Мақола ва тезислар номи


  NUTQ YARALISHINING PSIXOLINGVISTIK KO’RINISHLARI



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 


337 
NUTQ YARALISHINING PSIXOLINGVISTIK KO’RINISHLARI 
Ismatova S.T. 
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi 
Sodiqova B.I. 
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o’qituvchisi
 
Annatatsiya: 
Nutq yaratilishi hodisasi til ilmi bilan shug'ullanuvchi tadqiqotchilar uchun 
hamma vaqt birdek dolzarb masala bo'lib hisoblangan. Bugungi kunda ushbu masalaga 
bag'ishlangan ko'plab tadqiqotlar keldi, uning nazariy poydevori deyarli tiklanib ham bo'ldi. 
Kalit so’zlar: 
psixolingvistika, botiniy nutq, generativ grammatika, sintaktik strukturalar, 
abstrakt tafakkur, nominativ.
Hech bir istisnosiz aytish mumkinki, nutq yaratilishi nazariyasining alohida yo'nalish sifatida 
shakillanishi omillari til va nutq hodisalarining ajratilishiga borib taqaladi. F.de Sossyur tomonidan 
til va nutqning farqlanishi psixolingvistik tadqiqotlarda "nutqiy faoliyat" tushunchasining yanada 
aniqroq bo'lishiga o'z ta'sirini ko'rsatdi. A. A. Leontev fikriga ko'ra, F. de Sossyur nutqiy faoliyatni 
til va lisoniy qobiliyatning birligi sifatida tushuntirgan. L. V. Shcherba esa nutqiy faoliyatni so'zlash 
va tushunish jarayonlarining umumlashmasi deb hisoblangan
1.
. E. S. Kubryakovaning 
ta'kidlashicha, aynan L. V. Shcherba til hodisalariga oid bo'lgan nutq, uning real asosi hamda nutqiy 
jarayon mahsulini ajratib ko'rsatgan
2
.
A. A. Leontev esa nutqiy faoliyatni "nutqiy jumlalarning nutqiy bo'lmagan sub'ektiv kodlar 
orqali dasturlashtirilishi" sifatida baholaydi
3
.
E. S. Kubryakova 
nutqiy faoliyat 
termini ostida nutq 
yaralishi va uning qabul qilinishiga oid barcha hodisalarni tushunish kerakligini ta'kidlaydi
4
.
Nutqiy faoliyatga berilgan ta'riflardan ko'rinadiki, u ba'zan turg'un hodisa (masalan, matn), 
ba'zan esa harakatdagi hodisa sifatida ( masalan, so'zlash va eshitish) talqin qilinadi. Nutqiy 
faoliyatga berilgan mazkur ilmiy ta'riflar bir - biridan turli jihatlariga ko'ra farq qilsa-da, ularning 
barchasida ikki omil, ya'ni so'zlovchi va tinglovchi faoliyati nazarda tutilganligini ko'rish mumkin
5

Bu esa nutqiy faoliyat eng avvalo antroposentrik xarakter kasb etuvchi faoliyat ekanligini bildiradi.
Nutq yaratilishi haqidagi nazariyada til va tafakkur munosabati o'ta dolzarb muammolardan 
biri hisoblanadi. Nutq yaratilishi jarayonining tafakkur bilan aloqasi psixolingvistikada " nutq 
yaratilishi modeli" deb nomlanuvchi sxemalarda aks ettirildi. Bunday modellarning deyarli 
barchasida A. S. Vigotskiy tomonidan ilgari surilgan "Fikrdan- ma'noga, ma'nodan- so'zga" degan 
konsepsiya o'z aksini topdi. A. S. Vigotskiy fikriga ko'ra, fikr nutqqa aylanguncha bir necha 
bosqichlarni o'tаshi lozim. Olimning " ichki so'z" haqidagi g'oyasi botiniy nutq to'g'risidagi 
fikrlarning rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Ichki so'z- botiniy nutqda paydo bo'luvchi, inson 
ongidagi obrazlar, assotsiatsiyalarning ramziy belgisi. Aynan u botiniy nutqining tashqi, tabiiy 
nutqqa aylanishida vosita bo'la oladi
1
. Botiniy nutqdagi fikrning so'zga aylanish jarayonini u 
"tafakkur grammatikasining so'z grammatikasiga aylanishi" sifatida izohlaydi.
Vigotskiy tomonidan nutqiy faoliyatning "fikr - ma'no- so'z" shaklidagi jarayon sifatida talqin 
etilishi keyinchalik rus tilshunoslari tomonidan rivojlantirildi va psixolingvistik tadqiqotlardan 
mustahkam o'rin oldi.
O'tgan asrning 60 – yillarida N.A.Jinkin tomonidan yaratilgan universal - predmet kodlari 
haqidagi nazariya o'z mohiyatiga ko'ra Ligotskiy g'oyasiga yaqin turadi. Olimning fikriga ko'ra, 
inson ongida hali tashqi nutqqa aylanmagan fikrlar universal - predmet kodlaridan iborat. Bu kodlar 
barcha millat kishilari uchun birdek ahamiyatga ega bo'lib, uni barcha tillarga tarjima qilish 
mumkin
3
. Boshqacha aytganda, noverbal bosqichdagi tafakkur milliy xarakter kasb etmaydi, u 
tashqi nutqqa aylanganidagina milliy "libos" kiyishi mumkin.
Jinkinning mazkur fikri nutq yaratilishi jarayonining ichki - noverbal bosqichi (Vigotskiy va 
Luriyada bu bosqichlar verbal shaklda deb hisoblanadi) haqidagi yangi g'oyalarning paydo 
bo'lishiga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Olimning universal - predmet kodlari haqidagi nazariyasini N. I. 
Gorilov o'z tajribalari bilan isbotlashga harakat qildi.


338 
Jinkinning universal - predmet kodlarini har qanday tilga tarjima qilish mumkinligi haqidagi 
fikrlarga qo'shilgan holda shuni aytish joizki, ayrim hollarda predmetning ongidagi obrazi milliy 
assotsiatsiyalarni ham ifodalashi mumkin. Masalan, paxta so'zini boshqa tillarga tarjima qilish 
mumkin. Bu so'zning ekvivalenti bo'lmagan tilda esa bu tushunchani so'z birikmasi orqali ifodalasa 
ham bo'ladi. Lekin paxta haqida boshqa millat kishisi ongida paydo bo'lgan tushuncha bilan o'zbek 
millatiga mansub kishining ongidagi tushuncha o'rtasida ma'lum farqlar bo'lishi tabiiydir.
Nutqiy tafakkurga oid qarashlar ichida Yu. N. Karaulovning oraliq til haqidagi fikrlari o'ziga 
xosdir. Uning ta'kidlashicha, oraliq til biologik, fizik- kimyoviy tabiatga ega bo'lgan miya tili (ya'ni 
neyronlar tili) va insonning tili o'rtasidagi vositachidir. 
Nutq yaratilishi masalasi haqida so'z borar ekan, generativ (transformatsion) grammatika 
nazaryasini eslamaslik mumkin emas. Uning namoyondalaridan biri N.Xomskiy hamda uning 
maslakdoshlari nutq yaratilishi hodisasini sintaktik sath tahlili asosida tushuntirishga asos solib, 
tilshunoslikda yangilik yaratadilar.
SH.Safarov bu haqda shunday yozadi: "Olim 1957 yilda nashr qilingan "Sintaktik 
strukturalar" (Chomsky 1957) asaridan boshlaboq, lisoniy qobiliyat shakllanishini lisonning 
yaratuvchanlik xususiyatidan, uning inson ongi, aqliy qobiliyati bilan chambarchas bog'liqligidan 
izlaydi. Uning tasavvurida til strukturasi ikki sathdan iborat. Gap va boshqa turdagi lisoniy 
tuzilmalar hosil bo'lishida dastlab inson ongida fikr va hukm tizimi hosil bo'ladi va ushbu 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish