Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet325/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Шундай қилиб, 
таълим сифатини ошириш
 
келажакда таълим олувчилар эгаллаган 
янги билимларидан келажакдаги вазиятларда унумли фойдалана олиш, таълим 
муаммоларини еча билиш, мустақил изланишга ўргатиш, ижодий тажрибага эга бўлиш ва 
уни ривожлантириш, вазифаларни таҳлил қилиш каби имкониятларини очиб беришга хизмат 
қилади. 
Фойдаланилган адабиётлар: 
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон 
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги, ПФ-
4947-сонли Фармони.
2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 21 сентябрдаги “2019-2021 
йилларда Ўзбекистон Республикасини инновацион ривожлантириш стратегиясини 
тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ-5544-сон фармони. 
3. Мавлянов А., ва б.қ.лар. “Илғор педагогик технология бўйича ўқув машғулотини 
лойиҳалаш”. Замонавий таълим. 2016. №2. Б.25-29. 
4. Мавлянов А., ва б.қ.лар. Ўқув машғулотларини ташкил этишда таълим 
технологиялари. Ўқув қўлланма. Тафаккур бўстони нашриёти. Тошкент, 2013. 142 б. 
5. Мавлянов А., ва б.қ.лар. Педагогик технология тамойиллари асосида машғулот 
машғулотларини олиб бориш технологияси. Ўқув-услубий қўлланма. - Тошкент: Ворис, 
2010. - 117 б.
 


433 
BOLALARNI O’QUV FAOLIYATIGA QIZIQTIRISH HAM BIR QOBILIYAT 
Madaminova D.D. 
 Urganch tumani 26-maktab psixologi 
Anotatsiya:
Bolalarda psixologiyasi va ularni psixikasi, o’quv faoliyatiga qiziqtirishda 
amalga oshiriladigan ishlar. 
Kalit so’zlar:
 Qobiliyat, faoliyat, ilk bolalik, harakat,psixolog ,pedogog, tarbiyachi, ota-ona, 
diqqat. 
Qobiliyat deb odamning ma’lum bir ish yoki harakatlami boshqa odamlarga nisbatan osonlik 
va chaqqonlik bilan bajara olish layoqatiga aytiladi. Kishilarda rivoj topib, ulaming qobiliyatlarida 
namoyon bo‘lgan tug‘ma xususiyatlar iste’dod deb ataladi. Har bir odam bir qancha layoqatlar bilan 
tug‘iladi. Lekin tug‘ma layoqatlar hali kamolotga etgan qobiliyat emas. Layoqatlar odamlardagi 
tug‘ma imkoniyatlardir. Odatda umumiy va maxsus qobiliyatlar farqlanadi. Odam umumiy 
qobiliyatlarga ega bo‘lganda faoliyatning har xil turlari bilan deyarli qiynalmay shug‘ullana oladi. 
Bunday o‘quvchilar tabiat fanlarini ham, gumanitar fanlami ham yaxshi o‘zlashtiradilar. Maxsus 
qobiliyatga ega bo‘lgan odam qandaydir aniq narsa bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana oladi. Bog‘cha 
yoshida bilish, ba’zi bir maxsus va amaliy qobiliyatlar rivojlanadi. Qobiliyatning rivojlanishi tashqi 
va ichki haroitlaming o‘zaro aloqalari orqali belgilanadi. Rubinshteyn aytganidek, qobiliyat 
spiralsimon tarzda rivojlanadi: bir ko‘rinishdagi qobiliyatlar keying rivojlanish uchun imkoniyat 
yaratadi, natijada yana ham yuqori darajadagi qobiliyatlar rivojlanadi. O’rab turgan olam bilan 
bog‘liq bilish qobiliyatlari o‘z ichiga sensor qobiliyatlami (predmetlami va tashqi vositalami idrok 
qilish) kabi intellektual, bilimlarni oson va mahsuldor o‘zlashtirish, predmetlaming tabiyatini va 
tevarak-atrofdagi hodisalar haqida ma’lumotlami anglash jarayonida rivojlanadi.Ko‘pgina 
psixologlaming tadqiqotlari bilish qobiliyatlarining ancha erta paydo bo‘lishi haqida ma’lumot 
beradi. Ulaming miqdori predmetlaming o‘ziga xos tomonlarini anglay olish, qiyin vaziyatlarni hal 
qilish qobiliyati, kuzatuvchanlik, ongining ijodkorligi va originalligirii belgilaydi. Leytes umumiy 
aqliy qobiliyatlarning rivojlanishida faollik va o‘zini boshqarish xususiyatlari katta ahmiyatga ega 
deydi. 
Hayratlanarli aqliy faollik, aqliy yuklamaga chanqoqlik intellectual jihatdan rivojlanishda 
ilgarilab ketayotgan bolalarning xarakteristikasidir. Bog‘cha yosh davrida bevosita bilishning 
shakllaridan bo‘lgan sensor etalonlami va ko‘rgazmali-fazoviy modellashtirishni uddalay olish kabi 
xususiyatlar yuzaga kela boshlaydi. Kichik bog‘cha yosh davridayoq bolalarda modellashtirish 
o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi insoniyat tug‘ilgandan yetuklikka erishguncha psixik jihatdan 
qanday rivojlanib borishini, bu jarayon qanday qonuniyatlar asosida kechishini o‘iganuvchi fandir. 
Bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasi bolalar psixikasi va uning rivojlanishini 
o‘rganmaydi. Bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasi bo‘lajak tarbiyachilarni “Bolalar 
psixologiyasi” fanining o‘qituvchisi roliga tayyorlaydi. O’qitish metodikasi talabalaiga oliy o‘quv 
yurtida yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bolalar psixologiyasi fanidan dars o‘qitishning yo‘l-
yo‘riqlarini o’rgatadi. Uning asosiy maqsadi fan asoslari bo‘icha ta’lim oluvchilarga bilim 
berishning samarali usul va metodlarini o ‘rgatish, ta’lim jarayoni kutilgan natijalarni berishi uchun 
nimalarga e’tibor qaratish lozimligini tushuntirishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda bolalar 
psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasi mazkur fanni o‘qitish qonuniyatlarini o’rgatadi. Ba’zi 
o‘qituvchilar fanni o‘qitishga ijodiy yondashmaydi, ularning darslari zerikarli va mazmunsiz o ‘tadi. 
Boshqa ayrim o‘qituvchilar dars o‘tganda vaqt o‘tgani bilinmay qoladi. Bularning barchasiga 
o‘qituvchilar pedagogik mahorati va metodik bilimidagi farqlar sababdir. Bolalar psixologiyasi 
fanini o‘qitish metodikasi ta’lim jarayonini qiziq va samarador qilib tashkil etish uchun zarur 
bo‘lgan bilim, ya’ni metodik bilimni beradi hamda talabalarda pedagogik mahorat elementlarini 
shakllantiradi. Pedagog va psixologlaming olib borgan tadqiqotlari o‘qishga bo‘lgan qiziqishlaming 
paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiy sharoitini ajratish imkonini beradi: 


434 
1. O‘quv faoliyati shunday tashkil etilishi kerakki, bola unda faol ishtirok etsin, yangi 
bilimlami mustaqil tarzda qidirishi va “topishi”ga undalsin, muammoli xarakteiga ega bo‘lgan 
savollami echsin. 
2. O‘quv faoliyati turli xil bo‘lishi kerak. Bir xillikka ega bo‘lgan materiallar va bir xil usullar 
bolalami tez zeriktirib qo‘yadi. 
3. Bola berilayotgan materiallaming kerakliligi va ahamiyatliligini tushunishi kerak. 
4. Yangi berilayotgan material ilgari o‘zlashtirilgani bilan yaxshi bog’langan bo‘lishi kerak. 
5. Juda yengil bo‘lgan va o‘ta murakkab material qiziqish uyg‘otmaydi. O’quv topshiriqlari 
bog‘cha yoshidagi bolalar uchun qiyin, lekin imkoniyati etadigan darajada bo‘lishi kerak. 
6. Bolaning barcha yutuqlarini ijobiy baholash lozim. Ijobiy baho bilishga nisbatan faollikni 
rag’batlantiradi. 
7. O‘quv materiallari yorqin va emotsional bo‘lishi kerak. 
A.P.Usovaning ta’kidlashicha, o‘qitilayotgan materialni idrok qila olmaslik hodisasi 
harakatning usul va vositalarida o‘ta osonlik usuliga asoslangan, ilgari ko‘rsatilgan noto‘g‘ri 
tarbiyaviy ta’sirning asorati natijasidir. Bilish faoliyati barcha jarayonlarining mahsuldorligi va 
maqsadga qaratilganligi bilan o‘qishga nisbatan faol va qiziquvchan munosabat, o‘zining 
harakatlarini nazorat qilish va erishilgan natijalarini baholash qobiliyatiga egaligi bilan farqlanadi. 
O’zlashtirilganlar asosida bolalar amaliy va aqliy faoliyatida qurbi yetadigan vazifalami yecha 
oladi. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish