijtimoiy-demografik guruxning reproduktiv xulq-atvori bilan belgilanadi.
Madaniyat inson hayotining barcha sohalarini qamrab oladi va ilmiy adabiyotlarda eng ko'p
muhokama qilinadigan hodisalarga tegishli, ammo reproduktiv madaniyat insoniyat madaniyatining
bir qismi sifatida falsafiy ta`limotlar bilan birgalikda o‘rganiladi. Biroq, bizning asrimiz falsafasi va
madaniyatidagi o'zgarishlarning umumiy vektori antropologik uyg'onish bilan tavsiflanadi, inson
muammosiga, uning mavjud bo'lishining turli sohalariga, shu jumladan ijodkorlar sohasiga katta
qiziqish bilan namoyon bo'ladi. Reproduktiv madaniyat - bu insonning va jamiyatning tarixan
o'zgarib kelayotgan reproduktiv ehtiyojlarini tartibga solishga qaratilgan bo'lib, uning saqlanib
qolishi va tug'ilish qobiliyatining ambivalent yo'nalishi tufayli rivojlanadi. Ushbu madaniyat
456
insonning to'laqonli hayotining ko'rsatkichlaridan biri sifatida bola tug'ishning umumbashariy
ahamiyatiga asoslanib, erkaklar va ayollar hayotining sifatiy tavsifidir. Reproduktiv madaniyatning
mohiyati uning madaniyat turlari, jinsiy madaniyat, sog'liq madaniyati, ota-onalar madaniyati,
kundalik madaniyat bilan o'zaro bog'liqligida namoyon bo'ladi. Reproduktiv madaniyatning
mohiyati (sinonim sifatida, reproduktiv xatti-harakatlar madaniyati) bu nasl berishning tana
funktsiyasini amalga oshirishni tartibga solish vositasi va natijasi, yangi hayotni qayta tiklashni
insoniylashtirish vositasidir. Shu bois xam yoshlarni reproduktiv xulq-atvorini o‘rganish dolzarb
masalalardan biri xisoblanadi. Psixologiya fanida esa yoshlarni reproduktiv xulq-atvorini o‘rganish
Do'stlaringiz bilan baham: |