Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Adabiyotlar: 
1.Aleksndrova L.A. K konseptsii jiznestoykosti v psixologii // Sibirskaya psixologiya 
segodnya: Sb. nauchn. trudov. Vip. 2 / Pod red. N.N.Gorbatovoy, A.V.Seriy, M.S.Yanistkiy. 
Kuzbassvuzizdat, 2014. S. 82-90 


347 
2.Volobuyeva N.M. Psixologicheskaya kultura kak usloviye razvitiya jiznestoykosti 
studentov: Avtoref. dis. kand. psixol. nauk: 19.00.13/ N.M. Bolobuyeva. – Belgorod: FGAOU VPO 
“Belgorodskiy gosudarstvenniy Natsionalniy issledovatelskiy universitet”, 2012. – 21 s. 
3.Yo’ldasheva.M.B. Yolg’izlik psixologiyasi. // Monografiya – Farg’ona, 2020. – 122b. 
4.O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi qonuni. 2020 yil, 23 sentabr, O’PQ-637. 
// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 yil, 03/20/637/1313-son. 
5.O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. PF-
6097, 29 oktabr 2020 yil // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy ba’zasi, 30.10.2020 yil 
06/20/6097/1431-son. 
OʻZBEK TILIDA SINTAKTIK SINONIMIYA VA DERIVATSIYA HODISASI 
(Sodda va qoʻshma gaplar misolida) 
Kabulov I.Sh. 
QQDU stajyor-oʻqituvchisi
 
Sintaktik sinonimiya, sintaktik variant, sintaktik parallelizm atamalari oʻzaro muqobil 
atamalar boʻlib, ularning barchasida ham sintaktik birliklar derivatsiyasi jarayoni yuz beradi. 
Keyingi paytlarda leksik va sintaktik sinonimiya atamasi keng qoʻllanilmoqda. Bu haqda qozoq 
tilshunosligida maxsus ilmiy tadqiqot olib borgan M.S.Sergʻaliyev: “Agar qiyoslanayotgan sintaktik 
qurilmalar oʻrtasida parallelizm boʻlmasa, ular bir-biri bilan sinonim hisoblanmaydi. Ammo barcha 
muqobil variantlar ham sinonim boʻlavermaydi. Demak, parallelizm atamasi sinonimiyaga nisbatan 
kengroq tushunchadir”, – degan edi
98
.
Sintaktik sinonimiya hodisasi shakl va ma’no jihatidan oʻzaro yaqin boʻlgan barcha 
qurilmalarda yuz beradi. Masalan: 
Sen majlisda soʻzga chiqishing kerak 
shaklidagi ikki tarkibli gap 
bilan 
Senga majlisda soʻzga chiqishga toʻgʻri keladi 
shaxsi noma’lum gap oʻz shaklini oʻzgartirib, 
sintaktik sinonim hosil qilgan. Bunda 
sen
ega – toʻldiruvchiga, kesim – 
toʻgʻri keladi
shaxsi 
noma’lum shaklga keltirilib, qayta yasalish natijasida bir-biri bilan ma’no jihatdan yaqin, muqobil 
gap sinonimiyasini hosil qilgan. Shuningdek, 
Kechaga taklifni qogʻozi bilan kiritishadi
– egasi 
topiladigan gap shaxsi noaniq turi bilan 
kechaga taklif qogʻozi bilan kiritiladi
varianti bir tarkibli 
egasi topilmaydigan shakli ham sintaktik sinonim hosil qiladi. Demak, bu ikkala gaplar 
sinonimiyasining umumiyligi bir tarkibli gaplarning egasiz turi ekanligidadir. Mazmunan farqi esa 
birinchi gap – shaxsi noaniq boʻlsa ham, uni topish mumkin ekanligidadir. Ikkinchi gapda 
harakatning shaxs istagiga bogʻliq emasligi, egani topish mumkin emasligidadir
99
.
Shuningdek barcha ritorik soʻroq gaplar oʻz sinonimlariga ega boʻladi. Masalan: 
Ilmni 
mehnatsiz egallab boʻladimi?! – Ilmni mehnatsiz egallab boʻlmaydi
degan ikkala gapda ham oʻzaro 
sinonimiya holati mavjud boʻlib, ular 
-mi
soʻroq yuklamasi va
-ma-y-di
predikatsiyasini hosil 
qiluvchi morfologik shakllar orqali hosil boʻlgan.
Shu bilan birga, 
Menga nima qilibdi?! Otdekman. Bir kun oʻn emas.
Birinchi gapda Menga 
hech narsa boʻlgani yoʻq degan mazmun kuchli emotsiya bilan ifodalangan. Har ikkala gapda bir xil 
mazmun anglashilmoqda. Lekin ularning birinchisi ritorik soʻroq gap, ikkinchisi esa darak gapdir. 
Birinchi gapda emotsional-ekspressivlik kuchli, ikkinchi gapda esa kuchsiz. 
Otdayman
– bu darak 
gap. Shuningdek, birinchi gap uslubning koʻproq soʻzlashuv, badiiy, publitsistik uslublariga xos. 
Ikkinchi gap esa uslubning barcha turlarida qoʻllanaveradi.
Xullas, sintaktik sinonimiyada gaplar bir-biri bilan quyidagi xususiyatlariga koʻra farq qiladi:
- Birinchidan, har ikkala qurilmada bir xil leksik birliklar ishtirok etishi lozim. 
- Ikkinchidan, gaplar sintaktik vazifasiga koʻra oʻxshash boʻladi.
- Uchinchidan, sintaktik qurilish bilan farq qilsa ham semantik jihatdan bir-biriga yaqin 
boʻlishi kerak.
98
Сергалиев М.С. Синтаксическая синонимика в современном казахском языке. АДД. «Алма-ата»,1981. 
99
Shomaqsudov A. Rasulov I. Qo’ng’urov R. Rustamov H. O’zbektilistilistikasi. –Toshkent “O’qituvchi” 1983. 150-
151 b. 


348 
- Toʻrtinchidan, uslubiy tomondan bir-biridan ajralib turadi.
Ma’lumki, sintaktik derivatsiya hodisasi barcha sintaktik birliklar qatori qoʻshma gaplar 
doirasida ham yuz beradi. Turkiy tillarda jumladan, oʻzbek tilida ham qoʻshma gaplarning uchta turi 
mavjud: 1. Bogʻlangan qoʻshma gaplar; 2. Ergashgan qoʻshma gaplar; 3. Bogʻlovchisiz qoʻshma 
gaplar. Ma’lumki, bogʻlovchisiz qoʻshma gap qismlari oʻzaro mazmun munosabatiga koʻra uchta 
turga ajratiladi: 3.1. Bogʻlangan qoʻshma gapga sinonim boʻlgan bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar. 3.2. 
Ergashgan qoʻshma gapga sinonim boʻlgan bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar. 3.3. Bogʻlangan qoʻshma 
gapga sinonim boʻlmagan bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar. Bulardan birinchi tip bogʻlovchisiz 
qoʻshma gaplarning qismlari orasida tenglanish munosabati mavjud boʻlib, ular bogʻlangan 
qoʻshma gaplarga sinonim boʻlib kela oladi. Lekin bogʻlovchisiz qoʻshma gap bogʻlovchili qoʻshma 
gapning hamma turiga emas, faqat biriktiruv va zidlov munosabatini ifodalovchi turlarigagina 
sinonim boʻla oladi. Qiyoslab koʻraylik
: Roʻzimatning rangi oʻzgardi va koʻzlarida hamisha oʻynab 
turadigan tabassum ifodasi toʻsatdan yoʻqoldi. 
(A.Qahhor.)
Oyda dogʻ boʻlsa boʻlar, ammo siz 
bilan bizda boʻlasin 
(Uygʻun).
Bu ikkala bogʻlovchili qoʻshma gaplar tarkibidagi 
va, ammo
bogʻlovchilarini tushirib 
qoldirsak ham ma’noga ta’sir qilmaydi. Ya’ni bogʻlovchisiz qoʻshma gap hosil boʻlaveradi. Ammo, 
bogʻlangan qoʻshma gap bilan bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarning sinonim boʻlib kelishi faqat ular 
tarkibidagi bogʻlovchilarni tushirib qoldirish yoki orttirish bilan yuzaga kelmaydi. Bu yerda ohang, 
anglashilayotgan jarayonda ham har xil oʻzgarish yuz beradi. Lekin bu ikkala qoʻshma gapda 
mazmunan yaqinlik mavjudligi asosiy rol oʻynaydi. Masalan: 
Boshliq ovqatni yemay chetga surib 
qoʻydi, yuziga allaqanday soya tushdi. 
(A.Muxtor)
 – Boshliq ovqatni yemay chetga surib qoʻydi va 
yuziga allaqanday soya tushdi.
Ergashgan qoʻshma gaplarning hamma turi ham bogʻlovchisiz shaklda kelavermaydi. Asosan, 
ravish, chogʻishtirish, oʻlchov-daraja, oʻrin ergash gaplar bogʻlovchisiz kelmaydi. Sababi bu xil 
gaplar tarkibidagi bogʻlovchilar yoki nisbiy soʻzlar tushirilganda, shu turdagi qoʻshma gap hosil 
boʻlmaydi.
Quyidagi ergash gaplar bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarga sinonim boʻlib kela oladi:
1. Payt ergash gapli qoʻshma gapga sinonim boʻlgan bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarda ergash 
gap bosh gapdagi voqeaning bajarilish paytini koʻrsatadi: 
Paxta ochilgach, terim boshlanadi. Paxta 
ochildi – terim boshlanadi. Paxta ochilishi bilan terim boshlanadi.
2. Toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gapga ham sinonim boʻlgan bogʻlovchisiz qoʻshma 
gaplarda birinchi, tobe qismning mazmuni keyingi gap mazmunining bajarilishiga zid boʻlsa-da, 
voqelik yuzaga chiqadi: 
Qornimiz och boʻlsayam, koʻzimiz toʻq. – Qorin och – koʻzimiz toʻq; It 
huradi – karvon oʻtadi – It hursa ham, karvon oʻteveradi
kabi.
3. Natija ergash gapga sinonim boʻlgan bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar ikkinchisi 
birinchisining natijasida yuzaga kelgan holatni, voqea-hodisani anglatadi: 
U shunchalik berilib 
termuldiki, soyning oʻrtasida suv ichayotgan otning pishillashi ham sezilmadi – U shunchalik 
berilib termuldi, soyning oʻrtasida suv ichayotgan otning pishillashi ham sezilmadi
(Oybek) kabi.
4. Sabab ergash gapli qoʻshma gaplarga sinonim boʻlgan bogʻlovchisiz qoʻshma gap 
qismlarining birinchisida sabab, ikkinchisida sababdan kelib chiqadigan natija anglashiladi: 
Qoʻrqitmay oʻstirdim, shuning uchun botir boʻldingiz – Qoʻrqitmay oʻstirdim – botir boʻlingiz
(Maqol) kabi.
5. Oʻxshatish ergash gapli qoʻshma gaplarga sinonim boʻlgan bogʻlovchisiz qoʻshma gap 
qismlaridan ikkita oʻxshash voqelik anglashiladi: 
Qor yogʻdi – don yogʻdi. – Qor yoqqani xuddi 
don yoqqanidek 
kabi.
6. Maqsad ergash gapli qoʻshma gapga sinonim boʻlgan bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarda 
komponentlardan biri boshqasi orqali yuzaga keladigan voqelikning maqsadini ifodalaydi: 
Vatanni 
bezang – avlodlar unutmaydi. –Vatanni bezang, avlodlar unutmasin deb. Derazani ochdim – toza 
havo kirsin. – Derazani ochdim – toza havo kirsin deb
kabilar.
Muqobillik ma’no va shakl jihatidan yuz beradi. Shakl jihatidan teng kelsa, u parallelizm, 
ma’no tomondan mos kelsa sinonimiya yuzaga kelishini ta’kidlaydi. Muqobil variantlar tarkibidan 
sintaktik sinonimlar ajralib chiqadi.


349 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish