Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
 
 
 


452 
MATEMATIKA FANINI MUKAMMAL BILISH YAXSHI HAYOT VA TARAQQIYOT 
UCHUN KURASH DEMAKDIR 
Mamatova Z.X. 
Farg’ona davlat universiteti, o’qituvchi 
Orifjonova Q.M. 
Farg’ona davlat universiteti, talaba 
 
Annotatsiya:
Maqolada matematika fanining inson hayotidagi tutgan o’rni, bugungi 
rivojlanib borayotgan raqamli iqtisodiyot va axborot taxnologiyalari matematika fani orqali 
taraqqiy etishi, bu sohadagi tub islohotlar, fanga bo’lgan ehtiyoj hamda fanning kelajak 
hayotimizda tutgan o’rni haqida batafsil yoritilgan. 
Tayanch iboralar:
 Raqamli iqtisodiyot, ilm-ma’rifat, intelektual salohiyat, tanqidiy fikr, ong 
taraqqiyoti, matematik muammo, axborot-kommunikatsion texnologiyalar, qo’llanma. 
So’nggi yillarda mamlakatimizda ilm-fan va ta’limni zamonaviy talablarga olib chiqishga 
bo’lgan e’tibor ancha kuchaydi. Yoshlarimizni chet el ilmiy markazlariga yuborish uchun fondlar 
tashkil etildi. Yangi oliy ta’lim muassasalari, xorijiy universitet filiallari ochildi. Barcha sohalar 
qatori aniq fanlar, hususan matematika fani rivoji bugungi kunning muhim vazifalaridan biriga 
aylandi. Texnikaning zamonaviy tarmoqlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli 
iqtisodiyot va boshqa sohalarning jadal rivojlanishida matematika alohida o’rin tuta boshladi.
Matematika fani insonga o’z fikrini aniq va lo’nda bayon etish, mantiqiy fikrlash, masalaga 
to’g’ri yondoshish kabi katta tajriba beradi. Qaysi sohada bo’lmasin bu fanning chuqur o’rganilishi 
sohada amalga oshiriladigan muvaffaqiyatlarni kafolatlaydi. Aniq fanlar asosi bo’lgan matematika 
fanini chuqur o’zlashtirish, barcha ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar orasida keng 
targ’ib qilish kelajakning gullab yashnashiga zamin yaratadi.
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning bu fan rivoji va taraqqiyoti uchun 
bo’lgan e’tibori, mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishga bo’lgan muhim vazifalarini 
belgilab berdi. Joriy yilning 31-yanvar kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev olimlar bilan ochiq 
muloqotda shunday dedi: “Matematika hamma aniq fanlarning asosidir. Bu fanni yaxshi bilgan bola 
aqlli, keng tafakkurli bo’lib o’sadi., istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi.” 
Tadqiqotlarga qaraganda o’quvchi va talaba qaysi sohani tanlagan bo’lmasin, matematika 
unda 3 hususiyatni shakllantiradi. Birinchidan mantiqiy fikrni rivojlantiradi. Ikkinchidan o’z fikrini 
aniq va qisqa ifoda etishga yordam beradi. Uchinchidan o’quvchini algoritmik tafakkur bilan 
ishlashga undaydi. 
Matematika mustaqil rivojlana oladigan fandir, lekin fizika va texnika fanlari matematikasiz 
rivojlana olmaydi. Fizik tabiat hodisalarini o’rganishda rivojlanishning ikki usuli bo’lib, ulardan biri 
matematik fikrlash usulidir. Matematika fanini fizikaga tadbiq etishdagi roli harakat qonunlarini 
tenglamalar orqali ifodalash va ularni oddiy usulda bajarishdan iborat. Fizika va matematika 
fanlarini o’zaro bog’lagan holda chuqur va samarali o’rganish bu fanlarning yanada rivojlanishiga 
ko’plab yutuq va kashfiyotlar qilinishiga asos bo’la oladi. Qolaversa, bugungi kunda mavjud barcha 
axborot texnologiyalari, texnik jismlar faoliyati ham matematik algoritmlarning bajarilishi orqali 
samarali faoliyat ko’rsatyapti desak adashmagan bo’lamiz. Zaruriy matematik kodlar, algoritmlar 
orqali ommalashayotgan kompyuterlar, raqamli iqtisodiyot, axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari ham matematika faniga tayanadi.
Uyg’onish davrining atoqli namoyondasi Leonardo da Vinchining “Tabiat qonunlari 
matematika tilida yozilgan” degan fikri ham bizni o’rab olgan mavjud borliq matematikaga 
asoslanganini ko’rish mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki tabiiy fanlarda matematik usullar 
bilimning asosiy vositalaridan biri bo’lib hizmat qiladi. Ishonch bilan ayta olamizki, matematika 
bizning bugunimiz va kelajagimizga aylanishga ulgurgan fandir. Shu sababli ham jahon davlatlari 
qatori O’zbekiston Respublikasida bu fanga bo’lgan imkoniyatlar kuchaytirildi, zarur me’yoriy 
hujjatlar qabul qilindi. Prezidentimizning “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy 
tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.


453 
Qarorga ko’ra endilikda, “Har bir tuman va shaharlarda matematikaga ixtisoslashtirilgan 
maktablar tashkil etiladi, matematika fani chuqurlashtirilib o’tiladigan sinflar bosqichma-bosqich 
mavjud ehtiyoj va o’quvchilarning qobilyatidan kelib chiqib tashkil etiladi. Ixtisoslashtirilgan 
maktablarda o’quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi. Ixtisoslashtirilgan 
maktablarda maktab direktori tegishli tuman(shahar) hokimining iqtisodiy va boshqaruv 
jarayonlariga matematik usullar va modellarni joriy qilish masalalari bo’yicha maslahatchisi 
hisoblanadi. Maktab yoshidagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish bo’yicha 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, hududlarda matematika faniga 
ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish hamda yangi maktablarni tashkil etish ustuvor 
yo’nalishlardan biridir. Matematika fani chuqurlashtirilib o’qitiladigan sinf bitiruvchilari tegishli 
OTMlarning matematika ta’lim yo’nalishlariga ular uchun belgilangan maqsadli parametrlar 
bo’yicha o’qishga qabul qilinadi”. 
Yurtboshimizning “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni 
rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarori birinchi navbatda ta’limning barcha bosqichlarida 
matematika ta’lim sifatini oshirilishiga qaratilgan. Shu bilan birga bu masalaga yondashishda 
matematik olimlar, ayniqsa, matematika institutining mas’uliyati va vakolatiga katta e’tibor 
berilgan. Prezidentimiz olimlar bilan uchrashuvda ta’kidlaganidek : “ Endi olimlarimiz ham 
mas’uliyatni chuqur his qilgan holda tadqiqotning amaliy natijalari bilan tegishli sohalar rivojiga 
munosib hissa qo’shishlari lozim. Akademiklardan ham, ilm-fan sohasiga ilk qadam qo’yayotgan 
yosh olimlardan ham katta shijoat va amaliy natijadorlik talab etiladi”. 
Matematika faniga bo’lgan katta imkoniyatlarni ta’sis etilgan bir necha stipendiyalarda ham 
ko’rish mumkin. Qarorga muvofiq Muhammad al- Xorazmiy nomidagi nufuzli mukofotning ta’sis 
etilishi mamlakatimizda olib borilayotgan tadqiqotlar, loyihalar dunyoning eng ilg’or markazlari 
darajasiga ko’tarilishga xizmat qiladi.
Ta’limning hamma bosqichlarida matematika fanini o’qitish tizimini yanada takomillashtirish, 
pedagoglarning samarali mehnatini qo’llab quvvatlash, ilmiy tadqiqot ishlari ko’lamini kengaytirish 
va amaliy ahamiyatini oshirish, bu sohada xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash kabi 
asosiy vazifalarni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Matematika fani ong taraqqiyotida muhim rol 
o’ynaydi, insonda kichik –kichik qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda 
amalga oshirilayotgan ishlar qabul qilinayotgan qarorlar fanning gullab yashnashiga xizmat qiladi.

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish