Mantiqiy Iqtisodiyot


Iqtisodiy taraqqiyotning yetti asosiy



Download 8,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/192
Sana09.08.2021
Hajmi8,62 Mb.
#142914
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   192
Bog'liq
Common Sense Economics [uz]

Iqtisodiy taraqqiyotning yetti asosiy

manbalari

Elementlar:

1. Huquq tizimi: huquq tizimi iqtisodiy taraqqiyotning poydevori bo'lib, u xususiy

mulkni himoya qiladi va shartnomalarning xolis ijrosini ta'minlaydi.

2. Raqobatdosh bozorlar: Raqobat resurslardan oqilona foydalanishni va foydali

yangiliklar kiritishni rag'batlantiradi.

3. Oqilona va cheklangan davlat boshqaruvi: ayirboshlashni qisqartirishga va

raqobatni cheklashga yo'naltirilgan tartibga soluvchi siyosatlar iqtisodiy

taraqqiyotga to'sqinlik qiladi.

4. Samarali kapital bozorlari: o'z salohiyatiga erishish uchun davlat kapitalni

farovonlikni oshiruvchi loyihalarga yo'naltiruvchi mexanizmga ega bo'lishi lozim.

5. Monetar barqarorlik: Barqaror monetar siyosati inflyatsiyani nazorat qilish,

investitsiyani samarali taqsimlash va iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun juda

2-BOB



65

muhim.


6. Oqilona fiskal siyosat: daromadning kattaroq qismi o'zlarida qolsa, odamlar

ko'proq ishlab chiqaradi. Davlat xarajatlari va defitsitlari (fiskal siyosat) nazorati

iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot uchun juda muhimdir.

7. Erkin savdo: boshqa davlatlar bilan bo'ladigan erkin savdo aholi daromadlarini

oshiradi.

Kirish

Video:


200 mamlakat, 200 yil 

(15)


Iqtisodiyot bo'yicha 1995-yil Nobel mukofoti laureati Robert Lukas: «Iqtisodiy

o'sish to'g'risida o'ylashni boshlashingiz zahoti, boshqa narsalar to'g'risida o'ylash

mushkul bo'ladi», – deb ta'kidlagan edi

(16)


. Nima uchun Lukas va boshqa ko'plab

iqtisodchilar iqtisodiy o'sishga bunchalik katta urg'u berishadi? Real daromadning

o'shishi uchun real mahsulot ishlab chiqarish hajmining o'sishi zarur. O'sishsiz yuqori

daromad darajasi va yashash standartlariga erishib bo'lmaydi.

Oxirgi ikki yuz yil davomida iqtisodiy o'sish, ayniqsa g'arb mamlakatlarida,

turmush standartlarini ko'tardi hamda umr davomiyligi va turmush sifatini yaxshiladi.

Biroq bu davr istisno davrdir. Inson tarixining asosiy qismi davomida iqtisodiy o'sish

nihoyatda kam ko'zatilgan. 1800-yilgacha dunyo aholisning asosiy qismi yetarli oziq-

ovqat va boshpana uchun ha asiga ellik, oltmish yoki yetmish soatlab qattiq ishlagan. Bu

yashash uchun muntazam kurash edi va ko'p odamlar mag'lub bo'lgan. 1800-yilda

turmush standartlari undan ming yil, hatto ikki ming yil avvalgi, ya'ni qadimgi Rim

davridagi turmush standartlaridan uncha katta farq qilmagan.

Insoniyatning qayg'uli iqtisodiy tarixi qariyb ikki yuz yillar avval o'zgara

boshladi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti iqtisodchisi marhum Angus

Meddison daromadlar va aholi umr davomiyligining tarixiy ma'lumotlari bo'yicha



66

yetakchi mutaxassis deb keng tan olingan. 5-chizmada uning oxirgi ming yil davomida

jon boshiga yillik daromadlar miqdori bo'yicha taxminlari ko'rsatilgan. Dunyo aholisi jon

boshiga yalpi ichki mahsulot (YIM)

(?)

 miqdori 1820-yilda 1990-yil narxlarida 667



dollarni tashkil qilgan bo'lsa, 1000-yilda 450 dollarni tashkil qilgan

(17)


. Demak, 800 yil

davomida aholi jon boshiga daromad darajasi atigi 50 foizga ko'paygan. G'arbiy Yevropa

va odatda G'arb davlatlari deb ataladigan uning nihollari — Qo'shma Shtatlari, Kanada,

Avstraliya va Yangi Zelandiya — yaxshiroq natijalarga erishgan. 1000-yildan 1820-

yilgacha bu mamlakatlardagi o'rtacha daromad deyarli uch baravar, yani 426 dollardan

1 202 dollargacha oshdi. Hatto G'arb mamlakatlarida ham daromadlar ikki baravar

oshishi uchun deyarli 500 yil kerak bo'ldi.

O'qish uchun:

Yalpi ichki mahsulot - U nima va u qanday o'lchanadi?

Keling, e'tiborni endi 1820-yildan keyingi voqealarga qarataylik. Oxirgi ikki yuz

yil davomida iqtisod gurkirab, juda tez o'sdi. 2003-yilga kelib jahon jon boshi daromadi

1820-yildagi miqdordan o'n baravar oshib, 6 516 dollaga yetdi. G'arb davlatlarida esa jon

boshiga daromad 2003-yilda 23 710 dollarga yetib, 1820-yildagi miqdorning deyarli

yigirma baravarini tashkil qiladi. Shunday qilib, asrlar davomida daromadlar yashash

uchun zarur bo'lgan minimal miqdoriga teng yoki yaqin miqdorda saqlanib turgan, lekin

oxirgi ikki yuz yil ichida aholi jon boshi real daromadi jadal o'sdi.




67

5-chizma: Jon boshiga YIM (1990-yil AQSH dollarida)

25 000$

15 000$


10 000$

5 000$


0$

20 000$


1000 1100 1200 1300 1400 1500 1600 1700 1800 1900 2003

Yil

G'arbiy mamlakatlarda jon boshiga YIM

Jahonda jon boshiga YIM

1820: 667$

1820: 1 202$

2003: 6 516$

2003: 23 710$

Manba: Angus Maddison, Contours of the World Economy, 1–2030 AD: Essays in Macro-Economic History (Oxford:

Oxford University Press, 2007).

Umr davomiyligi ham shunga o'xshah tarzda o'zgargan. 1000 va 1820-yillar

oralig'ida dunyodagi umr davomiyligi 24 yildan 26 yilgacha o'sgan bo'lsa, 1900-yilda u 31

yilga yetdi va 2003-yilga kelib esa u 64 yilgacha keskin ko'tarildi. G'arb mamlakatlarida

1000 va 1820-yillar oralig'ida umr davomiyligi 24 yildan 36 yilgacha o'sgan bo'lsa, 2003-

yilga kelib bu ko'rsatkich 76 yilni tashkil qildi.




68

Tarixdan ma'lumki, iqtisodiy o'sish o'z-o'zidan amalga oshmaydi. Nima uchun

ba'zi mamlakatlar rivojlanib yuqori daromadlar darajasiga ega bo'lib, boshqalari esa

turg'un qoladi? Qanday institutlar va siyosatlar iqtisodiy o'sishni va yuqori turmush

standartlarini rag'batlantiradi? Ushbu bo'lim shu kabi muhim savollarni tahlil qiladi

(18)


.

Muhokamaga o'tishdan oldin, YIMni o'lchashda, ayniqsa post-kommunistik

mamlakatlarga nisbatan qo'llaganda, quyidagilarni yodda tutish lozim. YIM «ishlab

chiqarilgan tovar va xizmatlarning yakuniy qiymati» degan oddiy izohining tagida

murakkab masalalar mavjud. Erkin bozorda savdo qilinadigan buyumning qiymatini

aniqlash oson. Ammo narx nazorati ostida bo'lgan buyumnikichi? U odamlar aslida

to'lagan narxlarda baholanishi kerakmi yoki ular erkin bozor sharoitlarida to'lashi

mumkin bo'lgan narxlardami? Navbatda turgan vaqtning qiymati hisobga olinishi

kerakmi? Sotilmaydigan mahsulotchi? Agar askarlar xizmatga chaqirilsa, ularning

mehnati qanday baholanishi keark? Davlat statistika organlari norasmiy (xufyona yoki

qora) bozorda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini qanchalik aniq hisoblay oladilar?

Agar men uyda pitstsa pishirsam, pishloqning qiymati inobatga olinadi, ammo mening

oshxonada sarflagan vaqtim hisobdan chetga qoladi. Biroq, agar men pitstsani

restorandan sotib olsam, ish kuchi qiymati YIMga qo'shib hisoblanadi. Agar meni

oshpazdek mohir deb tasavvur qilsak, ikkala pitstsa ham aynan bir xil.

YIMni hisoblashdagi qiyinchiliklar va shunga bog'liq narx o'zgarishlari

kommunizm inqirozidan keyingi yillarni tushunishda muammo tug'diradi. Rasmiy

hisobotlarga ko'ra, mahsulot hajmi keskin kamaygan, ammo bu fuqarolarning haqiqiy

tajribasiga mos kelmaydi

(19)


.


69


Download 8,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish