Mantiqiy Iqtisodiyot



Download 8,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/192
Sana09.08.2021
Hajmi8,62 Mb.
#142914
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   192
Bog'liq
Common Sense Economics [uz]

ELEMENT 2.2

Raqobat resurslardan oqilona foydalanishni va foydali yangiliklar kiritishni

rag'batlantiradi.



80

korxonalar mahalliy, mintaqa, mamlakat yoki jahon miqyosidagi bozorlarda faoliyat

yuritishi mumkin. Raqobat jarayoni korxonalarni samarali faoliyat ko'rsatishga va

iste'molchilarning afzalliklarini hisobga olishga majburlaydi. Raqobat samarasiz ishlab

chiqaruvchilarni barbod qiladi. Agar korxonalar iste'molchilarga sifatli tovarlarni

manzur narxlarda ta'minlay olmasa, ular zarar ko'radilar va axiri biznesdan

chetlatiladilar. Muvaffaqiyatli korxonalar raqiblariga nisbatan ilg'or bo'lishlari kerak.

Bunga turli uslublar, jumladan mahsulot sifati, bezagi, xizmat ko'rsatish darajasi, qulay

joylashuvi, reklama va narxlar orqali erishish mumkin, lekin iste'molchilar uchun

mahsulot qadrining xarajatlarga nisbati raqobatchilarnikiga nisbatan kam bo'lmasligi va

korxona buni izchil tarzda taklif qilishi shart.

McDonalds, Carrefour, Amazon, General Motors yoki boshqa har qanday

korxonani narxlarni oshirishdan, sifatsiz mahsulot sotishdan va yomon xizmat

ko'rsatishdan nima ushlab turibdi? Javobni raqobatdan topamiz. Agar McDonalds mazali

sendvichni manzur narxda tabassum bilan taklif qilmasa, odamlar Burger King,

Wendy's, Subway, Taco Bell va boshqa raqobatchilarga murojaat qiladi. Hattoki juda yirik

korxonalar ham iste'molchilarga sifatli va arzon mahsulotni ta'minlay olgan yosh va

kichik korxonalarga yutqazishi mumkin. Agar Fiat, Toyota, General Motors va Ford kabi

katta korxonalar odamlar xohlagan avtomobil turini raqobatbardosh narxlarda taklif

qilishdan bir qadam orqada qolishsa, ular iste'molchilarini Honda, Hyundai, Volkswagen

va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilariga yutqazib qo'yishlari mumkin.

Video:


Walmartning raqobat va xarajatlar nazorati

Raqobat korxonalar mahsulot sifatini yaxshilashi va mahsulot ishlab

chiqarishning arzon uslublarini topishi uchun kuchli rag'batlantiruvchi omildir.

Texnologiya va narxlar tez-tez o'zgarib turishi sababli iste'molchilar keyingi safar qaysi

mahsulotlarni xohlashini yoki qaysi ishlab chiqarish texnikasi xarajatlarni

minimallashtirishini hech kim aniq bilmaydi. Raqobat mana shularga javob topishga

ko'maklashadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali marketing

(?)


 savdo markazidan keyingi


81

chakana savdo bo'yicha eng zo'r g'oyami? Yohud bu bir kun bug'lanib ketadigan yana

bitta xayolmi? Bozordan-bozorga farq qiluvchi va vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan

raqobat bunga javob beradi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida tadbirkorlarda yangilik kiritishi uchun erkinlik

mavjud. Ular zarur moliyaviy mablag'larni ta'minlashga qodir investorlarning

(ko'pincha, o'zlarining ham) ko'magiga muhtoj, xolos. Markaziy rejalashtirish organlari,

ko'pchilik ovozi yoki raqobatchi tadbirkorlarning tasdig'i shart emas. Shunga qaramay,

raqobat tadbirkorlarga va ularni qo'llab-quvvatlovchi investorlaga javobgarlikni

yuklaydi, chunki ularning g'oyalari iste'molchilarning «real nazorat»idan o'tishi kerak.

Agar iste'molchilar kiritilgan yangilikni uning xarajatidan balandroq qardlasalar, yangi

korxona foyda oladi va muvaffaqiyatga erishadi. Biroq yangi mahsulotning iste'molchilar

uchun bo'lgan qadri narxidan past bo'lsa, korxona zarar ko'radi va muvaffaqiyatsizlikka

uchraydi. Iste'molchilar korxona kiritgan yangilikning va uning faoliyatining so'nggi

hakamlaridir.

Yangi mahsulot ishlab chiqarilganda uning narx-sifat nisbati ma'lum bog'liqlikda

ko'zatiladi. Dastlab, yangi mahsulotlar odatda juda qimmat turadi va ular asosan yuqori

daromadli kam sonli iste'molchilar tomonidan sotib olinadi. Ushbu iste'molchilarga

birinchilardan bo'lganligi qimmatga tushadi, chunki odatda dastlabki bosqichdagi

mahsulot sifati keyingi, ya'ni ishlab chiqaruvchilar tajriba orttirgan boshqichiga

nisbatan pastroq bo'lib, lekin ishlab chiqarish hajmining kamligi tufayli narx baland

bo'ladi. Bu dastlabki xaridorlar juda muhim rol o'ynaydi: ulardan keladigan daromad

mahsulotning dastlabki xarajatini qoplaydi va tadbirkorlarning tajriba orttirishiga

imkon yaratadi. Orttirilgan tajriba kelajakda mahsulot sifatini oshirishga va mahsulot

birligiga to'g'ri keladigan xarajatni kamaytirishga yordam beradi. Bunning ustiga, bozor

rag'batlari shunday harakatlarni ko'maklaydi. Vaqt o'tishi bilan esa, tadbirkorlar

mahsulotni arzonlashtirish va uni keng iste'molchilarga yetkazib berish yo'llarini

topadilar.

Uyali telefonlar narx-sifat o'rtasidagi nisbatni tasvirlab beradi. Uyali telefonlar

1980-yillarning oxirlarida kirib kelganda ularning narxi deyarli 4 000 dollarni tashqil

qilgan, kattaligi g'ishtcha bo'lgan va telefon qo'ng'iroqlaridan boshqa funksiyasi

bo'lmagan. Vaqt o'tishi bilan, ularning hajmi kichraydi, ma'lumotlarga ishlov berish




82

qobiliyati va funksiyalari kengaydi hamda narxi pasaydi. Bugungi kunda ularning narxi

dastlabki narxning bir qismiga teng bo'lib, ular daromad qatlamlarining ko'plab

iste'molchilari uchun zaruriyat hisoblanadi.

UYALI TELEFON EVOLYUTSIYASI, 1973–2015-YILLAR

Ko'plab tovarlar, jumladan avtomobillar, televizorlar, konditsionerlar, idish

yuvish mashinalari, mikroto'lqinli pechlar va shaxsiy kompyuterlar ham xuddi shunday

jarayondan o'tgan. Bularning hammasi dastlab juda qimmat bo'lgan, ammo tadbirkorlar

ishlab chiqarishni tejamli qilish va sifatni oshirish yo'llarini topganda, ular ommabop

buymga aylandi. Tadbirkorlar hamda raqobat jarayonining rolini tahlil qilganimizda,

narx-sifat o'rtasidagi nisbatni hisobga olish muhim.

Raqobat muhitida omon qolishni istagan tadbirkorlar xotirjam bo'lmasliklari

kerak. Bugun muvaffaqiyatli bo'lgan mahsulot ertangi raqobat sinoviga bardosh

bermasligi mumkin. Raqobatdosh bozorda muvaffaqiyat qozonish uchun tadbirkorlar

ilg'or g'oyalarni oldindan ko'ra bilishi, aniqlay olishi va tezda amalga kirita olishi lozim.



83

Video:


Siz Internetdan voz kechardingizmi?

Raqobat jarayoni mahsulot yoki xizmatlar xarajatini past darajada ushlab turishga

eng muvofiq korxona tuzilmasi va o'lchamini ham belgilaydi. Boshqa iqtisodiy

tizimlardan farqli o'laroq, bozor isqtisodiyoti raqobat qiluvchi korxona turlarini

majburan belgilamaydi. Barcha ko'rinishdagi tashkilot tuzilmalari faoliyatiga ijozat

beriladi. Xususiy tadbirkor, sheriklikka asoslangan tadbirkorlik, korporatsiya

(?)

,

ishchilar jamoasi tashkiloti, iste'molchilar kooperativi, jamoa yoki boshqa shakldagi



korxonalar bozorda erkin faoliyat yuritishlari mumkin. Muvaffaqiyat qozonishi uchun u

faqat yagona sinovdan, ya'ni xarajat samaradorligi sinovidan o'tishi kerak bo'ladi. Tijorat

korxonasi, u korporatsiya yoki ishchilar jamoa korxonasi bo'ladimi, agar sifatli

mahsulotlarni manzur narxlarda ishlab chiqarsa, u foyda ko'radi va muvaffaqiyatga

erishadi. Agar uning korxona shakli o'xshash sifatdagi mahsulotni boshqa shakldagi

tijorat korxonalariga qaraganda qimmatroq ishlab chiqarsa, raqobat uni bozordan siqib

chiqaradi. Madomiki, ba'zi iste'molchilar har xil sifat-narx nisbatlarini tanlasa, raqobat

bir vaqtning o'zida turli sifatdagi mahsulotlarni ham ta'minlaydi. Arzon Volkswagen

bilan bir qatorda Mercedes (yuqori narxda) ham sotilishi mumkin. Boshqa tomondan

esa, bozor qonunlariga davlatning ta'sirisiz (bozor iqtisodiyoti mamlakatlari importini

taqiqlash yoki ularga yuqori tarif o'rnatish kommunistik mamlakatlarida oddiy holat

bo'lgan) Sharqiy Germaniyning «Wartburg» va Rossiyaning «Jiguli» markali

avtomashinalari raqobatga bardosh bera olmadi.

Raqobat muhiti iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxonalar hajmini ham

aniqlaydi. Ayrim sohalarda — masalan, samolyot va avtomobil ishlab chiqarishda —

korxonalar miqyos samarasidan to'liq foydalanishi uchun juda yirik bo'lishi talab etiladi.

Bitta avtomobilni ishlab chiqarish nihoyatda qimmat, lekin barqaror xarajatlar minglab

birliklarga taqsimlanganda, har bir mashinaning ishlab chiqarish xarajati jadal

kamayishi mumkin. Iste'molchilarning odatda tovarlarni tejamkorlik bilan ishlab

chiqara oladigan va arzonroq sotadigan korxonalardan sotib olishlari tabiiy. Bunday




84

sanotalrda kichik korxonalar samarali raqobat qila olmaydi va unda faqat yirik

korxonalargina omon qoladi.

Boshqa sohalarda esa, odatda xususiy tadbirkorlar yoki sheriklikka asoslangan

kichik korxonalar iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Agar iste'molchilar shaxsiy

xizmat va shaxsiylashtirilgan mahsulotlarni qadrlasa, unda odatda kichik korxonalar

ustuvor kelib, katta korxonalar esa raqobatda qiyinchiliklarga duch keladi. Buni asosan

yuridik va tibbiy xizmatlar, gurman restoranlar, go'zallik saloni va maxsus boshmaxona

xizmatlari bozorlarida uchratish mumkin. Demak, ushbu bozorlarda asosan kichik

tadbirkorlar hukmronlik qiladi.

Bu mantiqqa zid bo'lib ko'rinsada, raqobat ostidagi o'z manfaatlarini ko'zlash

iqtisodiy taraqqiyot uchun qudratli kuchdir. Mahsulotlar, texnologiyalar, tashkiliy

metodlar hamda tijorat korxonalari o'rtasidagi faol raqobat samarasiz bo'lganlarini

bozordan siqib chiqarib, a'lo mahsulotlar va ilg'or texnologiyalarning doimiy ravishda

yaratilishiga va joriy qilinishiga olib keladi. Yangi metodlar sifatni yaxshilab,

xarajatlarni kamaytirsa, ularning ommabopligi tezda oshadi va ular ko'pincha eski

metodlarining o'rnini bosadi.

Bunga tarixdan misollar ko'p. Avtomobil ot-aravaning o'rnini bosgan.

Supermarket oilaviy yuritilgan kichik mahsulot do'koni o'rnini bosgan. McDonalds kabi

tez ovqatlanish shahobchalari mahalliy oshxona o'rnini bosgan. Boshqa chakana savdo

do'konlari yopilayotgan bir paytda, «Carrefour» va «Metro Cash & Carry» tez o'sdi. MP3

va iPodlar CD-pleerlar o'rnini bosgan, CD-pleerlar esa qachondir kassetali

magnitofonlarni siqib chiqargan. Shaxsiy kompyuterlar yozuv mashinalari, smartfonlar

esa uncha ixcham bo'lmagan kompyuter qurilmalari o'rnini bosadi. Bunga o'xshash

misollarni ko'plab keltirish mumkin. Buyuk iqtisodchi Yozef Shumpeter bu faol

raqobatni «ijodkor vayronalik»

(?)

 deb atab, u iqtisodiy taraqqiyotning asosini tashkil



qiladi deb ta'kildaydi.

Raqobat shaxsiy manfaatni foydali ishga yo'naltiradi va jamiyatimizning turmush

darajasini oshiradi. Adam Smit «Xalqlar boyligi» kitobida qayd qilganidek:

«Dasturxonimizning to'kin-sochin bo'lishi qassob, pivo pishiruvchi yoki

novvoyning xayrixohligiga bog'liq emas, balki ularning o'z manfaatlari yo'lidagi



85

harakatlari tufaylidir. Biz ularning insoniyligiga emas, balki xudbinligiga

murojaat qilamiz va ularga o'z zaruriyatlarimiz to'grisida emas, balki ularning

afzalliklari to'g'risida gapiramiz»

(24)

.

Xususiy mulkchilik va raqobatdosh bozorlar birgalikda hamkorlikka asoslangan



faoliyatning va resurslardan samarali foydalanishning poydevorini tashkil etadi. Xususiy

mulk huquqi aniq-ravshan belgilanganda va hayotga tatbiq etilganda, ishlab

chiqaruvchilar resurslardan foydalnishning muqobil qiymatiga duch keladilar.

Shuningdek, ochiq va raqobatdosh bozorlardagi narxlar ishlab chiqaruvchilarga

xarajatlarni kamaytirishga, iste'molchilar istagini bajo keltirishga va sifatli mahsulotlar

yaratishga va ishlab chiqarishning ilg'or metodlarini joriy qilishga qattiq

rag'batlantiradi.

Raqobat tadbirkor manfaati uchun xizmat qilmasligini ta'kidlab o'tish muhimdir.

Aslida, korxonalar raqobat qilishni sevmaydilar va odatda undan o'zlarini himoya

qilishga qaratilgan siyosat uchun lobbizm bilan shug'ullanadilar. Raqobatchilarning

bozorga chiqishini cheklash uchun ular tez-tez to'siqlar qo'yishga urinadilar. Tartibga

solish va siyosiy jarayonlar tahlilini davom ettirganimizda, korxonalarning bozor

raqobatdoshligini kamaytirishga qaratilgan hatti-harakatlar bo'yicha misollarga qayta va

qayta duch kelamiz. Haqiqatdan ham, oligarxlarning ma'lum mahsulot va xizmatlar

bozorlarida hukmronlik muammosi post-kommunist mamlakatlarida ayniqsa keng

tarqalgan.

O'qish uchun:

Duayt Li. «Qishloq xo'jaligi uchun yerlarning yetishmovchiligi»




86


Download 8,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish