Мақола ва тезислар номи


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Umumiy psixologiya. T.: O’qituvchi, 1992. – 512 s. 
2. Nemov R.S. Psixologiya Kn. M.: Prosveshenie – 1994. – 576 s. 
3. G‘oziev E. Psixologiya. T.: O’qituvchi, 1994 – 300 b. 
4. Klimov E.A. Osnovi psixologii. Ucheb. M.: YuNITI, 1997. – 295 s. 
6. M. Maxsudova. Umumiy psixologiya. (ma’ruzalar matni) Namangan. 
7. M. Maxsudova. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. (uslubiy qo'llanma) Namangan. 2003. 
8. M. Maxsudova. Z. Qurbonova. Umumiy psixologiya. (muammoli ma’ruzalar matni). 
Namangan. 2004. 
9. M. Maxsudova. Muloqot psixologiyasi. (muammoli matni). Namangan. 2005. 
10. P. S. Ergashev. Muloqot psixologiyasi (ma’ruzalar to‘plami).T. 2003 
TURLI DAVLATLARDA BOLA TARBIYASINI O’ZIGA XOSLIGI 
Madrahimova N.M. 
O’zbekiston Milliy Universiteti talabasi
Kalit so’zlar:
 metod, usul, tarbiya 
 
Hozirgi zamon tarbiya metodlari bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish maqsadi bilan 
belgilanadi va tarbiya jarayoniga taaluqli ko'pgina tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi. Tarbiya 
metodlari ijtimoiy jamiyat tomonidan ta'lim muassasalari oldiga har tomonlama barkamol, erkin, 
ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya metodlari 
yunoncha («metodos»- yo'l)-bu o'qituvchi(tarbiyachi) va jamoa tomonidan g'oyaviy va ma'naviy 
e'tiqodlarini, ma'naviy his-tuyg'u va odatlarini tarkib toptirish maqsadida qo'llaniladigan shaxsga 
tarbiyaviy ta' sir ko'rsatish usullari demakdir. 
Bolaning tarbiyasi juda ham nozik va jiddiy masala bo'lib, kelajakda ularning qanday odam 
bo'lib etishishi mamlakatning bevosita iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ma'naviy rivojini 
belgilab beradi. Shunday ekan, har bir xalq o'z kelajagini o'ylab farzandlari tarbiyasida o'ziga xos 
tarbiya usullarini ishlab chiqqan. 


435 
Yaponiya – kun chiqar mamlakat aholisi farzandlarining tarbiyasiga o'ta jiddiy qarashadi. 
Bu yerda har bir yoshga nisbatan ma'lum bir munosabatda bo'linadi va ayrim tarbiya usullari 
qo'llaniladi. Mashhur yapon ruhshunosi Masara Ibukining fikriga ko'ra, bolaga asosiy tarbiyani 3 
yoshgacha berish lozim. Aynan 3 yoshga qadar farzandingizdagi yashirin iqtidorni yuzaga 
chiqarish mumkin. Yaponiyaliklar 5 yoshgacha bo'lgan kichkintoyga qiroldek muomala qilishadi. 
Ular istaganlaricha o'ynashlari, miyasiga kelgan ishni qilishlari mumkin. Hattoki bolalar 
bog'chalarida bolakaylar flomaster bilan devorga to'ygunlaricha chizishlari uchun maxsus xonalar 
mavjud. Ota-onalar o'z farzandlarini o'yinchoqlar va ortiqcha kiyim-kechak bilan siylashmaydi. 
Ular ko'pincha akalari va opalaridan qolgan kiyimlarni kiyishadi. 5 yoshdan 15 yoshga qadar 
kichik yaponiyaliklarni tartib-intizomga va kattalar gapini ikki qilmaslikka o'rgatishadi. Tarbiyaga 
bunday yondashuv asrdan asrga o'tib kelayotgani va Yaponlar jamiyatining ajralmas bo'lagi 
bo'lganligi bois bolalar buni me'yordagi holat sifatida qabul qilishadi. Maktabning o'quv dasturiga 
esa, albatta, kuzatuv darslari kiritilgan. Unda o'quvchilar tabiat qo'yniga chiqib, tirik tabiatni 
kuzatish, his etish, eshitish, asrashni o'rganishadi. Bu o'z navbatida fuqarolarni yoshligidanoq 
Yaponlar tabiatini asrab-avaylashga o'rgatadi. Mamlakatda onalarning bola tarbiyasidan 
ajralmagan holda qo'shimcha bilim olishiga katta e'tibor beriladi. Maqsad ular tarbiyasida bo'lgan 
farzandlarining kelgusida har jihatdan komil inson bo'lib etishishlaridir. Aytish joizki, Yaponiya 
bugungi kunda yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatchilikning kamligi va insonlarning hayot 
farovonligining yuqoriligi bilan dunyoda etakchidir. Albatta, bunda tarbiyaning roli juda ham 
kattadir. 
Amerika Qo'shma Shtatlaridagi erkinlik bola tarbiyasida ham o'z aksini topgan. Onalar 
farzandlarining har soniyalik qiziqishlari va injiqliklarini qondirishga tayyordirlar. Aksariyat 
bolalar 4-5 yoshlarida o'yinchoqlarning barxa turi bilan tanishishadi, ko'pincha amerikalik 
oilalarning garaj va omborxonalari bir marotaba o'ynalgan o'yinchoqlar bilan to'lib-toshadi. 
Ikkinchi tomondan, go'dakligidanoq amerikalik bolakaylar «Sen eng chiroylisan, eng yaxshisan, 
eng aqllisan, eng qobiliyatlisan», degan so'zlarni har kuni eshitgan holda o'sishadi. Maqsad – 
mustaqil insonni tarbiyalash! Agarda bola xato qilsa, uni urushmay: «Yana bir marotaba harakat 
qilib ko'r! Sen, albatta, buni uddalaysan! Chunki sen zo'rsan!» deya qo'llab-quvvatlanadi. Albatta, 
bunday yondashuv kelgusida o'zining mevasini beradi. Yevropa mamlakatlarida bolalarning etuk 
shaxs bo'lib rivojlanishlari uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi. Ota-onalar intizom yoki 
qat'iy rejimga kam e'tibor berishadi. Ular uchun bolaning xavfsizligi birinchi o'rinda turadi. 
Kattalar bolalarning fikrlariga quloq solib, aksariyat holda o'z fikrlarini o'zgartirishlari ham 
mumkin. 
Shvetsiyada bolalarga shakllangan shaxs sifatida qarashadi. Ularning ham o'z huquqlari va 
majburiyatlari bor. Ota-onaning farzandiga qo'l ko'tarishi, baqirishi, bir narsa so'rasa, unga 
tushuntirmasligi, «Yo'q, dedimmi, yo'q!» iborasining ishlatilishi ularning tarbiyasizligi va qonun 
oldida javob berishi lozimligini bildiradi. Ijtimoiy xizmat xodimlari muntazam ravishda 
hududdagi ota-onalarning farzandlariga nisbatan xatti-harakatidan boxabar bo'lib turishadi. 
Agarda sal nojo'ya harakat qilinayotganini sezib qolishsa, sud orqali bola ota-onadan tortib 
olinadi. Davlat bunday bolalarning farovonligi uchun juda ham ko'p pul ajratadi, sudlar esa 
faqatgina bola manfaatidan kelib chiqqan holda ish ko'radi. Bu narsa so'nggi yillarda bolalar uyid 
agi tarbiyalanuvchilar sonining keskin ko'payishiga sabab bo'lmoqda. 
Finlandiya dunyodagi eng bolajon mamlakat, desak, yanglishmagan bo'lamiz. Unda 
jismoniy imkoniyati chegaralangan bolalar oddiy bog'cha va maktablarga borishadi. Bu erda 
nogiron va sog'lom bolaga ajratish qabul qilinmagan. O'yin bolani rivojlantiruvchi asosiy 
vositadir. Ota-onalar ham bunga katta e'tibor berishadi. Shuning uchun ham barcha ta'lim 
muassasalari hamda jamoat joylari o'yingohlar va maydonchalar, bolani ovqatlantirish uchun 
maxsus xonalar, kafelarda maxsus bolalar uchun taomnomalar, jamoat transporti esa bolalar 
o'rindiqlari bilan jihozlangan. Fin jamiyatida jinslar tengligiga qat'iy amal qilinadi. Ota va ona 
farzandiga birday mas'uldir.
Fransuslarda bolalarni chaqaloqlik davridanoq bolalar bog'chasiga berish odatiy holdir. 
Birinchidan, bu fransuz ayollariga ishlash imkoniyatini bersa, ikkinchidan, ular go'dakligidanoq 


436 
jamoaga moslashadi va mustaqil bo'lib o'sadilar. 6 yoshidanoq frantsuz bolakay o'zi mustaqil 
maktabga boradi, do'kondan narsa xarid qiladi, uyda yolg'iz qoladi. Onalar o'z farzandlariga 
ovozlarini ko'tarib urishishsa-da, hech qachon urmaydilar. Jamiyat qator qonunlar orqali bola 
huquqlarini himoya qiladi. Ota-onalar va vasiy shaxslar birinchi galda bolalarning rivoji hamda 
sog'ligi uchun mas'uldirlar. 
Germanlarda bolalarning rivojiga 3 yoshdan boshlab katta e'tibor beriladi. Onalar o'z 
farzandlarini boshlang'ich bosqichda haftada bir marta, kattaroq bo'lganlarida bir necha marotaba 
maxsus rivojlantirish guruhlariga olib borishadi. Maqsad jamoa bo'lib o'ynash, o'zaro muloqotga 
o'rgatishdir. Faqatgina mazkur guruhlarga bola borganidan so'nggina uni bolalar bog'chasiga 
berishadi. Chunki farzandning bog'chaga ko'nikishi oson kechadi va bolalar bu erda o'zlarini erkin 
his qiladilar. Bog'chada bolaga o'z huquqlarini, ularni hech kim xafa qilishi mumkin emasligini 
o'rgatishadi. Bu nafaqat bolalarga qo'l ko'tarish, balki kattalar tomonidan ularga ovozni 
balandlatish, xafa qilishning oldini olish ham demakdir. Nemislar o'z farzandlariga yoshligidanoq 
tejamkorlik, intizomli bo'lishni, atrof-muhitni muhofaza etishni, odob-axloqni o'rgatishadi. 
Italyanlar bolalarning tarbiyasi bilan ota-onadan tashqari bobo va buvilari, xola, amma, 
tog'ayu amakilari ham shug'ullanishadi. Kichkintoy katta oilada o'sadi va odatda bog'chaga 
bormaydi. Italiyada bolalarning barcha injiqliklarini ko'tarishadi, doimo sovg'alar berishadi va 
deyarli jazolashmaydi. Ba'zida italiyalik ona bolasiga jahli chiqib baqirsa-da, ammo darhol uni 
o'pib, quchoqlab, yupatishga tushadi. Italiyada bola bog'chaga uch yoshdan boshlab qatnaydi. Bu 
erda unga o'qish va yozishni o'rgatib, maktabga tayyorlashadi, jamoaga moslashishni o'rgatishadi. 
Doimiy ravishda jamoaviy o'yinlar, spektakllar qo'yiladi, haftada ikki marotaba birorta xorijiy til 
o'rgatiladi. 
Isroilliklarda farzand tarbiyasi alohida e'tiborda, chunki bu erda bola oilaning markazi 
hisoblanadi. Bog'chalarga go'daklar 6 oyligidan qabul qilinadi. Davlat qaramog'idagi maktabgacha 
ta'lim muassasalaridan tashqari mamlakatda oilaviy tipdagi bog'chalar – «mishpaxton»lar keng 
tarqalgan. Bunday bog'chalarning guruhlarida bolalar soni 5 nafardan oshmaydi va 
tarbiyalanuvchilarni har tomonlama rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Barcha bog'chalar 
kompyuterlar, kutubxonalar bilan jihozlangan. Har hafta tarbiyalanuvchilar, albatta, 
ekskursiyalarga olib chiqiladi, spektakllar qo'yish, sport va musiqa bilan shug'ullanishga e'tibor 
qaratiladi. 
Afrika mamlakatlarida bolalar go'dakligidanoq o'z holiga tashlab qo'yilganligi uchun aksariyat 
holatlarda u o'ziga emak topish, himoyalanish, yuvinishni mustaqil o'rganadi. Afrikalik onalar bola 
tarbiyasida biror-bir qoidaga rioya qilishmaydi. Bola yoki o'z holiga tashlab qo'yiladi, yoki tunu kun 
onasi bilan birga bo'ladi. Onalar farzandlarini lattaga o'ralgan holda kechgacha orqalarida ko'tarib 
yurishadi. Agarda bola tunda ham ovqat so'rasa, u sog'lom hisoblanadi. Keniyada hattoki tunda 
bolani bir necha marotaba uyg'otishadi. Uzoq uxlash yaxshilik keltirmaydi, deb hisoblanadi. Kongo, 
Uganda singari mamlakatlarda ikki yoshli bolaning idish yuvayotgani, uch yoshida esa mustaqil 
ravishda egulik xarid qilayotganini ko'rish mumkin. 
Bola tarbiyasi borasidagi qiziqarli faktlar: 
Avstriyada bola uchun boshqa mamlakatlarga nisbatan eng ko'p o'yinchoq sotib olinadi. 
Angliyada agarda bola shamollasa, uning tana harorati oshib yo'talsa, u kasal hisoblanmaydi 
va maktabdagi darslarni qoldirishga ruxsat berilmaydi. 
Belgiyada kichkintoylar uch yoshdan boshlab maktabga borishadi. 
Yevropada eng tarbiyasiz bolalar italiyaliklar hisoblanadi. Ular jamoat joylarida o'zlarini 
tutishni bilishmaydi. 
Gonkongda bola uchun enaga yo‘llanilmaydi. Bolalar chaqaloqligidanoq bog'chaga beriladi. 
Braziliyada bola uchun eng oliy jazo – uni futbol o'ynashdan mahrum qilishdir. 
Kubada hattoki 7-8 yoshdagi bolalar ham darsdan so'ng ishlashga majburdir.
Germaniyada 90 foiz oilalarda 8 yoshgacha bolaga televizor ko'rish ta'qiqlanadi, 8 yoshga 
kirganida esa unga faqatgina bolalar uchun mo'ljallangan ko'rsatuvlarni tomosha qilishga ruxsat 
beriladi. 


437 
Har bir davlatda, guruh, jamoalard bola tarbiyasiga yondashuv turli xil bo'lsa-da, ularning 
barchasini bir narsa – farzandga bo'lgan mehr-muhabbat birlashtirib turadi. Oila va bolalar tarbiyasi, 
ularni to’g’ri tarbiyalash shartlari bolalarning murg'ak qalbiga hech bir narsa ibratdek kuchli ta'sir 
etmaydi va barcha ibratlar ichida ota-ona ibratidan kuchliroq va mustahkamroq o'rin oladigan ibrat 
yo'q. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish