Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Kalit so’zlar: 
iqtidor, iqtidorli bola, bolalar psixologiyasi, metod. 
Bugungi kunda rivojlanib borayotgan bir davrda davlatimiz rahbari tomonidan olib 
borilayotgan islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi o’zgarishlar, qabul qilinayotgan yoshlarga oid 
davlat dasturi yosh avlodni yanada kuchli, blimli hamda ertangi kunini yanada porloq bo’lishiga 
xizmat qilmoqda. Yoshlar tomonidan bu imkoniatlardan foydalanishda avvalo har bir bolaning 
individual xususiyatlariga bog’liqdir. Bu xususiyatlarni anglash eng avvalo biz pedagog va 
psixologlar oldida ulkan vazifa bo’lib turipti. Bunda iqtidorli bolalar va bolani iqtidorini yuzaga 
chiqarish muhim omil hisoblanadi. 
Iqtidorli bola
– bu u yoki bu faoliyatda yorqin, oshkora, ba’zida mashhur yutuqlari (yoki bu 
kabi yutuqlar uchun ichki asosga egaligi) bilan ajralib turuvchi boladir. Bugungi kunda ko’pchilik 
psixologlar tan olishlaricha, iqtidorning sifat jihatdan o’ziga xosligi va rivojlanish xususiyati 
darajasi – bu doim irsiyat va bolaning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan (o’yin, ta’lim, mehnat) ijtimoiy 
muhitning murakkab o’zaro ta’siri natijasidir. 
Bunda bolaning shaxxsiy faolligi, shuningdek, asosida individual iste’dodni shakillantirish va 
amalga oshirish yotuvchi shaxsning o’z-o’zini rivojlantirish psixologik mexanizmlari muhim 
ahamiyatga ega. Axborot-komunikatsia texnologiyalari(AKT)dan foydalanish o’quvchilarga ularni 
qiziqtirgan savollariga javob topishga yordam beradi, ular uchun mohiyati noma’lum bo’lib, ammo 
qiziq bo’lgan hosisalar to’g’risida o’ylashga undaydi. Muammoni o’ylash jarayonida bahs-
munozaralar, turli-tuman fikr mulohazalar yuzaga keladi. A.Maslou, N.A.Bernshteyn va boshqa 
mashhur olimlarning fikriga tayangan holda , psixolog V.S.Yurkevich tomonidan yuksak 
qobilyatlar rivojlanishining (iqtidorning) uch qonuni ajratib berilgan: 
Bola ijobiy hissiyotlari yuzaga keladigan faoliyatdagina qobilyatlarning rivojlanishi yuz 
beradi. Qobilyatlarning rivojlanishi uchun bolaning asosiy faoliyati (ta’lim va darsdan tashqari 
faoliyat) murakkablik darajasini doimiy oshirib borish lozim. Faoliyat rivojlantiruvchi bo’lishi 
uchun (ham qobilyati hamda bolaning shaxsi) bola uchun (ichki motivatsiya bo’yicha) ahamiyatga 
ega bo’lishi zarur. 
Maktab faoliyatining vazifasi o’quvchilarning qobilyatlari va shaxsiy-individual sifatlarini 
rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish hisoblanadi va bu bozor iqtisodiyoti sharoitida o’quvchini 
uzluksiz ta’limga tayyorlaydi, bo’lajak bitiruvchini mehnat bozorida raqobatbardoshligini 
ta’minlaydi. Pedagog va o’quvchilarning hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot ishlarining maqsadi AKT 
kompitentligini oshirish, pedagogika fanining yutuqlarini o’rganish va inovatsion faoliyatda uni 
sinovdan o’tkazish, jamiyatga moslashuv, shaxsning ijodiy o’z-o’zini rivojlantirishda AKTdan 
foydalanish hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqot faoliyati – bu o’qituvchi va o’quvchining o’zarota’siri 
vositasidir. An’anaviy ta’limiy dasturlarda odatda kreativlik va komunikativlik qobilyatlarni 
rivojlantirish muhim hisoblanmaydi. U faqatgina zarur bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga 
imkoniyat yaratadi. Iqtidorli bolalarning ta’lim olishlarida yangicha yondashuv, kompyuter orqali 
ta’limiy va rivojlantiruvchi dasturlar, AKTdan foydalanuvchi ish metodlari va shakillari zarurdir. 


346 
O’quvchilar bilan ishlash jarayonida vazifani imkon qadar yaxshiroq bajarib o’qituvchining 
maqtoviga sazovor bo’lishga intiladigan, bir-biri bilan raqobatlashuvchi o’quvchilar guruhi 
shakillanadi. 
Bolalar psixologiyasi predmetining muhim tomonlaridan biri – turli yoshdagi bolalarda sezgi, 
idrok, diqqat, xotira, nutq, tafakkur, xissiyot, xayol va iroda kabi psixik jarayonlarning namoyon 
bo’lishi, taraqqiy etishi hamda takomillashuvning qonuniyatlarini o’rganishdan iborat. Bolalar 
psixologiyasi bola shaxsiy psixologik xususiyatlarini qanday tarkib toptirishni chuqur analiz qiladi. 
Bunda bolalar psixologiyasining bolalar shaxsini tarkib toptirishga faol ta’sir qiluvchi omillar 
qiziqtiradi. Ma’lumki, bola shaxsi va uning psixologik xususiyatlari qandaydir tasodifiy omillarning 
tartibsiz ta’sir etishning natijasida emas, balki muayyan konkret omilning qonuniy ta’sir etishida 
tarkib toptiradi. Ana shu muhum qonuniy tarzda ta’sir qiladigan omillarni ochish va isbotlash bilan 
bolalar psixologiyasi shug’ullanadi. Bolalar psixologiyasi balalar shaxsi va shaxsiy psixologik 
qonuniyatlarning tarkib topishi kabi muhim ilmiy malakalarni o’rganib, mamlakatimizda yangi 
tipdagi odamlarni tarbiyalab yetishtirish qonuniyatlarini ochib beradi. 
Bolalar psixologiyasi o’zining murakkab predmetini o’rganishda falsafaga tayanadi. 
Ma’lumki, tabiat va jamiyatdagi narsa hamda hodisalar taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini 
o’rganadi, hamda inson ongining ijtimoiy hayotga bog’liqligini ishbotlab beradi. 
Bolalar psixologiyasi pedagogika fani bilan ham yaqindan aloqadadir. Pedagogika fani 
yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ularni xar tomonlama gormonik tarzda rivojlantirish haqidagi 
fandir. Bolalar psixologiyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi, yo’l-yo’riqlari va vazifalariga doir 
fikrlarni pedagogika fanidan oladi, hamda unga yaqindan yordam beradi. Bolaning aqliy taraqqiyoti 
qonunlaridan xabardor bo’lish turli yoshdagi bolalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini to’g’ri tashkil 
qilish imkonini beradi. 
Bolalar psixologiyasi bolalar gigiyenasi, bolalardagi kasalliklarni o’rganuvchi pedyatriya va 
bolalar texnologiyasi bilan ham bog’liqdir. Bu fan bolalar psixologiyasi namoyondalariga bolalar 
psixik taraqqiyotining normal borayotganini chuqurroq bilish va normal taraqqiyotda burilish 
sabablarini aniqlash imkonini beradi. Bolalar psixologiyasi esa, o’z navbatida, bolaning normal 
psixik taraqqiyotini aniqlab berish bilan birga vrachlarning bola psixologiyasini yanada yaxshiroq 
tushunib olishlariga yordam berdi. 
Bolalar psixologiyasi bola shaxsi va shaxsiy psixologik xususiyatlarning tarkib topishini 
o’rganishda bolalar adabiyotidan, xususan, avtobiografik asarlardan keng foydalanadi. Shunday 
qilib, bolalar psixologiyasi bolalarning murakkab psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik 
xususiyatlarini o’rganishda bir qator fanlarning qo’lga kiritgan yutuqlaridan foydalanadi va ularga 
yordam beradi.
Ma’lumki, xar bir fanning o’z predmeti va vazifalari, uni o’rganish hamda tekshirishga 
qaratilgan bir qator metodlari bo’ladi. Metod lotincha – so’zdan olingan bo’lib, konkret masalalarni 
xal qilishga qaratilgan voqelikni amaliy yoki nazariy bilish usullari hamda ammallarning 
majmuidir. Agar har bir alohida fanga nisbatan oladigan bo’lsak, u paytda metod ayni shu fanning 
predmetini tekshirish, o’rganish va tushuntirish usullarining yeg’indisidir.
Bolalar psixologiyasi umumuy psixologiyaning deyarli barcha metodlaridan foydalanadi. 
Umumiy psixologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari – kuzatish, eksperiment, suhbat, faoliyat 
maxsulotlarini o’rganish kundalik va biografik materiallarni o’rganish, sotsiometrik, test va shu 
kabi metodlardir. Bolalarning butun aqliy, ya’ni psixik taraqqiyotlari ularning turli-tuman 
faoliyatlarida sodir bo’ladi. Ana shuning uchun bolalar psixologiyasi yuqoridagi metodlarni 
bolalarning asosiy faoliyatlariga moslashtirib qo’llaydi. Bu orqali bolalarning qaysi soxaga 
qobilyati borligini aniqlash yana ham osonlashadi. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish