Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

botiniy 
tizim 
mavhum xarakterdagi kategoriyalardan tarkib topadi. Keyingi bosqichda ushbu botiniy 
strukturalar maxsus amallar, ya'ni grammatik transformatsiya - ko'chirishlar yordamida lisoniy 
voqealanadilar, zohiriylik kasb etadilar. Zohiriy struktura ham ma'lum kategoriyalardan iboratdir, 
ammo ular endilikda konkret ko'rnishiga egadirlar. Eslatilgan amallar umumlashmasini Chomskiy 
lisonning 
universal (umumiy) grammatikasi 
(Universal Grammar) deb ataydi. Uning talqinicha, 
universal grammatika barcha tillar sohiblari uchun umumiy bo'lib, unda "tug'ma" (innate, inborn) 
tamoyillar faollashadi. Tilni o'zlashtiruvchi va undan foydalanuvchining ( u ona tili yoxud xorijiy til 
bo'lishidan qat'iy nazar ) vazifasi maxsus qoidalar turkumi, o'z tajribasi va universal grammatika 
tamoyillari doirasida "ishlashga majbur etishdan iboratdir".
Nutq yaratilishi jarayoni talqinida yana bir masala - til va tafakkurning aynan yoki alohida 
hodisalar ekanligi baxsli masalalardan biri bo'lib kelmoqda. Eng so'nggi qarashlarga ko'ra, "til va 
tafakkur o'zaro ajralmas va chambarchas bog'liq hodisalardir. Lekin ularning ikkovi bir narsa emas. 
Til tafakkurning ifoda shakli va yashash formasi sifatida inson ongining shakllanishida ham muhim 
o'rinda turadi. Til qobig'idan tashqarida ongining qaror topishi mumkin emas. <...> Abstrakt 
taffakur til tufayligina voqe bo'ladi. Tilning mavjudligi tafakkurning umumlashtiruvchi 
faolliyatining eng zaruriy shartidir. Tilsiz bu hol mavjud bo'lmas edi. Chunki so'z umumlashtiruvchi 
xususiyatiga ega. Til o'ziga xos qonuniyatlarga ega va bu qonuniyatlar tafakkur qonuniyatlaridan 
farq qiladi. Bu esa, o'z navbatida, tilning mustaqil hodisa ekanligini ko'rsatadi". 
E.S.Kubryakova esa o'z asarlaridan birida odam avval o'ylab, keyin gapiradimi yoki bu ikki 
faoliyat bir vaqtning o'zida amalga oshadimi, degan muammoni o'rtaga tashlaydi. Olimlarning 
fikricha, ayrim holatlarda odam o'z nutqini o'ylab, keyin tuzadi ( masalan, maqola yozganda ). 
Ayrim hollarda esa fikrlash va so'zlash jarayoni ayni bir vaqtning o'zida amal qiladi ( masalan, 
suhbat chog'ida ). Kubryakovaning ushbu fikrini she'riy nutq yaratilish jarayoni ham isbotlaydi. 
Ma'lumki, ko'p hollarda she'r misralari birdaniga, shiddat bilan qog'ozga tushadi. Usmon Nosirning 
"Tilim charchar, ajab, gohi Seni tarjima qilmoqdan" satrlarida bu holat nutqda aniq ifodalangan. 
Shoir o'z fikrlarini tashqi nutqqa "tarjima qilar" ekan, bizningcha, unda tafakkur va nutq jarayonlari 
bir vaqtning o'zida amal qiladi. 
E.S.Kubryakovaning psixolingvistikadagi yana bir xizmati shundan iboratki, u ichki nutq 
yaratilishi mexanizimida nomotsiya jarayoniga ham amal qilnishi haqidagi qarashni rivojlantirdi. 
Uning ta'kidlashicha, fikrning shakllanishi va lisoniy tus olishi jarayonlarida miya tili tashqi tilga 
ikki kanal - sintaktik va nominativ kanallar orqali o'tadi. Nominativ kanal nomlash vazifasini 
bajarsa, sintaktik kanal nutqning grammatik-shakliy tuzilishini belgilaydi. 
E.S.Kubryakovaning ma'noning lisoniy shakl olish bosqichi haqida aytgan fikrlari ham o'ziga 
xosdir: "Shunday qilib, bo'lajak nutq haqidagi g'oya predmetli obraz tarzida ham, lisoniy shaklda 


339 
ham paydo bo'lishi mumkin, zotan, ongdagi mazmun paydo bo'lishi bilanoq lisoniy shakl olish yoki 
bu shaklga botiniy nutq jarayonida ega bo'lishi mumkin; xullas, yuzaga kelishi lozim bo'lgan jumla 
yo bir so'z yoki bir necha so'zlar zanjiri bilan boshlanadi". 
Ko'rinadiki, nutq yaratilishi jarayoniga oid fikrlar xilma-xil va yechilishi lozim bo'lgan 
muammolar hali yetarli. Bundan 30 yilcha avval "Nutqiy faoliyat nazariyasi asoslari" nomli 
fundamental asarda epigraf qilib keltirilgan A.N.Kolmogorovning quyidagi gapi, bizningcha, hali 
ham o'z dolzarbligini saqlab turibdi: "Nutq oqimini uning yaratilishi mexanizmi haqidagi farazsiz 
o'rganish nafaqat samarasiz, balki qiziqarsiz hamdir ". Buni nutq yaratilishi nazaryasi haqida yangi 
paydo bo'lgan yo'nalish – kognitiv lingvistika tomonidan qo'yilayotgan muammolar ham 
isbotlamoqda. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish