Mantiqiy Iqtisodiyot



Download 8,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/192
Sana09.08.2021
Hajmi8,62 Mb.
#142914
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   192
Bog'liq
Common Sense Economics [uz]

ELEMENT 1.12

Faoliyatning uzoq muddatli oqibatlati yoki ikkilamchi ta'sirlari ko'p hollarda e'tibordan

chetda qoladi.



60

Hezlittning yagona sabog'iga ko'ra, inson iqtisodiy rejani tahlil qilganda:

«...nafaqat qisqa muddatli natijalarni, balki uzoq muddatli natijalarni ham;

nafaqat birlamchi oqibatlarni, balki ikkilamchi oqibatlarni ham; nafaqat

maxsus alohida guruhga ta'sirini, balki barchaga ta'sirini ham inobatga olishi

kerak»


(10)

.

Hazlitt bu darsga rioya qilmaslikni iqtisodiy xatoning asosiy manbai deb



hisoblagan. U 1930-yillardagi Buyuk depressiya davri iqtisodiyoti to'g'risida ko'p yozgan

bo'lib, ayniqsa, siyosatda davlat dasturlarining qisqa muddatli ta'sirlariga e'tibor

berishga, uzoq muddatli va kutilmagan oqibatlariga esa e'tibor bermaslikka moyillik

mavjudligini bilar edi.

Keling, ikkilamchi ta'sirlarning ahamiyatini tasvirlovchi uchta misol ko'rib

chiqaylik. Transport vositalarining emissiyasi natijasida havo ifloslanishini benzin

iste'molini qasqartirish orqali kamaytirish maqsadida Gruziya hukumati katta motorli

eski avtomobillar uchun yangi aktsiz solig'i joriy etdi. Gruziya kam daromadli

mamlakat bo'lganligi sababli eski ishlatilgan mashinalarga talab doimo baland bo'lgan,

chunki ular arzonroq (sotuvdagi eski mashinalarning 91 foizi 2006-yildan oldin ishlab

chiqarilgan). 2017-yilning yanvaridan joriy etilgan yangi soliq o'zgaruvchan shkalada

hisoblangan. Masalan, aktsiz solig'i bilan bojxona rasmiylashtiruvi uchun ja'mi to'lov

motori 1,5 litr hajmli 2002-yil avtomobili uchun 3731 GELni (Gruziya larisi), lekin

motori 2,5 litr hajmli ayni yil avtomobili uchun 6219 GELni, motori 3,5 litr hajmli

avtomobil uchun esa 8706 GELni tashkil etgan. Soliq siyosatidagi o'zgarishlar odamlarni

motor sig'imi kichkina mashinalarni xarid qilishga rag'batlantirgani ravshan bo'lsada,

bu oqilona siyosat bo'lganmi degan savol tug'iladi. Ikkilamchi ta'sirlarni hisobga

olganda uning umumiy ta'siri qanday bo'lgan?

Gruziyaning yangi aktsiz soliq siyosati qisqa muddat amal qilganligi uchun biz

boshqa mamlakatlarning yoqilg'i iste'molini kamaytirishga qaratilgan siyosatlari

tajribasini ko'rib chiqishimiz kerak bo'ladi. Ma'lumotlarga qaraganda, odamlarning

avtomobil xaydashi ko'paygan, chunki yengil avtomobillarning kam yoqilg'i sarflashi




61

mashina xaydashni arzonron qiladi. Bu, o'z navbatida, tirbandlikni oshiradi va yoqilg'i

iste'moli dastur bo'yicha kutilgan rejaga nisbatan kamroq pasayishiga olib keladi.

Bundan tashqari, yangi standartlarga javob beruvchi yengilroq avtomobillar yo'l-

transport hodisalari paytida yo'lovchilar uchun og'irroq, katta motorli avtomobillar kabi

himoya darajasini ta'minlay olmaydi. Natijada, yo'l harakati bilan bog'liq o'lim darajasi

va jarohatlar soni oshishi mumkin. Ikkilamchi ta'sirlar inobatga olingandan so'ng,

yoqilg'i unumdorligi bo'yicha tartiblar o'ylagandek samarali bo'lmasligi mumkin.

Shu kabi kutilmagan oqibatlar xavfsizlik kamaridan foydalanishni talab qiluvchi

qonunlar qabul qilinganidan keyin ham kuzatilgan. Buyuk Britaniya Transport

vazirligiga ko'ra, haydovchilar va old o'rindiqdagi yo'lovchilardan xavfsizlik

kamarlarini taqishni talab qiluvchi qonun kuchga kirganidan 20 oy o'tib, old

o'rindiqdagi yo'lovchilar orasida halok bo'lganlar soni 656 taga kamaygan. Biroq,

a idan, haydovchilar xavfsizlik kamarlarini taqishdan so'ng o'zlarini xavfsizroq his

qilganliklari tufayli avtomobilni xavfliroq boshqara boshladilar. Natijada, ayni vaqt

davomida piyodalar (77), velosipedchilar (63) va orqa o'rindiqdagi yo'lovchilar (69)

(11)

orasida halok bo'lganlar soni oshdi.



Mamlakatlar o'rtasidagi savdo cheklovlari ham muhim ikkilamchi ta'sirlarga ega.

Chet el tovarlariga tarif va import kvotalari joriy etish tarafdorlari deyarli har doim o'z

siyosatlarining ikkilamchi ta'sirlarini hisobga olmaydilar. Tarif va kvotalar o'xshash

mahsulotlarni yuqoriroq tannarxda ishlab chiqaruvchi mamlakat ishchilarini dastlab

himoya qilishi mumkin, lekin buning kutilmagan ikkilamchi oqibatlari ham mavjud.

Evropa Ittifoqining (YI) Yagona qishloq xo'jalik siyosatini (YQXS) ko'rib

chiqaylik. Bu siyosatga ko'ra, chet elda ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari

savdosi tarif va kvotalar orqali cheklanib, a'zo mamlakatlarning qishloq xo'jalik sektori

YI byudjetidan bevosita subsidiyalanadi. Siyosatning 50 yilligiga bag'ishlangan hujjatda

shunday deyiladi: «YQXS aholi sifatli oziq-ovat mahsulotlarini arzon narxlarda iste'mol

qilishlari va dehqonlar munosib hayot kechirishlari uchun yaratilgan»

(12)


. Umuman

olganda, YQXS orqali ajratiladigan subsidiyalar jami YI byudjetining uchdan bir

qismidan sal ko'prog'ini tashkil etadi. Ushbu siyosat tarafdorlariga ko'ra, YQXSsiz

YIning qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sektorlari 8 foizga qisqargan bo'lar edi

(13)

.



62

Shuning uchun ham u ish o'rinlarini «saqlab» qolib, bandlik darajasini oshiradi deb

da'vo qiladilar. YQXS yordamida bu sohalarning kengaygani shubhasiz, lekin ikkilamchi

ta'sirlarning oqibatichi?

YQXSga xarajatlar ushbu mablag'larni YI byudjeti doirasida boshqa maqsadlarga

yo'naltirish imkonini siqib chiqaradi hamda YI mablag'larini boshqa jamoat mollari

bilan bog'liq faoliyatga ajratishning oldini oladi. Evropa komissiyasiga ko'ra,

subsidiyalar har bir YI fuqarosiga yiliga 100 yevrodan qimmatroqqa tushadi. Undan

tashqari, tarif va kvotalar mahalliy narxlarni raqobatbardosh jahon narxlariga nisbatan

balandroq darajada ushlab turadi

(14)

, shu sababli YI iste'molchilari uchun qishloq



xo'jalik mahsulotlari yanada qimmatroqqa tushadi. Aslini olganda, har bir oila oziq-

ovqat uchun to'lovni ikki marta amalga oshirmoqda: birinchi marta qishloq xo'jalik

sektorining protektsionizmi natijasida do'konlardagi narxlarning ko'tarilishi orqali;

ikkinchi marta esa qishloq xo'jaligi uchun subsidiyalarni qoplash uchun to'lanadigan

soliq orqali. Shuningdek, tarif va kvotalar qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash

orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga bilvosita ta'sir

ko'rsatadi. Masalan, 2007-yilda Frantsiyada YQXS ishlab chiqarish sohasi hajmini 1,5

foizga qisqartirdi, shu bilan birga yirik xizmat ko'rsatish sohasidagi ish kuchi va

kapitalning atigi 0,1 foizi YQXSdan manfaatdor sohalarga jalb etildi. YQXSning bekor

qilinishi kapital (yer va asbob-uskunalar) narxini pasaytirib, YQXSdan manfaatdor

bo'lmagan dehqon xo'jaliklariga foyda keltiradi. Buning ustiga, YQXS ekin yerlari uchun

boshqa qishloq xo'jalik faoliyatlari bilan bevosita raqobatdosh bo'lgan o'rmonchilik

sektori hajmini ham qisqartiradi. (Frantsiyada YQXS natijasida o'rmonchilikka

mo'ljallangan yer maydoni 3,6 foizga qisqardi). Shuningdek, YI a'zosi bo'lmagan

mamlakatlar tarif va kvotalar sababli YI bozorida kamroq miqdorda qishloq xo'jalik

mahsulotlari sotadilar. Bu esa ularning YI eksport qilgan tovarlarni sotib olish

qobiliyatlarini kamaytirib, ushbu sektorlardagi bandlik darajasini pasaytiradi.

Agar YQXS kabi savdo cheklovlarining ikkilamchi ta'sirlari hisobga olinsa,

natijada YIda bandlik darajasi va jami ishlab chiqarish hajmining oshishini kutishga

asos yo'q. Imtioyz berilgan sohalarda ish o'rinlari soni ko'payishi, boshqa sohalarda esa

bandlik darajasi pasayishi mumkin. Savdo cheklovlari ish o'rinlari sonini oshirmaydi,



63

balki boshqa sohalarga qayta taqsimlaydi. Biroq, ikkilamchi ta'sirlarni e'tiborga

olmaganlar buni anglab yetmaydilar.

Ikkilamchi ta'sirlar faqat siyosiy qarorlar bilan bog'liq muammo emas. Ular aholi

uchun ham kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. G'arbiy Virjiniyadagi birinchi

sinf o'qituvchisining yaqinda boshidan kechirgan tajribasi bunga yaqqol misoldir.

O'quvchilari doimo qalamlarini yo'qotib qo'yganliklari sababli, u agar har bir qalamdan

qolgan qoldiqqa 10 tsentdan to'lasam, o'quvchilar rag'batga javoban qalamni to to'liq

ishlatib bo'lguncha yo'qotmaslikka harakat qiladilar, degan qarorga keladi. Afsuski, ko'p

o'tmay o'quvchilar qalam ochadigan asbob oldida uzun navbatga turib, qalamni

tagigacha shunchalik tez charxlab tashlashdiki, u arang ular uchun to'lashga ulgurardi.

Kutilmagan oqibatlarga diqqat-e'tiborli bo'lish kerak!

O'qish uchun:

Frederik Bastia. «Yaqqol va yashirin natijalar»




64


Download 8,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish