Manuel de français Ikkinchi chet tili



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/297
Sana20.04.2022
Hajmi3,64 Mb.
#566028
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   297
Bog'liq
Manuel Исматов Сарвар


Participe (sifatdosh) 
3.
Gérondif (ravishdosh) 
Bunday fe’llarning shaxssiz formasi ish-harakatni anglatadi va fe’lga xos zamon 
va nisbat kabi grammatik kategoriyalarga ega bo’ladi, lekin ularning fe’ldan 
farqlanadigan va boshqa so’z turkumlariga yaqinlashadigan ayrim xususiyatlari ham 
bor: 


~ 163 ~ 
Infinitif—ot so’z turkumiga xos bo’lgan xususiyatlarga; Participe—sifat so’z 
turkumiga xos xususiyatlarga; Gérondif—esa ravish so’z turkumiga xos 
xususiyatlarga egadir. 
Infinitif (infinitive) 
Infinitif fe’lga xos bo’lgan shaxs, son va mayl kategoriyalariga ega emas, faqat u 
ish-harakatning nomini ko’rsatuvchi fe’l formasidir.
Fransuz tilida infinitif 2 xil zamon formasiga ega: 1) hozirgi zamon infinitivi 
(Infinitif présent); 2) o’tgan zamon infinitivi (Infinitif passé). 
Hozirgi zamon infinitivi sodda forma bo’lib, u quyidagi qo’shimchalar orqali 
namoyon bo’ladi : 
-er (parler) ; -ir (finir) ; -re (lire) ; -oir (voir). Bu qo’shimchalar fe’llarning 
infinitivini u yoki bu tuslanish guruhlariga mansubligini ko’rsatadi. Masalan : 
Parler (birinchi guruh) 
Bâtir (ikkinchi guruh) 
Traduire, voir (uchunchi guruh) 
Hozirgi zamon infinitivi (Infinitif présent) gapda boshqa ish-harakat bilan bir 
paytda sodir bo’layotgan ish-hrakatni anglatadi. Masalan: Il les regarde (regardait, 
regardera) louer. 
O’tgan zamon infinitive (Infinitif passé) murakkab formaga ega bo’lib, u avoir 
yoki être ko’makchi fe’llaridan birini infinitif présent zamonida olib, unga asosiy 
tuslanuvchi fe’lning o’tgan zamon sifatdoshi (participe passé-si) formasi qo’shilishi 
bilan yasaladi. Masalan: 
Avoir fait 
Avoir choisi 
Etre sorti 
Etre venu 
S’ être reposé 
S’ être lavé 
Infinitif passé gapda boshqa ish-harakatdan oldin sodir bo’lgan biror ish-
hrakatni anglatadi. Masalan: Je suis enchanté d’ être venu—Men kelganligimdan 
mamnunman. 
Je reviendrai chez-moi après avoir acheté tout ce qu’il faut—Kerak bo’lgan 
hamma narsalarni sotib olgach, men uyimga qaytib kelaman. 
O’timli fe’llarning infinitivi majhullik nisbatiga ham ega bo’ladi. Bunda être 
ko’makchi fe’lini Infinitif present zamonida olib, unga asosiy tuslanuvchi fe’lning 
o’tgan zamon sifatdoshi (participe passé) qo’shish bilan yasaladi. Masalan: être lu 
(avoir été lu)—o’qilgan, être écrit ( avoir été écrit)—yozilgan. 
Infinitif bo’lishsiz formada ishlatilsa ne pas inkor yuklamalarining har ikkalasi 
ham infinitif oldida keladi. Masalan: Je pense ne pas rester longtemps—Men u yerda 
uzoq qolmasman deb o’ylayman.
Infinitif fe’lga xos bo’lgan bir necha grammatik kategoriyalarga ega: 
a) zamon kategoriyasiga – étudier (présent), 
b) nisbat kategoriyasiga: laver (aniqlik nisbat), 
être lavé (majhullik nisbat), 
se laver (o’zlik nisbat). 
Infinitif to’ldiruvchiga ega bo’lishi mumkin. Masalan: lire un livre. 
Infinitif ravish bilan birga ishlatilishi mumkin: Masalan: étudier bien. 
Infinitif qo’shma kesim tarkibida kelishi mumkin: Masalan: nous pouvons vous 
aider—Biz sizga yordam berishimiz mumkin. 


~ 164 ~ 

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish